Mustaqil ishlash uchun nazorat savollari
1. Organik mahsulotlar yetishtirishda qoʻyiladigan talablarni qanday va
ularni tahlil qilib bering.
2. Yurtimizda Organic va Global G.A.P. xalqaro standartlari talablariga
muvofiq mahsulot ishlab chiqarish holati qanday?
3. Organik qishloq xoʻjaligi muqobil qishloq xoʻjaligidan qanday jihatlari
bilan farq qiladi?
4. Tarmoqda klaster va kooperatsiya tizimini yanada rivojlantirish
maqsadida qonday chora-tadbirlar ishlab chiqilmoqda?
5. Oziq-ovqat mahsulotlari yetishtirish uchun moʻljallangan yerlarga
ekinlarni joylashtirishni hududiy jihatlarini tahlil qiling.
6. Ekologik muammoli hududlarda qishloq xoʻjaligi mahsulotlari
yetishtirishning iqtisodiy samaradorligini tushuntirib bering.
7. Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini eksport qilish imkoniyatlari va
muammolarini tahlil qiling?
8. Oʻzbekiston agrar sektori: asosiy muammolar, xususiyatlar, islohotlar
zaruriyatini tushuntirib bering.
9. Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlash zaruriyatini tahlil qilib
bering.
10. Qishloq xoʻjaligi sugʻurta tizimini rivojlantirishdagi muammolar
rivojlantirish zaruriyati, muammolar va ularning yechimi.
154
VII Bob. EKOTIZIM TOVARLARI VA XIZMATLARI, ALOHIDA
MUHOFAZA ETILADIGAN HUDUDLAR
7.1. Rekreatsiya va turizmni rivojlantirish uchun ekotizim xizmatlarining
qiymatini baholash
7.2. Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar va ularni baholash mezonlari
7.3. Oʻzbekistonda muhofaza etiladigan tabiiy hududlar
7. 4. Oʻzbekistonda ekoturizimni rivojlantirishning istiqbolli vazifalari va
jahon tajribasi
7.1. Rekreatsiya va turizmni rivojlantirish uchun ekotizim
xizmatlarining qiymatini baholash
Soʻngi yillarda tabiatdan foydalanish iqtisodiyotining mustaqil boʻlimi
sifatida ekotizm xizmatlari iqtisodiyoti yaratildi va rivojlanmoqda. Koʻplab
ilmiy nashrlar, shuningdek, xalqaro tashkilotlar ham ekotizim xizmatlari
masalalariga bagʻishlangan BMTning 2016-2030-yillarga moʻljallangan
Barqaror rivojlanish maqsadlarini keng omma eʼtiboriga havola qilib
kelmoqda. Ekotizim xizmatlarini rivojlantirish va ulardan foydalanishga
katta eʼtibor qaratilmoqda.
Kengroq maʼnoda “ekotizim xizmatlari” tushunchasi XX-asrning
oxrida shakllangan boʻlib, ekotizim xizmatlari boʻyicha
tadqiqotlar 1990-
yillarda boshlangan. Ekotizim xizmatlarinig yagona taʼrifga ega emas uning
turli xil taʼriflari mavjud. Shunday qilib, R. Konstansa fikricha “Jahon
ekotizim xizmatlari va tabiiy kapitalning qiymati” ilmiy fundamental
tadqiqotlarida ekotizim xizmatlarini insonlarning ekotizim vazifasidan
oladigan foydalari sifatida qayd etgan boʻsa, G. Daley “Tabiat xizmatlari”
kitobida ekotizim xizmatlari insonlarning yashashi, oziqlanishi va mavjud
boʻlishi uchun tabiiy ekosistema va uning tarkibidagi oziqlanuvchi tirik
mavjudotlarning qoʻllab quvvatlash jarayonidir deb ta’kidlab oʻtgan.
