-jadval  Ijtimoiy-iqtisodiy tizimlarning barqarorligi toʻgʻrisidagi




Download 2,87 Mb.
Pdf ko'rish
bet68/75
Sana23.11.2023
Hajmi2,87 Mb.
#104057
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   75
Bog'liq
Атроф мухит ва табиий ресурслар иқтисодиёти

8.2-jadval 
Ijtimoiy-iqtisodiy tizimlarning barqarorligi toʻgʻrisidagi 
taʼriflarni umumlashtirish 
Taʼrif 
Muallif 
Tizimning barqarorligi bu xavfsizlik, ishonchlilik, yaxlitligi, tizimning mustahkamligi 
sifatida 
Milliy iqtisodiyotning barqarorligi uning 
xavfsizligi, 
barqarorligi, 
doimiy 
yangilanish va oʻzini-oʻzi takomillashtirish 
mezonlari asosida belgilanadi.
L.I.Abalkin 
Barqarorlik 
mamlakat 
yaxlitligining 
kafolati boʻlib, davlat pul tizimining 
ishonchliligi bilan bogʻliqdir. 
A. Livshis
Barqarorlik deganda har qanday iqtisodiy, 
ekologik 
yoki 
boshqa 
tizim 
elementlarining 
yuqori 
ishonchlilik 
darajasiga ega dastlabki holati ularning 
kelajakdagi holatini belgilab beradigan 
holat tushuniladi. 
A.L. Bobrov 


187 
Umumiy maʼnoda xoʻjalik tizimlarinig 
barqarorligi oʻzgaruvchan muhitda uzoq 
muddatli rivojlanish vektoriga nisbatan 
yaxlitligi va barqarlorligini saqlab qolish 
xususiyatidir. 
T.M.Konopolyanik 
Iqtisodiy barqarorlik oʻzini-oʻzi tartibga 
solish va oʻzini-oʻzi rivojlantirishning 
samarali mexanizmlar bilan taʼminlangan 
tizimning doimiy,mustahkam pozitsiyasi 
sifatida qaraladi. 
T.G.Krasnova 
Tizimning barqarorligi ichki va tashqi 
oʻzgarishlarga qaramay, maʼlum vaqt 
davomida oʻzgarishsiz qolish qobilyati. 
N.F. Reymers
Mintaqaviy iqtisodiyotning barqarorligi-
ichki va tashqi omillarning taʼsir qilmagan 
holatda, rivojlanish funksiyasini izchil 
bajarish va shu bilan birga sifatli va 
samarali natijalarga erishishni taʼminlash 
qobiliyatidir.
A.M. Ozina 
Iqtisodiy tizimning barqarorligi bu jahon 
iqtisodiyotining globallashuv jarayonida
iqtisodiy, 
ijtimoiy 
va 
ekologik 
muammoalarni kompleks hal etishga 
erishish mumkin boʻlgan oʻzini-oʻzi 
boshqarish 
mexanizmlari 
(barqarorlashtirish 
va 
muvozanat) 
mavjudligi bilan iqtisodiy tizimning uzoq 
muddatli rivojlanishini taʼminlaydigan 
iqtisodiy munosabatlar tizimidir.
Ye.V.Makarova 
Shu bilan birga, bu tizim barqarorligining mezonlari yoki atributlari 
shartlaridan boshqa narsa emas. Bundan tashqari ishonchlilik va 
mustahkamlik texnik obyektlar va tizimlarning xususiyatlari hisoblanadi.
Ikkinchi yondashuv tarafdorlari barqarorlikni ijtimoiy-iqtisodiy 
tizimning asosiy parametrlarining nisbiy oʻzgarmasligi, tizimning maʼlum 
vaqt davomida oʻzgarmasligi bilan izohlaydilar. Biroq, mualliflar 
taʼkidlaganlaridek, ijtimoiy-iqtisodiy tizim oʻz-oʻzini tashkil qiladi hamda
tizim yoki uning vazifasini oʻzgartiruvchi manbadir.
Tizimli yondashuv nuqtayi nazaridan barqaror rivojlanishni tizimni 
tashkil etilishini oshirish bilan bogʻliq boʻlgan bosqichma-bosqich 
yoʻnaltirilgan, ichki aniqlangan oʻzgarishlarning maʼlum bir turi sifatida 
tavsiflash mumkin.
Barqaror 
rivojlanishni 
taʼminlash 
XXI 
asrning 
dolzarb 
muammolaridan boʻlib, jamiyat rivojlanish bosqichi globallashuv 
jarayoniga bogʻliqdir. Hozirgi kunda global muammolarni tizimini 


