Innovatsiyalar vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti m. T. Adilova




Download 2,87 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/75
Sana23.11.2023
Hajmi2,87 Mb.
#104057
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   75
Bog'liq
Атроф мухит ва табиий ресурслар иқтисодиёти

АННОТАЦИЯ 
Это учебное пособие подготовлено в соответствии с программой 
предмета этого раздела. Включает в себя предмет, задачи и теоретико-
методологические проблемы науки, а также устойчивое развитие и 
экологическую политику, риски и угрозы в устойчивом развитии 
страны, роль «зеленой» экономики в обеспечении устойчивого 
развития, экологические проблемы и пути их решения. для их 
решения, сущность, виды и задачи экологической политики., общая 
характеристика природных компонентов и направления их оценки, 
классификация природных ресурсов и их использование в 
экологическом хозяйстве, приоритетные направления, такие как 
атмосфера, земля-вода, минеральные ресурсы и их рациональному 
использованию уделяется особое внимание. 
ANNOTATION 
This study guide is prepared in accordance with the subject syllabus of this 
title. It includes the subject, tasks and theoretical and methodological 
problems of the science, as well as sustainable development and 
environmental policy, risks and threats in the country's sustainable 
development, the role of the "green" economy in ensuring sustainable 
development, environmental problems and ways to solve them, the essence, 
types and tasks of environmental policy. , general characteristics of natural 
components and directions of their evaluation, classification of natural 
resources and their use in ecological economy, priority areas such as 
atmosphere, land-water, mineral resources and their rational use are paid 
special attention. 



KIRISH 
Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga muvofiq yer, yer osti 
boyliklari, suv, oʻsimlik va hayvonot dunyosi hamda boshqa tabiiy zaxiralar 
umummilliy boylikdir, ulardan oqilona foydalanish zarur va ular davlat 
muhofazasidadir
1
, deb belgilab qoʻyilgan. Atrof-muhitning joriy holati 
tahlili, global va mintaqaviy ekologik muammolar, yangi ekologik xavf-
xatarlar Oʻzbekiston Respublikasida aholining hayot sifatini yaxshilash 
borasida olib borilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy jarayonning ajralmas qismi 
hisoblangan 2030-yilgacha boʻlgan davrda Oʻzbekiston Respublikasining 
Atrof-muhitni muhofaza qilish konsepsiyasini ishlab chiqish zaruratini 
vujudga keltirdi.
2019-2030-yillarda Oʻzbekiston respublikasining yashil iqtisodiyotga 
oʻtish strategiyasida mamlakatimizni uzoq muddatli istiqbolda jahonda 
taraqqiy etgan mamlakatlar qatoriga kirishning ustuvor yoʻnalishi sifatida 
cheklangan, takror ishlab chiqarilmaydigan tabiiy resurslardan oqilona 
foydalanish va energiya samaradorligini oshirish vazifalarini hal etish 
koʻzda tutilgan. Ushbu strategik maqsadlarga erishish uchun amaliyotda 
qoʻllanilayotgan texnologiyalarni modernizatsiyalash va moliyaviy 
mexanizmlarni rivojlantirish yalpi ichki mahsulot birligiga sarflanayotgan 
issiqxona gazlarining solishtirma chiqindilarini 2030-yilda 2010-yilga 
nisbatan 10 foizga kamaytirish, aholi va iqtisodiyot tarmoqlarini yuz foiz 
zamonaviy, arzon va ishonchli elektr taʼminotidan foydalanishga oʻtkazish, 
ekologik yaxshilangan motorli yoqilgʻi va avtomobil ishlab chiqarishga 
oʻtish, elektr transportini jadal surʼatlarda rivojlantirish vazifalarini hal etish 
lozim
2
. Atrof-muhit sohasida davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishlarini 
belgilash, ularning amalga oshirilishi esa kelajak avlodlarning manfaatlari 
yoʻlida davlatni barqaror rivojlantirishni taʼminlash imkonini beradi. 
Jamiyatning jadal surʼatlarda sanoatlashuvi mamlakatlar iqtisodiyotining 
rivojlanishi bilan bir qatorda koʻplab ekologik muammolarni keltirib 
chiqarmoqda. Aholining tez koʻpayib borishi va ehtiyoji toʻxtovsiz oʻsishi 
bilan bogʻliq holda sodir boʻlayotgan iqtisodiy rivojlanish resurs sigʻimi 
yuqori texnologiya sharoitida Yer sayyorasining qiyofasini tez 
oʻzgartirishga, unga tuzatib va toʻldirib boʻlmaydigan ziyon yetkazishga 
sabab boʻlayotir. Fan-texnika taraqqiyoti insoniyatning tabiiy muhitni 
oʻzgartirish imkoniyatlarini yangi sifat bosqichiga koʻtardi va uning oldida 
favqulodda katta istiqbollarni ochdi. Shu bilan bir qatorda insonning tabiat 
1
https://lex.uz/docs/6445145 
2
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 4-oktyabrdagi “2019-2030-yillar davrida Oʻzbekiston 
Respublikasining “yashil” iqtisodiyotga oʻtish strategiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida” gi PQ 4477 -sonli Qarori



