4.5. Yer resurslaridan foydalanish va ularni muhofaza qilish
Yer inson — tabiat majmuasida tabiatni boshqa unsurlari qatorida xalq
xoʻjaligi ishlab chiqarishining asosiy vositasi hisoblanadi. Yer sanoatda
faqat fundament, korxonalar turadigan joy vazifasini bajaradi. Qishloq
xoʻjaligida esa mehnat jarayoni va mahsulotlar yaratish bevosita yerning
xususiyatlariga, uning sifat holatiga va foydalanish xarakteriga bogʻliqdir.
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida alohida shaxslarga shaxsiy
turar joy qurish, jamoa boʻlib bogʻdorchilik, sabzavotchilik bilan
shugʻullanish uchun yerdan foydalanishga ruxsat etiladi. Ular doimiy va
vaqtinchalik boʻlishi mumkin. Yerdan foydalanuvchilarga yerdan unumli
foydalanish majburiyati yuklatiladi. Yerdan mehnat qilmay daromad olish,
yerni sotib olish yoki sotish, hadya qilish, ijaraga qoʻyish, oʻz holicha
boshqa shaxslarga berish taqiqlanadi. Yer davlat va jamoat ehtiyojlari uchun
zarur boʻlib qolganda davlat tomonidan qaytarib olinishi mumkin.
Maʼlumki, yer resurslaridan iqtisodiyot va jamiyatning barcha faoliyat
sohalarida foydalaniladi va u ijtimoiy ishlab chiqarish jarayonida
foydalaniladigan yer fondini tashkil etadi. Yerning hududiy va moddiy
cheklanganligi, turli toifalarga boʻlinishi va darajadagi unumdorligi undan
intensiv, biroq oqilona foydalanish zarurligini taqozo etadi. Yaʼni, yer
resurslaridan tizimli foydalanish muammosi hozirgi vaqtgacha ham
iqtisodiyot va jamiyat taraqqiyoti uchun dolzarb boʻlib kelmoqda.
Yerdan foydalanish bir vaqtning oʻzida tabiatdan foydalanishning
ortishi va jamiyat tomonidan yer resurslaridan foydalanish jarayoni
hisoblanishi uning ijtimoiy
ahamiyatini va yerdan foydalanish
muammosining doimiy dolzarbligini belgilaydi. Bu esa tabiat va
iqtisodiyotning obyektiv qonunlari asosida yerdan foydalanishning zaruriy
elementi ekanligini izohlaydi. Ushbu muammoning dolzarbligi bugungi
kunda yerdan foydalanish tizimiga moliyaviy-iqtisodiy, ishlab chiqarish,
ekologik tavsiqdagi yangi omillarning taʼsiri tobora ortib borayotganligi
natijasida yanada kuchaymoqda. Shu bilan birga, yerdan foydalanishga
jamiyat ehtiyoji sifatida tizimli yondashish muammolarini sikllik nuqtayi
nazardan baholash, yerlardan koʻp maqsadli foydalanish va umuman yerdan
samarali foydalanish samaradorligini har xil jihatdan baholash kabi
89
muammolarning metodologik asoslari sayoz. Bu esa mamlakatimizda yer
resursslaridan foydalanish tizimida, ayniqsa bu sohadagi iqtisodiy
islohotlarni yanada erkinlashtirishda oʻz yechimni kutayotgan talay nazariy,
uslubiy va amaliy muammolar saqlanib qolmoqda. Ayniqsa, soʻngi yillarda
yer resurslaridan foydalanishni boshqarishdagi kamchiliklar va ulardan
samarali foydalanish va takror ishlab chiqarish uchun moliyaviy
resurslarning yetishmaganligi oqibatida maʼlum darajada yerlardan tizimsiz
foydalanish qishloq xoʻjaligi yerlarining jiddiy degradatsiyalashuviga olib
keldi. Amaldagi yerdan foydalanish tizimi xususida esa uning iqtisodiy
mexanizmining toʻliq shakllanmaganligi va uni boshqarishning
takomillashmaganligi sababli samarasiz deyish mumkin.
