3.5. Eksternaliya xarajatlari. Tabiiy muhitning assimilyatsiya
potensiali
Eksternaliya xarajatlari yoki tashqi samaralar atrof muhit muhofazasi
va tabiiy resurslar iqtisodiyotida eng muhim tushunchalaridan hisoblanadi.
Ekologik-iqtisodiy faoliyat jarayonida tabiatga, aholiga turli obyektlar
turlicha taʼsir koʻrsatib keladi. Eksternaliyaning paydo boʻlishi ushbu taʼsir
bilan bogʻliqdir. Eksternaliya — bu iqtisodiy faoliyatning tashqi samarasi
yoki oqibatidir. Eksternaliya muammosi mulkchilik, tabiiy resurslarning
cheklanganligi, tabiatning assimilyatsiya potensialiga mulkchilik masalalari
bilan uzviy bogʻliqdir. Mulkchilikning ikki subyekti jamiyat va tadbirkor
nuqtayi nazaridan iqtisodiy manfaatlar farq qiladi: jamiyat ifloslanishning
ziyonini kamaytirishdan, tadbirkor esa ishlab chiqarishning asosiy iqtisodiy
koʻrsatkichlariga taʼsir qiladigan tabiat muhofazasi xarajatlarini
kamaytirishdan mafaatdor boʻladi. Bunda tabiatdan foydalanuvchi tadbirkor
uchun “uchinchi” shaxslarga yetkaziladigan ziyon oʻz mohiyatiga koʻra,
uning ishlab chiqarishining tashqi xarajatlari hisoblanadi. Bu tashqi
xarajatlar ishlab chiqarishning tashqi xarajatlari hisoblanadi. Bu tashqi
xarajatlar ishlab chiqarishning ichki xarajatlaridan tubdan farq qiladi va
tadbirkorlik faoliyatining zarari hisoblanadi. Shunday qilib, umumiy holda
mulkchilikning turli subyektlari manfaatlarining ixtilofi, nizolar yuzaga
keladi.
Eksternaliya xarajatlari tabiiy resurslarning cheklanganligi bilan
bogʻliq, holda paydo boʻladi. Bunda atrof-muhitning sezilarli zararli
oqibatlari maʼlum miqdordagi chiqarmalarni oʻziga olishni (singdirishi)
qobiliyati resurslarning cheklanganligi sifatida ishtirok etadi. Atrof tabiiy
muhitning bu sifati assimilyatsiya potensiali deb ataladi. Assimilyatsiya
potensiali hajmidan oshib ketgan chiqarmalar ziyonini keltirib chiqaradi va
shunga mos holda eksternaliya xarajatlari paydo boʻladi. Bir tomondan,
tabiat assimilyatsiyasi potensialining cheklanganligi, boshqa tomondan turli
mulkdorlar manfaatining bir-biriga mos kelmasligi oqibatida assimilyatsiya
potensialiga mulkchilik hududi toʻgʻrisidagi masala kelib chiqadi.
Hududdan foydalanish imkoniyatiga ega boʻlgan mulkdor iqtisodiy
zararning yoʻqligi va tabiat muhofazasi xarajatlarini tejash hisobiga foyda
qiladi. Ayni vaqtda assimilyatsiya potensiali tegmagan boshqa mulkdor
uchun birinchi mulkdor faoliyati tufayli zarar koʻrish ehtimoli katta boʻladi.
Bunda ikkinchi mulkdorning zarari birinchi mulkdor uchun eksternaliya
xarajatlari hisoblanadi. Shunday qilib, jamiyat va tadbirkor manfaatlari
62
ixtiloflarini
hamda
jamiyatning
ifloslanishdan
zarar
koʻrishni
kamaytirishdan, tadbirkorning esa tabiat muhofazasi xarajatlarini
qisqartirishdan manfaatdorligini hisobga olib, atrof tabiiy muhitga taʼsirini
tartibga solish mexanizmlarini ishlab chiqarish zarurati paydo boʻladi.
Tartibga solishning mohiyati eksternaliya xarajatlarini internalizatsiyalash
(inglizcha “internal” ichki soʻzidan, buni mutlaqo qarama-qarshi maʼnoga
ega boʻlgan “internalizatsiya” tushunchasi aralashtirib yubormaslik kerak)
hisoblanadi, yaʼni jamiyatga tashqi xarajatlarni ichki xarajatlarga aylantirish
zarur va shu asosda tadbirkorni uning faoliyati bilan bogʻliq boʻlgan
xarajatlarni toʻlashga majbur qilish kerak. Nazariyada bunday toʻlovlar
“Pigu soliqlari” nomini olgan. Ingliz iqtisodchisi A.S. Pigu XX asrning
boshida ushbu soliq zarurligini asoslab bergan. Toʻlovlar miqdori
yetkazilgan ziyon kompensatsiyasi tamoyiliga asoslanishi kerak. Lekin
ifloslanishdan iqtisodiy ziyonni hisoblashdagi qiyinchiliklarni hisobga olib,
amaliy maqsadlarda atrof-muhit sifatining quyidagi koʻrsatkichlarga
asoslanishi kerak: ayrim ifloslantiruvchi moddalar konsentratsiyasining
ruxsat etilgan meʼyori (REM), chiqarmalarning ruxsat etilgan meʼyori
normativlari. Bular ifloslantirishning ruxsat etilgan meʼyori darajasini
aniqlashga
va
atrof-muhit
muhofazasining
asosiy
tamoyili
–
“ifloslantiruvchi toʻlaydi” tamoyilini amalga oshirishga imkon beradi.
