|
-rasm. Jami qishloq xoʻjaligi ekin maydonlarining kamida 10 %idaBog'liq Атроф мухит ва табиий ресурслар иқтисодиёти6.4-rasm. Jami qishloq xoʻjaligi ekin maydonlarining kamida 10 %ida
organik mahsulotlar yetishtiruvchi davlatlar, %da (2019-y.)
Manba: The World of Organic Agriculture. Statistics and Emerging
Trends 2021. Research Institute of Organic Agriculture FiBL.
https://www.fibl.org/fileadmin
/documents/shop/1150-organic-world-
2021.pdf.
Keyingi yillarda jahon boʻylab organik qishloq xoʻjaligi mahsulotlari
yetishtiriladigan yer maydonlari kengayib bormoqda. Xususan, oʻtgan
1999-2019-yillar davomida jahonda organik qishloq xoʻjaligi mahsulotlari
yetishtiriladigan yer maydonlari hajmi 11,0 mln. gektardan 72,3 mln.
gektargacha yoki 6,5-martaga, organik yer maydonlarining jami qishloq
xoʻjaligi yerlariga nisbatan salmogʻi esa 0,3% dan 1,5 %gacha oshgan.
Eng yirik organik qishloq xoʻjaligi bozoriga ega 10 ta top davlatlar
sifatida AQSH (44 721 mln. Yevro), Germaniya (11 970 mln. Yevro),
Fransiya (11 295 mln. Yevro), XXR (8 504 mln. Yevro), Italiya (3 625 mln.
Yevro), Kanada (3 480 mln. Yevro), Shvetsariya (2 912 mln. Yevro), Buyuk
Britaniya (2 679 mln. Yevro) Shvetsiya (2 144 mln. Yevro) va Ispaniyani
(2 133 mln. Yevro) keltirish mumkin (6.5-rasm).
137
6.5-rasm. Eng yirik organik qishloq xoʻjaligi bozoriga ega davlatlar
koʻrsatkichlari, mln. vro, (2019-y.)
Manba: The World of Organic Agriculture. Statistics and Emerging
Trends 2021. Research Institute of Organic Agriculture FiBL.
https://www.fibl.org/fileadmin
/documents/shop/1150-organic-world-
2021.pdf.
Germaniya eng katta organik bozorga ega boʻlsa-da, aholi jon boshiga
isteʼmol qilishning eng yuqori darajasini Shveysariya va Daniyada koʻrish
mumkin. Yevropa Ittifoqida aholi jon boshiga oʻrtacha xarajat taxminan 102
yevroni tashkil qiladi. Yevropalik isteʼmolchilar orasida organik oziq-
ovqatlarni sotib olishning mashhur sabablari orasida mahalliy biznesni
qoʻllab-quvvatlash, sogʻliq uchun sabablar va pestisidlar yoki boshqa
spreylardan qochish kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 23-oktyabrdagi PF-
5853-sonli Farmoni bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasi qishloq
xoʻjaligini
rivojlantirishning
2020-2030-yillarga
moʻljallangan
strategiyasi”da qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat mahsulotlari eksporti
qiymatini 2030-yilga borib 20 mlrd AQSH dollariga yetkazish vazifasi
belgilab berilgan.
Mazkur Strategiyada qishloq xoʻjaligi ishlab chiqaruvchilariga
maqbul qishloq xoʻjaligi va ekologik amaliyoti (GAEP), agrar
tadbirkorlikka maqbul ishlab chiqarish amaliyoti (GMP) va boshqa sifat
standartlari joriy etish ham koʻzda tutilgan.
Qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirish va eksport qilish borasida
ulkan salohiyat boʻlishiga qaramay, Oʻzbekiston Respublikasida organik
qishloq xoʻjaligini joriy etish talab darajasida emas.
Organik qishloq xoʻjaligi tadqiqotlari instituti (FiBL) tomonidan
2021-yilda eʼlon qilingan “Organik qishloq xoʻjaligi dunyosi — The World
of Organic Agriculture. Statistics” statistik toʻplamida keltirilgan
138
maʼlumotlarga koʻra Oʻzbekiiston Respublikasida organik qishloq
xoʻjaligini joriy etish juda sust darajada (6.4-jadval).
|
| |