Mamlakatimizda hududlarini barqaror rivojlanish konsepsiyasi
asosida rivojlantirish doirasida mahalliy hokimyat organlari iqtisodiy,
ijtimoiy va ekologik sohalarda turli-tuman boshqaruv qarorlarining ustuvor
yoʻnalishlarning oqibatlariga eʼtibor qaratish zarur. Oʻzbekiston
Respublikasi barqaror rivojlanish konsepsiyasida bosh strategik maqsadi
tabiiy kapitaldan ehtiyotkorlik bilan va oqilona foydalanishga qaratilgan.
Shu sababdan, nafaqat mamlakat mintaqalarining tabiiy resurs salohiyatini
obyektiv baholash, balki iqtisodiy foydalanishning muqobil variantlari
nuqtayi nazaridan baholash natijalaridan foydalanishni talab etadi.
Iqtisodiyotni hududiy va tarmoq rivojlanishning strategik dasturlarini ishlab
chiqishda jahon miqyosida resurslardan foydalanish samaradorligini
hisobga olish muhim ahamiyatga ega, bu esa resurs salohiyatini
155
baholashning zamonaviy kompleks yondashuvlaridan foydalanishni taqozo
etadi.
Ekotizim yondashuv hududlarning rekreatsion salohiyatini baholash
uchun turizm va rekreatsiyaning turli xil yoʻnalishlarini rivojlantirishda
tabiiy kapitalning qiymatini aniqlash imkonini beradi. Ekotizim
xizmatlarining iqtisodiy qiymati tushunchasi ilk bor 20-asrning ikkinchi
yarmida ekologlarning ilmiy ishlarida qoʻllanila boshlandi va qisqa vaqt
ichida intensiv rivojlana boshladi. 2019-2028-yillarga moʻljallangan
Oʻzbekiston Respublikasida biologik xilma-xillikni saqlash strategiyasining
qabul qilinishi landshaft va biologik xilma-xillikni saqlash shuningdek,
alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlar tarmogʻini (METH)
rivojlantirish bevosita ekotizim xizmatlari bilan bogʻliqdir. Ekotizim
yondashuviga koʻra, tabiiy resurslar tabiiy kapitalning asosiy tarkibiy
qismlari (qayta tiklanadigan tugaydigan resurslar), ekologik tuzilmalar va
ular bajaradigan funksiyalar va xizmatlarning birlashmasi sifatida qaraladi.
Ekotizim xizmatlari insonlarning tabiiy tizimlar faoliyatidan oladigan
foydalari sifatida qaraladi.
Ekotizim xizmatlari obyektlari (binolar, jihozlar, inshootlar) va inson
kapitali bilan birlashtirilgan va insoniyat farovonligini taʼminlaydigan tabiiy
kapital zaxiralari tomonidan yaratilgan moddiy, energiya va axborot
oqimlari sifatida talqin etiladi. Ekotizimlarni tabiiy kapitalning bir turi
sifatida koʻrib chiqsak, ekotizim xizmatlari ostida tabiat tomonidan taqdim
etiladigan, keng spektrdagi tovarlar va xizmatlarning yaxlit majmuasi
tushunish mumkin. Xalqaro klasifikatsiyaga muvofiq ekotizim xizmatlari
quyidagi asosiy turlarga ajratilgan:
- taʼminlovchi - oziq-ovqat, suv, oʻrmon, xomashyo;
- maʼdaniy - tabiatning rekreatsiya resurslari, estetik, maʼnaviy-
maʼrifiy qadriyatlar;
- tartibga solish - iqlimga taʼsir koʻrsatish, suv toshqinlari, tabiiy
ofatlar, suvning sifati va x.k.lar ustidan nazorat;
- qoʻllab-quvvatlovchi - tabiiy jarayonlar tuproq xosil boʻlishi,
fotosintez, azot aylanishi va boshqalar;
Mamlakatimizning boy xilma-xil tabiati ekotizim xizmatlarining
fazoviy koʻlamini hisobga olishda muhim hisoblanadi, ekotizimlarni
saqlash xarajatlari bilan bogʻliq muammolarni global, milliy va mahalliy
manfaatlardan kelib chiqib muammolarni hal etish lozim. Oʻzbekistonda
2019-2028-yillarda biologik xilma-xillikni saqlash strategiyasining qabul
qilindi va bundan asosiy maqsad, Biologik xilma-xillik Konvensiyasi
talablarini amalga oshirishdan iboratdir. Strategiya 9 ta bobdan iborat
156
boʻlib, 2 ta asosiy bosqichda amalga oshiriladi: 2019-2023-yillarda biologik
xilma-xillikka oid normativ-huquqiy hujjatlar bazasini shakllantirish; 2024-
2028-yillarda atrof-muhit muhofazasi, biologik xilma-xillikni saqlash
masalalari boʻyicha ijobiy koʻrsatkichlarga erishish. Shuningdek,
Strategiyada 2028-yilgacha muhofaza etiladigan tabiiy hududlarimiz
hajmini 12% gacha kengaytirish masalasi ham koʻzda tutilgan.