Eksternaliya taʼsirining xilma-xilligiga koʻra quyidagi turlarga boʻlinadi:
temporal, global, sektorlararo, mintaqalararo, mahalliy.
Temporal (avlodlar oʻrtasidagi) eksternaliya barqaror rivojlanish
konsepsiyasi bilan uzviy bogʻliq boʻlib, hozirgi avlod oʻz ehtiyojlarini
kelajak avlodlarning manfaatlarini hisobga olib taʼminlashlari kerakligi
tamoyilligiga amal qilishni talab qiladi.
Global eksternaliya ifloslantirishning transchegara tarqalishi bilan
bogʻliq va ularga qarshi kurashishda maxsus xalqaro konvensiyalar va
shartnomalarni tuzish zaruriyatini koʻzda tutadi.
Sektorlararo eksternaliya iqtisodiyot tarmoqlari, ayniqsa tabiatni
ekspluatatsiya qiluvchi sohalar boshqa sohalarga ekologik ziyon keltirishini
hisobga oladi va ekologik muammolarning muqobil yechimini topishga va
iqtisodiyotni tuzilmaviy qayta qurishga yoʻnaltiradi.
Mintaqalararo eksternaliya cheklangan hududlarda ifloslantiruvchi
korxonalarning retsipentlarda (boshqa korxonalar va obyektlar) ekternaliya
xarajatlari tahlili boʻlib, u ushbu sohalarda xulosa va tavsiyalar beradi.
Assimilyatsiya potensiali - atrof-muhitning (atmosfera, suv manbalari,
tuproqlar) maʼlum miqyoslarda cheklanmagan uzoq istiqbolda oʻzining
63
asosiy xossalarini oʻzgartirmay, turli antropogen taʼsirni oʻziga olishi (shu
jumladan, zararli aralashmalarni) qobiliyatidir
Atrof-muhitning assimilyatsiya potensiali (AMAP) oʻziga xos tabiiy
resurs boʻlib, u cheklangan yoki tanqis resurs hisoblanadi. Ushbu tabiiy
resursni miqdoriy baholashning murakkabligi antropogen taʼsir turlari
xilma-xilligiga, shuningdek, bu turdagi taʼsirdan har birining xavfsizlik
darajasini aniqlashning qiyinligi bilan bogʻliqdir. AMAPning alohida
xususiyatiga ega boʻlgan tabiiy muhit sifatida iqtisodiy ahamiyati tabiat
muhofazasi xarajatlarini tejashning prinsipial imkoniyati birligida
ifodalanadi. Bu tejash AMAPning ijtimoiy foydaligini yoki qiymatini
belgilaydi.
AMAPning mavjudligi chiqarmalarni tozalash boʻyicha boʻyicha
xarajatlarni tejashdan tashqari ifloslanishdan keladigan ziyonni toʻgʻrirogʻi,
atrof-muhit asosiy xossalari ifloslanishi natijasida salbiy oʻzgarishning
ziyonini bartaraf etishga imkon beradi. Shunday qilib, bartaraf etilgan ziyon
— ifloslanishni bartaraf qilish boʻyicha xarajatlarni tejash, xarajat
yondashuvi asosida AMAPning iqtisodiy bahosini belgilaydi. AMAPning
baholashning renta usuli yoki kvazirenta baholashi (uning taqchilligiga
asoslangan baholash) AMPAni
sunʼiy takror ishlab chiqarish
imkoniyatlariga asoslanadi. Bunda baholash chiqarmalar taʼsirini ekologik
normativlargacha kamaytirishning ijtimoiy zarur xarajatlari bilan AMAP
baholanadigan konkret hududlar doirasida ekologik normativlarga
erishishning individual xarajatlari oʻrtasidagi farqni ifodalaydi. Bu
yondashuv AMAPni ham tabiiy tabiiy resursning obyektiv qiymatiga mos
kelishi nuqtayi nazaridan, ham amaliyotda foydalanish nuqtayi nazaridan
afzallikga ega. Renta usuli asosida AMAPni iqtisodiy baholashni
amaliyotda amalga oshirishda baholanayotgan hududda ekologik
normativlardan oshib ketish darajasidan (karralik, bir nechta martalik)
foydalanish mumkin.
Shundan keyin olingan koʻrsatkich (koeffitsent) orqali va etalon
hududda oldindan belgilangan AMAPni iqtisodiy baholashning qiymati
orqali AMAPning izlangan iqtisodiy bahosini hisoblash kerak. Bundan
tashqari ushbu yondashuv AMAPni iqtisodiy baholashni ayrim
ifloslantiruvchi moddalar uchun ham amalga oshirishni nazarda tutadi.
AMAPning umumiy iqtisodiy bahosi ayrim moddalar boʻyicha
baholashni jamlash bilan aniqlanadi. Shunday qilib, Atrof-muhit
muhofazasi sohasidagi bevosita va bozor regulyatorining eng muhim
vazifasi tashqi xarajatlarni internalizatsiyalash hisoblanadi. Bunda asosiy
eʼtibor ifloslantiruvchi korxona foydasi, manfaati va u tomonidan
64
ifloslanishning “qurbonlariga” kompensatsiya toʻlashning umumiy
nisbatlarini tahlil qilish va undan maqsadga muvofiq, xulosalar chiqarish
va tavsiyalar ishlab chiqarish, ularni amaliyotga joriy etishga qaratiladi.
|