5.4. Oʻzbekistonda “yashil energetika” ni rivojlantirish
istiqbollari
Aholini elektr energiyasi bilan barqaror taʼminlash Oʻzbekistonda
energetika sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarning ustuvor vazifalari
va yoʻnalishlaridan biri sanaladi. Ichki energetika bozoridagi mavjud
cheklovlarga qaramasdan, hozirda respublika aholisining 100 foizi elektr
energiyasidan foydalanish imkoniyatiga ega, Oʻzbekiston ushbu asosiy
koʻrsatkich boʻyicha jahonda yuqori oʻrinlarni egallab kelmoqda.
Mamlakatda mavjud energiya taʼminoti tizimini bozor tamoyillarining
bosqichma-bosqich joriy etilishi doirasida kengaytirish, yangi energiya
115
manbalarini joriy etish boʻyicha keng koʻlamli chora-tadbirlar amalga
oshirish imkonini bermoqda. Hukumat tashabbusi bilan energetika sohasida
amalga oshirilayotgan islohotlar institutsional muhitning sezilarli
yaxshilanishiga va energetika sohasida qator investitsiya loyihalarini faol
amalga oshirishga xizmat qildi.
Aholi tomonidan qayta tiklanadigan energiya qurilmalarini xarid
qilishni ragʻbatlantirish va ijtimoiy soha obyektlarini keng koʻlamda
“yashil” energiya manbalaridan foydalanishga oʻtkazish boʻyicha yangi
chora-tadbirlar kompleksi amalga oshirilishi Oʻzbekistonning “yashil”
rivojlanishga ishonch bilan oʻtishi uchun katta imkoniyatlar yaratdi.
Koʻrilgan chora-tadbirlar natijasida soʻnggi olti yil ichida barqaror energiya
taʼminotining texnologik platformasini shakllantirishda ijobiy oʻzgarishlar
roʻy berdi, jumladan, 5 ming MVt dan ortiq yangi quvvatlar ishga tushirildi
(oldingi davrga nisbatan 1,5 barobar koʻp), 45 ming km. elektr tarmoqlari
va 13 mingdan ortiq transformator quvvatlari yangilandi (nisbatan 3,5
barobar koʻp). Soʻnggi uch yilda (2019–2021-yillarda) 2,2 GVt hajmdagi
yangi quvvatlar ishlab chiqarish boʻyicha elektr energiyasi ishga tushirildi
va buning natijasida elektr stansiyalarining umumiy oʻrnatilgan quvvati
14,1 foizga oshdi. Shuningdek, quvvati 450 MVt boʻlgan yangi
Toʻraqoʻrgʻon IESning birinchi bloki, 200 MVt quvvatga ega ikkita quyosh
stansiyasi va boshqa energetika obyektlari ishga tushirilishi natijasida jami
elektr energiyasi ishlab chiqarish 2019-yildagi hajmi 63,6 milliard
kVt/soatdan 2021-yilda 70,1 milliard kVt/soatga oshib, oʻsish 10,4 foizni
tashkil qildi. Energetika quvvatlarini rivojlantirish prognoziga muvofiq,
2030-yilga qadar arzon, ishonchli va zamonaviy energiya taʼminotidan
foydalanishga toʻliq erishish rejalashtirilgan. Elektr energiyasi ishlab
chiqarishni ikki baravarga oshirish natijasida – 120–130 milliard kVt.s.