Yaʼni, yerdan foydalanish strukturasiga va yerlarning unumdorligini
takror ishlab chiqarishga zarur eʼtibor bermaslik natijasida uzoq yillar
davomida yerdan foydalanishning takror ishlab chiqarish sikli
tugallanmaganligi kuzatilmoqda. Yerdan foydalanish tizimi jamiyatning
moddiy neʼmatlarga boʻlgan ehtiyojining doimo oʻsib borishi va tuproq
unumdorligini takror ishlab chiqarish obyektiv zarurligi kabi qonunlarga
asoslanmayotganligini aytish mumkin. Bozor iqtisodiyoti tamoyillari
yerdan foydalanish tizimiga yetarli darajada toʻliq joriy qilinmayapti. Yer
ijarasi huquqining iqtisodiy mazmuni va oʻrni aniq ema, yerning bozor
bahosi yoʻq, yer soligʻi yerdan foydalanishda ragʻbatlantiruvchi rolini
bajarmayapti, yerdan samarali foydalanishni iqtisodiy ragʻbatlantirish
tamoyiliga yetarlicha amal qilmayapti. Yerdan foydalanishni boshqarishda
maʼmuriy uslublar koʻproq qoʻllanilmoqda.
Yerdan bozorga mos ravishda foydalanish muammosi kompleks
tarzda boʻlib, u iqtisodiy, ijtimoiy, huquqiy, rekratsion-sogʻlomlashtirish,
tabiatni muhofaza qilish, tashkiliy-hududiy, innovatsion, texnologik va
tadbirkorlik kabi jihatlarga xos masalalarni yechishni taqazo etadi. Shu
nuqtayi nazardan yer resurslaridan foydalanish tizimining iqtisodiy
mexanizmi yerni tasarruf qilish, unga egalik qilish va undan foydalanish
jarayonlarida vujudga keladigan yer resurslaridan foydalanishni boshqarish,
tashkil qilish, rejalashtirish va ragʻbatlantirishni tartibga solishga qaratilgan
davlat va yerdan foydalanuvchilar tomonidan amalga oshiriladigan
moliyaviy-iqtisodiy chora tadbirlar majmuidir. Ushbu mexanizmning ijara
shartnomasi, yerning iqtisodiy bahosi, yer soligʻi, yerning meliorativ
holatini yaxshilash, saqlab turish bilan bogʻliq xarajatlarni zarur mablagʻ
bilan taʼminlash (qisqa va uzoq muddatli kreditlar), yerdan foydalanish turi
va yoʻnalishiga qarab ijara haqi miqdori va mahsulotlar bahosini belgilashda
strategik ahamiyatga ega boʻlgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlariga yerning
90
tabiiy unumdorligi va suv taʼminotidan kelib chiqqan holda tabaqaviy
yondashuvning muhim elementlari boʻlib hisoblanadi.
Oʻzbekistonning umumiy yer fondi 44,9 mln. ga, shundan 27,9 mln.
ga qishloq xoʻjaligiga qarashli yerlar. Qishloq xoʻjaligida foydalanishda
boʻlgan yerlarning 10 foizdan ortiq qismi haydaladigan yerlardan iborat.
Respublikaning yer fondi foydalanish xususiyatlariga koʻra xilma-xil.
Mamlakat umumiy yer fondining 5-6 mln. gektari dehqonchilikda
foydalaniladi. Ular sugʻoriladigan va lalmi yerlardir. Qolgan hududlar
asosan yaylov va qisman togʻ oʻrmonlaridan iborat. Sugʻoriladigan yerlar
3,8 mln. gektardan iborat, shundan 1,4 mln. gektari dengiz sathidan 400-500
metrgacha boʻlgan balandlikdagi choʻl zonasida, qolgan qismi sur qoʻngʻir
tuproq mintaqada, sugʻoriladigan yerlar Fargʻona vodiysi, Zarafshon,
Chirchiq, Ohangaron, Qashqadaryo, Surxon, Sherobod vodiylarida,
Amudaryoning quyi qismlarida katta maydonlarni egallaydi. Lalmikor
yerlar maydoni 600 ming gektardan ziyod. Ekin ekish uchun yetarli darajada
namlik toʻplanadigan yerlardan foydalaniladi. Lalmikor yerlar
Qashqadaryo, Samarqand, Toshkent, Jizzax viloyatlarida joylashgan.
