8.3-rasm Sugʻoriladigan yerlarning yer turlari boʻyicha
taqsimlanishi
Soʻngi yillarda m
amlakatimizda yer va suv munosabatlarini
takomillashtirish, qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer maydonlarini
maqbullashtirish va ularni ajratishning soddalashtirilgan tartibini qoʻllash,
yer-suv resurslaridan foydalanishda zamonaviy bozor mexanizmlari,
innovatsion va resurs tejovchi texnologiyalarni joriy qilish, past hosilli paxta
va gʻalla maydonlarini qisqartirish hisobiga yuqori daromadli, eksportbop
Qishloq
xoʻjaligiga
moʻljallangan
yerlar;
50%
Pichanzor va
yaylovlar;
27%
Haydaladigan
yerlar 10%
Koʻp yillik …
Boshqa yerlar;
12%
Boʻz erlar
0%
SUGʻORILADIGAN YERLARNING YER TURLARI BOʻYICHA
TAQSIMLANISHI, MING.GA
203
mahsulotlar yetishtirish boʻyicha tizimli choralar amalga oshirilmoqda. Shu
bilan birga, respublika aholisi sonining yuqori surʼatlar bilan oʻsib borishi,
qishloq xoʻjaligi yerlarining boshga toifaga oʻtkazilishi va global iqlim
oʻzgarishi taʼsirining keskinlashuvi oqibatida oxirgi 15 yilda aholi jon
boshiga toʻgʻri keladigan sugʻoriladigan yer maydonlari oʻlchami 24 foizga
(0,23 gektardan 0,16 gektargacha), oʻrtacha yillik suv taʼminoti darajasi esa
3048 metr kubdan 158,9 metr kubgacha qisqardi. Sugʻoriladigan yerlarning
meliorativ holatini yaxshilash jamgʻarmasining tashkil etilgani,
sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilashga qaratilgan davlat
dasturi doirasida amalga oshirilgan ishlar natijasida respublika boʻyicha 1
million
200 ming gektardan ortiq sugʻoriladigan maydonlarning meliorativ
holati yaxshilandi. Suv va yer resurslarini boshqarishdagi iqtisodiy
mexanizmlar va huquqiy asoslarni takomillashtirish hamda meʼyoriy-
huquqiy hujjatlar talablariga qatʼiy rioya etilishi ustidan nazoratni
kuchaytirish kabi masalalar doimiy eʼtibordagi masala sifatida qaralmoqda.
Statistik maʼlumotlariga koʻra, iqlim oʻzgarishi, eroziya jarayonlari
natijasida yiliga oʻrtacha 6-7 mln. ga maydondagi yerlar qishloq xoʻjalik
oborotidan chiqib ketmoqda.
Sanoat va transport infratuzulmasi sohasida amalga oshirilayotgan
qurilishlar, yer osti boyliklarini qazib olish jarayonida hosil boʻlayotgan
karyer va tuproq uyumlari jadal
surʼatlar bilan qishloq xoʻjaligi ekin
yerlarini siqib chiqarib, haydaladigan yerlar qurilayotgan suv omborlari
ostida qolib ketmoqda. Hududlarda oʻtkazilgan ilmiy tadqiqot natijalariga
qaraganda sugʻorish suvlarining katta meʼyorda ishlatilishi grunt suvlari
satxining koʻtarilishiga sabab boʻlmoqda. Bugungi kunda grunt suvlari kam
minerallashgan (1-3g/l) maydon 1,5 mln. gektarni, oʻrtacha minerallashgan
(3-5g/l) 0,7 mln. gektarni va kuchli minerallashgan (5g/l) 0,5 mln. gektarni
tashkil etmoqda. Tuproklarning unumdorligiga shamol va suv eroziyalari
katta taʼsir koʻrsatadi. Bugungi kunda 2 mln. gektardan oshiqrok. yer
deflyatsiyaga, jumladan, 0,7 mln. gektar yer kuchli deflyatsiyaga uchragan,
0,5 mln. gektar yerda irrigatsiya eroziyasi yuz bermoqda. Bunday yerlar togʻ
oldida joylashgan viloyatlar, ayniqsa, Fargʻona vodiysi koʻplab uchraydi va
salmoqli qismini sugʻoriladigan yerlar tashkil etadi. Qishloq va suv xoʻjaligi
vazirligi maʼlumotlari shuni koʻrsatadiki, eroziya natijasida gektaridan 0,5-
0,8 tonna gumus, 100- 120 kg azot, 75-100 kg fosforni yuvib ketishi
mumkin. Bu esa sugʻoriladigan yerlardan foydalanish samaradorligining
pasayib ketishiga zamin yaratadi.