188 
oʻrganish va oʻrgatishning samaradorligini oshirishda barqaror rivojlanish 
nazariyalarni chuqur tadqiq etish ahamiyatli. Insoniyatning barqaror 
rivojlanishi gʻoyalari global muammolarning ziddiyatli avj olishi natijasida 
1960-1970 — yillardan boshlab dolzarblashib bormoqda.
Barqaror rivojlanish konsepsiyasi 1992-yilda Rio-de-Janeyroda 
oʻtkazilgan atrof-muhit va rivojlanish boʻyicha BMT Konferensiyasida 
maʼqullangan. Unda sayyora ifloslanishi, resurslar qisqarishi muammosi hal 
qilish, bir soʻz bilan aytganda kelgusi avlodlar uchun sayyoraning ekolgik 
salohiyatini tiklash kuzda tutilgan. Lekin, barqaror rivojlanishi gʻoyalari 
faqat mazkur vaqtda paydo boʻlgan emas. Dastlab, global muammolarga 
eʼtibor 1962-yilda BMT Bosh Assambleyasining — Iqtisodiy rivojlanish va 
tabiatni muhofaza qilish rezolyutsiyasi qabul qilindi, yana 10 yil oʻtib 1972-
yilda 113 ta mamlakat vakillari atrof-muhit boʻyicha Stokgolm 
konfrensiyada atrof-muhit boʻyicha birinchi jahon uchrashuvida yana 
mazkur masala yuzasidan yigʻildilar. 1983-yilda BMT Bosh kotibi 
tashabbusiga koʻra Norvegiya bosh vaziri Gru Xarlem Brundtland 
(Norvegiyalik jamoat va siyosiy arbob, 1981-1996-yillar oʻrtasida uch 
muddatda Norvegiya bosh vaziri, 1974-1979-yillarda Norvegiya atrof-
muhit vaziri. 2007-yilda BMT Bosh kotibining iqlim oʻzgarishi boʻyicha 
maxsus vakili. Gru Xarlem Brundtland ayol kishi boʻlishiga qaramasdan 
global muammolarni olidni olishga jonbozlik koʻrsatib kelgan. Shu jihatdan 
uning hurmatiga Brundtland komissiyasi uning nomi bilan atalgan) 
boshchiligida Atrof-muhit va rivojlanish boʻyicha xalqaro kommisiya 
(AMRXK) tashkil etildi.
Barqaror rivojlanish (sustainable devlopment) aksariyat talqinlari 
Brundtland Komissiyasi tomonidan berilgan taʼriflarga asoslanib, uni haqli 
ravishda klassik termin deyish mumkin. Bunda iqtisodiyotning barqaror 
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishni taʼminlash insonning atrof-muhit bilan 
oʻzaro harakatda rivojlanishi bilan qay darajada kelishilganligiga bogʻliq. 
Makro-mezo-mikro darajada, iqtisodiy, ijtimoiy va ekologik tizimlar 
barqaror rivojlanishga oʻtishi umuman iqtisodiyot soha, tarmoq
darajasidagi yangi huquqiy normalar, yangi boshqaruv tizimini talab etadi. 
Maʼlumki, 1980-yillarga kelib ekologik muammolar koʻp hollarda 
mintaqaviy muammolarga aylangan boʻlsa, 1990-yillarga kelib ekologik 
muammoalr global darajaga chiqdi va bu quyidagi salbiy tendensiyalarda 
nomayon boʻlmoqda:
- dunyoda tiklanadigan deb hisoblangan resurslar (tropik oʻrmonlar, 
baliq resurslari va boshq.) oʻzini tiklashga ulgurmayapti;