gacha erishish hamda qayta tiklanadigan energiya ulushini – 30 foizgacha
koʻpaytirish orqali, aholi tomonidan energiya isteʼmoli hajmini joriy
darajaga nisbatan kamida 1,8 barobarga oshirishga erishiladi. Keyingi
qadamlar:
- “yashil” energiyaga va umuman “yashil” iqtisodiyotga oʻtishga
qaratilgan islohotlar samaradorligini oshirish;
- davlat-xususiy sheriklik mexanizmlaridan toʻliq foydalanishni
hisobga olgan holda energiya quvvatlarini rivojlantirish dasturini, shu
jumladan, qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirish dasturini
samarali amalga oshirish;
- energetika infratuzilmasini modernizatsiya qilish dasturini
jadallashtiradigan yangi tarifga izchil oʻtish;
116
- arzon, ishonchli, barqaror va zamonaviy energiya manbalaridan
ommaviy foydalanishni taʼminlash maqsadida aholining ijtimoiy himoyaga
muhtoj qatlamlarini himoya qilish mexanizmlarini takomillashtirish;
- mavjud iqtisodiy ragʻbatlarga rioya qilgan holda mahalliy energiya
tizimlarini rivojlantirishga xususiy sektorni jalb etish orqali, qayta
tiklanadigan energiya manbalari asosida ishlab chiqariladigan “toza” elektr
energiyasidan
uy xoʻjaliklarida foydalanishning salohiyati
va
imkoniyatlarini toʻliq jalb qilish uchun shart-sharoit yaratish;
- energiya tizimini yanada rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlarini
toza elektr energiyasi ishlab chiqarish texnologiyalaridan foydalanish, qayta
tiklanuvchi energiya manbalari salohiyatini jalb qilgan holda, ayniqsa,
qishloqlarda energiya taʼminoti tizimini yanada rivojlantirish.
Oʻzbekiston Respublikasi Energetika Vazirligi qayta tiklanuvchi
energiya manbalaridan foydalanish sohasidagi maxsus vakolatli davlat
organidir. Energetika sohasini isloh qilish maqsadida “Oʻzbekenergo” AJda
tubdan qayta qurish amalga oshirildi. “Oʻzbekenergo” AJ negizida uchta
“Issiqlik elektr stansiyalari”, “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” va
“Hududiy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyatlari tashkil etildi.
Ushbu qayta tashkil etishdan maqsad elektr energiyasini ishlab
chiqarish, tashish, taqsimlash va sotishni tashkil etishning zamonaviy
usullariga oʻtishdir. 2019-yilning may oyida Oʻzbekiston Respublikasining
“Qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanish toʻgʻrisida” gi
shuningdek, “Davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisida” gi qonunlarning qabul
qilinishi mamlakat elektr energiyasi sohasidagi loyihalarni amalga
oshirishni jadallashtirish uchun huquqiy asos yaratildi. Energetika Vazirligi
tomonidan 2019-2023-yillarda Oʻzbekiston Respublikasida qayta
tiklanadigan energiya manbalarini rivojlantirish konsepsiyasi ishlab
chiqildi. Shuningdek, Energetika vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar
bilan birgalikda xalqaro moliya institutlari Jahon banki, Osiyo taraqqiyot
bankining texnik koʻmagi bilan mamlakatni 2020-2030-yillarda yoqilgʻi va
energiya bilan ta’minlash konsepsiyasi ishlab chiqildi.
Oʻzbekistonda isteʼmol qilinayotgan elektr energiyasining katta qismi
88,7 fozi issiqlik elektr stansiyalarida ishlab chiqariladi. Bunda energiya
isteʼmoli tarkibining oʻzagini neft va gaz resurslari tashkil etadi. Tabiiy gaz
va neftdan foydalanishning hozirgi darajasi saqlanib qolgan ularning
zaxiralari tabiiy gaz va neftga boʻlgan ehtiyojni 20-30 yil davomida
qondirishga yetishi mumkin. Agar milliy iqtisodiyotda elektr energiyasiga
boʻlgan yillik ehtiyoj hozirgi 60-62 mlrd.kVt/soatdan 2030 yiga borib 110
117
mlrd. kVt/soatgacha ortishini eʼtiborga oladigan boʻlsak, tabiiy neft va gaz
zaxiralarining tugash muddati yanada qisqarishi tabiiy.
Mamlakatimizda iqtisodiyot tarmoqlari rivojlanishi va aholi ehtiyojlari
oʻsishi natijasida elektr energiyasiga boʻlgan ehtiyoj kun sayin ortib
bormoqda. 2000-yilda bu koʻrsatkich bir nafar maishiy foydalanuvchiga bir
oyda 114 kVt/soat elektr energiyasi ishlatgan boʻlsa, oxirgi yillarda bu
koʻrsatkich 200 kVt/soatiga yetdi. Bugungi kunda respublikamiz boʻyicha
elektr energiyasidan umumfoydalanishda aholi ulushi 26,5 foizga yetgan.