Keyingi yillarda sugʻorma dehqonchilik zonalarida, ayniqsa
Orolboʻyi hududlarida tabiiy sharoitlar va inson xoʻjalik faoliyati ta’sirida
204
turli degradatsiya-ortiqcha namlanish, ikkilamchi shoʻrlanish, choʻllanish,
shamol va irrigatsiya eroziyasi, ogʻir metallar va zaharli moddalar bilan
ifloslanish, degumufikatsiya, haydalma qatlamning zichlashishi jarayonlari
shakllangan, natijada sugʻoriladigan tuproqlar unumdorligi va ekinlar
hosildorligi pasaygan. Respublika boʻyicha jami 2 mln. 418,8 ming gektar
sugʻoriladigan yer maydonlarining 72,1 % turli darajada shoʻrlanganligi,
shundan 38,4 % kuchsiz darajada, 22,8 % oʻrta darajada, 6,2 % kuchli
darajada
va
4,7
%
juda
kuchli
darajada
shoʻrlanganligi
aniqlangan.Jumladan, shoʻrlangan yerlar maydoni jami sugʻoriladigan
yerlarning Qoraqalpogʻiston Respublikasida (15 ta tuman) -91,4%, Buxoro
viloyatida (12 ta tuman) -85,1%, Jizzax viloyatida (7 ta tuman) -76,4%,
Navoiy viloyatida (6 ta tuman) -64,5%, Sirdaryo viloyatida (10 ta tuman) -
79,3%; Xorazm viloyatida (10 ta tuman) 68,8% ni tashkil etadi. Kuchli
shoʻrlangan tuproqlar ulushi esa asosan Qoraqalpogʻiston Respublikasi
(15,1%) va Xorazm viloyati (5,9%) hissasiga toʻgʻri kelayotganligi
aniqlangan.
8.4-rasmdagi diagramma maʼlumotlaridan koʻrinib turibdiki,
viloyatlar kesimida sugʻoriladigan yerlarning holati qoniqarli darajada
emas. Respublikada mavjud 14 ta maʼmuriy viloyatlar yerlarining deyarli
barchasi maʼlum bir darajada shoʻrlangan (8.4-rasm).
Yuqoridagi tahlillardan koʻrinadiki, viloyatlar boʻyicha degradatsiya
holatidagi sugʻoriladigan yerlarni holati bugungi kun yerdan foydalanish
barqarorligini taʼminlashdagi siklliligiga xizmat qilmayapti. Jumladan, eng
asosiy muammolardan biri sifatida yerlarni degradatsiya darajasiga tushib
qolishi, tuproqlarning shoʻrlanish holati yildan yilga oshib bormoqda.
Hududlarning tabiiy sharoitlarini inobatga olgan holda tizimli tashkil etilgan
meliorativ tadbirlarni olib borish, sohaga zamonaviy innovatsion
texnologiyalarni qoʻllash, shuningdek maqsadli tadbirlar olib borish eng
205
muhim vazifalardan biri hisoblanadi.Bundan tashqari respublikamiz
sugʻoriladigan yerlarida gumusning pasayishi, choʻllanish, botqoqlanish,
zaharlanish, gipslanish, begona oʻtlar bosishi, bulgʻanish, suv bosishi,
ifloslanish, tashlab ketish kabi salbiy holatlar davom etmoqda. Ularning
hisobini yuritish, holatini monitoring qilish, oldini olish va bartaraf etish
yuzasidan barcha yer resurslarini boshqaruv darajalarida tizimli va doimiy
tavsifga ega kompleks dasturli ish olib borish lozim.
