• VI Bob. OZIQ-OVQAT XAVFSIZLIGI VA QISHLOQ XOʻJALIGINI “YASHIL IQTISODIYOT” ASOSIDA BARQAROR RIVOJLANTIRISH
  • 6.1. Qishloq xoʻjaligini “yashil iqtisodiyot” asosida barqaror rivojlantirish muammolari
  • Mustaqil ishlash uchun nazorat savollari




    Download 2,87 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet43/75
    Sana23.11.2023
    Hajmi2,87 Mb.
    #104057
    1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   75
    Bog'liq
    Атроф мухит ва табиий ресурслар иқтисодиёти

     
    Mustaqil ishlash uchun nazorat savollari
    1. Tiklanadigan energiya nima va u qaysi manbalar hisobidan ishlab 
    chiqariladi?
    2. Tiklanadigan energiya iste’molining tarmoq va geografik 
    tarkibidagi oʻzgarishlar qanday omillar taʼsir koʻrsatadi?
    3. Jahon yoqilgʻi energetika resurslarini yetishmasligi va energiya 
    isteʼmolining ortib borishiga taʼsir etuvchi omillarni tahlil qilib bering.
    4. Yashil energetikaning jadal surʼatlarda rivojlanishiga qanday 
    sabab va omillar taʼsir koʻrsatmoqda?
    5. Jahon amaliyotida tiklanuvchi energetika sohasi qanday usullar 
    bilan qoʻllab qavvatlanmoqda?
    6. Oʻzbekistonda yashil energetikani rivojlantirish imoniyatlarini 
    tahlil qiling.
    7. Mamlakatda muqobil energetika sohasini rivojlanish 
    xususiyatlarini tushuntirib bering.


    120 
    8. Yer yuzidagi umumiy energetik resurslar va ularni baholang.
    9. Oʻzbekiston Respublikasining umumiy energetik resurslari va 
    ularni baholang.
    10.
    Qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish sohasidagi 
    davlat siyosatining asosiy yoʻnalishlarini izohlab bering.
    VI Bob. OZIQ-OVQAT XAVFSIZLIGI VA QISHLOQ 
    XOʻJALIGINI “YASHIL IQTISODIYOT” ASOSIDA BARQAROR 
    RIVOJLANTIRISH 
    6.1. Qishloq xoʻjaligini “yashil iqtisodiyot” asosida barqaror rivojlantirish 
    muammolari.
    6.2. Organik qishloq xoʻjaligini rivojlantirish yoʻnalishlari
    6.3.Oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlashda geni modifikatsiyalangan 
    mahsulotlarni (GMO) cheklashning ahamiyati.
    6.4. Oziq-oqat xavfsizligini taʼminlash va qishloq xoʻjaligini 
    rivojlantirish.
    6.1. Qishloq xoʻjaligini “yashil iqtisodiyot” asosida barqaror 
    rivojlantirish muammolari
    Oʻzbekiston Respublikasida yer davlat mulki, umummilliy boylikdir, 
    undan oqilona foydalanish zarur, u davlat tomonidan muhofaza etiladi. 
    Davlat yerning asosiy xoʻjayini sifatida yer fondiga egalik qilish, ulardan 
    toʻgʻri foydalanishni ham yuritishi zarur. Shunday qilib, kadastr hududi – 
    bu mamlakat yagona yer fondidir, yaʼni kimning ixtiyorida boʻlishidan 
    qatʼiy nazar, Oʻzbekiston Respublikasi davlat chegarasidagi barcha 
    yerlardir.
    Oʻzbekiston Respublikasi Yer kodeksining 8-moddasiga binoan Yer fondi 
    yerlardan foydalanishning asosiy maqsadiga qarab quyidagi toifalarga 
    boʻlinadi:
    1. Qishloq xoʻjaligi yerlari — qishloq xoʻjaligi ehtiyojlari uchun yoki 
    ana shu maqsadlarga moʻljallanshgan yerlar.
    2. Aholi punkti yerlari (shaharlar, posyolkalar va qishloq xoʻjaligi 
    yerlari) shahar va posyolka chegarasidagi, shuningdek, qishloq aholi 
    punktlari chegaralari doirasidagi yerlar.
    3. Sanoat, transport, aloqa mudofaa maqsadlarida foydalanish uchun 
    moʻljallangan yerlar.
    4. Tabiatni muhofaza qilish, sogʻlomlashtirish, reakreatsiya 
    maqsadlarida foydalanish uchun moʻljallangan yerlar 