189 
- jahon ekotizimi buzilishi roʻy bermoqda, taboro koʻp flora va fauna 
vakillari butunlay yoʻq boʻlmoqda, natijada tabiatdagi ekologik muvozanat 
buzilmoqda.
- iqlimning ehtimolli oʻzgarishi eng murakkab va eng xavfli 
muammoga aylanmoqda. U oʻrtacha oʻsishda ifodalanib, natijada ekstremal 
tabiiy-iqlim hodisalari: qurgʻogʻqchiliklar, toshqinlar, toʻfon, fasillarning 
keskin oʻzgarishi haddan tashqari ekstermal issiq va sovuq ob-havolarning 
kuzatlishi mumkin boʻlmagan mintaqalarda intensiv takrorlanishi va bular 
tabiat, inson hamda mamlakatlar iqtisodiyotiga sezilarli darajada iqtisodiy 
zarar yetkazmoqda. Xalqaro Komissiyaning – Bizning umumiy kelajagimiz 
nomli hisobotida insoniyat oʻzining iqtisodiy faoliyatida koʻp narsalarni 
oʻzgartirish kerakligi, chunki aks holda uni juda ogʻir sinovlar va atrof-
muhit keskin yomonlashuvi kutayotganligi haqida ogohlantirish eʼlon qildi. 
Kommisiya 
iqtisodiyotning oʻsishi Yer sayyorasining ekologik 
imkoniyatlari chegarasidan chetga chiqmasligi kerak, deb taʼkidladi. 
Shularning barchasini eʼtiborga olgan holda 1987-yilda BMT ning atrof-
muhitni himoya qilish boʻyicha komissiyasi texnogen oʻsishning alternativi 
sifatida barqaror rivojlanish konsepsiyasini ishlab chiqdi. Uning bosh 
gʻoyasi atrof-muhitga zararsiz boʻlgan iqtisodiy oʻsishni taʼminlashdir. 
Barqaror rivojlanish toʻgʻrisidagi tasavvurlar 1995-yilda Kopengagenda 
oʻtkazilgan oliy darajali Butunjahon uchrashuvida yanada chuqur tusga ega 
boʻldi. Unda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish manfaatida harakatlar dasturi 
qabul qilindi. Mazkur xujjatda barqaror rivojlanish uchun sharoit yaratishga 
qaratilgan chora-tadbirlar kompleksi qabul qilindi:
- jamiyat faoliyat yuritishi va farovonligini belgilaydigan qarorlarni 
ishlab chiqish va amalga oshirishda fuqarolik jamiyatining keng ishtirok 
etishi;
- barqaror iqtisodiy oʻsish va barqaror rivojlanishning keng miqyosli 
modellari hamda demografik jihatining iqtisodiy strategiyalar va rivojlanish 
strategiyalariga 
integratsiyasi 
natijasida 
barqaror rivojlanish 
va 
qashshoqlikni yoʻq qilish surʼatlarini tezlashtiradi hamda demografik 
maqsadlarga erishish va 
aholining turmush darajasi 
oshishiga 
koʻmaklashadi;
- oʻsish bilan bogʻliq manfaatlari turli ijtimoiy guruhlar oʻrtasida 
adolatli va kamsitishlarsiz taqsimlash hamda qashshoqlikda yashayotgan 
insonlar oziq-ovqat resurslaridan foydalanishini kengaytirish;
- insonlar barqaror rivojlanishiga moʻljal olgan konteksda atrof tabiiy 
muhitni muhofaza qilish va saqlab qolish.


190 
Yoxannesburgda 
oʻtkazilgan barqaror rivojlanish 
boʻyicha 
Butunjahon sammiti (2002-y.) qabul qilingan qaroriga muvofiq, 2005-yil 
dekabridan 
jahonhamjamiyatining 
barqaror rivojlanishga 
oʻtishi 
boshlangan. Bunda iqtisodiy-ijtimoiy-ekologik jarayonlarning yangi 
boshqarish mexanizmlarini puxta ishlab chiqish zarurligi eʼtirof etildi. 
Yangi rivojlanish mojdelini izlash barqaror rivojlanish paradigmasining 
evolyutsiyasini, yashil iqtisodiyot konsepsiyasi paydo boʻlishi hamda 
iqtisodiyot va jamiyat tabiiy tizimlar qva ularning chegaralariga moslashishi 
kerakligini bundan koʻra chuqur tushunishga olib keldi. Birlashgan Millatlar 
Tashkiloti taklifi bilan 2015-yil sentyabrida jahonning yetakchi davlatlari 
tomonidan 2030-yilga qadar barqaror rivojlanish sohasida kun tartibi 
kuchga kirdi. Yangi kun tartibi — bu mamlakatlarni barqaror 
rivojlanishining 17 maqsadiga erishish ustidan vazifalar belgilab berildi va 
uni ustidan ishni boshlashga chaqirishdir.
Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 2015-yilning 
sentyabrida Barqaror rivojlanish boʻyicha oʻtkazilgan sammitida qabul 
qilingan 70-son rezolyutsiyasiga muvofiq, shuningdek, 2030-yilgacha 
boʻlgan davrda BMT Global kun tartibining Barqaror rivojlanish 
maqsadlarini (keyingi oʻrinlarda BRM deb ataladi) izchil amalga oshirish 
boʻyicha tizimli ishlarni tashkil etish maqsadida quyidagilar beligilab olindi:
- barcha joylarda aholining kam taʼminlanganlik darajasini 
pasaytirish;
- oziq-ovqat xavfsizligini mustahkamlash, ovqatlanish ratsionini 
yaxshilash 
hamda 
qishloq xoʻjaligining 
barqaror rivojlanishiga 
koʻmaklashish;
- sogʻlom turmush tarzini taʼminlash va barcha yoshdagi kishilarning 
farovonligiga koʻmaklashish;
- umumqamrovli va adolatli sifatli taʼlimni taʼminlash hamda barchaga 
butun umri davomida taʼlim olish imkoniyatini ragʻbatlantirish;
- gender tenglikni taʼminlash va barcha xotin qizlarning huquq va 
imkoniyatlarini kengaytirish;
- barcha uchun suv resurslari va sanitariyaning mavjudligi hamda 
ulardan oqilona foydalanishni taʼminlash;
- arzon, ishonchli, barqaror va zamonaviy energiya manbalaridan 
barcha uchun umumfoydalanish imkoniyatini taʼminlash;
- samarali bandlikni oshirish hamda erkaklar va xotin-qizlarni 
munosib ish bilan taʼminlash asosida barqaror va umumqamrovli iqtisodiy 
oʻsishga koʻmaklashish;


