Oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlashda geni modifikatsiyalangan




Download 2,87 Mb.
Pdf ko'rish
bet53/75
Sana23.11.2023
Hajmi2,87 Mb.
#104057
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   75
Bog'liq
Атроф мухит ва табиий ресурслар иқтисодиёти

6.3. Oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlashda geni modifikatsiyalangan 
mahsulotlarni (GMO) cheklashning ahamiyati
Hozirgi vaqtda dunyoda oziq-ovqat yetishmovchiligi dolzarb 
muammoga aylanib borayotganligi jahon mamlakatlarini bu muammoga 
yanada jiddiy eʼtibor qaratmoqda. Sababi, umumiy oziq-ovqat ishlab 
chiqarish hajmi bilan Yer yuzi aholisi sonining tez surʼatlar bilan koʻpayishi 
oʻrtasidagi nomutanosiblik yildan-yilga insoniyatning oziq-ovqat bilan 
taʼminlanish darajasi oʻrtasida no’mutonsiblik yuzaga keldi.
Oziq-ovqat xavfsizligi mamlakat aholisining sogʻligini saqlashga 
imkon beradigan demografik holatning ijobiy rivojlanishiga sezilarli taʼsir 
koʻrsatadi. Xavfsiz oziqlanish hayot davomiyligini uzaytiradi, bolalarning 
barkamol oʻsishi va rivojlanishiga yordam beradi, koʻpgina kasalliklarning 
oldini oladi, shu orqali millat salomatligini taʼminlaydi. Butun dunyoda 
suʼniy mahsulotlarni ishlab chiqarish kundan-kunga koʻpayib borayotgan, 
bugungi kunda oziq-ovqat xavfsizligi ustidan nazoratni susaytirishga aslo 
yoʻl qoʻyib boʻlmaydi. Mamlakatning oziq-ovqat xavfsizligi jismoniy 
talablar darajasida aholi salomatligi holatiga havf solmasdan aholini muhim 
isteʼmol mahsulotlari bilan uzluksiz taʼminlash imkoniyati kafolatlangan 


141 
ijtimoiy-iqtisodiy va huquqiy holatdir. Boshqacha qilib aytganda, hozirgi 
yashayotgan va kelajakda tugʻiladigan avlod uchun xavf tugʻdirmaydigan
oziq-ovqat xavfsiz hisoblanadi, shu bois bugungi kunda mahsulot sifatini 
nazorat qilishning obyektivligi oʻz navbatida butun insoniyat salomatligi 
uchun xavfsizligini kafolatlanganligi bois, mazkur soha bilan bogʻliq 
muammolarga yuzaki qarab boʻlmaydi.
Kartaxena protokoli – zamonaviy biotexnologiyani qoʻllash natijasida 
yetishtirilgan mahsulotlar, xususan trik oʻzgartirilgan organizmlardan 
(GMO) foydalanishda, yetkazib berishda xavfsizlikni taʼminlash, biologik 
xilma-xillikni saqlab qolishga qaratilgan. Hozirgi vaqtda dunyoning 172 
davlati ushbu Kataxena protokolini imzolagan. Oʻzbekiston ham ushbu 
bayonnomani 2000-yilning 29-yanvarida Monreal shahrida imzolagan. 
Kartaxena protokoli talabiga boʻyicha, GMO mahsulotlarini eksport 
qilayotgan davlat mahsulot tarkibida GMO borligi haqida import qiluvchi 
davlatni yozma ravishda ogohlantirish kerak. Shundan soʻng import 
qiluvchi davlat GMO mahsulotni olib kirishga yozma ravishda rozilik 
berishi kerak.
Aholini sifatli oziq-ovqat mahsulotlari bilan taʼminlash uchun 
ularning mazkur yoʻnalishidagi bir qator konstitutsiyaviy huquqlari 
ustuvorligini taʼminlashning, yaʼni tashkiliy, ijtimoiy, iqtisodiy va huquqiy 
shartlari yaratildi. Vazirlar Mahkamasining 11.05.2020-yildagi “Biologik 
xilma-xillik haqidagi Konvensiyaning bioxavfsizlik boʻyicha Kartaxena 
protokoli (Monreal, 2000-yil 29-yanvar) qoidalarini amalga oshirish chora-
tadbirlari toʻgʻrisida”gi 275-son qarori qabul qilindi. Uni amalga oshirish 
boʻyicha milliy markaz vazifalarini Oʻzbekiston Fanlar akademiyasining 
Genomika va bioinformatika markazi bajaradi.
Quyidagi asosiy vazifalar Innovatsion Rivojlanish Vazirligi 
huzuridagi Ilgʻor texnologiyalar markaziga GMO ni aniqlash boʻyicha 
referens-labaratoriyasi zimmasiga yuklatildi: 
- genetik modifikatsiyalangan organizmlarning (GMO) biologik 
xavfsizligi boʻyicha ilmiy tadqiqotlar oʻtkazish;
- oziq-ovqat xom ashyosi, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarida GMO ni 
aniqlash boʻyicha labaratoriya tahlilini oʻtkazish;
- GMO va uning asosida yaratilgan mahsulotlar xavfsizligi boʻyicha 
ekspertizalar tashkil etish;
- biologik xavfsizlik toʻgʻrisida maʼlumotlar asosida milliy 
maʼlumotlar bazasini yaratish va boshqalar.
Tovarlarning xavfsizligiga qoʻyiladigan talablar turlicha, yuqoridagi 
hujjatlarda koʻrsatilgan qoidalarga muvofiq belgilanadi. Ushbu qoidalardan 


