2.2. Barqaror rivojlanishni taʼminlashda “yashil” iqtisodiyotning oʻrni
Jamiyatda asta-sekinlik bilan tabiiy resurslarni rekreatsiya va ilmiy
tadqiqot maqsadlari uchun asrab qolish zaruriyati toʻgʻrisidagi gʻoyalar,
kelajak avlod oldida ekologik masʼuliyatga asoslangan ilmiy konsepsiyalar
shakllanishiga olib keldi. Ushbu gʻoyalarni amaliyotga tatbiq etilishi
barqaror rivojlanishni taʼminlanishiga xizmat qiladi. Barqaror rivojlanish
deganda, aholi ehtiyojlarini toʻla qondirish maqsadida kelajak avlod
ehtiyojlarini qondirish imkoniyatlarini esa xavf ostiga qoʻymaslikka
asoslangan rivojlanish tushuniladi. Barqaror rivojlanishni “ijtimoiy”-
“iqtisodiy” — “ekologik” uchlik tizimi oʻzaro bogʻliq rivojlanishga
asoslangan sinergetik samara hisobidan taraqqiy etadigan jarayon sifatida
tasavvur etish mumkin. Barqaror rivojlanishni taʼminlashdagi iqtisodiy
yondashuv cheklangan resurslardan oqilona foydalanishni nazarda tutadi.
30
Ijtimoiy yondashuv global miqyosda ijtimoiy barqarorlik va madaniy xilma-
xillikni taʼminlashga yoʻnaltirilgan boʻladi. Ekologik yondashuv esa har
qanday ekologik tizimlarning normal faoliyat yuritishni taʼminlashga
xizmat qilishi zarur boʻladi.
Barqaror rivojlanish konsepsiyasiga nisbatan iqtisodiy yondashuvga
Ye.R.Lindal va J.R.Xikslar
5
asos solishgan. Xiks-Lindal yalpi
daromadlarning maksimal oqimi nazariyasiga muvofiq daromad yalpi
kapitalni saqlab qolgan holda yaratilishi zarur. Bunda cheklangan resurslar
va ekologik texnologiyalardan foydalanish, ekologik mahsulotlar yaratish,
chiqindilarni boshqarish nazarda tutiladi. Natijada iqtisodiy barqarorlikning
quyidagi ikki turi paydo boʻladi:
- kuchsiz-vaqt boʻyicha kamaymaydigan tabiiy va jamgʻarilgan
kapital iqtisodiy barqarorlik;
- kuchli-tabiiy kapitalning qaytmasligiga asoslangan iqtisodiy
barqarorlik;
Barqaror rivojlanishning ijtimoiy tarkibi insonga qaratilgan boʻlib,
ijtimoiy
va
madaniy tizimlarning
barqarorligiga
taʼminlashga
yoʻnaltirilgandir. Ijtimoiy barqarorlikning muhim jihati neʼmatlarni adolatli
taqsimlash hisoblanadi. Inson taraqqiyoti konsepsiyasiga muvofiq inson
taraqqiyot obyekti emas, balki uning subyekti sanaladi. Barqaror rivojlanish
konsepsiyasi inson tanlovini kengaytirish asosiy gʻoya ekanligiga tayangan
holda insonning oʻz hayot faoliyatini shakllantirish, qaror qabul qilish,
ularni amalga oshirish va bajarilishini nazorat qilish jarayonida toʻlaqonli
qatnashishi lozimligini nazarda tutadi. Ekologiya nuqtayi nazaridan
barqaror rivojlanish jismoniy va biologik tabiat tizimining yaxlitligini
taʼminlash zarur. Bunda global biosferaning barqarorligini taʼminlab
beruvchi ekotizim muhim ahamiyat kasb etadi. Tabiiy resurslarning
degradatsiyalashuvi, atrof-muhitning ifloslanishi va biologik xilma-
xillikning yoʻqolib borishi ekologiya tizimining qayta tiklanish qobiliyati,
imkoniyatlarining qisqarishiga olib keladi.
Barqaror rivojlanishga erishish vositalari hisoblangan iqtisodiy,
ijtimoiy va ekologik komponentlarni oʻzaro muvofiqlashtirish murakkab
vaziyat hisoblanadi. Ushbu jarayonda uch konsepsiyaning oʻzaro taʼsir
mexanizmlari muhim ahamiyatga ega. Iqtisodiy va ijtimoiy komponentlar
jamiyat oldidagi bir avlod mobaynida adolatga erishish va aholining
kambagʻal guruhlariga maqsadli yordam koʻrsatish kabi yangi vazifalarni
qoʻymoqda.
5
https://www.researchgate.net/
31
Iqtisodiy va ekologik komponentlar atrof-muhitga tashqi taʼsir
qiymatini baholash zarurligi bilan bogʻliq yangi gʻoyalarning paydo
boʻlishiga olib keldi. Ijtimoiy va ekologik komponentlar esa avlodlar ichida
va oʻrtasida tenglikni taʼminlash kabi masalalarning dolzarbligini
oshirmoqda.
BMT Bosh Assambliyasining 1989-yil dekabr oyidagi 44/428-sonli
rezolyutsiyasida barqaror rivojlanish strategiyasini ishlab chiqish
maqsadida BMTning maxsus konferensiyasini chaqirish toʻgʻrisida qaror
qabul qilindi va u alohida mavzu tariqasida kun tartibiga kiritildi
6
. Barqaror
rivojlanish konsepsiyasi davlatlar va butun dunyo hamjamiyatining
xususiyat, mohiyat va tarkibiy jihatdan bir meʼyorda rivojlantiruvchi
qarashlar tizimidir. Barqaror rivojlanish konsepsiyasi ishlab chiqarish va
isteʼmol qilish, aholining oʻsishi va ijtimoiy himoyasi oʻrtasidagi
muvozanatni rivojlangan va rivojlanish yoʻlida turgan barcha davlatlarda
saqlashni hisobga oladi.