    121 
    5. Tarixiy – madaniy maqsadlarda foydalanish uchun moʻljallangan 
    yerlar.
    6. Oʻrmon yer fondlari.
    7. Suv fondi yerlari.
    8. Zaxira yerlari .
    Qishloq xoʻjalik ehtiyojlari uchun berib qoʻyilgan yoki shu maqsadlar 
    uchun belgilangan yerlar qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar deb 
    hisoblanadi. Bu yerlar qishloq xoʻjaligi faoliyat koʻrsatishi uchun zarur 
    boʻlgan qishloq xoʻjaligi yerlari va daraxtzorlar, ichki xoʻjalik yerlari, 
    kommunikatsiyalar, oʻrmonlar, berk suv havzalari, binolar va inshootlar 
    bilan band boʻlgan yerlarga ajratiladi.
    Haydalaniladigan yerlar, pichanzorlar, yaylovlar, boʻz yerlar, koʻp 
    yillik daraxtzorlar (bogʻlar, tokzorlar va boshqalar) egallagan yerlar qishloq 
    xoʻjaligi yerlari jumlasiga kiradi. Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar 
    doimiy va vaqtinchalik egalik qilish va foydalanish maqsadlarida qishloq 
    xoʻjaligi ishlab chiqarish kooperativlariga (shirkatlarga), boshqa qishloq 
    xoʻjaligi korxonalari, muassasalari va tashkilotlariga, fermer xoʻjaliklarini 
    tashkil etish va yuritish dehqon xoʻjaligini, xususiy bogʻdorchilik, 
    polizchilik va chorvachilikni yuritish, jamoa bogʻdorchiligi va uzumchiligi 
    uchun respublika fuqorolariga, yordamchi qishloq xoʻjaligini yuritish uchun 
    qishloq xoʻjaligi bilan shugʻullanmaydigan korxonalar, muassasalar va 
    tashkilotlarga beriladi.
    Qishloq xoʻjaligi yerlarini irigatsiya va suvdan foydalanish tizimiga 
    asoslangan sunʼiy sugʻorish qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishini tashkil 
    etishning asosi va yerlardan foydalanish hamda ular unumdorligini 
    oshirishning shartidir. Qishloq xoʻjaligida foydalanish va sugʻorishni 
    taʼminlay oladigan sugʻorish manbasi bilan bogʻlangan doimiy va muvaqqat 
    sugʻorish tarmogʻiga ega boʻlgan yerlar sugʻoriladigan yerlar jumlasiga 
    kiradi. Sugʻoriladigan yerlar maxsus muhofaza qilinadi, ularni 
    sugʻorilmaydigan yerlar sarasiga oʻtkazish alohida hollarda, tuproq-
    meliorativ va iqtisodiy sharoitlarni hamda yerlarning suv bilan 
    taʼminlanganligini, ulardagi suv resurslarini va bu suvlarga belgilangan 
    meʼyorlarni eʼtiborga olib, viloyat hokimlari tomonidan Oʻzbekiston 
    Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi.
    Bugungi kunda dunyo rivojlanish modelidagi nazariya va 
    amaliyotning prinsipial kamchiligi boʻlib, ijtimoiy va ekologik 
    muammolarni yechishga yon bosmasdan iqtisodiy oʻsishga ustuvorlik 
    berilmoqda. Xususan, Birlashgan millatlar tashkilotining barqaror 
    rivojlanish Maqsadlari, iqlim oʻzgarishlariga qarshi kurash, yashil 


