55
institutsional investorlar oʻz investitsion deklaratsiyasida sarmoyalashda
ijtimoiy masʼullik va atrof muhit muhofazasi
tamoyillariga asoslanishi
koʻrsatib oʻtishgan. Yashil moliyalashtirish bilan bogʻliq yuqori risklar,
yetarli darajada daromadga ega boʻlmaslik xususiy investorlarning ekologik
loyihalarga investitsiya sarflashlariga toʻsqinlik qilishi mumkin. Ular
tarkibiga quyidagilarni kiritish mumkin:
- uglerodlar narxining shakllanishi — yashil investitsiyalar miqdorini
hisoblashda xarajatlar qiymatini aniq hisoblash zarur;
- yoqilgʻi qazib chiqarish uchun ajratilayotgan subsidiyalarning
mavjudligi;
- yashil loyihalarni amalga oshirishda
birlamchi xarajatlarning
yuqoriligi va yashil investitsiyalarni qoplash muddatining uzoqligi;
- texnologik risklarning mavjudligi;
- tranzaksion xarajatlarning yuqoriligi;
- muqobil energiya manbalarining anʼanaviy energiya tizimiga
integratsiyalashuvi bilan bogʻliq xarajatlarning yuqoriligi.
Shuning uchun davlat bu yoʻnalishda xususiy investorlar uchun qulay
investitsion muhit yaratishi lozim. Davlat tomonidan yashil
iqtisodiyotni
qoʻllab quvvatlashga xizmat qiluvchi siyosiy,
moliyaviy va soliq
dastaklarini qoʻllash samarali hisoblanadi.