Palitrali tasvirlaming har bir elementiga ranglar xoritasining
bir katakchasidagi
rang mos qo‘yiladi. Palitra - bu ikki o'lchovli massiv bo‘lib, uning satrlariga turli
ranglar, har bir ustunlariga esa ma’lum bir rangning intensivligi joylashtiriladi.
To‘liq rangli tasvirlar elementlari rangni tashkil etuvchi yorqinliklaii haqidagi
axborotni o‘zini saqlaydi. Shu bilan u palitrali tasvirlardan farq qiladi.
Amaliy
masalalar yechishda qaysi tipdagi tasvimi tanlash masalasining oЈziga xos
xususiyatlaridan boshlab, tasvirdagi zarur axborotni qanchalik to‘liq ifodalanishi
bilan xarakterlanadi.
Vektorli grafika vositasida shakllangan tasvir sodda grafik obyektlar to‘plamidan
tuzilgan bo‘lib, uning tipik elementiga mos keladi. Vektorli tasviming asosiy
elementi chiziq bo‘lib hisoblanadi.
Vektorli grafikada tasvir sifati kengaytmaga bog‘liq bo‘lmaydi.
Vektorli obyektlar matematik tenglamalarda ifodalanadi.
Shuning uchun
ham masshtablanganda ular sifatni yo‘qotmaydi10. Kompyuter xotirasida bu chiziq
juda katta joy egallamaydi, chunki xotirada chiziqni faqat parametrlari ko'rsatiladi.
Unda sodda byektlar murakkab obyektlarga birlashtiriladi, shu sababli vektor
grafikasini obyektga yo‘naltirilgan grafika deb ham aytiladi.
Kompyuter xotirasida
vektor grafikasi chiziqlar sifatida saqlanib turishiga qaiamasdan, tasvir ekranga
nuqtalar sifatida chiqariladi. Tasvimi ekranga
chiqarishdan oldin har bir
parametmi hisoblab chiqadi. Shu sababli vektor grafikasini hisoblanuvchi grafika
deb aytiladi. Vektor grafikasi yordamida sodda turdagi bezash ishlarini olib borish
mumkin.