Choʻllanish va uni bartaraf etish chora-tadbirlari




Download 2,87 Mb.
Pdf ko'rish
bet70/75
Sana23.11.2023
Hajmi2,87 Mb.
#104057
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   75
Bog'liq
Атроф мухит ва табиий ресурслар иқтисодиёти

8.3. Choʻllanish va uni bartaraf etish chora-tadbirlari
Hozirgi paytda choʻllanish jarayoni insoniyatning global 
muammolaridan biriga aylandi. Choʻllanish jarayoni, uning turli jihatlari va 
oqibatlari toʻgʻrisida chuqur ilmiy tadqiqot ishlari keng koʻlamda olib 
borilmoqda. Choʻllanish atamasiga beriladigan taʼriflar ham xilma-xil. 
BMT ning 1977-yilda choʻllashishga bagʻishlangan konferensiyasida 
“Choʻllanish yer yuzasidagi biologik potensialning kuchli kamayishi yoki 
yoʻqotilishi boʻlib, choʻl tabiatiga oʻxshash sharoitning hosil boʻlishidir” 
deyilgan. N.F. Reymers “Choʻllanish - u yoki bu hududda oʻsimlik 
qoplamining qayta tiklanmaydigan darajada kamaytirilishi yoki yoʻq 
qilinishidir. Antropogen taʼsir toʻxtatilsa oʻsimlik asta-sekin tiklanishi 
mumkin”, deb taʼriflagan. V.A. Varnskiyning yozishicha “Choʻllanish - 


200 
tabiiy ekosistemada oʻsimlik qoplamining yoʻqotilishi boʻlib, uni kelajakda 
inson yordamisiz tiklab boʻlmaydigan jarayondir”. Taʼriflardan koʻrinib 
turibdiki, choʻllanishning koʻrinishi, kelib chiqishi oʻsimliklarning 
kamayishi, yoʻqotilishi bilan bogʻlab tushuntirilgan. Oʻsimlik qoplamining 
asosiy koʻrsatkich sifatida olinishi toʻgʻri, chunki u asosiy manzarani, 
koʻrinishni yorqin aks ettiradi va inson taʼsirida tez oʻzgaruvchi komponent 
hisoblanadi. Shuningdek, koʻp hollarda choʻllanishni koʻrsatuvchi belgi 
sifatida tuproq qoplami ham yaxshi namoyon boʻladi. Shu jihatlarni 
inobatga oladigan boʻlsak, choʻllanishga berilgan taʼrif bitta komponent 
orqali emas, balki u yoki bu hudud tabiatidagi umumiy tabiat inqirozi koʻzda 
tutilgan holda berilishi lozim.
Baʼzi olimlar har qanday ekorsistemalarda tabiiy inqiroz 50% dan 
oshgan holatdan boshlab choʻllanish deb atashni tavsiya qilmoqdalar. Sabab 
50% deb olinishiga asosiy sabab ektizimlarda tabiiy resurslarning 50% 
yoʻqotilishi ularning tabiiy tiklanishiga katta qiyinchilik yaratadi.
Respublikada choʻllanishni oldini olish, oʻrmonlarni qayta tiklash va 
ihota oʻrmonlarini koʻpaytirish boʻyicha qator chora-tadbirlar amalga 
oshirilmoqda. Respublika hududining 70% yoki 31,4 mln.ga tabiiy 
shoʻrlanishga, qum koʻchkilari, changli boʻronlar va garemsellar tarqalishi 
taʼsiriga uchragan qurgʻoqchil va yarim qurgʻoqchil maydonlardan iborat. 
Orol fojiasi oqibatida 5,5 mln gektardan ortiq maydonli Orolqum choʻli 
vujudga kelgan. Yerlarni choʻllanishining oldini olish va qurgʻoqchilikka 
qarshi kurashish sohasida amaldagi davlat boshqruvi tizimi ushbu 
yoʻnalishdagi ishlarni samarali muvofiqlashtirishni taʼminlash imkonini 
bermayapti. Choʻllanishga qarshi kurashish, degradatsiyaga uchragan 
yerlarni qayta tiklash boʻyicha ishlarni olib borish samaradorligini oshirish, 
shuningdek Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro majburiyatlarini 
samarali bajarilishini taʼminlash maqsadida Oliy Majlisning 1995-yil 31-
avgustdagi 125-I-sonli qarori bilan “Qattiq qurgʻoqchilikni boshdan 
kechirayotgan va (yoki) choʻlga aylanib borayotgan mamlakatlarda, ayniqsa 
Afrikada, choʻlga aylanib borishlarga qarshi kurash” boʻyicha “Kambo” 
BMT konvensiyasi ratifikatsiya qilingan.
Jahonda yuz berayotgan global iqlim oʻzgarishlari, yerlarning yaroqsiz 
holatga kelishi XXI asrning ikkinchi oʻn yilligiga kelib koʻpgina 
mamlakatlar choʻllanish va yerlarning degradatsiyaga uchrashi 
muammolarini boshidan kechirayotgani va uning oqibatida dunyo boʻyicha 
qariyb 2 milliard gektar yer maydoni yaroqsiz ahvolga kelib qolgani 
muammoning nechogʻli dolzarb ekanligini koʻrsatib turibdi. BMT ning 
maʼlumotlariga koʻra, hozirgi kunda dunyo boʻyicha yiliga qariyb 6 million 


