Oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash va qishloq xoʻjaligini




Download 2,87 Mb.
Pdf ko'rish
bet54/75
Sana23.11.2023
Hajmi2,87 Mb.
#104057
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   75
Bog'liq
Атроф мухит ва табиий ресурслар иқтисодиёти

6.4. Oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash va qishloq xoʻjaligini 
rivojlantirish
Oziq-ovqat xavfsizligi juda keng tushuncha boʻlib, birinchi navbatda 
mustaqil davlatning boshqa davlatlarga aynan oziq-ovqat mahsulotlariga 
nisbatan bogʻliq, yaʼni tobe emasligini bildiradi. Shuningdek, aholi ehtiyojini 
fiziologik meʼyorlarga mos ravishda isteʼmol tovarlari bilan yetarli darajada 
taʼminlashni nazarda tutadi. Hozirgi vaqtda rivojlangan va rivojlanayotgan 
mamlakatlar oziq-ovqat yetishtirish borasidagi olib borayotgan samarali 
faoliyatga qaramasdan, oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmining 
oʻsishi aholi sonini oʻsishidan orqada qolmoqda, bu esa qishloq xoʻjaligini 
rivojlantirish uchun yetarli sharoit mavjud boʻlmagan mamlakatlarda 
muammo tobora chuqurlashib yuborayotganini koʻrsatmoqda.
Yer yuzida aholi sonining oʻsishi, iqtisodiy tangliklar, iqlim 
sharoitining oʻzgarishi va boshqa omillar sababli insoniyatning oziq-ovqat 
mahsulotlariga talabini qondirish tobora qiyinlashmoqda. Hozirda yer yuzi 
aholisi 8 milliard kishidan oshib ketdi. Prognozlarga koʻra aholi soni 
dinamikasi shu tariqa stabil rivojlansa, 2035-yilda 9 milliard kishini, 2058-
yilga 10 milliard kishiga yetishi kutilmoqda. BMT ning Oziq-ovqat va 
qishloq xoʻjaligi tashkiloti hamda Butunjahon Sogʻliqni Saqlash Tashkiloti 
maʼlumotlariga koʻra, hozirgi vaqtda dunyoda 840 milliondan ortiq kishi, 
yaʼni deyarli har 8 odamning biri toʻyib ovqatlanmayapti. Natijada 30 foizdan 
ziyodi toʻyib ovqatlanmaslik oqibatida eng asosiy mikroelement va 
vitaminlar yetishmasligi muammosidan aziyat chekayotganligini, 52 
mamlakatda ochlikning “jiddiy”, “xavotirli”, va “favqulotda jiddiy” 
darajalari qayd etilganini koʻrsatmoqda. Buning oqibatida dunyodagi 160 


145 
milliondan ortiq bolada boʻy oʻsishi, jismoniy va intellektual rivojlanish bilan 
bogʻliq jiddiy kamchiliklar kuzatilmoqda. Keyingi uch yilda esa ushbu 
koʻrsatkichlar salbiy tomonga oʻzgarayotgani qayd etilmoqda. Shu oʻrinda 
ochlikdan aziyat chekayotgan aholining aksariyati, yaʼni 520 milliondan 
yaqini osiyoliklar ekanligini taʼkidlash joiz. Aholi soni tez koʻpayib 
borayotgani, oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish imkoniyatlari 
cheklanayotganligi sababli koʻplab mamlakatlarda aholini sifatli oziq-ovqat 
bilan taʼminlash masalasi asosiy muammoga aylanmoqda.
Oziq-ovqat xavfsizligiga oid adabiyotlarni oʻrganish shuni koʻrsatadiki, 
bu tushuncha birinchi marta oʻtgan asrning 70-yillarida qoʻllana boshlagan. 
Keyinchalik bu tushuncha maʼno jihatidan kengayib bordi. 1996-yilda Oziq-
ovqat xavfsizligi boʻyicha butunjahon sammitida Jahon banki taklif etgan 
taʼrifga koʻra “barcha insonlarning faol va sogʻlom turmush tarzi kechirishi 
uchun, oʻzlarining ehtiyojlariga mos, yetarli hajmdagi, xavfsiz va toʻyimli 
oziq-ovqatlarni har doim olishga jismoniy va iqtisodiy jihatdan qurblari 
yetishi — oziq-ovqat xavfsizligini anglatadi”. Keyinchalik 2009-yilda boʻlib 
oʻtgan Oziq-ovqat xavfsizligi boʻyicha butunjahon sammitida oziq-ovqat 
xavfsizligini baholashning quyidagi 4 jihati belgilab berildi (6.5-jadval)

Download 2,87 Mb.
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   75




Download 2,87 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 Oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash va qishloq xoʻjaligini

Download 2,87 Mb.
Pdf ko'rish