Jadval 2.1
Ekologik muammolarning turlari
Namoyon boʻlish darajasi
Tabiiy muhit xususiyatlarini
oʻzgartirish darajasi %
kuchsiz
10 gacha
oʻrta
10-50
kuchli
>50
34
XX asrning 60-70 yillaridan boshlab insonning atrof-muhitga salbiy taʼsiri
global ahamiyat kasb eta boshladi. XX asr davomida jahon aholisi soni 4-
martaga, jahon ishlab chiqarish hajmi esa 18-martaga oshdi. Global
miqyosdagi ekologik muammoga aylanib ulgurgan muammolar tarkibiga
iqlim oʻzgarishi, suv havzalarining ifloslanishi, ozon qatlamining
yemirilishi, chuchuk suv havzalarining ifloslanishi, atmosfera havosining
ifloslanishi va kislotali yomgʻirlar, ozon qatlamining yemirilishi, chuchuk
suv yetishmovchiligi va dunyo okeanining ifloslanishi, yerlarning
degradatsiyaga uchrashi va choʻllanish, oʻrmonlarning kamayishi, biologik
xilma-xillikni qisqarib borishi kabi muammolarni kiritishimiz mumkin.
Global ekologik muammolar quyidagi xususiyatlari bilan ajralib
turadi:
- planetar xarakterga ega ekanligi: global ekologik muammolar butun
insoniyatni bevosita yoki bilvosita qamrab oladi;
- barcha mamlakatlar javobgar ekanligi: global ekologik
muammolarning paydo boʻlishi biron-bir mamlakatlar aybi bilan bogʻliq
holda yuzaga kelgan;
- global ekologik muammolarni hal etishda xalqaro hamkorlikning
zarurligi;
- global ekologik muammolarning hal etish uchun kechiktirib
boʻlmaydigan choralar qabul qilish zaruriyati.
Global iqlim oʻzgarishi XXI asrning asosiy muammolaridan
hisoblanadi. Insoniyatning tabiatga nisbatan xoʻjasizlarcha munosabatda
boʻlishi, iqtisodiyotda neft, gaz va koʻmirdan haddan tashqari koʻp
foydalanishi natijasida atmosferaga chiqarilayotgan issiqxona gazlari
miqdori ortib bormoqda. Ushbu gazlar atmosferada toʻplanib, sayyoraning
qizigan sirti taratadigan ortiqcha issiqlikning kosmosga tarqalishiga yoʻl
qoʻymaydi va atmosferaning isishiga sabab boʻladi. Quyidagilar iqlim
oʻzgarishiga olib kelayotgan issiqxona gazlari sirasiga kiradi: suv bugʻlari,
karbonat angidrid
(CO
2
),
metan
(CH
4
),
azot
oksidi
(N
2
O),
gidroftoruglerodlar
(GFU),
perftoruglerodlar
(PFU),
oltingugurt
geksaftoridi (SF
6
).
Global ekologik oʻzgarishlarning salbiy
oqibatlari nimalarda aks
etadi? Mamlakatlarning iqtisodiy va siyosiy hukmronlikka intilib, ulkan
obroʻ qozonish maqsadida mamlakat ishlab chiqarishiga alohida urgʻu berib
kelayotganligi global ekologik inqirozni keltirib chiqarmayaptimikan? Yoki
bu muammolarga biz insonlarning yashash tarzimiz sabab boʻla oladimi?
Oʻtgan asrga nisbatan insoniyat yashash tarzi shunchalik darajada
oʻzgardiki, insoniyat sivilizatsiyasida hali mutlaqo kuzatilmagan global
35
isish, dengiz va yer ekotizimlarining misli koʻrilmagan darajada
kamayib borishiyu, yer yuzining turli mintaqalarida qurgʻoqchilik, suv
toshqinlari kabi bir qator salbiy holatlar ham yuz berayotganligi
barchamizga birdek ayondir. Bir soʻz bilan aytganda insonning tabiatga
aralashuvi aqlga sigʻmaydigan darajaga yetishga ulgurdi.
Bizda muammolar bor, lekin ularga yechimlar-chi? Nahotki hozirgi
dunyoning global ekologik holati hech kimni zarrachalik qiziqtirmasa. Biz
oʻzimizdan keyingi avlodga qanday kelajakni meros qilib qoldirmoqdamiz.