Choʻl yaylovlari Oʻzbekistonda eng katta maydon — 22,8 mln.
gektarni tashkil etadi, shundan 10 mln. gektari sur-qoʻngʻir tuproqli, qariyb
13 mln. gektari qumli yerlar va qumli tuproqlar, qolgan qismi oʻtloq-taqir
tuproqlar va taqir hamda shoʻrxoklardan iborat. Choʻl-yaylov joylardagi
sugʻorishga yaroqli yalpi maydon qariyb 12 mln. gektarni yoki 95 foizdan
ortiq qismini beradi. Hozirgi vaqtda yer resurslarini holati faqat
iqtisodiyotga taʼsir etmasdan, u ekologik sharoitga ham oʻz taʼsirini
koʻrsatmoqda.
Tuproq resurslari-biologik resurslar boʻlib, ularning hosil boʻlishi
halok boʻlgan organik massaning qayta ishlanishi bilan va yashash muhiti
litosferaning yuqori yumshoq qobigʻi bilan bogʻliqdir. Shuning uchun tirik
organizmlarning toʻplangan zaxiralari, biologik modda aylanib yurishi
hajmi, tuproqning yillik organik qismi yoki gumus koʻrinishidagi
mahsulotlar va chiqindilar bilan ajralib turadi. Toʻplangan organik
massaning tarkibi va hajmi, uning oʻsishi halok boʻlgan organik massa
tushumining tarkibi va hajmiga, ularoq kesimi va yashash muhiti boʻyicha
taqsimlanishiga bogʻliq boʻladi. Tuproq harakati va ishlab turishining
asosida yashash muhitining sifati va yer usti va tuproq organizmlarning
biologik aylanib yurishi hajmi va strukturasi oʻrtasidagi aloqalar yotadi.
Bunda tuproqning eng muhim xususiyati unda biologik organizmlar
faoliyatining chiqindilar gumusning toʻplanishi boʻlib, ular ozuqa
moddalarining manbai boʻlib xizmat qiladi va bir vaqtning oʻzida
91
tuproqning oʻzgarishi toʻplangan biomassalar kabi aniqlanadi va quyidagi
nisbat koʻrinishini oladi:
G
ya
=G
b
+Oʻ+P
Bunda: G
ya
- gumusning yakuniy zaxirasi;
G
b
- Gumusning boshlangʻich zaxirasi
Oʻ - gumusning yillik oʻsishi;
P - gumusning yillik yuvilib ketishi va parchalanishi.
Normal sharoitlarda gumus zaxiralari stabil, barqaror boʻladi yoki
koʻpayadi. Ularning kamayishi tuproqdan noratsional foydalanish bilan
bogʻliq boʻladi. Tuproqdagi biologik jarayonlar, shuningdek, gumusning
oʻsishi, parchalanishi va yuvilib ketishi halok boʻlgan organik massalarning
hajmi, tarkibiga hamda tuproqda ishlov berishga ob-havoga va boshqa
koʻrsatkichlarga bogʻliqdir. Yer resurslarini baholash tizimlari va ularni
hisoblash metodlari biologik resurslar bilan deyarli bir xil boʻladi.
Yer resurslarining eng qimmatli qismi uning hosildorlik xususiyatiga
ega boʻlgan qismi - tuproq qoplamidir. Tuproq boshqa tabiiy boylik bilan
almashtirib boʻlmaydigan noyob tabiiy resursdir. Inson qadimdan
hozirgacha fan-texnika erishgan ulkan muvaffaqiyatlarga qaramay, oʻzining
yashashi uchun zarur boʻlgan qariyb hamma narsani tuproqdan oladi.
Hozirgi kungacha tabiiy tuproq oʻrnini bosadigan sof sunʼiy tuproq yaratish
mumkinligi isbotlangan emas. Oʻsimliklarni tuproqsiz (gidroponika,
plastoponika) oʻstirish har qancha mukammallashmasin, baribir hech nima,
hech qachon tuproq oʻrnini bosa olmaydi.
Soʻngi yillarda sayyora tuproq qoplami tabiiy holatining oʻzgarishiga
qishloq xoʻjalik ishlari bilan bogʻliq boʻlgan tadbirlar taʼsir etmoqda.
