Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar va ularni baholash




Download 2,87 Mb.
Pdf ko'rish
bet60/75
Sana23.11.2023
Hajmi2,87 Mb.
#104057
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   75
Bog'liq
Атроф мухит ва табиий ресурслар иқтисодиёти

7.2. Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar va ularni baholash 
mezonlari
Jamiyat va tabiatning oʻzaro taʼsiri haqidagi zamonaviy ilmiy gʻoyalarning 
eng muhim elementi - bu sayyoradagi ekologik muvozanat
ni saqlashning sharti sifatida bioxilma-xillikni saqlash zarurligini 
asoslash. Iqtisodiy faoliyat va iqlim oʻzgarishi natijasida hayvon va oʻsimlik 
dunyosining tur xilma-xilligini qisqarishi Yerda insoniyatning yashash 
sharoitlarining sezilarli darajada oʻzgartirishi mumkin. Muhofaza 
qilinadigan hududlar ekologik muvozanatni saqlashning samarali 
vositasidir.
Tabiiy bioxilma-xillikni kamayib ketishining omillaridan biri 
tabiatning ekotizim xizmatlariga iqtisodiy baho berilmaganligidir. Iqtisodiy 
qarorlar hozirgi vaqtda tabiiy obyektlarning kelajakdagi qiymatini hisobga 
olmagan holda joriy iqtisodiy manfaatlar asosida qabul qilinadi. Shu bilan 
birga, bir qator hollarda qoʻriqlanadigan hududlarning faoliyati turli xil 
qarshiliklar mavjudligi sababli tabiatdan foydalanish boʻyicha nizolar 
barcha muhofaza etiladigan hududlar uchun xosdir. 


161 
Tabiat va tabiiy resurslarni muhofaza qilish xalqaro ittifoqi (ingl. 
International Union for Conservation of Nature and Natural Resources, 
IUCN) Tabiiy komplekslar va obyektlarni tegishli ekotizim xizmatlari va 
madaniy qadriyatlar bilan uzoq muddatli saqlashni taʼminlash uchun davlat 
organlari yoki boshqa samarali vositalar bilan boshqariladigan aniq 
belgilangan geografik hudud. Yaʼni, Yerning va suv kengliklri 
(akvatoriyalar) ning ustuvor ekologik, ilmiy, madaniy, estetik, rekratsiya va 
sanitariya-sogʻlomlashtirish 
ahamiyatiga 
molik boʻlgan, xoʻjalik 
maqsadidagi doimiy va vaqtincha foydalanishdan toʻliq yoki qisman 
chiqarilgan uchastkalari muhofaza etiladigan tabiiy hududlar hisoblanadi.
Tabiat rang-barangligini saqlab qolish, ekologik muvozanatni va 
biosfera monitoringini saqlab turishga, shuningdek shikast yetgan tabiiy 
majmualarni tiklashga moʻljallangan yagona tizimni tashkil etuvchi 
Oʻzbekiston Respublikasining alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlari 
xoʻjalik maqsadida foydalanishdan toʻliq yoki qisman, bir umrga yoki 
vaqtinchalikka tortib olish mumkin. Tabiiy zaxiralardan foydalanish va 
ularni muhofaza qilishga doir rejalar va dasturlar, yer tuzilishi va joylarni 
tekislash kesmalari hamda boshqa rejalarni ishlab chiqishda alohida 
muhofaza etiladigan tabiiy hududlar hisobga olinadi. Alohida muhofaza 
etiladigan tabiiy hududlarga qonunda belgilab qoʻyilgan tartibda davlat 
qoʻriqxonalari shu jumladan biosfera qoʻriqxonalari, davlat milliy bogʻlari, 
davlat tabiat yodgorliklari, davlat buyurtma qoʻriqxonalari maqomi beriladi. 
Suvni muhofaza qilish mintaqalari, kurort va rekreatsiya tegralari, yer usti 
va yer osti suvlari hosil boʻladigan tegralar, nodir va qimmatbaho mineral 
konlari, alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning qoʻriqlanma 
(oraliq) tegralari, baliq xoʻjaliklari, oʻrmonlarning taqiqlangan hududlari, 
tarixiy-tabiiy va tabiiy-yodgorlik bogʻlar, botanika va hayvonot bogʻlari, 
dendrariylar hamda Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari va xalqaro 
shartnomalar bilan belgilab qoʻyiladigan tartib asosidagi boshqa hududlar 
ham alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlarga kiradi.
Muhofaza qilinadigan tabiiy hududlar davlat mulkidir va u davlat 
tomondan muhofazasidadir. Yer uchastkalari va boshqa tabiiy pitomniklar 
tashkil etish uchun yuridik va jismoniy shaxslarga ijaraga berilishi mumkin. 
Shuningdek, ushbu yerlardan sogʻlomlashtirish, rekreatsiya va tarixiy-
madaniy ahamiyatga molik yerlar jumlasiga kiradi hamda ushbu 
hududlarning yerlarida ularning maqsad muddaosiga zid faoliyat 
taqiqlanadi. Davlat qoʻriqxonalari, davlat milliy bogʻlari yer uchun haq 
toʻlashdan ozod etiladi. Istisno tariqasida ushbu hududlarning ayrimlarida 


