Suv resurslaridan foydalanish va ularni muhofaza qilish




Download 2,87 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/75
Sana23.11.2023
Hajmi2,87 Mb.
#104057
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   75
Bog'liq
Атроф мухит ва табиий ресурслар иқтисодиёти

 
4.4. Suv resurslaridan foydalanish va ularni muhofaza qilish
Suv resurslari va ularning ahamiyati Biosferadagi jarayonlar va 
insoniyat jamiyatida suv katta ahamiyatga ega. Suv — vodorod bilan 
kislorodning birikishidan hosil boʻlgan suyuq, rangsiz modda. Suvda 
vaznga koʻra, 11,11 foiz vodorod va 88,89 foiz kislorod mavjud. Bu 
murakkab mineral tabiatda turli (gaz, suyuq va qattiq) hollarda mavjud 
boʻlib, modda va energiya aylanma harakatida katta rol oʻynaydi. Suvning 
uch xil agregat holatda boʻlishi Yer sharining turli hududlarida ob-havo va 
iqlim sharoitning shakllanishida muhim ahamiyatga egadir. Suv resurslariga 
daryo, koʻl, suv omborlari, kanallar, botqoqlik, dengiz va okean, yer ostidagi 
suvlar, tuproq, namligi, qutb va togʻlardagi muzliklar, hattoki, 
atmosferadagi namliklar ham kiradi. Yer yuzasidagi barcha suvlar 
gidrosferani tashkil qiladi. Okean va dengizlarning umumiy maydoni 
quruqlik yuzasiga qaraganda, 2,5 barobar koʻpdir. Okean suvlari Yer 
sharining 3/4 qismini egallagan boʻlib, oʻrtacha qalinligi 4000 m ga tengdir. 
Gidrosferaning 93,96 foizi okean suviga, 4,39 foizi quruqlikdagi daryo, koʻl 
va yer osti suvlari, 1,65 foizi qutb va togʻlardagi muzliklarga toʻgʻri keladi.
Chuchuk yerning asosiy manbai, moddalar va energiya geologik va 
biologik aylanib yurishining asosiy sharoiti sifatida “dengiz-quruqlik” 
tizimidagi suvni kg aylanib yurishi eng muhim ahamiyatga ega. Bu aylanib 
yurishni quyidagi nisbatlarda ifodalash mumkin:
S
o
=S
b
+K - O
Bunda: S
o
- quruqlikdagi yakuniy (oxirgi) suv zaxiralari;


83 
S

– quruqlikdagi dastlabki suv zaxiralari;
K- quruqlikka keladigan suv kirimi m
3
;
O- oqim,mm;
va sarfi hajmiga bogʻliq holda quruqlikda /11
O—dengizga quyiladigan suv oqimi, m
3
. Suvning kirimi va sarfi 
hajmiga bogʻlik holda quruqlikda 11mg zaxirasi mavsumlar va yillar, 
yanada davomiy davrlar bo‘yicha oʻzgarib turadi. Quruqlikda suv 
zaxiralarining oʻzgarib turishini hisoblash murakkab boʻlib, u ahamiyati 
katta boʻlishiga qaramasdan amalda hisoblanmaydi. Quruqlikda suvning 
aylanib yurishi ham katta ahamiyatga ega. Tuplangan suv zaxiralarining 
oʻzgarishi eʼtiborga olinmasa, quruqlikda suvning aylanib yurishini 
quyidagi nisbatlarda ifodalash mumkin:
Yo-0=B
Bunda: Yo — yogʻinlar, mm; O — oqim, mm; B — toʻplanish, mm.
Yogʻinlar hajmining oqimlar hajmiga nisbati quruqlikda suv aylanib 
yurishining intensivligini xarakterlaydi. Tabiiy yoki quruqlik yuzasidan 
bugʻlanish va biologik yoki transpiratsiya bugʻlanishi farqlanadi. Biologik 
bugʻlanish biologik modda aylanib yurishining asosida yotadi, chunki bir 
tonna birlamchi quruq organik massaning hosil boʻlishi uchun 400 tonnaga 
yaqin suv kerak boʻladi. Umumiy bugʻlanish qancha katta boʻlsa va unda 
transpiratsiya (biologik) bugʻlanishning hissasi yuqori boʻladi, biologik 
modda aylanib yurishining hajmi shuncha yuqori buladi. Hududlarning suv 
rejimini tartibga solish vazifasi uning biologik mahsuldorligi nuqtayi 
nazaridan shundan iboratki, u quruqlikda suv aylanib yurishining 
intensivligini koʻtarishga, transpiratsiya bugʻlanishining hissasini 
koʻpaytirishga va organik modda birligining hosil boʻlishiga sarflanadigan 
suv sarfini kamaytirishga imkon beradi.
Jahon tabiiy resurslari instituti maʼlumotlarida Oʻzbekiston suv stressi 
yuqori boʻlgan mamlakatlar qatorida keltirib oʻtilgan va suv stressi darajasi 
yuqoriligi boʻyicha tuzilgan reytingda dunyoning 164 ta mamlakatlari 
orasida 25-oʻrinni egallagan. Oʻzbekistonda suv resurslariga bosim darajasi 
mintaqada suv zaxiralarining yuqori darajada (169 %) sarflanishi bilan 
bogʻliq. Oʻzbekistonda aholini ichimlik suvi bilan taʼminlash bevosita 
aholining markazlashgan suv taʼminotidan foydalanish imkoniyatlarini 
kengaytirish orqali amalga oshiriladi. Bu borada tizimli ishlar olib 
borilmoqda, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-
yil 26-noyabrdagi “Aholining ichimlik suvi bilan taʼminlanganlik darajasini 