Chunonchi, oʻrmonli yerlarda daraxtlarni kesib, haydab ekin ekish;
almashlab ekish; yerlarni haydab kultivatsiya qilish; tuproqqa koʻplab
organik moddalar (torf, goʻng va boshqalar) va mineral oʻgʻitlar (ohak,
lyoss, mineral oʻgʻitlar) solish, tuproqni sugʻorish va shoʻrini yuvish; zax va
botqoq yerlarni quritib oʻzlashtirish; yerlarni planirovka qilish va tekislash;
koʻplab mevali va dekorativ daraxtlar oʻtkazish; koʻplab mol boqish va
boshqalar shular jumlasidandir. Bu ishlarning taʼsiri sugʻorib ekin
ekiladigan yerlarda, ayniqsa, kuchli boʻlib, uning natijasida bir tomondan,
tuproqning tabiiy holati tez oʻzgarsa, ikkinchi tomondan, uning unumdorligi
ortib boradi va tuproqning holati yaxshilanadi. Shu bilan birga, Yer sharida,
shu jumladan, Oʻzbekistonda sanoatni rivojlanishi, koʻplab yangi qazilma
konlarining qidirib topilishi yangi shaxta va karyerlarini qurishni talab etadi.
Bular oʻz navbatida, qishloq xoʻjaligi aylanmasidagi yerlar maydonining
qariyb, tuproq holatining yomonlashib borishiga sabab boʻlmoqda.
92
Hozir Yer sharida eroziyaga uchragan, qayta shoʻrlangan va
botqoqlangan, qum bosgan, sanoat va karyerlardan chiqarib tashlangan
chiqindilar (otval) bilan qoplangan va boshqa yerlar maydoni 4,5-5 mln. kv.
km. yerni ishgʻol qiladi. Shaharlarning, ayniqsa, tez oʻsishi bilan qishloq
xoʻjaligiga yaroqli yerlar maydoni tez qisqarib bormoqda. Hozir yer sharida
sutkasiga jon boshiga 27 t. dan ortiq mineral xom ashyo qazib olinadi va
undan umumiy hajmining 2 foizi miqdorida ruda ajratib olinadi, qolgan
qismi (98%) chiqindi tariqasida atrofidagi qishloq xoʻjaligi uchun yaroqli
yerlarga tashlanadi. Ochiq karyer usulida koʻmir va boshqa qazilmalar qazib
olish natijasida katta maydonlardagi yerlar buzilmoqda. Karyer-otvallar
hisobiga qishloq xoʻjaligi
aylanmasidagi yerlarning qisqarishi
Oʻzbekistonda, ayniqsa, Angren-Olmaliq togʻ-kon sanoati rayonida ham
sodir boʻlmoqda. Shu sababli, karyer-otval ishgʻol qilgan yerlarni tezlik
bilan rekultivatsiya qilish, yaʼni qayta oʻzlashtirish lozim. Buning uchun
karyer-otvalli yerlar tekislanib, ustiga unumdor tuproq toʻkib yoki har xil
oʻsimliklar ekib, qishloq xoʻjaligi aylanmasiga kiritish lozim.
Respublikamizda yildan-yilga aholi sonining oʻsib borishi, sanoat
korxonalarning (qazib oluvchi) koʻpayishi natijasida tabiatga taʼsiri
kuchaymoqda. Insoniyatning ishlab chiqarish faoliyati ortishi natijasida
ekologik sharoit yomonlashib, respublikada buzilgan yerlar miqdorlari ham
ortib bormoqda. Buni shu bilan izohlash mumkin: qazib oluvchi sanoat
korxonalarining koʻpayishi, natijasida tabiatga taʼsiri kuchaymoqda. Buni
shu bilan izohlash mumkinki: qazib oluvchi sanoat korxonalarining
koʻpayishi, yangi uy-joylarning qurilishi, shahar va sanoat chiqindilari,
tuproq qatlamining yemirilishi, texnogen relyeflarning shakllanishi, bu oʻz
navbatida atrof-muhitga, inson salomatligiga qolaversa davlat byudjet
xarajatlarini oshishiga ham olib keladi.