    122 
    iqtisodiyotni rivojlantirish asosida barqaror rivojlanishga oʻtish kabi 
    hujjatlarida oʻz aksini topdi. Barqaror oʻsish asosidagi barqaror rivojlanish 
    konsepsiyasi paydo boʻlgani, amaliyotda esa oʻsish surʼatlarini tartibga 
    solish uchun davlatning asosli iqtisodiy siyosati ishlab chiqilishi lozimligini 
    anglatadi. 
    Barqaror rivojlanish iborasi ostida joriy ehtiyojlar qondirilishini 
    taʼminlovchi va bunda kelgusi avlodlar uchun xavf yoʻq boʻlgan iqtisodiyot 
    dinamikasining oʻziga xos turi tushuniladi. Shulardan kelib chiqqan holda, 
    mamlakat qishloq xoʻjaligida investitsiyalarning ragʻbatlantiruvchi va toʻsiq 
    boʻlayotgan omillarni tadqiq etish, qishloq hududlarining iqtisodiy “oʻsish 
    nuqta”larini belgilab beruvchi sohalarning ustuvorligini aniqlash hamda 
    investitsiyalarni jalb qilish samaradorligini oshirish mehanizimlarini ishlab 
    chiqish masalalari dolzarb vazifalardan biri hisoblanadi. Avvalo, barqaror 
    iqtisodiy rivojlanish tushunchasini aniqlab olsak. Rossiyalik olim I.N. 
    Pospelova fikricha, barqaror rivojlanishga oʻtish iqtisodiy, sotsial va 
    ekologik sohalarda jamiyatning oʻz-oʻzini maqsadli tashkil qilinishini asta-
    sekin taʼminlashni anglatadi. Boshqa manbalarda esa, quyidagicha taʼrifni 
    uchratamiz: barqaror rivojlanish (ingl. Sustainable development) garmonik 
    rivojlanish, muvozanatli rivojlanish bu — iqtisodiy va sotsial oʻzgarishlar 
    jarayoni, bunda tabiiy resurslar, investitsiyalar yoʻnalishi, ilmiy-texnik 
    rivojlanish yoʻnalishi, shaxsning rivojlanishi va intilishlarini qondirish 
    uchun hozirgi va kelgusi salohiyatni mustahkamlaydi. Barqaror rivojlanish 
    (ingl.Sustainable development) iborasi 1987-yildan6 boshlab ommaviy 
    axborot vositalarida, Brutland komissiyasi maʼruzasi orqali paydo boʻldi, 
    ushbu maʼruzada bu iboraga quyidagicha taʼrif berilgan: “Barqaror 
    rivojlanish bu shunday rivojlanishki, u hozirgi davr ehtiyojlarini qondiradi 
    va shu bilan birga, kelgusi avlodlarning oʻz ehtiyojlarini qondirish 
    imkoniyatlarini xavf ostiga solmaydi”. Brutland komissiyasi taklif etgan 
    barqaror rivojlanishning dastlabki taʼrifi olimlar orasida koʻpgina 
    munozaralarni keltirib chiqardi, buning natijasida mavjud taʼrif 
    aniqlashtirildi yoki yangicha taʼrif taklif qilindi. Ammo, mana 35 yildan 
    ortiq vaqt oʻtganligiga qaramasdan, taklif qilingan yangi taʼriflarning hech 
    biri ommabop boʻlmadi, maʼqullanmadi.
    Barqaror rivojlanish konsepsiyasi umumbashariy ahamiyatga ega 
    boʻlgan konsepsiyadir, hamda uning qoidalari barcha mamlakatlarda va 
    barcha hududlarda amalga oshirilgan taqdirdagini uning bajarilishidan 
    olinadigan samara sezilarli darajada yaxshi boʻladi. D.X. Poʻlatovning 
    fikricha, “yashil iqtisodiyot” va “barqaror oʻsish” tushunchalarini 
    solishtiradi va ularning bogʻliqligini taʼkidlaydi. Eng sodda shakldagi 


