74
Shuningdek, bu funksiyalar tabiiy muhitning yagona bosh funksiyasi
boʻlgan hayot taʼminotining tarkibiy qismi sifatida koʻrsatilishi mumkin.
Taassufki, markazlashtirilgan rejali iqtisodiyot ham, bozor iqtisodiyoti ham
sof atrof-muhit, tabiiy muhitning haqiqiy ahamiyatini baholay olmadi, uning
chin bahosini belgilab berolmadi. Iqtisodiy voqelikda esa qatʼiy qoida amal
qiladi: bahosiz, iqtisodiy ahamiyatga ega boʻlmagan narsa mavjud emas,
deb hisoblanadi va u xoʻjalik qarorlari qabul qilishda hisobga olinmaydi.
Tabiatdan foydalanish — tabiiy resurs potensiali ekspluatatsiyasining
va ularning saqlab qolish tadbirlarining barcha shakllari majmuidir. Agar
tabiatdan foydalanish tabiiy resurs potensialining keskin oʻzgarishiga olib
kelmasa, u tabiatdan ratsional foydalanish hisoblanadi.
Atrof-muhit muhofazasi tabiiy boyliklarni asrash va tiklashni, jamiyat
faoliyati natijalarning tabiatga va inson salomatligiga bevosita va bilvosita
zararli taʼsirning oldini olib tabiiy resurslardan
ratsional foydalanishni
taʼminlaydigan inson faoliyati bilan atrof tabiiy muhit oʻrtasidagi oʻzaro
taʼsirni maqsadga muvofiq qoʻllab-quvvatlashga yoʻnaltirilgan tadbirlar
tizimidir.
Atrof-muhit va tabiiy resurslar iqtisodiyotining atrof-muhit va uning
komponentlaridan foydalanish va ularni muhofaza qilishdagi asosiy vazifasi
jamiyat va tabiat oʻrtasidagi oʻzaro taʼsirning
ekologik-iqtisodiy sabab-
oqibat aloqalarini ochib berish, inson xoʻjalik faoliyati salbiy oqibatlarining
sabablarining sabablarini bartaraf etish tadbirlarini ishlab chiqishdan va
ularni amalga oshirishga erishishdan iboratdir. Bunda asosiy strategiya
liniya, taniqli olimlarning fikriga koʻra, quyidagi
formulaga asoslanishi
kerak: oldindan koʻrish uchun tushunish, ratsional foydalanish uchun
oldindan koʻrish.
Tabiatdan ratsional foydalanish atrof-muhit
va tabiiy resurslar
iqtisodiyoti nuqtayi nazaridan tabiiy-ekologik jarayonlar va inson xoʻjalik
faoliyatini “ishlab chiqarish-tabiiy muhitning” yagona bioiqtisodiy tizimi
sifatida koʻrib chiqishni taqozo etadi. Tabiiy tizimlar doimiy harakat va
oʻzgarishda boʻlib, ularning har biri oʻzining modda va
energiya aylanishi
tipi va ularga xos natijalar bilan xarakterlanadi.
Inson xoʻjalik faoliyati jarayonida ishlab chiqarish va ijtimoiy tizimlar
vujudga keladi va ularning ishlashi oqibatida modda va energiya, mahsulot
xoʻjalik va maishiy chiqindilarning xoʻjalik aylanishi sodir boʻladi va
xoʻjalik tuzilmalari shakllanadi: ishlab chiqarish tuzilmalari (inshootlar,
yoʻllar va boshqalar) va ijtimoiy tuzilmalar (shaharlar, qoʻrgʻonlar,
qishloqlar). Tabiiy ishlab chiqarish va ijtimoiy tuzilmalar birgalikda inson
yashaydigan va mehnat qiladigan atrof-muhitni tashkil etadi.
75
Tabiiy-ekologik ishlab chiqarish va ijtimoiy tizimlar doimiy oʻzaro
taʼsir va rivojlanishda boʻladi. Bunda tabiat jamiyatning iqtisodiy va
ijtimoiy rivojlanishi uchun moddiy, maʼnaviy, ekologik asos boʻlib xizmat
qiladi. Tabiatning ishlab chiqarish va ijtimoiy tizimlar bilan oʻzaro taʼsirini
oʻrganish Atrof-muhit va tabiiy resurslar iqtisodiyotining asosiy muammosi
hisoblanadi. Bu oʻzaro taʼsirda tabiiy tizimlar birlamchi va abadiy tizim
boʻlib ishtirok etadi.
Tabiiy tizimlar ishlab chiqarish va
ijtimoiy-iqtisodiy tizimlar
rivojlanishining tabiiy asosi boʻlib, ularning rivojlanishi surʼatlariga va
samaradorligiga jiddiy taʼsir koʻrsatadi va izchillikni taʼminlaydi. Shundan
maʼlum boʻladiki, tabiat umuminsoniyatning boyligi va merosi, uni
insonlarning turli avlodlari oʻzlarining rivojlanishlari uchun bir xil
imkoniyatlarga ega boʻlishi uchun doimiy oʻrganib va
baholab turishi eng
muhim zarurat hisoblanadi. Tabiat holati — jamiyat rivojlanishining muhim
omili, shu sababdan Atrof-muhit va tabiiy resurslar iqtisodiyotida tabiiy,
ishlab chiqarish va ijtimoiy tizimlarning oʻzaro taʼsirini, shuningdek, tabiiy
tizimlardagi tartibga solishni chuqur oʻrganish lozim. Tabiat va ishlab
chiqarish va ijtimoiy tizimlarga nisbatan insonlarning hayoti va faoliyati
uchun resurs sifatida ishtirok etadi.
Shuni hisobga olish kerakki,
“iqtisodiyot-muhit” tizimida iqtisodiyotga atrof-muhitga nisbatan afzallik
berib boʻlmaydi. Shunday oʻzaro taʼsirni taʼminlash kerakki, unda
kengaytirilgan takror ishlab chiqarishning va iqtisodiy oʻsishning yuqori
surʼatlari va aholi farovonligining oʻsishi
atrof-muhit va uning
komponentlari saqlanishi, toʻxtoʻvsiz yaxshilanishi va rivojlanishi bilan
qoʻshib olib borilishi taʼminlanishi lozim.