• Organik qishloq xoʻjaligi eng yuqori rivojlangan mamlakatlar koʻrsatkichlari, ( 2019-y.) Koʻrsatkichlar Jahon boʻyicha oʻrtacha
  • -rasm. Jahon organik oziq-ovqat bozori tovar aylanmasi




    Download 2,87 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet50/75
    Sana23.11.2023
    Hajmi2,87 Mb.
    #104057
    1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   75
    Bog'liq
    Атроф мухит ва табиий ресурслар иқтисодиёти

    6.3-rasm. Jahon organik oziq-ovqat bozori tovar aylanmasi
    dinamikasi, mlrd. doll. 
    Manba: The World of Organic Agriculture. Statistics and Emerging 
    Trends 2021. Research Institute of Organic Agriculture FiBL. 
    https://www.fibl.org/fileadmin /documents/ shop/1150-organic-world-
    2021.pdf 
    Qishloq xoʻjaligi biznesining asosiy muammosi nafaqat oʻsib 
    borayotgan aholini qanday oziqlantirishni aniqlashga harakat qilish, balki 
    iqlim oʻzgarishiga moslashish va uni yumshatish choralarini koʻrishda ham 
    buni amalga oshirishdir. Shu nuqtayi nazardan kelib chiqib organik 
    mahsulotlar yetishtirish tizimini takomillashtirish va ularning savdosini 
    jadallashtirish hamda eksportini yoʻlga qoʻyish mamlakatlar farovonligiga 
    katta hissa qoʻshadi.
    Organik qishloq xoʻjaligi ilmiy tadqiqot instituti tomonidan 2021-
    yilda eʼlon qilingan “Organik qishloq xoʻjaligi dunyosi” nomli statistik va 
    tahliliy toʻplamda keltirilishicha, dunyo boʻylab 2019-yilda 187 ta 
    mamlakat boʻylab 72,3 mln. gektar yerda organik qishloq xoʻjaligi 
    mahsulotlari yetishtirilgan. Organik yer maydoni boʻyicha eng yuqori 
    koʻrsatkichlarni Avstraliya (35,7 mln. ga), Argentina (3,7 mln. ga) va 
    Ispaniya (2,4 mln. ga) mamlakatlari qoʻlga kiritgan boʻlsa, organik qishloq 
    xoʻjaligi mahsuloti yetishtiruvchilar soni boʻyicha Hindiston (1 366 226 
    birl.), Uganda (210 353 birl.) va Efiopiya (203 602 birl.) mamlakatlari 
    yetakchi boʻlgan (6.3-jadval).


    135 
    6.3-jadval
    Organik qishloq xoʻjaligi eng yuqori rivojlangan mamlakatlar 
     koʻrsatkichlari, (2019-y.) 
    Koʻrsatkichlar 
    Jahon boʻyicha 
    oʻrtacha 
    Eng yuqori 
    koʻrsatkichga ega 
    (Top) mamlakatlar 
    Organik qishloq 
    xoʻjaligiga ega 
    mamlakatlar 
    187 ta 
    Organik qishloq 
    xoʻjaligi yer maydoni 
    hajmi 
    72,3 mln. ga 
    Avstraliya (35,7 mln. 
    ga); 
    Argentina (3,7 mln. ga); 
    Ispaniya (2,4 mln. ga) 
    Jami qishloq xoʻjaligi 
    yerlarida organik 
    maydonlar salmogʻi 
    1,5 % 
    Lixtenshteyn (41,0 %); 
    Avstriya (26,1 %); 
    Sao Tome (24,9 %) 
    Organik qishloq 
    xoʻjaligi mahsuloti 
    yetishtiruvchilar soni 
    3,1 mln. birlik 
    Hindiston (1 366 226 
    birl.); 
    Uganda (210 353 birl.); 
    Efiopiya (203 602 birl.) 
    Organik qishloq 
    xoʻjaligi mahsulotlari 
    bozori tovar aylanmasi 
    106,4 
    AQSH (44,7 mlrd. 
    Yevro); 
    Germaniya (12,0 mlrd. 
    Yevro); 
    Fransiya (11,3 mlrd. 
    Yevro) 
    Aholi jon boshiga 
    organik mahsulotlar 
    isteʼmoli 
    14,0 Yevro 
    Daniya (344 Yevro); 
    Shvetsariya (338 Yevro); 
    Lyuksemburg (265 
    Yevro) 
    Manba: The World of Organic Agriculture. Statistics and Emerging 
    Trends 2021. Research Institute of Organic Agriculture FiBL. 
    https://www.fibl.org/fileadmin/documents/shop/1150-organic-world-
    2021.pdf. 
    Organik qishloq xoʻjaligi mahsulotlari bozorining dunyo boʻyicha 
    tovar aylanmasi 2019-yilda 106,4 mlrd Yevroni tashkil etgan boʻlsa, bu 


    136 
    boʻyicha yetakchi mamlakatlar sifatida AQSH (44,7 mlrd. Yevro), 
    Germaniya (12,0 mlrd. Yevro) va Fransiyani (11,3 mlrd. Yevro) keltirish 
    mumkin.
    Organik qishloq xoʻjaligining jami qishloq xoʻjaligi yerlariga nisbatan 
    salmogʻi kamida 10 % boʻlgan reytingda Lixtenshteyndan (41,0 %) soʻng 
    Avstriya (26,1 %), Sao Tome va Prinse (24,9 %, Estoniya (22,3 %), 
    Shvetsiya (20,4 %), Shvetsariya (16,5 %), Chexiya (15,4 %), Urugvay (15,3 
    %), Italiya (15,2 %), Latviya (14,8 %), Samoa (14,5 %, Finlyandiya (13,5 
    %), Fransiya Gvianasi (11,3 %), Daniya (10,9 %), Sloveniya (10,3 %) va 
    Slovakiya (10,3 %) mamlakatlari yetakchilik qilmoqda. (6.4-rasm). 

    Download 2,87 Mb.
    1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   75




    Download 2,87 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -rasm. Jahon organik oziq-ovqat bozori tovar aylanmasi

    Download 2,87 Mb.
    Pdf ko'rish