84 
oshirish va uning sifatini yaxshilash uchun Oʻzbekiston Respublikasining 
suv 
resurslarini 
boshqarishni 
takomillashtirish 
chora-tadbirlari 
toʻgʻrisida”gi Farmoni hamda “Respublika suv taʼminoti tizimini yanada 
takomillashtirish toʻgʻrisida” Qarori doirasida amalga oshirilmoqda. 
Natijada soʻnggi 5 yil ichida respublikada
4.1-rasm. Aholining markazlashgan suv taʼminoti va kanalizatsiya bilan 
taʼminlanganlik darajasi (% da1.01.2022 holatiga koʻra) 
markazlashgan ichimlik suvi taʼminoti bilan taʼminlangan aholi ulushi 5,2 
% punktga ortib, 2022-yilning dastlabki holatiga koʻra 69,7 %ni tashkil etdi. 
Shuningdek, kanalizatsiya bilan taʼminlanganlik darajasi 17,5 % ga yetdi. 
Shu bilan birga, ichimlik suvi bilan taʼminlanganlik darajasi nisbatan past 
boʻlgan hududlar sifatida Qashqadaryo, Surxondaryo, Jizzax viloyatlari (60 
% dan past) qayd etilgan (4.1-rasm).
Oʻzbekiston aholisining tegishli sanitariya-gigiyena vositalaridan 
umumiy va teng huquqli foydalanishini taʼminlash zarur chora-tadbirlar 
amalga oshirildi.
2021-yilda yilda xavfsizlik talablariga amal qilgan holda tashkil 
etilgan sanitariya xizmatlaridan foydalanadigan aholining ulushi 92,7% ni 
tashkil etdi, shuningdek sovun va suv bilan qoʻl yuvish moslamalaridan 
foydalanadigan aholining ulushi mos ravishda 96,2% ga yetdi.
Yashash uchun qulay ekotizimni taʼminlash doirasida respublikada 
suvning ifloslanish darajasini kamaytirish, oqova suvlarni xavfsiz tozalash 
va qayta samarali ishlash boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirishga katta 