2019-yil oktyabr oyida respublikada 2030-yilgacha atrof-muhitni
muhofaza qilish konsepsiyasi qabul qilindi. Konsepsiyada atrof-muhitni
(atmosfera havosi, suv, yer, tuproq, yer osti boyliklari, biologik xilma-xillik,
muhofaza qilinadigan tabiiy hududlar) antropogen taʼsirlardan va boshqa
salbiy omillardan saqlash, muhofaza qilinadigan tabiiy hududlarni
kengaytirish va chiqindilarni boshqarishning ekologik toza tizimini
takomillashtirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar mavjud. Konsepsiyani
amalga oshirish orqali quyidagi oʻzgarishlar kutilmoqda:
- Orol dengizining qurigan tubining Oʻzbekiston hududidagi qismiga
oʻrmon ekish maydonini 28 % dan (0,9 mln gektar) 60 % ga (2 mln gektar)
yetkazish;
- ifloslantiruvchi moddalar tashlamalarini 10 % ga kamaytirish
(2,492 milliondan 2,243 million tonnagacha);
- 80 % (taxminan 6500 ta) jamoat transportini tabiiy gaz yoqilgʻisi va
elektrda harakatlanishga oʻtkazish;
- oʻrmon bilan qoplangan hududni 3,2 milliondan 4,5 million
gektargacha yetkazish;
- muhofaza etiladigan tabiiy hududlar maydonini 3,5 % dan (1,5 mln
ga) 12 % ga (5,4 mln) koʻpaytirish;
- aholining qattiq maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqish
xizmatlari bilan qamrab olinishini 48 % dan (16 mln kishi) 100 % yetkazish;
- hosil boʻlgan qattiq maishiy chiqindilarni qayta ishlash hajmini 18%
dan (1,3 mln tonna) 65% gacha (4,6 mln tonna) oshirish.
Orol fojiasi nafaqat Oʻzbekiston, balki butun Markaziy Osiyoning
iqlim sharoitiga kuchli salbiy taʼsir koʻrsatib yozda quruq va issiqni
kuchaytiradi, qishda esa sovuq kunlar davomiyligini oshiradi. Orolboʻyi
hududida harorati 40°C dan yuqori boʻlgan kunlar soni 2 baravar,
Oʻzbekistonning qolgan qismida esa oʻrtacha bir yarim baravar koʻpaydi.
1950-yillarning boshidan boshlab respublika hududida haroratning oʻrtacha
oʻsish surʼati oʻn yil ichida 0,29°C ni tashkil etdi, bu global isish
surʼatlaridan 2 baravar koʻpdir. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti
Shavkat Mirziyoyev BMTda soʻzlagan nutqida Orol dengizining qurishi
206
natijasida Orolboʻyi hududi “ekologik halokat epitsentriga” aylanganini
qayd etib oʻtdi. Ayni shu sessiyada u Orolboʻyi mintaqasini “ekologik
innovatsiyalar va texnologiyalar zonasi” deb eʼlon qilishni taklif qildi. 2021-
yil may oyida BMT Bosh Assambleyasi Orolboʻyi mintaqasini “ekologik
innovatsiyalar va texnologiyalar zonasi” deb eʼlon qilgan rezolyutsiyani bir
ovozdan maʼqulladi. 2021-yil noyabr oyida Oʻzbekiston Respublikasi
Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Orolboʻyi mintaqasida tadbirkorlikni jadal
rivojlantirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarorni
imzoladi.
