III bob. Boshlang’ich matematik ta’limda ko’rgazmalilikning roli.
Ko'rgazmalilik boshlang'ich matematik ta'limida katta ahamiyatga ega.
Ushbu o'rganish uslubi o'quvchilarning matematika faniga qiziqishini oshirish,
ularga faollik va qatnashish imkonini beradi va ularning matematika bilimini
samarali va o'zlashtiruvchi tarzda o'rganishlarini ta'minlaydi. Quyidagi yo'llar
orqali ko'rgazmalilikning boshlang'ich matematik ta'limdagi rolini ko'rsatish
mumkin:
1. Qiziqishni oshirish: Ko'rgazmalilik o'quvchilarning matematika faniga
qiziqishini oshirishga yordam beradi. Interaktiv darsliklar, o'yinlar, misollar va
savollar orqali o'quvchilar matematika bilimiga oid mavzular bilan qiziqishni
oshirishadi. Bu ularga matematika bilimini o'rganishga motivatsiya beradi.
2. Faollik va qatnashish: Ko'rgazmalilik o'quvchilarning faollik darajasini
oshiradi va qatnashishlarini rag'batlantiradi. O'quvchilar matematika
konseptlarini amaliyotda, guruh ishlash orqali o'rganganida, savollar yechish,
maslahatlar so'ralish va o'z fikrlarini ifoda qilishga imkon beriladi.
3. O'zlashtirish: Ko'rgazmali o'rganishda o'quvchilar o'z bilimlarini
o'zlashtirishga imkon beriladi. O'quvchilar misollar yechish, muammolar
yechish, matematik masallarini tahlil qilish va o'z fikrlarini bildirish orqali
matematika bilimini o'zlashtirishadi. Bu ularga mustaqil fikr bildirish va o'z
g'oyalari orqali matematikaga kirish imkonini beradi.
4. Tasavvurlash va tashkilotlash: Ko'rgazmalilik matematika bilimini
tasavvur qilish va tashkilotlashga imkon beradi. O'quvchilar grafiklar,
animatsiyalar, tasviriy modellar, tahlillar va muammolar orqali matematikani
tasavvur qilish va tushunish imkonini oladilar. Bu ularga matematik
konseptlarini vizual shaklda tushunish va tasavvur qilish jarayonlarini
rivojlantiradi.
5. Bireysel va guruh ishlash: Ko'rgazmalilik bireysel va guruh ishlash
imkonini beradi. O'quvchilar bireysel ravishda matematika bilimini o'rganish,
maslahatlashish va yechimlar qidirishda o'zlarini rivojlantirishlari mumkin
19
. Guruh ishlash esa o'quvchilarning bir-birlari bilan fikr almashish,
ko'nikmalarni almashish va hamkorlik qilish imkoniyatini beradi.
Ko'rgazmalilik boshlang'ich matematik ta'limida o'quvchilarning qiziqish
va motivatsiyasini oshiradi, ularga faollik va qatnashish imkonini beradi va
matematika bilimini samarali va o'zlashtiruvchi tarzda o'rganishga yordam
beradi. Bu esa o'quvchilarning matematika fanidan qiziqishlarini saqlab qolish
va rivojlanishini ta'minlaydi.
Ko'rgazmalilikning turli xil manbalaridan foydalanish o'quvchilarni
faollashtiradi, ularning diqqatini oshiradi va rivojlantiradi, o'quv materialini
mustahkam o'zlashtirishni ta'minlaydi va vaqtni tejash imkonini beradi. Tabiiy
fanlarga qaraganda matematikadan ko'rgazmalilik va ko'rgazma manbai tubdan
farq qiladi. Tabiat fanlarida narsalarning aynan o'zini ko'rsatish imkoni bo'lsa
matematikada esa abstrakt xarakterga ega, bo'layotgan hodisaning o'zini aynan
ko'rsata olish imkoni kam.
