11
ekologik xarajatlari, ifloslanishdan iqtisodiy ziyonni hisobga olib, ekologik-
iqtisodiy munosabatlarni tadqiq etadi.
Atrof-muhit va tabiiy resurslar iqtisodiyoti
predmeti tabiat va jamiyat
oʻrtasidagi oʻzaro taʼsir jarayonida yuzaga keladigan ekologik-iqtisodiy va
ularni optimizatsiyalash xoʻjalik faoliyatining iqtisodiy oqibatlari, tabiatdan
oqilona foydalanish
va tabiatni asrash, muhofaza qilishni tartibga solish
yoʻllarini oʻrganish hisoblanadi.
Atrof-muhit va tabiiy resurslar iqtisodiyoti
faqat ekologik-iqtisodiy
munosabatlarni oʻrganibgina qolmay, balki atrof muhit muhofazasi va
tabiatdan foydalanish sohasida yuzaga
keladigan muammolarni hal
etishning aniq mexanizmlarini ishlab chiqish,
yashil iqtisodiyotni
rivojlantirish va ekologik barqaror rivojlanishning milliy konsepsiyalarini
amalga oshirish va uni mexanizmlarini taʼminlashdan iborat.
Shunday
rivojlanish amaliyotda shakllangan iqtisodiy oʻsishning ekstensiv
konsepsiyasidan voz kechishni va barqaror rivojlanishga oʻtishni
taqozo
etadi. Atrof-muhit va tabiiy resurslar iqtisodiyoti fanining obyekti turli
miqyos va darajadagi ekologik-iqtisodiy tizimlardir (global,
mamlakat,
mintaqa, rayon, korxona, tabiiy-hududiy komplekslar va boshqalar).