Vaholanki, 1990-yilda ushbu koʻrsatkich 13,9 foizga teng edi. Elektr
energiyasiga ishlab chiqarishga ketadigan xarajatlar tarkibida tabiiy gaz,
mazut, koʻmir ulushi 43 foizga teng. Mamlakat issiqlik elektr stansiyalarida
yiliga 17 mlrd.m
3
tabiiy gaz
sarflanmoqda. Issiqlik elektr stansiyalarida
sarflanayotgan gazni qoʻshimcha qiymat yaratish (sintetik yoqilgʻi,
polipropilen olish) jarayonlariga yoʻnaltirish ijtimoiy (aholi bandligi, atrof-
muhit muhofazasi) muammolarini hal etish imkoniyatlarini yanada oshiradi.
Qolaversa, Oʻzbekistonning umumiy energiya tejash salohiyati yiliga
3 mln. tonna neft ekvivalentida baholanmoqda. Ulardan foydalanish
natijasida 40 mln. tonna ortiqcha chiqindi gazlarini kamaytirish imkoni bor.
Energiya tejash energiya resurslariga boʻlgan talabni qondirish uchun yangi
elektr va issiqlikni ishlab chiqarish quvvatlarini qurishdan 2-5 barobar
koʻproq foydali boʻladi. Iqtisodiyotning energiya koʻp sarflaydigan
tarmoqlarida energiya samaradorligini oshirish boʻyicha kompleks chora
tadbirlarni joriy etish 30-40 foizgacha energiya sarfini tejash imkonini
beradi.
Qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanishning oʻziga xos
jihati shundaki, shaxsiy ehtiyojlar uchun elektr energiyasini ishlab
chiqarilgan taqdirda, ruxsat beruvchi hujjatlar olish talab etilmaydi. Qayta
tiklanuvchi energiya manbalaridan elektr energiyasi ishlab chiqaruvchilar
blok-stansiyalar shartlari asosida, shuningdek hosil qilinayotgan elektr
energiyasining maksimal qiymati koʻrsatilgan holda tanlov asosida yagona
elektr energetikasi tizimiga ulanishi mumkin. Amaldagi elektr tarmoqlarini
rekonstruksiya qilish yoki kengaytirish uchun zarur boʻlgan, qayta
tiklanuvchi energiya manbalarining qurilmalarini ulash bilan bogʻliq
xarajatlarni ularning egasi amalga oshiradi, yagona elektr energetikasi
tizimiga ulanish nuqtasigacha boʻlgan xarajatlarni esa, qayta tiklanuvchi
energiya manbalaridan energiya ishlab chiqaruvchi amalga oshiradi.
Shuningdek, qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan anʼanaviy elektr
energiyasi
ishlab
chiqaruvchilarga
qayta
tiklanuvchi
energiya
manbalarining qurilmalarini yagona elektr
energetikasi
tizimiga
118
oʻzboshimchalik bilan ulash ham taqiqlanadi. Lokal elektr tarmogʻiga
ulanish shartnoma shartlari asosida amalga oshiriladi. Qayta tiklanuvchi
energiya
manbalaridan
anʼanaviy
issiqlik
energiyasi
ishlab
chiqaruvchilariga hududiy va magistral issiqlik tarmoqlariga ulash
taqiqlanadi.
Oʻzbekistonda 2030-yilda qayta tiklanadigan energiya manbalarining
elektr energiyasi ishlab chiqarish umumiy hajmidagi ulushi 25 foizga
yetkazilishi belgilab berilgan. Hozirgi vaqtda bu koʻrsatkich 10-12 foizni
tashkil etadi. Belgilangan muddatda natijaga erishish uchun energetika
vazirligi qayta tiklanadigan energiya manbalariga bogʻliq yirik loyihalarni
amaliyotga tatbiq etish choralarini koʻrmoqda. Shunga mos ravishda, oʻn yil
ichida umumiy quvvati 5000 MW boʻlgan quyosh elektr stansiyalari va
3000 MW ga teng boʻlgan shamol elektr stansiyalarini qurish
rejalashtirilgan. Osiyo taraqqiyot banki, hamda Yevropa tiklanish va
taraqqiyot banki koʻmagida toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalar
hisobiga amalga oshirilmoqda (5.2-jadval).
|