142 
chetga chiqish, masalan, tovarlarni odatiy boʻlmagan sharoitda ishlatish, 
saqlash, isteʼmol qilish qoidalarini buzish, isteʼmolchi uchun salbiy 
oqibatlarga olib kelishi mumkin. Oʻzbekiston Respublikasi “Oziq-ovqat 
mahsulotlarining sifati va xavfsizligi toʻgʻrisida” gi Qonuni 30.08.1997y. 
483-I-son,qabul qilinishi, xususan, oziq-ovqat xavfsizligi va uning 
taʼminlanganlik darajasi, zaxiralarning mavjud boʻlishi kabi omillar orqali 
umumiy oziq-ovqat barqarorligi taʼminlanadi. Yaʼni oziq-ovqatning inson 
salomatligiga boʻlgan salbiy taʼsirini tartibga solish borasidagi tadbirlar 
birinchi navbatdagi masala boʻlsa, ikkinchidan, oziq-ovqat yuzasidan 
boshqa mamlakatlarga qaram boʻlishini oldini olishdir. 
Oziq-ovqat xavfsizligi xalqaro muomalaga 1972-1973-yillarda yuz 
bergan inqirozidan keyin kirib keldi. Bu davrda rivojlangan mamlakatlarda 
ortiqcha oziq-ovqat ishlab chiqarish yuzaga kelgan. Bu muammo jahon 
hamjamiyatida muhokama qilina boshlangan. Bu muhokamalar zamirida 
1974-yilning dekabr oyida boʻlib oʻtgan uchinchi dunyo mamlakatlarida 
aholi oʻrtasida ocharchilik vujudga kelishini oldin olish yuzasidan BMT 
Bosh Assambleyasida Birlashgan Millatlarining Oziq-ovqat va qishloq 
xoʻjaligi tashkiloti tomonidan ishlab chiqilgan “Jahonda oziq-ovqat 
xavfsizligini taʼminlash boʻyicha xalqaro majburiyatlar” maqullandi. Oziq-
ovqat xavfsizligi atamasiga taʼrif berilmagan. 1996-yilning noyabr oyida 
boʻlib oʻtgan oliy darajadagi Rim xalqaro uchrashuvida “Butun dunyo oziq-
ovqat xavfsizligi boʻyicha Rim deklaratsiyasi” qabul qilingan. Ushbu 
deklaratsiya har kimning yashash va munosib ovqatlanish huquqiga 
muvofiq salomatligi uchun xavfsiz va toʻlaqonli oziq-ovqat mahsulotlariga 
erishish huquqiga ega ekanligi tasdiqlandi. Shu yilda boʻlib oʻtgan oziq-
ovqat xavfsizligi boʻyicha butunjahon sammitidagi Jahon banki taklif etgan 
taʼrifga koʻra “barcha insonlarning faol va sogʻlom turmush tarzi kechirishi 
uchun, oʻzlarining ehtiyojlariga mos, yetarli hajmdagi, xavfsiz va toʻyimli 
oziq-ovqatlarni har doim olishga jismoniy va iqtisodiy jihatdan qurblari 
yetishi – oziq-ovqat xavfsizligini anglatadi”. 2001-yilda oziq-ovqat 
xavfsizligi gʻoyasiga moddiy va iqtisodiy imkoniyatlaridan tashqari ijtimoiy 
imkoniyat tushunchasi ham qoʻshildi.
Birlashgan Millatlar Tashkilotining Oziq ovqat va qishloq xoʻjaligi 
tashkiloti (FAO) quyidagicha taʼrif berdi: “Oziq-ovqat xavfsizligiga 
erishish, bu barcha insonlarning xohlagan vaqtda jismoniy, ijtimoiy va 
iqtisodiy jihatdan yetarli miqdorda xavfsiz ozuqaviy mahsulotlar bilan 
taʼminlanishini anglatadi. Ushbu mahsulotlar shaxsni fiziologik meʼyorlar 
boʻyicha qoniqtirishi, uning xohish istagiga mos kelishi va faol sogʻlom 
turmush tarzini shakllantirishi shart”. 