    123 
    “yashil iqtisodiyot” iqtisodiyotning kam uglerodli, resurstejamkor va sotsial 
    inklyuziv modeli sifatida qaraydi va yashil iqtisodiyot konsepsiyasi barqaror 
    rivojlanish konsepsiyasini oʻrnini bosmaydi deb ta’kidlaydi. V.V. 
    Ponedelnikov shunday deydi barqaror rivojlanish iborasida “barqarorlik” 
    soʻziga urgʻu berib, moyil emas, doimiy tusga va stabillikka ega ekanligini 
    taʼkidlaydi.
    Yuqoridagilardan kelib chiqib barqaror rivojlanishga quyidagicha 
    taʼrif berish mumkin: barqaror rivojlanish — bu murakkab tizimning 
    shunday rivojlanish turiki, bunda fan va texnika yutuqlarini qoʻllash 
    asosida, ichki va tashqi omillar taʼsirida uning maqsadli yoʻnaltirilgan 
    oʻzgarishga erishiladi va minimal ogʻishda minimal sarf xarajatlar bilan, 
    insoniyatning hozirgi va kelgusi avlodlarning manfaatlarini hisobga olgan 
    holda maʼlum sifatli mahsulot yaratishdir. 
    Ushbu sohada Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligini 
    rivojlantirishning 2020-2030-yillarga moʻljallangan strategiyasi ishlab 
    chiqildi. Qishloq xoʻjaligini barqaror rivojlantirish iborasi oʻrniga baʼzi 
    adabiyotlarda “barqaror qishloq xoʻjaligi” iborasi ham qoʻllaniladi. 
    Barqaror qishloq xoʻjaligi bu - qishloq xoʻjaligini barqaror tarzda yuritish, 
    bunda oziq-ovqat va tekstil mahsulotlariga boʻlgan jamiyatning bugungi 
    kundagi ehtiyojlari qondiriladi va hozirgi yoki kelgusi avlodlarning oʻz 
    ehtiyojlarini qondirish imkoniyatlari xavf ostiga olinmaydi. Qishloq 
    xoʻjaligi iqlim oʻzgarishida, suv taqchilligida, suvning turli xil darajada 
    ifloslanishida, yerlarning degradatsiyasi, oʻrmonlarning kesilishi va atrof-
    muhitning oʻzgarishi kabi muammolarda katta rol oʻynaydi. Shu bilan 
    birgalikda qishloq xoʻjaligi bir vaqtning oʻzida atrof-muhitdagi 
    oʻzgarishlarni keltirib chiqaradi va bu oʻzgarishlarning taʼsiriga mubtalo 
    boʻladi.
    Barqaror qishloq xoʻjaligi deyilganda koʻz oldimizda qishloq 
    xoʻjaligini yuritishning ekologik xavfsiz metodlari gavdalanadi, bunda 
    qishloq xoʻjaligi ekinlarini yetishtirish yoki chorvachilik bilan 
    shugʻullanishni kishilar yoki tabiiy tizimlar uchun ziyonsiz holda amalga 
    oshirishning imkoni bor.
    Milliy iqtisodiyotning, shu jumladan, uning agrar tarmogʻining 
    barqaror rivojlanishiga erishish omillari majmuasini tizimli ravishda 
    hisobga olishni nazarda tutadi, ular asosida agrar ishlab chiqarishning 
    iqtisodiy, sotsial va ekologik sohalarida miqdoriy va sifat oʻzgarishlarni 
    amalga oshirish imkonini beruvchi mexanizmlar va dastaklarni ishlab 
    chiqish maqsadga muvofiq. Murakkab ijtimoiy-iqtisodiy tizim sifatidagi 
    qishloq xoʻjaligi barqaror ishlashi uchun, birinchidan, barqaror 


    124 
    rivojlanishning barcha omillari muvozanatlashgan boʻlsa, ikkinchidan 
    davlat tomonidan agrar sohada olib borilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy siyosiy-
    huquqiy va moliyaviy taʼminotga ega boʻlsa. Agrosanoat ishlab 
    chiqarishining rivojlanish omillari iqtisodiy jarayonlar kechishining 
    xarakteri va natijadorligini belgilab beruvchi, yaratilayotgan iqtisodiy 
    mahsulotning son va sifatini belgilab beruvchi parametri sifatida qaraladi.
    Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 841-son qaroriga 
    koʻra, 2030-yilgacha boʻlgan davrda barqaror rivojlanish sohasidagi Milliy 
    maqsad va vazifalar tasdiqlandi. Milliy maqsad va vazifalariga eʼtibor 
    qaratadigan boʻlsak, jami 17 ta Milliy maqsad, 130 ta milliy vazifalar 
    belgilangan boʻlib, shundan 2-milliy maqsad bevosita qishloq xoʻjaligini 
    barqaror rivojlantirish bilan bogʻliq (5.2-jadval).

    Download 2,87 Mb.
    1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   75




    Download 2,87 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mustaqil ishlash uchun nazorat savollari

    Download 2,87 Mb.
    Pdf ko'rish