71
taalluqli boʻlib, jamiyatni oʻrab turadigan atrof-muhit hisoblanmaydi. Lekin
inson faoliyati oʻzgartirgan tabiat uchastkalari (shaharlar, qishloq xoʻjaligi
yerlari, oʻrmon ixotazorlari) atrof-muhitga kiradi, chunki ular jamiyat
muhitini tashkil etadi. Tabiiy muhit abiotik va biotik tizimlar va umuman,
litosfera, atmosfera, gidrosfera va biosferaning
murakkab va xilma-xil
birikmalari va oʻzaro taʼsirini ifodalaydi. Unda ekzogen, endogen va kosmik
omillar va jarayonlar taʼsir koʻrsatib, gʻoyat xilma-xil fizik, kimyoviy va
biologik reaksiyalarni keltirib chiqaradi va ular relfining rivojlanishini,
jinslarning yemirilishi va minerallarning paydo boʻlishi moddalar
migratsiyasining geokimyoviy jarayonlarini va ularning tarqalishi va
konsentratsiyasi, organik dunyoning rivojlanishini, quruqlik va Dunyo
okeani uchun xarakterli boʻlgan oʻziga xos landshaft tiplarini, tabiiy muhit
va geotizimlarning landshaft tiplarini, tabiiy
muhit va geotizimlarning
shakllanishini belgilab beradi.
Tabiiy muhitning strukturasida ekologik resurslar — atmosfera,
gidrosfera, litosfera murakkab kompleks moddiy tizim sifatida namoyon
boʻladi va ular bir-birlari va Kosmos bilan qattiq, suyuq, gazsimon
shakllarda oʻzaro taʼsirda boʻladilar. Ularning muvozanat holati modda va
energiyaning kosmik va planetar migratsiyasi, differensiyalashuvi va
ularning bir holatdan boshqasiga oʻtishi orqali taʼminlanadi.
Tabiiy sharoit — tabiatning jismi va kuchi, sifati boʻlib, u ishlab chiqarish
kuchlari rivojlanishining hozirgi darajasida inson faoliyatida bevosita
ishtirok etmasada, jamiyatning hayoti va faoliyatini belgilab beradi.
Tabiiy resurslar — insonlar foydalanayotgan yoki foydalanishi mumkin
boʻlgan tabiatning jismi va kuchidir. Insonlarning yashash vositasi boʻlib,
inson ularni tabiatdan oladi va ularsiz ishlab chiqarish faoliyatini amalga
oshira olmaydi. Tabiiy resurslar insonga oziq-ovqat, kiyim-kechak, yoqilgʻi
va energetika
xom ashyolari berishi sababli, yashash va ishlab chiqarish
faoliyatining zaruriy shartidir. Tabiiy resurslarning turi juda xilma-xil
boʻlib, ular ijtimoiy ishlab chiqarish moddiy-texnika bazasining tarkibiy
qismidir. Tabiiy resurslar kompleksi mineral resurslar, iqlim, suv, yer-
tuproq, oʻsimlik, hayvon resurslari, shuningdek, atom resurslari va planetar
hamda kosmik resurslarni oʻz ichiga oladi. Tabiiy resurslar ishlab
chiqarishni joylashtirish va rivojlantirishda asosiy omillardan hisoblanadi.
Tabiiy resurslar tushunchasini taʼriflashdan oldin, bu tushunchaning
koʻpchilik mualliflar tomonidan turlicha talqin qilinishini aytib oʻtish kerak.
Akademik I.P.Gerasimov bilan professor D.L.Armandlar tabiiy resurslarga,
bizning nazarimizda, eng toʻliq taʼrif berganlar: “tabiiy resurslar kishilar
bevosita tabiatdan oladigan va ularning yashashlari uchun zarur boʻlgan
72
xilma-xil vositalardir”. Yu.G.Saushkin
elektr energiya olish, oziq-ovqat
mahsulotlari ishlab chiqarish uchun foydalanish mumkin boʻlgan tabiiy
komponentlarni va sanoat uchun xom ashyoni tabiiy resurslarga kiritadi.
Yirik olim A.A.Mins tabiiy resurslarni foydalanish shakllari va
yoʻnalishlariga qarab, iqtisodiy jihatdan klassifikatsiyalashni, yaʼni tasnif
qilishni ilgari suradi. Bu tasnifga koʻra tabiiy resurslar moddiy ishlab
chiqarishning asosiy sektorlarida va ishlab chiqarishdan tashqarida
foydalanishiga qarab guruhlarga ajratiladi. Yaʼni unga koʻra tabiiy resurslar:
A. Moddiy ishlab chiqarish resurslari: sanoatda yoqilgʻi, metallar, suvlar,
yogʻoch-taxta, baliq; qishloq xoʻjaligida — suv (sugʻorish uchun),
ovlanadigan hayvonlar;
B. Ishlab chiqarishdan tashqari soha resurslari: ichimlik suvi,
daraxtzorlar, kishilarni davolash uchun iqlim resurslari va hokazo.
