|
Ekologik muammolar va ularni hal etish yoʻllariBog'liq Атроф мухит ва табиий ресурслар иқтисодиёти2.3. Ekologik muammolar va ularni hal etish yoʻllari
Bundan roppa-rosa 10 yildan soʻng dunyo manzarasi qanday boʻlishi
haqida hech oʻylab koʻrganmisiz? Insoniyatning hayot kechirish tarzi qay
tarzda oʻzgarishi mumkinligi haqida-chi? Hozirgi anʼanalarimiz qay
darajada oʻzgarishi mumkin deb hisoblaysiz? Shunisi maʼlumki, yer
sharining ekologik vaziyati oʻtgan asrga nisbatan misli koʻrilmagan
darajada oʻzgarishga ulgurishi bilan bir qatorda avlodlarning chinakamiga
qargʻishiga sabab boʻluvchi muammolarni ham vujudga keltirdi. Garchi
ushbu
hodisalar
dunyo
hamjamiyatini
global
ekologik
muammolar toʻgʻrisida koʻproq maʼlumotlarga ega boʻlish, tadqiqotlar olib
borish va bu muammolarni bartaraf etish borasida amaliy chora-tadbirlarni
amalga oshirishga undab kelayotgan boʻlsa hamki, koʻpchilik mamlakatlar
va millatlar bu muammolarning koʻlami shabadasini seza olishmayapti
yoxud ular oʻzlarini mutlaqo xabarsizdek tutishmoqda. Ekologik
barqarorlikni taʼminlash, aholining qulay tabiiy muhitda hayot kechirishi
uchun barcha zarur shart-sharoitlarni yaratish, tabiiy resurslardan oqilona va
samarali foydalanish, yuzaga kelayotgan va yuz berib boʻlgan
muammolarga yechim topish, ularni oqilona hal qilish kabi masalalarga qay
darajada ahamiyat berib kelinmoqda. Afsuski, bu mavzuda shunchaki reja
va konsepsiyalar ishlab chiqilib, konferensiya mavzusi sifatida qarab
kelinmoqda.
Yashil iqtisodiyotga oʻtishdagi muhim muammolardan biri atrof-
muhitning ifloslanishi, tabiiy resurslardan nooqilona foydalanish oqibatida
yuzaga kelayotgan ekologik muammolarning keskinlashib borayotganligi
hisoblanadi. Ekologik muammo tabiiy muhit tarkibi va amal qilishning
oʻzgarishi, texnogen yoki tabiiy ofatlar natijasida sodir boʻlishi mumkin.
Ekologik muammolar tabiiy muhitga taʼsir qilish kuchiga qarab turli
darajalarga ajratiladi. Ekologik muammoning taʼsir kuchi uning intensivligi
va oʻzgarishlarning tarqalish maydoni hamda ayrim ekologik muammolarga
xos belgilar boʻyicha aniqlanadi
|
| |