Matematikada ko'rgazmalilik a) ko'rsatilayotgan obyektlar to'plamining
elemenlari sifatida qaraladi, ular ustida ba'zi amallar bajarish mumkin. Masalan,
o'quvchi savatdagi olma, daraxtdagi qushlar haqida to'xtalmaydi, balki ularning
soni va sonli munosabatini aniqlaydi; b) u yoki bu narsa haqida gap yuritilganda
uning shaklini yoki narsaning miqdori sonli xarakterini tekshirish mumkin.
Narsalarning sonli munosabatini o'z holicha va shakllarini ko'rishda ko'pincha
hodisaning aynan o'zidan foydalanib bo'lmaydi.
Shuning uchun o'qituvchiga turli xildagi ko'rgazmalilik, 1 - navbatda
modellar, chizma, sxemalar yordam beradi. Matematika o'qitishning turli xil
bosqichlarida va uning turli xil bo'limlarida ko'rgazmalilikda bir xilda
foydalanish kerak emas.
Ko'rsatmali qo'llanmalar ko'rsatmalilikning quyidagi har xil turlari bilan
foydalaniladi.
1. Tabiiy ko'rsatmalilik o'quvchilarni mavjud ob`yektlar, o'simliklar,
hayvonlar, minerallar va hakozalar bilan tanishtirishni taqoza etadi;
20
2. Hajmli ko'rsatmalilik – mavjud olamning hajmi ask etishidir. Bu esa
fotosurat, rasm, diafilm va diapozitivlardan iboratdir;
3. Ovozli ko'rsatmalilik – tovush obrazlarini ifodalash uchun ovozli
vositalardan foydalanish. Gramplastinkalar, magnitafon yozuvlarini
eshitish, ovozli kino;
4. Simvolik va grafik ko'rsatmalilik – xaritalar, rejalar, sxemalar,
chizmalar va diagrammalar. Ular mavjud voqyelikni shartli umumlashgan
simvolik ko'rinishda aks ettirishi sababli fikrlashni rivojlantiradi.
Maktabda birinchi sinfdan tortib, barcha sinflarda ko'rsatmalilikning ana
shu turlaridan foydalaniladi, lekin tabiyki yoshini hisobga olib, ularga bevosita
kuzatishlarini topshirish kerak.
Ko'rsatmalilik ayniqsa o'quvchilar o'rganiladigan u yoki bu narsalar
to'g'risida muayyan tasavvurga ega bo'lmagan paytda juda zarurdir. Ammo
shuni ham unitmaslik lozimki, ko'rsatmali qo'llanmalarni namoyish etishga
tayyorlanmaslik yoki ularni noto'g'ri tanlash faqat zarar keltiradi. Matematika
darslarida ko’rgazmalilik prinsipini amalga oshirishda bir tomondan
o’quvchilarning idrok etishlariga, ikkinchi tomondan ularning tasavvurlariga
tayaniladi. Birinchi holda ko’rsatma qurollar zarur. Ikkinchi holda ko’rsatmali
qo’llanmalarsiz ish olib borish mumkin, bu holda bolalarning tajribalarini, ilgari
to’plagan tasavvurlarini aktivlashtirish kerak.
Masalan, o’qituvchi bolalarni uchburchak bilan tanishtirar ekan, bunday
formadagi figuralarning muhim alomatlarini (3 ta uchburchak, 3 ta tomon)
ta’kidlovchi turli uchburchaklarning modellaridan foydalaniladi. Shu bilan birga
o’qituvchi bolalarga qanday predmetlar uchburchaklar shaklida bo’lishini eslab
ko’rishni taklif qiladi.
Shunday qilib matematika o’qitishda bevosita idrok etish bilan
o’quvchilarning tasavvurlaridan birgalikda foydalaniladi.
Matematika predmetlarning o’zini va atrof hayotimizdagi hodisalarni
emas, balki borliq dunyoning fazoviy formalari va miqdoriy munosabatlarini
21
(F.Engels) o’rganadi. Shuning uchun matematika o’qitishda huddi ana
shu tomonlarni ajratib olishga harakat qilinadi, predmetning sifat alomatlari
muhim bo’lmay qoladi.
|