191 
- barqaror infratuzilmani yaratish, umumqamrovli va barqaror 
sanoatlashuv va innovatsiyalarga koʻmaklashish;
- mamlakat ichida tengsizlikni va uning barcha koʻrinishlarni 
qisqartirish;
- shahar va aholi yashash punktlarinig ochiqligi, xavfsizligi va 
ekologik barqarorligini taʼminlash;
- isteʼmol va ishlab chiqarishning oqilona modellariga oʻtishni 
taʼminlash;
- iqlim oʻzgarishi va uning oqibatlariga qarshi kurashish boʻyicha 
tezkor choralarni qabul qilish;
- quruqlik ekotizimlarini himoyalash va tiklash, ulardan oqilona 
foydalanish, choʻllanishga qarshi kurashish, yerlarning yemirilishini 
toʻxtatish va ortga qaytarish, bioxilma-xillikning yoʻqolib ketishi jarayonini 
toʻxtatish;
- barqaror rivojlanish maqsadlari yoʻlida tinchliksevar va ochiq 
jamiyatlar barpo etilishiga koʻmaklashish, barcha uchun odil sudlov 
imkoniyatlaridan foydalanishni taʼminlash va barcha darajalarda samarali, 
hisobdor va keng ishtirokka asoslangan muassasalarni tashkil etish;
- barqaror rivojlanish maqsadlarida Global sheriklik doirasidagi 
amalga oshirish vositalarini mustahkamlash va ishlarni faollashtirish.
Zamonaviy 
jamiyatning 
markaziy 
harakatlantiruvchi 
kuchi 
xanuzgacha isteʼmolchi hisoblanadi. Ularning asosida iqtisodiy xati-
harakatlar moddiy talablarni maksimal qondirish yotadi. Bu oʻz navbatida 
ishlab chiqarishni cheksiz oʻsishiga, tabiiy resurslarning xaddan tashqari 
koʻp ishlatilishi va atrof-muhit ifloslanishiga olib keladi. Shubhasiz hozirgi 
bosqichda ijtimoiy-iqtisodiy tabiiy sohada sodir boʻlayotgan jarayonlar 
mutonosiblik juda turlicha tezlikda kechmoqda. Bundan tashqari amaliyot 
shuni koʻrsatadiki, bu nomutonosiblik yoʻqolmaydi, aksincha kuchayadi bu 
esa kelajak svilizatsiyasiga xavf ostiga qoʻyadi. Uzoq muddatli tabiiy 
jarayonlar natijasida toʻplangan tabiiy resurs salohiyatini mavjud ishlab 
chiqarish quvvatlari yordamida bir necha oʻn yil ichida isteʼmol qilish 
hamda yoʻq boʻlishiga olib kelish mumkin. 
Zamonaviy iqtisodiy tizim oʻz zamirida jadallashtirishga 
yoʻnaltirilgan tabiiy resurslardan foydalanish, takror ishlab chiqarish bu 
koʻpincha imkonsiz yoki uzoq vaqt talab etadi. Buning natijasida, 
Butunjahonhamjamiyati 
va koʻpgina davlatlar ekologik-iqtisodiy 
vaziyatning keskinlashuvi natijasida koʻplab muammolarga duch 
kelmoqda. Shu bilan birga, jamiyatning har qanday faoliyatini amalga 
oshirishi tabiat va uning resurslari chegarasida amalga oshiriladi va bu 