162 
xoʻjalik faoliyati bilan shugʻullanilgan hollarda ijara haqi va yer soligʻi 
undirib olinadi.
Alohida muhofaza qilinadigan tabiiy hududlarning davlat kadastri bu 
hududlarning huquqiy maqomi, ularning geografik mavqei, miqdor va sifat 
koʻrsatkichlari, ekologik, ilmiy, maʼrifiy va boshqa xil ahamiyati 
toʻgʻrisidagi, yer egalari va yerdan foydalanuvchilar haqidagi maʼlumotlarni 
qamrab oladi va ushbu hududlarda davlat kadastri respublika byudjeti 
hisobidan yagona tizim asosida yuritiladi. Muhofaza qilinadigan hududlarni 
ahamiyat darajasi va toifalarga boʻlish mezonlarining aniq tizimi mavjud 
emas masalan qoʻriqxona aslida milliy bogʻ boʻlishi mumkin va aksincha.
Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar egallashi lozim boʻlgan hududlar 
toʻgʻrisidagi qaror biologik xilma-xillikning reprezentativligini baholash 
masalasi bilan chambarchas bogʻliq. Himoya qilinadigan hududlar maydoni 
va hududning umumiy maydoni nisbati koʻrsatkichi “qamrov darajasi” deb 
ataladi. Tabiiy muhitning qayta ishlab chiqarishini kafolatlash uchun ushbu 
koʻrsatkichning bunday qiymatiga erishish kerak deb taxmin qilinadi 
shuningdek, qamrov darajasi boʻyicha yagona nuqtayi nazar yoʻq. 
Vaholanki, ekotizimning mintaqaga nisbatan etaloni sifatida ham, alohida 
muhofaza qilinadigan hududlarni maʼlum funksiyalarni bajarish uchun 
yetarliligi masalan, oʻsimlik yoki hayvonot dunyosining qandaydir turlarini 
saqlash va h.k.lar sifatida qaraladi. Iqlim oʻzgarishlarni hisobga olgan holda 
landshaft va iqlim omillarining kombinatsiyalarini aks ettirish hududlarni 
yanada kengaytirishni nazarda tutadi. Hozirgi vaqtda qoʻriqlanadigan tabiiy 
hududlarning mintaqa hududiga nisbatan tavsiya etiladigan ulushi 
koʻrsatkichini keng doirasi mavjud (7.4-jadval).

Download 2,87 Mb.
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   75




Download 2,87 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar va ularni baholash

Download 2,87 Mb.
Pdf ko'rish