201 
gektar yer choʻllanishga uchramoqda, haydaladigan yerlarning 40 foizdan 
ortigʻi irrigatsiya va melioratsiya ishlarida xato va kamchiliklarga yoʻl 
qoʻyilgani sababli degradatsiyaga uchrab, ziroatchilik, qishloq xoʻjaligi 
ekinlari yetishtirish uchun mutloq yaroqsiz holga keltirilgan.Bundan 
tashqari, choʻllanish, yer degradatsiyasi va qurgʻoqchilik jiddiy
iqtisodiy, 
ijtimoiy hamda ekologik muammo boʻlib, dunyoning koʻplab 
mamlakatlarida oziq-ovqat xavfsizligiga tahdid solmoqda. Choʻllanish 
oqibatida jahonning 100 dan ortiq mamlakatida istiqomat qilayotgan 1,2 
milliard aholining salomatligi va farovonligiga jiddiy xavf tugʻilmoqda. 
BMT maʼlumotiga koʻra, choʻllanish dunyo aholisining beshdan bir qismiga 
tahdid solayotir. Hozir dunyodagi quruqlik maydonining uchdan bir qismi 
choʻlga aylanish tahdidi ostida qolgan. Dunyoda degradatsiya jarayonlari 
natijasida har yili 7 million gektar yer maydoni qishloq xoʻjaligi oborotidan 
chiqib ketmoqda. Shu nuqtayi nazardan, mamlakatimizda ham yuqoridagi 
keltirilgan muammolardan tuproq shoʻrlanishi, koʻchib yuruvchi qumlar 
tarqalish xavfi, chang boʻronlari va qurgʻoqchilik muammolariga duch 
kelmoqda. Qishloq xoʻjalik faoliyatida yaroqli yer maydonlarining kamligi 
tabiat boyliklari va yer-suv manbalaridan foydalanishning samarador yangi 
yoʻnalishlarini izlab topishni talab etmoqda. Mamlakatimizda choʻllanishga 
qarshi kurashning milliy dasturi ishlab chiqilgan boʻlib, ushbu dasturga 
koʻra, yerlar degradatsiyasining hajmini qisqartirish yoki uning oldini olish, 
choʻllanishga duchor boʻlgan yerlarni qayta tiklash ishlarini amalga oshirish 
lozim. Statistik maʼlumotlarga koʻra, har yili choʻllanish va qurgʻoqchilik 
natijasida 42 milliard dollarga yaqin qishloq xoʻjaligi ekinlari nobud 
boʻladi. Hech kimga sir emas, yaqin kelajakda mintaqamizda iqlimning 
isishi kutilmoqda. Bugungi kunda global iqlim oʻzgarishi sharoitida 
Markaziy Osiyo mamlakatlarida suv tanqisligi taʼsiri allaqachon sezila 
boshlagan. Buning oqibatida esa choʻllanish, shoʻrlanish va tuz shamollari 
kabi hodisalar soni koʻpayib bormoqda. Shuningdek, kelajakda iqlimning 
tobora isib borishi va choʻl zonalarining koʻpayishi oziq-ovqat mahsulotlari 
(bugʻdoy, makkajoʻhori, sholi va hokazo) yetishtirishga salbiy taʼsir 
koʻrsatib, hayvonot va oʻsimlik dunyosida ham keng koʻlamli koʻchishlar 
kuzatilib kelinmoqda. Mamlakatimizda ham sugʻoriladigan yer maydonlari 
yildan-yilga qisqarib bormoqda. Orolning qurigan hududidan tuz va boshqa 
mineral moddalarning shamol orqali tarqalishi, suv taqchilligi oqibatida 
choʻllanish darajasi ortyapti.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm, Navoiy, Jizzax, Sirdaryo, 
Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlarida choʻllanish darajasi yuqori. 
Statistik maʼlumotlarga koʻra, Oʻzbekistonda 22 million gektar yer 


202 
choʻllanishga moyil hudud hisoblansa, mavjud yaylovlarning 43 foizi esa 
inqirozga uchrab, choʻllanib boʻlgan. Muammoni toʻla his qilmaslik va 
uning yechimiga nisbatan beparvolik, sohaga tegishli ilmiy tadqiqotlarning 
kamligi yoki amaliyotda ulardan foydalanmaslik oqibatida mazkur masala 
dolzarbligicha qolib ketmoqda. Hududlarda sahroga chidamli saksovul, 
qandim, cherkez kabi oʻsimliklardan iborat oʻrmonzorlar barpo etilishi 
oʻziga xos ekotizim paydo boʻlib, iqlim oʻzgarishini yumshatadi.
Choʻl zonada ozuqabop hisoblangan chogon, tereskan, boyalich, 
qayrouk kabi oʻsimliklar koʻpaytirilishi oziq-ovqat xavfsizligini 
taʼminlashga xizmat qiladi. Oʻzbekistonda suv resurslaridan tejamli 
foydalanish yoʻnalishidagi davlat siyosatining natijasi oʻlaroq 
foydalanilayotgan suvlarning umumiy miqdori 1980-yillarga nisbatan yiliga 
64 milliard metr kubdan oʻrtacha 51 milliard metr kubgacha kamaytirildi. 
Darhaqiqat koʻrilayotgan barcha chora-tadbirlar sugʻoriladigan yerlarni 
muhofaza qilishga qaratilgan boʻlib, sugʻoriladigan yerlar umummilliy 
boylik, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish va mamlakat oziq-
ovqat xavfsizligini
taʼminlashning asosiy manbalaridan biri hisoblanadi 
(8.3-rasm).

Download 2,87 Mb.
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   75




Download 2,87 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 Choʻllanish va uni bartaraf etish chora-tadbirlari

Download 2,87 Mb.
Pdf ko'rish