Ayni vaqtda ekotizim xizmatlarining 80-90% AMEH global ekotizim
xizmatlari
(iqlimni
boshqarish,
global
uglerod
almashinuvini
barqarorlashtirish va boshqalar) mahalliy ekotizim xizmatlari (masalan
tovar) atiga 2-3%ni tashkil etadi.
Ekotizimlarning rekreatsion va turistik xizmatlariga boy boʻlgan
mamlakatimizda nafaqat dunyoga mashhur va xorijiy sayohatchilarni jalb
qiluvchi qadimiy shaharlar, tarixiy yodgorliklari bilan birgalikda, betakror
goʻzal tabiat, landshaftlar (sahro, choʻl-adirlar, togʻlar, past-tekisliklar)
xilma-xil noyob oʻsimlik va hayvonot dunyosi, kam uchraydigan geologik
yotqiziqlar tabiiy yodgorliklar mavjud. Shuningdek, tabiat qoʻynida dam
olish, sogʻliqni tiklash, tabiatni kuzatish, maʼdaniy-maʼrifiy ehtiyojlarni
qondirish. Xususan, rekratsion xizmatlarga yashash joyi yaqinida hordiq
chiqarish, dam olish kunlari tabiat qoʻniga chiqib ketish, shahardan
tashqarida joylashgan dala hovlida dam olish, baliq ovlash, qoʻziqorin va
rezavor mevalar terish kiradi. Ekoturizm qoʻyilgan maqsadga muvofiq
asosan quyidagi tarmoqlarga boʻlinadi:
1. Inson foaliyati natijasida nisbatan ziyon yetkazilmagan yovvoyi
tabiatga sayohat (piyoda, otlarda, tuyalarda, avtomobilda sayohat).
2. Noyob hayvonot va oʻsimlik dunyosi bilan tanishish.
3. Tibbiy turizm (dam olish va sogʻliqni tiklash maskanlari).
4. Ekosafari (ov va baliq ovlash).
5. Ilmiy ekskursiyalar (botanik, zoologik, geologik, etologo-
etnografik, arxeologik, geomorfologik, ekologik-madaniy).
6. Sport (alpinizm, spalelogiya, rafting, treking)
7. Agro - turizm (qishloq aholisining turmushi, urf-odati bilan
yaqindan tanishish).
Hozirgi kunda, ekoturizm Turizm va ekskursiya qilish jahon
kengashining (WTTC) va Jahon turistik tashkiloti (WTO) maʼlumotlariga
koʻra, jadal surʼatlar bilan rivojlanib borayotgan turistik industriyalardan
biri hisoblanadi. Ekspertlarning taʼkidlashicha, hozirgi kunda turizm
industriyasida ekoturizm tarmogʻiga kiruvchi tabiiy va sarguzasht turizm
tarmogʻi jadal surʼatlar bilan rivojlanib bormoqda.
157
Turizm xizmatlaridan foydalanuvchilar sifatida turli hududda
istiqomat qiluvchi aholi hamda chet ellik turistlar hisoblanadi. Ekotizim
xizmatlari rekreatsiya va turizmni rivojlantirishdagi ahamiyatini keng
miqyosda koʻrib chiqish lozim (7.1- jadval).
|