Har safar bunday ogʻriqli savollar bizni qachongacha qiynab keladi.
Nahotki, dunyoning hozirgi qiyofasi kundan kunga bundan-da yomonlashib
boraveradiyu, biz insonlar shunchaki bir oddiy hodisadek qarab
turaveramiz. Mamlakat rahbarlariniyu
, hukumat vakillarini, butun
insoniyatni boylik orttirish, iqtisodiy oʻsish, siyosiy hukmronlik,
mamlakatlar oʻrtasida ulkan obroʻga ega boʻlishdan boshqa hech narsa
qiziqtirmasa. Ming afsuslar boʻlsinki, albatta biz bunga koʻnikib, yashab
kelmoqdamiz.
“Koʻpchilik foydalanishga yaroqli suvimiz tugashini bilmaydi, 2030-
yilga kelib suvga boʻlgan talab va mavjud boʻlgan suv taʼminoti oʻrtasida
40 % tafovut boʻladi. Suv muammosini hal qilish uchun bizda bor-yoʻgʻi 15
yil bor xolos, deydi Jahon iqtisodiy forumining yosh global yetakchisi Mina
Guli. Taʼkidlash joizki, 750 mutaxassisdan tarkib topgan jamoa tomonidan
oʻtkazilgan soʻrovda toza ichimlik suvining tugab borishi butun dunyo
aholisi uchun chinakamiga global xavf deb baholandi. Aslida, ichimlik suvi
muammosi dunyo aholisini qiynab kelayotgan muammolarning eng oldi
qatoridan oʻrin olib ulgurgan. Foydalanish uchun suv yetarli boʻlmagan,
kunni toza ichimlik suvini izlash uchun sarflaydiganlarga ham oson emas.
Bu tuygʻularni suvni isrof qilayotganlar qayoqdan ham bilsin.
Ekologik muammolarning hal etish yoʻllaridan muhimi ekologik
qonun talablarini buzganlik uchun yuridik javobgarlikni ogʻirlashtirish vaqti
keldi. Ekologik-huquqiy javobgarlik: bu belgilab qoʻyilgan tabiatni
muhofaza qilish va ekologik qonun talablari hamda meʼyorlarini buzganligi,
tabiiy resurslardan ortiqcha foydalanish, muhofaza qilish qoida-talablarini
buzish, atrof tabiiy muhitni, tabiatni ifloslantirish, tabiiy resurslardan
noqonuniy va xoʻjasizlarcha foydalanish oqibatida vujudga kelib, u
subyektlarni yuridik javobgarlikka tortilishida namoyon boʻladi. Shu
oʻrinda savol tugʻilishi tabiiy: Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida
ekologiya qonun talablarini buzganlik uchun qanday turdagi javobgarlik
nazarda tutilgan va ushbu turdagi javobgarlik turlari bugungi kundagi
zamon talabiga qanchalik darajada mos kelmoqda yoxud bu javobgarlik
36
koʻlami butun dunyo hamjamiyatini tashvishga solib kelayotgan global
ekologik vaziyatni yumshatishga yordam berishi mumkinmi yoki yoʻq.
Masalaga huquqiy jihatdan yondashadigan boʻlsak, ekologik qonun talablari
buzilganda
amaldagi
qonunlarimizga
muvofiq
ekologik-huquqiy
javobgarlikning quyidagi javobgarlik turlarini keltirib oʻtish oʻrinlidir:
Intizomiy javobgarlik;
Maʼmuriy javobgarlik;
Fuqarolik javobgarlik;
Jinoiy-huquqiy javobgarlik;
Ekologik qonun talablarini bajarmaganlik yoki lozim darajada
bajarmaganlik uchun maʼmuriy javobgarlik, Oʻzbekiston Respublikasi
Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning VIII bobi “Ekologiya,
atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiatdan foydalanish sohasidagi
huquqbuzarliklar uchun maʼmuriy javobgarlik” deb nomlangan boʻlib,
xususan? ushbu kodeksning 79-moddasida quyidagicha javobgarlik
masalasi nazarda tutilgan: “Daraxtlar, butalarni, boshqa oʻrmon oʻsimliklari
va nihollarni gʻayriqonuniy ravishda kesish, shikastlantirish yoki yoʻq qilish
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan oʻn
baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — oʻn baravaridan oʻn besh
baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi. Xuddi shunday
huquqbuzarliklar maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil
davomida takror sodir etilgan boʻlsa, fuqarolarga bazaviy hisoblash
miqdorining oʻn baravaridan oʻn besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga
esa — oʻn besh baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima
solishga sabab boʻladi”.
