Atrof-muhit va tabiiy resurslar iqtisodiyotining qonuniyatlari.
Tabiiy ekologik resurslarni takror ishlab chiqarish iqtisodiyot qonuniyatlari
va ekologik-iqtisodiy sohaning insonning (boshqa faoliyat turlaridan farq
qiladigan) mustaqil faoliyat turlaridan farq qiladigan mustaqil faoliyat turi
ekanligi bilan uzviy bogʻliqdir. Shu sababdan ekologiya iqtisodiyoti
qonuniyatlari oʻz mohiyatiga koʻra, tabiat va jamiyat oʻzaro
munosabatlarining ekologik-iqtisodiy tizimi sifatida namoyon boʻladi. Shu
nuqtayi nazardan jamiyat katta tabiatning ajralmas tarkibiy qismi, tabiat esa
jamiyatning tabiiy asosi hisoblanadi. Jamiyatning tabiat bilan oʻzaro yaxlit
katta tabiat ichida sodir boʻladigan jarayondir. Jamiyatning tabiatga
nisbatan nisbiy mustaqilligi jamiyatda tabiat qonuniyatlarining taʼsirini
17
bekor qila olmaydi. Shu sababdan har qanday yaxlitlikning tarkibiy qismlari
yaxlitlik qonuniyatlariga boʻysungani singari jamiyat ham tabiatning
umumiy qonuniyatlariga boʻysunadi.
Atrof-muhit va tabiiy resurslar iqtisodiyotining qonuniyatlari
jamiyatning ekologik-iqtisodiy rivojlanishi qonunlari tizimi majmuasi
boʻlib, ular turli guruhdagi qonunlarni oʻz ichiga oladi. Qonuniyatlar esa
quyidagi guruhlarga boʻlinadi:
1) atrof-muhit va tabiiy resurslar iqtisodiyotining umumiy
qonuniyatlari.
2) atrof-muhit va tabiiy resurslar iqtisodiyotining xususiy
qonuniyatlari.
Atrof-muhit va tabiiy resurslar iqtisodiyotining umumiy qonuniyatlari
barcha tarixiy davrlarga xos boʻlib, ular ekologik-iqtisodiy rivojlanishning
olgʻa borishi jarayonini ifodalaydi. Masalan, jamiyat bilan tabiat
rivojlanishining oʻzaro mos boʻlish qonuniyatlari, tabiiy resurslardan
ratsional foydalanish va tabiat muhofazasining umumiy qonuniyatlari shular
jumlasiga kiradi.
Atrof-muhit va tabiiy resurslar iqtisodiyotining xususiy qonuniyatlari
konkret mamlakat va mintaqalarda namoyon boʻladi. Ularning mazmuni va
natijalari mintaqaviy ekologik-iqtisodiy munosabatlar, tabiat va jamiyat
birligining
mintaqaviy
xususiyatlari
bilan
belgilanadi.
Xususiy
qonuniyatlarga
tabiiy-ekologik
resurslarning
mintaqaviy
ijtimoiy
foydaliligini
maksimallashtirish
qonuniyati,
tabiiy
resurslarning
kengaytirilgan takror ishlab chiqarish qonuniyatlari kiradi.
Tabiat va jamiyat yaxlit tizim hisoblanadi. Uning ayrim jarayonlari,
hodisalari bir-birlari bilan uzviy bogʻliq va biri boshqasini taqozo etadi.
Tabiat oʻzaro aloqa va oʻzaro taʼsirida boʻlgan son-sanoqsiz konkret
shakllarni oʻz ichiga oladi. Tabiatning barcha darajalarida namoyon
boʻladigan eng asosiy qonuniyati moddiy tizim va uni oʻrab turadigan tashqi
sharoitning birligi qonuni hisoblanadi. Buni jamiyatga nisbatan qoʻllaganda,
jamiyatning tabiiy muhit bilan birligi qonuniyati mavjudligi aniq boʻlib
qoladi. Shunga muvofiq tabiat va jamiyat rivojlanishining oʻzaro mos
boʻlishi qonuniyati namoyon boʻladi.
Dunyoning moddiy birligi, shuningdek, oʻzaro taʼsir koʻrsatuvchi
hodisalar va jarayonlarning albatta mos boʻlishi qonuniyati harakatida ham
namoyon boʻladi. Har qanday hodisa va jarayonlar oʻzgarib borib, u bilan
oʻzaro taʼsirda boʻladigan boshqa hodisalar va jarayonlarning unga mos
holda oʻzgarishini taqozo etadi. Ular oʻrtasidagi oʻzaro taʼsir qancha kuchli
(intensiv) boʻlsa, biror hodisa va jarayonlardagi oʻzgarishlar ular bilan
18
oʻzaro taʼsirida boʻladigan hodisa va jarayonlarni shuncha koʻp darajada
oʻzgartiradi. Ushbu qonuniyat tabiatning va unga mos xolda ekologiya
iqtisodiyotining umumiy qonuni boʻlib, u ham jamiyatning, ham tabiatning
rivojlanishida oʻz ifodasini topadi. Bu qonuniyat jamiyat oʻz
rivojlanishining tabiiy sharoitlarini buzsa, uni asrash qoidalariga rioya
qilmasa, ularni izdan chiqarsa va oʻz harakatlarida tabiiy muhitga mos
kelishini toʻxtatsa, unda jamiyat ushbu mos boʻlishni tiklashga majbur
boʻladi. Aks holda jamiyat halok boʻladi.
Mos boʻlish qonuni doimiy harakatda boʻladi va shu jarayonga taʼsir
koʻrsatadi, va bu turli darajalarda, barqarorlikning doimiy ravishda buzilishi
sharoitlarida namoyon boʻladi. Materiya harakati mutlaq boʻlgani holda
barqarorlik, muvozanat doimo nisbiy boʻladi. Umumiy rivojlanish nisbiy
muvozanatni buzish orqali oʻziga yoʻl ochadi.
