87
boshqarishni, shu jumladan sharoitga qarab
transchegaraviy hamkorlik
orqali amalga oshirishni talab qiladigan 6.5-vazifaning bajarilishini bevosita
qoʻllab-quvvatlaydi.
2020-yildagi
BRM
boʻyicha ikkinchi hisobotini
12
6.5.2
koʻrsatkichiga
koʻra,
Oʻzbekistondagi
transchegaraviy
havzalar
maydonining 69,6 foizi tezkor bitimlar
yoki suv bilan hamkorlik
toʻgʻrisidagi bitimlar bilan qamrab olingan. Shuningdek, Oʻzbekiston
Qirgʻiziston va Turkmaniston bilan muhim
yangi shartnomalar tuzdi va
Qozogʻiston bilan Sirdaryo boʻyicha hamkorlikni faollashtirdi.
Transchegaraviy yer osti suvlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning mavjudligi
yaxshilangan boʻlsa-da, transchegaraviy yer osti suvlari haqidagi bilimlarni
oshirish va umumiy suv qatlamlari boʻyicha hamkorlikni oʻrnatish uchun
qoʻshimcha tadbirlarni amalga oshirish zarurati mavjud.
Suv resurslarini kompleks boshqarish boʻyicha birinchi Milliy siyosiy
muloqot
13
(MSM) 2022-yilda boʻlib oʻtdi. MSM Oʻzbekistonda bugungi
kunda tarmoqlarni rivojlantirish uchun suvning mavjudligi,
oqova
suvlarning standartlari,
yer osti suvlari monitoringi, transchegaraviy
hamkorlik va quyi Amudaryoning ekologik oqimiga eʼtibor qaratmoqda.
Oʻzbekiston hozirda Suv va sogʻliqni
saqlash protokolining
ishtirokchisi emasligini inobatga olgan holda,
hukumat BMT va JSST
protokolining qoʻshma kotibiyati bilan hamkorlik orqali aʼzo boʻlish
imkoniyatlari va afzalliklarini oʻrganmoqda.
Kelgusidagi qadamlar:
- bozor tamoyillarini joriy etish, suv xoʻjaligini
tartibga solish va
moliyalashtirish mexanizmlarini takomillashtirish;
- suv
resurslarini boshqarish siyosati
va
mexanizmlarini
takomillashtirish;
- infratuzilmani modernizatsiya qilish va suv xoʻjaligi
xizmatlarini
rivojlantirish;
- suv xoʻjaligini boshqarishning ilmiy va innovatsion salohiyatini
rivojlantirish;
- ekologik barqarorlikni taʼminlash uchun ishlab chiqilgan strategiya
va konsepsiyalarni amalga oshirish;
- barqaror rivojlanish uchun suv resurslarini saqlash va ulardan oqilona
foydalanishni yaxshilash;
- infratuzilmani modernizatsiya qilish va suv xoʻjaligi sohasini davlat-
xususiy sheriklik orqali rivojlantirish;
12
Otchetnost po globalnomu selevomu pokazatelyu SUR 6.5.2
13
37 About the National Policy Dialogues
88
- suv va salomatlik toʻgʻrisidagi protokolga
kirish imkoniyatlarini
baholash;
- transchegaraviy suv oqimlari va xalqaro koʻllarni muhofaza qilish va
ulardan foydalanish toʻgʻrisidagi Konvensiyaga muvofiq qoʻshni
mamlakatlar bilan transchegaraviy va yer osti suv resurslari boʻyicha
hamkorlikni kengaytirish.