Lekin ekologik barqarorlikka erishgan va statistik maʼlumotlarga
koʻra dunyoning eng toza mamlakatlar roʻyxatidan 3-oʻrinni egallab
kelayotgan Norvegiya davlatining aynan yuqorida keltirib oʻtilgan
javobgarlik masalasi boʻyicha qonunchilik tajribasini oʻrganadigan boʻlsak,
quyidagi normani uchratish mumkin: “Oʻrmon xoʻjaligi toʻgʻrisida”gi
qonunning 8-moddasida agar oʻrmonlarni kesish ushbu Qonunga zid
ravishda rejalashtirilgan yoki amalga oshirilgan boʻlsa, mol-mulk ishlab
chiqarish bazasini sezilarli darajada kamaytiradi yoki atrof muhitga salbiy
taʼsir koʻrsatishi mumkin. Qadriyatlar boʻlsa, munitsipalitet kesishdan bosh
tortishi yoki qanday boʻlishi shartlarini belgilashi mumkin. Vazirlik
tomonidan boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, xaridor va sotuvchi
buni taʼminlashi kerak deb belgilangan boʻlib, agar aynan shu qoida
buziladigan boʻlsa, xuddi shu qonuning 26-moddasiga koʻra, qasddan yoki
beparvolik bilan buzgan yoki buzilishida ishtirokchi boʻlgan shaxs 6, 7, 8,
37
11, 12, 13, 14 yoki 15 boʻlimlari qoidalari, ularga muvofiq chiqarilgan
qoidalarga muvofiq jarima yoki bir yildan oshmagan muddatga ozodlikdan
mahrum qilish bilan jazolanadi. Bundan tashqari, Oʻzbekiston
Respublikasining Jinoyat kodeksi 4-boʻlimi “Ekologiya sohasidagi
jinoyatlar” deb nomlangan boʻlib, yuqoridagi qonunbuzarlik holati uchun
198-moddada jinoiy javobgarlik masalasi nazarda tutilgan: Olovga
ehtiyotsizlik bilan munosabatda boʻlish natijasida ekinzor, oʻrmon yoki
boshqa dov-daraxtlarga shikast yetkazish yoki ularni nobud qilish koʻp
miqdorda zarar yetkazilishi yoki boshqacha ogʻir oqibatlarga sabab boʻlsa,
bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki
ikki yuz qirq soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud bir yilgacha axloq
tuzatish ishlari bilan jazolanadi. Oʻrmon yoki boshqa dov-daraxtlarni
qonunga xilof ravishda kesish koʻp miqdorda zarar yetkazilishiga sabab
boʻlsa, bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yetmish besh
baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yuz qirq soatdan uch yuz
soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki bir yildan ikki yilgacha axloq
tuzatish ishlari yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch
yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Ekinzor, oʻrmon yoki
boshqa dov-daraxtlarga qasddan shikast yetkazish, ularni payhon qilish,
nobud qilish koʻp miqdorda zarar yetkazilishiga sabab boʻlsa, bazaviy
hisoblash miqdorining yetmish besh baravaridan yuz baravarigacha
miqdorda jarima yoki uch yuz soatdan uch yuz oltmish soatgacha majburiy
jamoat ishlari yoki ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud bir
yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yilgacha ozodlikdan
mahrum qilish bilan jazolanadi. Yuqorida qonunchilikdan keltirilgan
misollar natijasida anglash mumkinki, Oʻzbekiston Respublikasi jinoiy,
maʼmuriy qonunchiligida ekologik qonun talablarini buzganlik uchun
javobgarlik masalasi qatʼiy xarakterda emasligi bilan namoyon boʻladi.
