Ilmiylik prinsipi tabiatdan foydalanish va tabiat muhofazasi ham
tabiatning, jamiyatning rivojlanish qonuniyatlarini chuqur bilish, fan va
texnikaning eng yangi yutuqlariga asoslanib masalani yechimini nazarda
tutadi.
Optimallik prinsipi tabiatdan samarali foydalanishning taʼminlashni,
tabiiy resurslarni takror ishlab chiqarishning yang maqbul variantlarini
tanlashni, xoʻjalik faoliyati ekologik-iqtisodiy manfaatlarni hisobga olinishi
kerak.
Mintaqaviylik prinsipi maʼlum hududlarda ularning tabiiy-ekologik
va ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlari, mintaqa rivojlanishi istiqbollarini hisobga
olib, tabiatdan foydalanish va uni muhofazasini tashkil etishga asoslanadi.
Komplekslilik prinsipi birlamchi tabiiy xomashyodan ratsional
foydalanish va uni chuqur qayta ishlashni talab qiladi. Hududiy ishlab
chiqarish komplekslarining shakllanishi va korxonalarning rivojlanishi
chiqindisiz va kam chiqindili ishlab chiqarishga asoslanishi kerak.
Toʻlovlilik prinsipi tabiiy resurslardan foydalanishni toʻlovlar asosida
amalga oshirishni. Ularni tejashni, xoʻjalik yuritish sharoitlarini
tenglashtirishni, tabiatdan yuqori samarada foydalanishni ragʻbatlantirishga
asoslanadi.
1.4. Atrof-muhit va tabiiy resurslar iqtisodiyoti fanining ahamiyati,
maqsadi va vazifalari
Hozirgi vaqtda yashil iqtisodiyotga oʻtish jarayonlari jamiyat
rivojlanishining barcha sohalarida kuzatilmoqda. Bu esa oʻz navbatida,
insonni atrof-muhit va tabiiy resurslar toʻgʻrisidagi taʼlim berish
ahamiyatini oshirmoqda. Eng avvalo, insonlarda tabiat oldidagi
masʼuliyatini his etishni shakllantirish muhimdir. Hozirgi avlod tabiat va
jamiyat oʻzaro aloqalarining yangi bosqichi Barqaror rivojlanish
maqsadlariga oʻtishni taʼminlashga masʼuldir. Mamlakatimizning yangi
rivojlanish bosqichida barcha sohalar kabi atrof-muhitni muhofaza qilish,
tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, ekologik muammolarning inson
salomatligiga salbiy taʼsirining oldini olish borasida amalga oshirilayotgan
21
ishlar barqaror rivojlanish kafolati boʻlmoqda. Albatta, bu islohotlarning
huquqiy asoslari Konstitutsiyamizda belgilab berilgan.
Oʻzbekiston Respublikasida soʻngi yillarda Oʻzbekiston Respublikasi
prezidentining “2019-2030-yillar davrida Oʻzbekiston Respublikasining
“yashil” iqtisodiyotga oʻtish strategiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarori,
04.10.2019-yil
PQ-4477-sonli
hamda Oʻzbekiston Respublikasi
Prezidentining “2030-yilgacha Oʻzbekiston Respublikasining “yashil”
iqtisodiyotiga oʻtishiga qaratilgan islohotlar samaradorligini oshirish
boʻyicha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” gi qarori 02.12.2022-yil PQ-436-son,
qabul qilindi. Shuningdek, Taʼlim toʻgʻrisidagi qonun va Kadrlar tayyorlash
milliy dasturida qoʻyilgan vazifalar va talablarga muvofiq jamiyatning
ekologik madaniyatini, mutaxassislarning kasbiy tayyorgarligini oshirish
maqsadlarida uzluksiz taʼlim-tarbiyani ommaviy va kompleks tizimi izchil
amalga oshirilayotir. 2019-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasining
“Oʻzbekiston Respublikasida ekologik
taʼlimni
rivojlantirish konsepsiyasi toʻgʻrisida” gi qarori qabul qilindi.
Ekologik muammolarning tobora global ahamiyat kasb etib
borayotganligi inobatga olinib, soʻnggi yillarda muhim ustuvor vazifalar
bilan bir qatorda atrof-muhit muhofazasi, ekologik madaniyat, ekologik
taʼlim-tarbiya, ekologik maʼrifat masalalariga alohida eʼtibor berilmoqda.
Ekologik taʼlimning dolzarbligi mamlakatimiz tabiati, ekotizimlari, atrof
muhitni beqarorlik va izdan chiqishdan asrash, aholining ekologik
madaniyatini oshirish, ushbu oʻta jiddiy, hayotiy masalalarga aholining
barcha qatlamlari, ayniqsa, yoshlar hissa qoʻshishi zarurligi bilan
belgilanadi. Biroq, ekologik taʼlimni amalga oshirish jarayonining tizimli
tahlili ekologik taʼlimni tashkil etishda bu boradagi islohotlarni toʻliq
roʻyobga chiqarishga toʻsqinlik qiluvchi jiddiy muammo va kamchiliklar
saqlanib qolayotganligini koʻrsatmoqda.