bilan oʻzaro munosabatlarida Yer sayyorasi va insoniyatning mavjudligiga 
tobora koʻproq xavf soladigan tashvishlantiruvchi signallar ham namoyon 
boʻlmoqda. Bunda hozirgi ilmiy-texnika taraqqiyotining salbiy jihatlari, 
demografik portlash bilan bogʻliq boʻlgan oziq-ovqat yetishmovchiligi 
muammolari va boshqalar nazarda tutiladi. Tez-tez sodir boʻlayotgan tabiiy 
ofatlar, texnogen avariyalar, halokatlar va ular bilan bogʻliq boʻlgan katta 
qurbonlar, moddiy yoʻqotishlar tabiiy resurslarni ayovsiz ekspluatatsiya 
qilish, tabiiy muhitning misli koʻrilmagan miqyosda ifloslanishi birgalikda 
sodir boʻlmoqda. Atmosferaning yuqori qatlamida ozon ekranining 
yemirilishi, materik hududlarning tobora koʻproq choʻllashib borishi, iqlim 
barqarorligining yoʻqotilishi va tabiiy muhit oʻzgarishidagi koʻplab boshqa 
tendensiyalar ekologik boʻhron belgilari hisoblanadi.
Mineral 
xomashyo 
resurslarning 
cheklanganligi, 
tabiat 
komplekslarining resurslarni takror ishlab chiqarish imkoniyatlari, ishlab 
chiqarish chiqindilarni neytrallash va oʻziga singdirish xossalarining 
chegaralanganligi atrof-muhit bilan bogʻliq muammolar yechimini topishga 
xizmat qiladigan fanni shakllantirish va rivojlantirishga ijtimoiy ehtiyojning 
paydo boʻlishiga sabab boʻladi. Shunday fan sohasi “Atrof-muhit va tabiiy 
resurslar iqtisodiyoti” boʻlib, uning asosiy vazifasi tabiat va jamiyatning 
oʻzaro aloqalarida tabiiy muhit va tabiiy resurslardan foydalanish, ularni 
takror ishlab chiqarish, asrash va muhofaza qilish jarayonida yuzaga 
keladigan ijtimoiy-iqtisodiy va ekologik munosabatlarni oʻrganish 
hisoblandi.
Ushbu oʻquv qoʻllanmaning maqsadi jamiyatning barqaror 
rivojlanishni taʼminlash uchun atrof-muhitni va tabiiy-ekologik resurslardan 
foydalanish boʻyicha ekologik-iqtisodiy munosabatlarni iqtisodiy tartibga 
solishning nazariy asoslarini va amaliy yondashuvlarini asoslab berishdan 
iborat. Shuningdek, barqaror rivojlanishning ilmiy asoslarini yaratish va 
uning mexanizmlarini amalga oshirishga, “jamiyat-tabiat” tizimidagi yangi 
turdagi 
munosabatlarni 
shakllantirishga 
yoʻnaltirilgan 
boʻlib, 
mamlakatimizda 
qaror 
topayotgan 
sharoitida 
iqtisodiyotning 
ekologiyalashuvi jarayonlari xususiyatlarini toʻla ochib berishga va 
muvozanatlashgan rivojlanishning davlat strategiyasini taʼminlash boʻyicha 
kompleks tadbirlarni oʻrganishga, xoʻjalik qarorlari samaradorligi va 
asoslab berilishini taʼminlashga imkon beradi.




Download 2,87 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   75




Download 2,87 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Innovatsiyalar vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti m. T. Adilova

Download 2,87 Mb.
Pdf ko'rish