143 
Hozirgi kunda dunyoda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar umumiy 
miqoridan soyaning 80 foizi, makkajuxorining 70 foizi, kartoshkaning 60-
70 foiz, kartoshkaning 60-70 foiz, guruchning 50 foiz, lavlagining 30 foiz 
geni 
modifikatsiyalangan 
mahsulotlar 
hissasiga 
toʻgʻri keladi. 
Maʼlumotlarga koʻra, oziq-ovqat mahsulotlarining 80 foizidan ortigʻi GMO 
mahsulotlari boʻlgan AQSH larida 70,5 foiz aholi allergiyaga moyil boʻlsa, 
transgenlar taqiqlangan Shvetsiyada bu koʻrsatkich 7 foizni tashkil etadi.
Shuningdek, GMO ning atrof-muhit va inson salomatligiga potensial xavf 
tugʻdirishi mumkinligini inobatga olib, “Greenpease” tashkiloti geni 
modifikatsiyalangan mahsulotlar ishlab chiqaruvchilarning qora roʻyxati 
boʻyicha 43 ta ishlab chiqaruvchining 70 dan ortiq mahsulotini rad etishga 
chaqirgan. Yevropa ittifoqi davlatlarida GMO mahsulotlarini yoʻl qoʻyilgan 
ulushi 0,9 foizgacha belgilangan boʻlsa, Sloveniya, Avstriya, Gretsiya, 
Frinsiya, Lyuksemburg, Germaniya davlatlarida foydalanilmaydi.
Shuningdek, geni modifikatsiya qilingan organizmlarning foydali 
taraflariga toʻxtalsak. Hozirgi kunda qishloq xoʻjalik ekinlarining genetik 
modifikatsiyalangan navlari dunyo miqyosida qariyb 190 million gektar yer 
maydonini egallab, yiliga 190 milliard dollar foyda keltirmoqda. 
Chunonchi, 1996-yildan joriy yil davomida pestitsid va gerbitsidlardan 
foydalanish 20,3 foizga kamaygan, bu esa atrof-muhitga ijobiy taʼsir 
koʻrsatmoqda. Oʻzbekistonda esa shakllangan anʼanaviy sabzavotchilik va 
bogʻdorchilik madaniyati genlarni modifikatsiya qilish texnologiyalaridan 
foydalanmagan holda ham juda mazali taʼmga va isteʼmol xususiyatlariga 
ega boʻlgan toza ekologik meva va sabzavotlarni yetishtirish hamda uni 80 
dan ortiq davlatga eksport qilish imkonini bermoqda.
Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi tahlili va jahon hamjamiyati 
olimlarining fikrlarini oʻrganish asosida quyidagicha xulosalarga kelishimiz 
mumkin:
Tarkibida GMO mavjud mahsulotlar:
- Sogʻliq uchun zararli, saraton kasalligining rivojlanishiga sabab 
boʻladi;
- Nomutonosib semirishga olib keladi;
- Aholining reproduktiv salomatligining buzilishiga olib keladi;
Yuqoridagilarni hisobga olib, mamlakatimizda quyidagi chora 
tadbirlar amalga oshirilishi lozim:
- Ginetik modifikatsiyalashgan organizmlarning ilmiy asoslangan 
xavflarini hisobga olish;


144 
- Ginetik modifikatsiyalash bilan bogʻliq ilmiy tadqiqotlar, ulardan 
foydalanish va gen injeneriyasi tadqiqotlari natijalaridan foydalanishni 
kamaytirish;
- Mamlakatimiz qishloq xoʻjaligini rivojlantirishga yordam beradigan 
ekologik toza organik qishloq xoʻjaligi amaliyotlarini oʻrganish va 
rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash;
- Biologik xavfsizlik toʻgʻrisida maʼlumotlar asosida milliy 
maʼlumotlar bazasini yaratish va boshqalar;
- Isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish bilan aloqador 
normativ hujjatlarga tarkibida modifikatsiyalashtirilgan organizmlar bor 
boʻlgan oziq-ovqat mahsulotlarini chetdan olib kelish va isteʼmol qilishni 
cheklash, yoki chuqur asoslangan tahlil qilish, shuningdek, bolalar ovqatida 
genetik modifikatsiyalashtirilgan organizmlarni qoʻllashga taqiq joriy 
etishga yoʻnaltirilgan qoʻshimchalar kiritish.

Download 2,87 Mb.
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   75




Download 2,87 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 Oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlashda geni modifikatsiyalangan

Download 2,87 Mb.
Pdf ko'rish