Bundan koʻzlangan asosiy maqsad - mavjud yer va suv resurslaridan
samarali foydalanish, qishloq xoʻjaligi va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash,
aholi bandligini taʼminlash va daromadlarini oshirish, shuningdek,
Qoraqalpogʻiston Respublikasining shimoliy hududlarida qulay agrobiznes
muhitini yaratish hisoblanadi. 2022-yilning yanvar oyida hukumat
tomonidan 2022-2026-yillarda Orol dengizi tubi va Orolboʻyi hududini
qoplash uchun yaratilayotgan himoya oʻrmonlari maydonlari, shuningdek,
2022-2026-yillarda Orol dengizi tubi va Orolboʻyi hududini qoplash uchun
himoya oʻrmonlarini yaratish uchun choʻl oʻsimliklari urugʻlarini
tayyorlash hajmi tasdiqlandi. Ushbu rejaga koʻra, 2026-yil oxiriga qadar
Qoraqalpogʻiston hududida 500 ming gektar saksovul, qorabaroq va
cherkez ekilishi moʻljallangan. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasining 2022-yil 25-yanvardagi “Orolboʻyi hududini ekologik
innovatsiyalar va texnologiyalar zonasiga aylantirish boʻyicha qoʻshimcha
chora-tadbirlar toʻgʻrisida” gi qarori bilan Orolboʻyi hududini ekologik
innovatsiyalar va texnologiyalar zonasiga aylantirish konsepsiyasi hamda
2022-2026-yillarda Orolboʻyi hududiga xorijiy investitsiyalarni jalb
etishning ustuvor yoʻnalishlari boʻyicha koʻp tomonlama “yoʻl xaritasi”
tasdiqlandi.
Jahon bankining “Orol dengizi tubidan qum va chang boʻronlarini
kamaytirish maqsadida Oʻzbekistonda landshaftlar tiklashning ahamiyati”
nomli soʻnggi tadqiqotiga koʻra, har yili Orolqumning qum va chang
boʻronlari Qoraqalpogʻistonga 44 million dollardan ortiq iqtisodiy zarar
yetkazadi. (Mintaqa yalpi ichki mahsulotining 2%). Keyingi 20 yil ichida
Jahon Banki maʼlumotlariga koʻra, ushbu vaziyatni hal etishdagi sustkashlik
mintaqaga 840 million dollardan koʻproq zarar yetkazishi taxmin
qilinmoqda. 2018-2021-yillarda Orol dengizining qurigan tubida 1,5 million
gektar maydonda saksovul, cherkez, qandim va qorabaroq kabi choʻl
oʻsimliklaridan himoya oʻrmonzorlari yaratildi. Ishlarga 4000 dan ortiq
ishchi va 1600 ta texnika, shu jumladan samolyotlar jalb etildi. 2022-yilda
207
107 ming gektar maydonda himoya oʻrmon plantatsiyalari tashkil etildi,
buning uchun 580 tonna choʻl oʻsimliklarining urugʻlaridan foydalanildi.
Bundan tashqari, 100 gektar maydonda pitomnik tashkil qilindi. Hozirgi
vaqtda 26 ming gektar maydonda ish olib borilmoqda, ekish uchun 562
tonna urugʻ tayyorlangan. Jahon banki hisob-kitoblariga koʻra,
Orolqumdagi landshaftni tiklash boʻyicha chora-tadbirlar yiliga taxminan
39 million dollar (Qoraqalpogʻiston YAIMining 1,9 %) qoʻshimcha foyda
keltirishi mumkin.
Landshaftni tiklash, shuningdek, yalpi ichki mahsulotning 0,3% iga
teng boʻlgan taxminan 5,5 million dollarlik hosil yoʻqotilishining oldi
olinadi. Oʻzbekistonda landshaftlarni tiklash boʻyicha loyihalarni amalga
oshirish natijasida ekotizim xizmatlarining afzalliklari, agar tuproqni
tiklashning
tegishli
usullari
qoʻllanilsa, ekinlar
yetishtirishni
kengaytirishning iqtisodiy va moliyaviy foydalariga qaraganda nisbatan
muhim ahamiyatga ega.
|