181
3.
Hierarchy (Ierarxiya) sahifasi
:
Ushbu sahifada obyekt
koordinatasining lokal markazini o‘zgartirish buyrug‘i joylashgan. Bundan
tashqari, bu erda ob’eklarning inversiyali
kinematikasi bilan ishlash
buyruqlari bo‘ladi.
4.
Motion (Harakat) sahifasi
: Ushbu
sahifa animatsiyalangan
obyektlar bilan ishlashga mo‘ljallangan.
5.
Display (Displey) sahifasi
: Ushbu
sahifada sahna obyektlarini
vaqtinchalik yashirish va qayd qilish buyruqlari joylashgan.
6.
Utilities (Utilitalar) sahifasi
: Ushbu sahifada sahna obyektlari bilan
ishlash uchun qo‘shimcha utilitalar joylashgan. Masalan: reactor - dinamik obyektlar
yaratish, MAXScript - ssenariylarni dasturlashtirish va b.
Buyruqlar panelidagi obyektlar bilan ishlashda, obyektlar haqidagi axborotlar
va ularni tahrirlash uchun buyruqlar joylashgan (rollouts) bo‘lmalari paydo bo‘ladi.
Har bir bo‘lma o‘z nomiga hamda “+” (yopish bo‘lmasi) va “-” (ochish bo‘lmasi)
belgilariga ega.
143-rasm. Bo‘lma ko‘rinishi
Uskunalar paneli (toolbar)
Tugmalar ko‘rinishida berilgan uskunalar paneliga ayniqsa tez-tez
ishlatiladigan buyruqlar joylashadi. Sichqonchaning
chap tugmasini bosganda,
182
tugma sariq rangga o‘tadi va tegishli buyruq faollashadi.
Izoh
: Bajariladigan buyruqlarni o‘chirishning ikki xil usuli mavjud. Birinchi
holatda tugmaga sichqonchaning chap tugmasini takroran bosganda o‘chiriladi.
Ikkinchi holatda faol ko‘rinish ekraniga sichqonchaning o‘ng tugmasini bosganda
tugma o‘chiriladi.
1-jadval.
Uskunalar panelini tashkil etuvchi tugmalar