85 
eʼtibor qaratilmoqda va oʻz oʻrnida, ushbu masalalarni hal qilish 
Oʻzbekiston Respublikasining 2030-yilgacha atrof-muhitni muhofaza qilish 
konsepsiyasida, Oʻzbekiston Respublikasining 2016–2020-yillarga 
moʻljallangan ekologik monitoring dasturida ham keltirib oʻtilgan. Bu 
yoʻnalishdagi ijobiy natijalar, bir tomondan, suv resurslariga boʻlgan oʻsib 
borayotgan ehtiyojni qondirishga yordam bersa, ikkinchi tomondan, atrof-
muhitga salbiy taʼsirni kamaytirishga xizmat qiladi.
2017–2021-yillar mobaynida Oʻzbekistonda xavfsiz tozalangan oqova 
suvlarning ulushi 92,2 % darajasida qolmoqda. Shu bilan birga, suvning 
ifloslanish indeksi 2017–2019-yillarda biroz yomonlashdi (1,35 dan 1,58 
gacha). Biroq, 2019-yildan keyin ushbu koʻrsatkichning kamayishi 
kuzatilgan va 2021-yilda 1,52 ni tashkil etgan. Mavjud koʻrsatkich suv sifati 
boʻyicha III toifaga (oʻrtacha ifloslangan) mos kelib, qoniqarli ekologik 
holatni nazarda tutadi.
Mintaqadagi transchegaraviy suvlar sifati qoniqarsizligining asosiy 
sabablari suv tarkibida tuz, fenollar, pestitsidlar, neft mahsulotlari, metall 
miqdori va biologik ifloslanishning ortishi hamda suv qattiqligining 
oʻzgarishi bilan bogʻliq. Suvning miqdori va sifatiga suv boshqarish tizimi, 
sugʻorish obyektlarining holati, iqlim omillari taʼsir qilmoqda. 
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yilning 11-iyulidagi 
Farmoniga 
koʻra 
“Oʻzbekiston 
Respublikasi 
suv 
xoʻjaligini 
rivojlantirishning 
2020–2030-yillarga 
moʻljallangan Konsepsiyasi” 
tasdiqlangan. Konsepsiyaning ustuvor yoʻnalishlaridan biri mamlakatda suv 
sifatini yaxshilashdir. Uni amalga oshirish doirasida 2030-yilga qadar 18 ta 
gidrologik postlarni tiklash va suvni tezkor nazorat qilish tizimini joriy etish 
rejalashtirilgan.
Respublikada suv resurslarini boshqarish doirasida irrigatsiya tizimi 
samaradorligini oshirish, sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini 
yaxshilash, xalqaro tashkilotlar va jamgʻarmalar (Jahon banki, Yevropa 
tiklanish va taraqqiyot banki, Islom taraqqiyot banki) mablagʻlarini jalb 
qilgan holda mamlakat suv resurslaridan foydalanish va hisobga olish 
samaradorligini taʼminlash imkoniyatlarini kengaytirish boʻyicha chora-
tadbirlar amalga oshirilmoqda. Natijada, Oʻzbekistonda suv resurslarini 
kompleks boshqarishni amalga oshirish darajasi 2017–2021-yillarda 45 % 
dan 55 %gacha oshdi (4.2-rasm). 


86 
Oʻzbekiston uchun suv resurslarini boshqarish transchegaraviy 
daryolardan mintaqalararo kompleks foydalanishni koʻzda tutadi. Shu 
munosabat bilan suvdan oqilona foydalanish va uni tejash, suv 
resurslarining adolatli taqsimlanishini kafolatlash, shuningdek, mintaqadagi 
barcha davlatlarning manfaatlarini hisobga olgan holda suv resurslarini 
taqsimlash boʻyicha tizimli ishlar olib borilmoqda.
Iqlim oʻzgarishlari Oʻzbekistonda suv tanqisligini yanada 
kuchaytiradi, qurgʻoqchilik davomiyligi va muddatining ortishi mamlakat 
iqtisodiyotida suv resurslariga boʻlgan ehtiyojlarni qondirishda jiddiy 
muammolarni keltirib chiqarishi mumkin. Deyarli barcha hududlarda daryo 
oqimlarini suv bilan taʼminlash 60 % dan 90 % gacha yogʻingarchilik 
miqdoriga bogʻliq. Ushbu xavfning oʻziga xos xususiyati shundaki, u 
koʻproq tabiiy omillarga bogʻliq. Xavfning oldini olish choralari mavjud suv 
resurslaridan samarali va oqilona foydalanish bilan bogʻliq.
Shuningdek, suvning ifloslanish darajasining oshishi ham aholi 
salomatligiga tahdid soladi. Mamlakat boʻylab suv resurslarining notekis 
taqsimlanishi, suv havzalaridan samarasiz foydalanish va ularning 
ifloslanishi barqaror rivojlanish uchun jiddiy tahdiddir.
Oʻzbekiston 
suvga 
boʻlgan 
ehtiyojning 
80%ini 
qoʻshni 
mamlakatlarning suv havzalaridan qondirishi va qisman iqlim oʻzgarishi 
sababli suv resurslarini boshqarishda muhim muammolarga duch kelmoqda. 
Mamlakat 1992-yildan beri BMTning transchegaraviy suv oqimlari va 
xalqaro koʻllarni himoya qilish va ulardan foydalanish toʻgʻrisidagi 
Konvensiyasi (Suv Konvensiyasi), shuningdek, 1997-yildan beri BMTning 
xalqaro suv oqimlaridan navigatsiyasiz foydalanish huquqi toʻgʻrisidagi 
Konvensiyasi ishtirokchisi hisoblanadi. Suv Konvensiyasi, shuningdek, 
2030-yilgacha boʻlgan davrda barqaror rivojlanish va uning maqsadlarining 
tartibini targʻib qilish va amalga oshirish uchun kuchli vosita sanaladi. U 
Oʻzbekiston va boshqa mamlakatlardan suv resurslarini kompleks 

Download 2,87 Mb.
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   75




Download 2,87 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 Suv resurslaridan foydalanish va ularni muhofaza qilish

Download 2,87 Mb.
Pdf ko'rish