Odamning tabiatga munosabati tabiatdan faol foydalanishi va tabiatni
muhofaza qilish boʻyicha mehnat faoliyati orqali ifodalanadi. Ishlab
chiqarish munosabatlari esa mulkchilik munosabatlariga asoslanadi.
Tabiatga munosabat mehnat jarayonida odamlarning tabiat bilan oʻzaro
taʼsirini qamrab oladi va turli texnologik jarayonlarda ishtirok etadi. Ishlab
chiqarish munosabatlari ijtimoiy-iqtisodiy xarakterga ega boʻladi va
ijtimoiy shaklda namoyon boʻladi. Ishlab chiqarish jarayonida texnologik
ijtimoiy va iqtisodiy munosabatlar oʻzaro qoʻshilib ijtimoiy ishlab
chiqarishning mohiyatini aks ettiradi.
Tabiiy ekologik resurslardan ratsional foydalanish va tabiat
muhofazasining umumiy qonuniyati asosida dialektika qonunlari yotadi va
u tabiiy sharoit va resurslarning modda va ekologik-iqtisodiy tomonlarini
oʻzida aks ettiradi. Ushbu qonuniyatning asosini energiyaning saqlanish va
aylanish qonuni belgilab beradi.
Atrof-muhit va tabiiy resurslar iqtisodiyotining xususiy qonuniyatlari
quyidagi shaklda namoyon boʻladi:
1) tabiiy ekologik resurslarning mintaqaviy ijtimoiy foydaligini
maksimallashtirish qonuniyati;
2) tabiiy resurslarni kengaytirilgan takror ishlab chiqarish qonuniyati.
Tabiiy ekologik resurslarning mintaqaviy ijtimoiy foydaligini
maksimallashtirish qonuniyati – ijtimoiy maqsadga muvofiq mehnat sarfi va
tabiiy resurslarga ijtimoiy ehtiyoj bilan uzviy bogʻliqdir. Tabiatdan
foydalanishning ijtimoiy foydaliligi ijtimoiy ehtiyojlarni qondirishda tabiiy
resurslarni takror ishlab chiqarish samaradorligi nuqtayi nazaridan
baholanadi. Tabiatdan foydalanishning ijtimoiy foydaliligi ijtimoiy
mehnatni maksimal imkon boricha tejashga qaratilib, jamiyatning energiya
19
resurs ehtiyojlarini maksimal imkon boricha qondirishda ifodalanadi. Uni
quyidagi formulada ifodalash mumkin:
F
i
= S
x
/ S
n
Bunda: F
i
– tabiatdan foydalanishning ijtimoiy foydaligi;
S
x
- hozirgi darajada resurs ehtiyojlarini qondirishning tabiatdan
foydalanishdagi haqiqiy samaradorligi
S
n
- energiya-resurs ehtiyojlarini maksimal darajada qondirishda
tabiatdan foydalanishning normativ samaradorligi.
Tabiiy
resurslarni
kengaytirilgan
takror
ishlab
chiqarish
qonuniyatining namoyon boʻlishi tabiiy resurs ehtiyojlar bilan uzviy bogʻliq
boʻlib, xilma-xil tabiat mahsulotlarini takror ishlab chiqarishni talab qiladi
va quyidagi yoʻnalishlarda amalga oshirish mumkin:
1). Undiruvchi tarmoqlar oʻsish surʼatlari moddiy ishlab chiqarishning
oʻsish surʼatlaridan past boʻlishi kerak;
2). Ishlab beruvchi tarmoqlarning oʻsish surʼatlari xomashyodan
ratsional foydalanishga bogʻliq holda undiruvchi tarmoqlarning oʻsish
surʼatlaridan yuqori boʻlishi kerak;
3). Chiqindisiz, kam chiqindili ishlab chiqarishning shuningdek, tabiat
muhofazasi tadbirlarining oʻsish surʼatlari ifloslantiruvchi tarmoqlar oʻsish
surʼatlaridan yuqori boʻlishi kerak;
4). Tabiatni tiklovchi tarmoqlarning oʻsish surʼatlari undiruvchi
tarmoqlarning oʻsish surʼatlaridan past boʻlmasligi kerak;
5). Tabiat muhofazasiga kapital qoʻyilmalarning oʻsish surʼatlari
moddiy ishlab chiqarishga kapital qoʻyilmalarning oʻsish surʼatlaridan
yuqori boʻlishi kerak.
Ushbu shartlarga amal qilish mamlakat va uning hududlarining
tabiatdan foydalanishdagi ekologik-iqtisodiy manfaatlarini toʻla hisobga
olishga imkon beradi.
Atrof-muhit va tabiiy resurslar iqtisodiyotining umumiy va xususiy
qonuniyatlariga mos holda tabiat va jamiyatning optimal mosligi
qonuniyati quyidagi prinsiplarda namoyon boʻladi:
- Tabiat va jamiyatning optimal mosligi prinsipi;
- Tabiiy muhitning tabiiy muvozanatni qoʻllab-quvvatlash prinsipi;
- Inson faoliyatining ekologik tozaligi prinsipi;
- Tabiatni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish
mintaqaviydir;
- Kompleks yondashuv prinsipi;
- Tabiatni muhofaza qilish va foydalanish prinsipi;
20
Atrof-muhit va tabiiy resurslar iqtisodiyotining xususiy qonuniyatlari
quyidagi xususiy prinsiplar orqali amalga oshiriladi:
1) Ilmiylik;
2) Optimallik;
3) Mintaqaviylik;
4) Komplekslik;
5) Toʻlovlilik;
|