Ekologik muammolarning hal etish yoʻllaridan
yana muhim jihat
ekologik xavfsizlik doirasida xalqaro hamkorlikni mustahkamlash. Shu
oʻrinda taʼkidlash joizki, sayyoramizda xalqaro ekologik hamkorlikning
zarurligi quyidagi hollar bilan belgilanadi:
1. Yer sayyorasi va uning oʻziga xos tabiatini insonga maʼlum boʻlgan
olamda yagona ekanligi;
2. Yer tabiati va biosfera yaxlit tizim sifatida mavjud boʻlib inson va
jamiyat uning tarkibiy qismi ekanligi;
3. Insoniyatning barcha ishlab chiqarish faoliyatini moddiy negizi tabiat
ekanligi;
38
4. Tabiatdagi salbiy oʻzgarishlar va atrof-muhitga antropogen taʼsir
koʻlami jihatidan butun sayyoraga tazyiq koʻrsatuvchi jarayonlar
ekanligi;
5. Hozirda yuzaga kelayotgan ekologik muammolarni hal etishga koʻp
hollarda bir yoki bir nechta davlatlarning imkoniyatlari yetarli
emasligi;
6. Barcha insoniyatning birgalikdagi harakati sayyoramizdagi ekologik
vaziyatni yaxshilashning eng maqbul yoʻli ekanligi.
Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda, ekologik muammolarni global
darajada hal etishda quyidagi chora-tadbirlar muhim ahamiyat kasb etadi:
- planetar miqyosda fikrlashning yangi modelini shakllantirish – insonni
gumanizm tamoyillari asosida tarbiyalash va ularni inson faoliyati qanday
global ekologik muammolarga olib kelishi mumkinligi
haqida
ogohlantirish;
- global ekologik muammolar sababini oʻrganish;
- ekologik muammolarni monitoringini olib borish va prognozlashtirish
tizimini yaratish. Faqat shu yoʻl bilan har bir mamlakat toʻgʻrisida obyektiv
maʼlumotlar olish, ularni tahlil etish va muammolarning yanada keng
tarqalishining oldini olish mumkin;
- global ekologik muammolarni hal etishda barcha mamlakatlarning
intilishlarini muvofiqlashtirish va kuchlarni bir joyga jamlash.
- resurslarning yagona fondini yaratish, muntazam ravishda axborot va
bilimlar bilan almashinish.
Global iqlim oʻzgarishlari bilan bogʻliq muammolarni hal etishda BMT
yetakchi mavqega ega. BMT tomonidan 1972-yil Stokgolmda oʻtkazilgan
atrof-muhit masalalari
boʻyicha Konferensiyada qabul qilingan
Deklaratsiya atrof-muhit bilan bogʻliq muammolarga eʼtibor qaratilgan
dastlabki xalqaro hujjat hisoblanadi. Mazkur hujjatda atrof-muhitga taʼsir
koʻrsatadigan iqtisodiy faoliyat tartibga solinishi kerakligi taʼkidlangan.
Deklaratsiyada kelajakda xalqaro va milliy siyosatlarni ishlab chiqishda
asos boʻluvchi 26 tamoyil belgilangan. Ushbu tamoyillarga koʻra har
qanday iqtisodiy faoliyatni tartibga solishda hozirgi va kelgusi avlodlar
manfaatlari hisobga olinishi zarur. Har bir insonda erkin, teng va munosib
turmush sharoitiga ega boʻlish huquqi mavjud.
Qazib olinadigan resurslarni isteʼmol qilishni tartibga solish bilan
birgalikda, inson ekologik tizimni zararlantiradigan darajada toksik
moddalarni atrof-muhitga chiqarilishining oldini olishi zarur. Iqtisodiy
faoliyatning oqibatlarini tartibga solishga qaratilgan barcha qarorlar
xalqaro miqyosda qabul qilinishi va rivojlanayotgan mamlakatlar uchun
39
rivojlanish
imkoniyatlarini
oshirishga
qaratilgan boʻlishi lozim.
Rivojlanayotgan mamlakatlarga atrof-muhitni muhofaza qilish masalalari
boʻyicha texnik yordam bilan birgalikda moliyaviy jihatdan ham yordam
koʻrsatish zarur. Bunday chora-tadbirlarning natijalari nafaqat milliy va
xalqaro darajalarda muhim ahamiyatga ega.
|