Hozirgi kunda buzilgan yerlarni rekultivatsiyalash ishlari, yerlarni
insonlar tomonidan buzilish jarayonlaridan orqada qolmoqda. Respublika
hududidagi buzilgan yerlar yaʼni rekultivatsiya qilinishi zarur boʻlgan
obyektlar quyidagilar:
1. Qazilma boyliklar va qurilish materiallarini qazib olish, ishlab
chiqarish (chuqur karyerlar, tuproq va togʻ jinslari uyumlari, gil, qum,
shagʻal, va boshqalar);
2. Gaz va neft konlarini izlash va ishlab chiqarish;
3. Yoʻl qurilishlari, quvur oʻtkazish;
4. Tugatilgan sanoat korxonalari;
5. Shahar va sanoat chiqindilari.
93
Buzilgan yerlarni xalq xoʻjaligi tarmoqlariga foydalanish uchun
qaytarish va ularning atrof-muhitga salbiy taʼsirini tugatish maqsadida ulari
rekultivatsiyalash ishlari olib boriladi. Yerlarni rekultivatsiyalash — bu
injinerlik, texnik,melioratsiya, agrotexnik va boshqa tadbirlar tizimi boʻlib,
buzilgan yerlarning biologik unumdorligini va xalq xoʻjaligi uchun
ahamiyatini tiklashga hamda atrof-muhit sharoitini yaxshilashga
qaratilgandir.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan
“Yerlarni rekultivatsiya qilish, tuproqni unumdor qatlamini kesib olish,
saqlash va oqilona foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi” Nizomi asosida
Oʻzbekiston Respublikasi Tabiat Resurlari Vazirligi, Qishloq xoʻjaligi
vazirligi,
“Sanoatgeokontexnazorat”
davlat
inspeksiyasi,
“Oʻzdavgeodezkadastr” davlat qoʻmitasiga va boshqa vakolatli
tashkilotlarga oʻzlarining vakolatlari doirasida buzilgan yerlarni
rekultivatsiya qilish, unumdorligini tiklash, tuproqlarning unumdor
qatlamini kesib olish, saqlash va oqilona foydalanish boʻyicha ishlarni sifatli
oʻz vaqtida bajarilishini monitoring qilish hamda zaruriy nazoratni
taʼminlash vazifasi yuklatilgan.
Respublikada mavjud 44,9 million gektarning atigi 4,3 million gektari
(10 foizga yaqini) sugʻoriladigan yerlardir. Bu yerlarning 2 million gektarga
yaqini (45%) ikkilamchi shoʻrlanishga uchragan, 800 ming gektar
maydonda suv eroziyasi muammosi mavjud. Shamol eroziyasi 2 million
gektardan ortiq maydonda uchraydi.
Yer degradatsiyasiga barham berish maqsadida 2022-yil 10-iyunda
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Yerlar degradatsiyasiga qarshi
kurashishning samarali tizimini yaratish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” gi
qarori qabul qilindi. Mazkur qarorga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi
Qishloq xoʻjaligi vazirligi tizimida alohida yangi boshqarma tashkil etilib,
unga respublikada yerlarning degradatsiyasi va uning oldini olish
muammolarini hal etish yuklatildi.
Keyingi qadamlar:
- bioxilma-xillikni saqlash va undan barqaror foydalanish sohasida
meʼyoriy-huquqiy bazani takomillashtirish;
- yer muhofazasini ragʻbatlantirish va tuproq unumdorligini tiklashning
iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish;
- muhofaza etiladigan tabiiy hududlar (MTH) tizimini yanada
rivojlantirish, MTHning moddiy-texnik bazasini yaxshilash, xodimlarning
botanika, zoologiya va ekologiya sohalari boʻyicha doimiy malakasini
oshirish;
94
- geografik axborot tizimlari asosida qishloq xoʻjaligi yerlarining
monitoringi mexanizmini takomillashtirish;
- bioxilma-xillikni saqlash masalalarini iqtisodiyotning barcha
tarmoqlariga integratsiya qilish;
- tabiatdan foydalanish va atrof-muhitni muhofaza qilish toʻgʻrisidagi
qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlikni kuchaytirish.
|