Uzoq yillar mobaynida tabiatga yetkazilgan taʼsir oqibatida tabiiy
muvozanatga putur yetkazib kelinmoqda. Bugungi kunga kelib esa,
insoniyat va uning ertangi taqdirini aynan shunday masalalarni hal etishni
taqozo qilmoqda. Aholining ekologik madaniyatni yuksaltirish, atrof-
muhitga oqilona munosabatda boʻlish, tabiiy resurslarni kelgusi avlodlar
uchun asrab-avaylash hissini shakllantirish antropogen taʼsirlarning oldini
olishda asosiy omillardandir. Bunda ekologik taʼlim-tarbiyaning ahamiyati
ham nihoyatda yuqori. Zero, ekologik taʼlim-tarbiya tabiat va jamiyat
oʻrtasidagi uzviylikni taʼminlash hamda tabiiy barqarorlikni saqlashda
muhim ahamiyatga egadir.
22
Shuning uchun “Atrof-muhit va tabiiy resurslar iqtisodiyoti” kursini
oʻrganish jarayonida olinadigan bilimlar iqtisodiyot yoʻnalishidagi
mutaxassislarni fundamental tayyorlashning zaruriy shartidir. Ushbu fanni
oʻrganish hozirgi ekologik-iqtisodiy siyosiy muammolarni toʻgʻri
tushunishga,
istiqbolda
ijtimoiy-iqtisodiy
rivojlanishning
muvozanatlashgan yechimini topishni taʼminlaydigan barqaror ekologik
rivojlanishning milliy strategiyasi toʻgʻrisida tasavvurga ega boʻlishga,
shuningdek ularni amalga oshirish sohasida amaliy koʻnikmalar olishga
imkon beradi.
Ushbu fanni oʻrganishda B.Kommoner tavsiya etgan quyidagi tabiat
iqtisodiyoti qonunini har tomonlama hisobga olish kerak: hammasi
hammasi bilan bogʻlangan; hammasi qayoqqadir gʻoyib boʻladi; hech narsa
bekor inʼom qilinmaydi; tabiat yaxshiroq biladi.
“Atrof-muhit va tabiiy resurslar iqtisodiyoti” kursining maqsadi
talabalarga tabiat va iqtisodiyot oʻrtasidagi aloqalarning asosiy
qonuniyatlarini va prinsiplarini bilish, barqaror rivojlanishni taʼminlash
maqsadida tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va ularni takror ishlab
chiqarish, iqlim oʻzgarishi bilan bogʻliq muammoli masalalar mamlakatda
amalga oshirilayotgan islohotlar samaradorligi, xususan, iqtisodiy oʻsish va
kambagʻallikni qisqartirish, ekologik va oziq-ovqat xavfsizligini
taʼminlashga oʻzining salbiy taʼsirini koʻrsatadi. Shundan kelib chiqib,
ushbu yoʻnalishda mamlakatda iqlim oʻzgarishi taʼsirini kamaytirish va
unga moslashish, “yashil” iqtisodiyotga oʻtish choralarini jadallashtirish,
“yashil” va inklyuziv iqtisodiy oʻsish modelini qoʻllash, atrof-muhitni
muhofaza qilishning murakkab, koʻp omilli, fanlararo muammolarini tadqiq
etishga, xalq xoʻjaligida yangi yondashuvlarini ishlab chiqish va ularni
amaliyotda qoʻllash yoʻnalishlarini belgilashdan iboratdir.
“Atrof-muhit va tabiiy resurslar iqtisodiyoti” kursining asosiy vazifalari
quyidagilarni oʻrganish kiradi:
- tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va xoʻjalik faoliyatining
atrof-muhitga taʼsirini;
- mamlakat aholisiga sogʻlom muhit yaratish;
- tabiatdan foydalanish samaradorligini oshirish va tabiiy resurslarning
kamayishi natijasida yetkaziladigan iqtisodiy zararni kamaytirish;
- ekologik tadbirkorlikni rivojlantirish hamda ekotizim xizmatlari va
bozorini shakllarini rivojlantirish;
- tabiatdan foydalanish va uni muhofaza qilishni tartibga solishning
iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish va rivojlantirish;
- tabiiy resurslardan barqaror va samarali foydalanish;
23
- milliy iqtisodiyotning tabiiy ofatlar va iqlim oʻzgarishiga nisbatan
barqarorligini tahlil qilish;
- milliy iqtisodiyot, xususan, sanoatning “yashil” va kam uglerodli
rivojlanishini taʼminlash;
- innovatsiyalarni joriy etish va samarali “yashil” investitsiyalarni jalb
qilish va boshqalar.
Bu vazifalarning yechimini topishda, eng avvalo ularni keltirib
chiqaradigan sabablar va kuzatilayotgan koʻngilsiz oqibatlarini murakkab
tizimi aniqlanishi kerak. Bunda asosiy eʼtibor tabiiy resurslarni tiklash,
ekspluatatsiya qilish va qayta ishlash. Birinchi navbatda quyidagilar
oʻrganiladi:
- ilmiy-texnika taraqqiyoti rivojlanishining ijtimoiy ishlab chiqarishni
identifikatsiyalashning asosiy richagi sifatida ekologik-iqtisodiy oqibati;
- investitsiya va struktura siyosatining atrof-muhit holatiga va tabiiy
resurslarni takror ishlab chiqarish holatiga taʼsiri;
- ekologik-iqtisodiy boshqaruv va tabiat muhofazasi yoʻnalishidagi
xoʻjalik yuritish tizimi;
- tabiatdan foydalanish va tabiiy resurslarni takror ishlab chiqarish va
muhofaza qilishda xalqaro hamkorlik.
|