Barqaror rivojlanishni taʼminlash borasida xalqaro amaliy faoliyat
BMT tashabbusi bilan ilgari surilgan. 2000-yilda BMTning Bosh
Assambleyasi tomonidan Ming yillik rivojlanish maqsadlari qabul qilindi va
2015-yil qoʻyilgan maqsadlarga erishishni hisoblash yili sifatida belgilab
olindi. Oxirgi oʻttiz yilda BMT har yili 200 dan ortiq davlatni global iqlim
sammitiga yigʻadi. Conference of the Parties (COP27). Bu 1992-yilda 197
davlat tarafidan BMT iqlimni oʻzgarish konvensiyasiga qoʻl qoʻyish bilan
boshlangan. Bu konvensiyani asosiy maqsadi — yerning iqlim tizimiga
xavfli antropogen taʼsirni oldini olishga bagʻishlangan. Birinchi COP 1995-
yilda Ispaniyada boʻlib oʻtgan, keyin Yaponiyada Kioto protokoli va
Fransiyada Parij kelishuviga qoʻl qoʻyilgan. 2021-yilda bu sammit
Shotlandiyaning
Glazgo
shahrida
va
2022-yilda
Misr
Arab
Respublikasining Sharm al-Shayx shahrida boʻlib oʻtdi va u yerda Glazgo
iqlim pakti (Glasgov Climate Pact) va “Yoʻqotish va zarar” muammosi
(rivojlangan mamlakatlar tomonidan iqlim inqirozidan eng koʻp zarar
koʻrgan, inqirozga eng kam hissa qoʻshgan eng qashshoq mamlakatlarga
tovon toʻlash) qabul qilindi. Bunda Xalqaro metereologiya tashkiloti
ekspertlarini tavsiyasi boʻyicha yer sharida havo temperaturasini 1,5
gradusdan oshirmaslikka va uning salbiy oqibatlariga baho berilgan.
7
Barqaror rivojlanish maqsadlari har bir inson uchun farovon turmush
tarzini yaratishga xizmat qiluvchi iqtisodiy, ijtimoiy,
ekologik
6
https://www.un.org/sustainabledevelopment/ru/
7
Sharm ash-Shayxda BMT doiraviy konventsiyasi ishtirokchi-mamlakatlari konferensiyasining 27-
sessiyasi materiallari.
32
koʻrsatkichlarni oʻz ichiga oladi. Ushbu maqsadlar BMTga aʼzo barcha
davlatlar tomonidan 2015-2030-yillarda amalga oshirilishi kun tartibiga
kiritilgan. Barqaror rivojlanish maqsadlari dasturi 17 ta global maqsadlarni
va ular bilan bogʻliq 169 ta vazifalarni oʻz ichiga olgan:
1. Qashshoqlikni yoʻqotish;
2. Ochlikni tugatish;
3. Sogʻlik va farovonlik;
4. Sifatli taʼlim;
5. Gender tengligi;
6. Toza suv va sanitariya;
7. Arzon va toza energiya;
8. Munosib ish oʻrinlarini yaratish va iqtisodiy oʻsish;
9. Sanoatlashtirish, innovatsiyalar, infratuzilma;
10. Tengsizlikni kamaytirish;
11. Barqaror shaharlar va qulay yashash joylarini yaratish;
12. Masʼuliyatli isteʼmol va ishlab chiqarish;
13. Iqlim oʻzgarishiga qarshi kurashish;
14. Dengiz ekotizimlarini asrash;
15. Quruqlik ekotizimlarini asrash;
16. Tinchlik, adolat va samarali boshqaruv;
17. Barqaror rivojlanish yoʻlida hamkorlik.
Mamlakatimizda ham ushbu maqsadlardan 16 tasi milliylashtirish va
amalga oshirish vazifasini oʻz oldiga qoʻygan.
Barqaror rivojlanish doirasida barqaror iqtisodiy oʻsishni taʼminlash,
toza texnologiyalarga oʻtish (energiya tejamkor, suv tejovchi, kam chiqitli),
“yashil iqtisodiyotni” ni shakllantirish muammolari xalqaro iqtisodiy,
ekologik konferensiya va forumlarda muhokama etib kelinmoqda. Xususan,
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2019-2030-yillar davrida
Oʻzbekiston Respublikasining “yashil” iqtisodiyotga oʻtish strategiyasi
toʻgʻrisida”gi qarori hamda 2-dekabr 2022-yilda 2030-yilgacha Oʻzbekiston
Respublikasining “yashil” iqtisodiyotga oʻtishga qaratilgan islohotlar
samaradorligini oshirish boʻyicha chora tadbirlar toʻgʻrisida”
8
gi qarorlarni
amaliyotga tatbiq etilishi ushbu muhokamalarning negizini tashkil etadi.
Shuningdek, respublikaning ekologik siyosati tabiatning alohida
elementlarini
muhofaza
qilishdan
ekologik
tizimlarni
umumiy
muhofazasiga oʻtishni amalga oshirishga, inson yashash muhitining maqbul
koʻrsatkichlarini kafolatlashga va oʻzaro aloqani iqtisodiyot tarmoqlarini
8
https://lex.uz/uz/docs/6303230
33
“yashil iqtisodiyot” tamoyillariga asosan rivojlantirish mexanizmlari bilan
uygʻunlashtirishga yoʻnaltirilgan.
|