Tabiiy resurslar kishilarning yashashi uchun zarur boʻlgan
shunday
vositalarki, bu vositalar jamiyatga bevosita emas, ishlab chiqaruvchi kuchlar
va ishlab chiqarish vositalari orqali taʼsir etadi. Tabiiy resurslar insonning
taʼsir etish xarakteriga qarab, ikki turga boʻlinadi: tugaydigan va
tugamaydigan resurslar.
Tugaydigan resurslar, oʻz navbatida, qaytadan tiklanmaydigan va
qaytadan tiklanadigan resurslarga boʻlinadi. Qaytadan tiklanmaydigan
tabiiy resurslarga yer osti boyliklari (neft, toshkoʻmir, rudalar va boshqalar)
kiradi. Bu resurslardan muttasil foydalanish bora-bora ular zaxirasining
butunlay tugab qolishiga olib keladi. Chunki, ular tabiiy yoʻl bilan qayta
tiklanmaydi yoki tiklansada (nazariy jihatdan millionlab yillardan keyin,
yaʼni kelgusi geologik davrlarda), foydalanishga nisbatan bir necha million
marta sekinlik bilan tiklanadi.
Tiklanadigan tabiiy resurslarga — tuproqlar, oʻsimliklar,
hayvonot
dunyosi, shuningdek, koʻllar va dengiz tagiga choʻkadigan baʼzi bir mineral
tuzlar kiradi. Bu resurslar foydalanish davomida tiklanadi. Lekin ular
tiklana olishi uchun maʼlum tabiiy sharoit kerak. Bu sharoitni buzish
resurslarning qayta tiklanish jarayonini sekinlashtiradi yoki butunlay
toʻxtatadi. Binobarin, tiklanadigan tabiiy resurslardan foydalanishda bularni
hisobga olish lozim. Turli resurslar turlicha tezlikda tiklanadi. Masalan,
ovlangan hayvonlarning tiklanishi uchun bir yoki bir necha yil, kesib
olingan oʻrmonlar uchun — kamida oltmish yil, tuproqning chirindi
qavatining bir santimetri hosil boʻlishi uchun esa 300-600-yil talab qilinadi.
Shunday ekan, tabiiy resurslarni sarflash surʼati ularning tiklanish
darajasiga muvofiq kelishi kerak. Bu muvofiqlikning buzilishi resurslarning
tugab
ketishiga, oʻrmonlar maydonining qisqarib borishiga, ovlanadigan
73
hayvonlar zaxirasining kamayishiga, tuproqlar hosildorligining pasayishiga
va boshqa salbiy oqibatlarga olib borishi muqarrar. Tiklanadigan baʼzi
tabiiy resurslar inson taʼsiri ostida tiklanmaydigan boʻlib qolishi mumkin.
Bunga butunlay yoʻq qilib yuborilgan hayvon va oʻsimlik turlari, eroziya
natijasida batamom buzilib ketgan tuproqlar va boshqalar misol boʻla oladi.
Masalan, Ispaniyadagi kesib yuborilgan oʻrmonlar hanuz qayta tiklanmadi,
natijada, bir vaqtlardagi bepoyon oʻrmonlar landshafti bora-bora chala
choʻllarga aylandi. Butunlay qirib yuborilgan koʻplab hayvon turlari endi
qaytadan paydo boʻlmaydi, yaʼni tiklanmaydi. Shunday qilib, tabiiy
resurslarning tiklanish yoki tiklanmasligi koʻp jihatdan insonning ularga
boʻlgan munosabatiga bogʻliq. Tiklanmaydigan tabiiy resurslarni muhofaza
qilishning asosiy yoʻllari — ulardan rejali va ilmiy asosda ratsional
foydalanish va takror barpo boʻlishini taʼminlashdan iborat. Tiklanadigan
tabiiy resurslarni muhofaza qilishda eng muhimi ularning tiklanishiga
doimiy imkoniyat yaratishdir, mana shundagina bu resurslar insonga amalda
cheksiz xizmat qilishi mumkin. Tugamaydigan resurslarga — suv, iqlim va
kosmik resurslar kiradi (4.2-jadval).