192 
masalada xech kim baxs yurita olmaydi. Insoniyat rivojlanishi kelajagini 
saqlab qolishi uchun, tabiiy resurslarning kamayishi asosiy cheklovchiga 
omilga aylanadi, shu bilan bogʻliq boʻlgan atrof-muhit va oʻz-oʻzini saqlash 
resurslarga boʻlgan ehtiyoj birinchi oʻringa chiqadi.
Insoniyat sivilizatsiyasi oʻzini-oʻzi saqlab qolishi tabiiy resurslarning 
kamayishi rivojlanishning asosiy cheklovchi omil, resurs istʼmoli birinchi 
oʻringa chiqadi. S.Ye.Filatkinova fikriga koʻra “kelajakda ekologik 
ehtiyojlar asosiy oʻrinni egallaydi, chunki ular insoniyatni saqlab qolishi va 
kelajagi bilan bevosita bogʻliq, shuning uchun hozirgi vaqtda ekologik 
ehtiyojlarni shakllantirish dolzarbdir”.
Ehtiyojlarning yangi strukturasini shakllantirish ijtimoiy-iqtisodiy 
munosabatlarning kelajakdagi ustuvor vazifasidir. Quyidagi yangi 
maqsadlarni rivojlanish tamoyillari, faoliyatni baholash mezonlari, ishlab 
chiqarish-xoʻjalik tizimlari va iqtisodiy tizimning barcha elementlarini 
qaytadan koʻrib chiqishni taqozo etadi. Shu munosabat bilan mintaqalarda 
ekologik barqaror rivojlanish modelini ishlab chiqish hududning 
imkoniyatlarini oʻrganish imkoniyatini beradi.
Alohida shuni taʼkidlash joizki, barqaror rivojlanish va anʼanaviy 
rivojlanish oʻrtasidagi asosiy farqi shundaki, uzoq muddatga moʻljallangan 
boʻlib, qisqa muddatli emas. Boshqacha qilib aytadigan boʻlsak, barqarorlik 
insoniyatning uzoq muddatli hayot uchun muhim boʻlgan nafaqat moddiy, 
balki ijtimoiy va ekologik ehtiyojlarini qondirilishidir. Barqaror rivojlanish 
yoʻliga oʻtish anʼanaviy iqtisodiyotni qayta koʻrib chiqishni taqozo qiladi. 
Iqtisodiyoti rivojlangan, farovonlik va zamonaviylikning asosi boʻlgan 
Yevropa, Osiyodagi, Shimoliy Amerikadagi aksariyat mamlakatlarning 
rivojlanish modellari ham mavjud toʻplanib qolgan ijtimoiy, ekologik-
iqtisodiy muammolarni samarali hal etishga yoʻl qoʻymaydi. Shu 
munosabat bilan iqtisodiyotning yangi yoʻnalishi ekologiya iqtisodiyoti 
rivojlanmoqda. Uning bosh masalasi muhit va tabiiy resurslardan 
foydalanish, ularni takror ishlab chiqarish, asrash va muhofaza qilish 
jarayonida yuzaga keladigan ekologik-iqtisodiy barqaror rivojlanish 
munosabatlarini asoslaydi.
Eng keng tarqalgan yondashuv, asosiy milliy kapital, shu jumladan 
jismoniy (anʼanaviy) tabiiy va inson kapitali hisoblanadi. Bu 
yondashuvning qoʻllanilishi barqaror rivojlanishni baholash koʻrsatkichlari 
quyidagicha:
𝑌 =
−∆K + ∆R + ∆L
K + R + L
Bu yerda: K,R,L – mos ravishda jismoniy, tabiiy va inson kapitali;


193 
∆K, ∆R,∆L – mos ravishda jismoniy, tabiiy va inson kapitali oʻsish 
(kamayish);
𝑌-milliy kapitalning yillik oʻsishi.
Bir qarashda formuladan foydalanish barqarorlikni ancha ishonchli 
baholash imkonini beradi: oʻsish qancha yuqori 𝑌 bo‘lsa, barqaror 
rivojlanish shunchalik yuqori boʻladi. Ammo yagona muammo bu yerda 
milliy kapitalning alohida elementlarining baholash qolmoqda. Shuningdek, 
chuqurroq tahlil qilish, faqatgina formulaga moʻljal qilish imkonini 
bermaydi. Bugunga qadar tabiiy va inson kapitalini iqtisodiy bahosi toʻliq 
baholanmagan.

Download 2,87 Mb.
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   75




Download 2,87 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-jadval  Ijtimoiy-iqtisodiy tizimlarning barqarorligi toʻgʻrisidagi

Download 2,87 Mb.
Pdf ko'rish