-jadval  Alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlar ekotizimlarining




Download 2,87 Mb.
Pdf ko'rish
bet61/75
Sana23.11.2023
Hajmi2,87 Mb.
#104057
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   75
Bog'liq
Атроф мухит ва табиий ресурслар иқтисодиёти

7.4-jadval 
Alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlar ekotizimlarining 
tavsiya qilinadigan ulushi
№ 
Himoya qilinadigan 
hududlarning tavsiya 
etiladigan nisbati 
Kimlar tomonidan tavsiya qilingan 

2 g/ kishi
I. Odum 

Hududning 10% 
Butunjahon milliy bogʻlar kongressi , 1992-yil 

2020-yilga kelib 17% 
yer, shuningdek 10% 
suv akvatoriyasi va 
qirgʻoq boʻyi hududlar 
BMTning Biologikxilma-xillikni saqlash 
toʻgʻrisidagi konvensiya. Yaponiya 2010-yil. 

2030-yilga kelib Yer 
yuzasining 30 % 
“himoya qilinadigan 
hudud” maqomini oladi 
2030-yilgacha 30% dasturlari (BMT ning global 
iqlim inqiroziga qarshi kurashda faol choralar 
koʻrish tashabbusi) 


163 

2030-yilga kelib 17% 
yer va 10 % suv 
akvatoriyasi va qirgʻoq 
boʻyi hududlar 
2030-yilgacha boʻlgan davrda alohida muhofaza 
etiladigan tabiiy hududlar tizimini rivojlantirish 
strategiyasi
Jadval maʼlumotlaridan koʻrinib turibdiki, siyosatni qamrab olish 
maqsadlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda. Muhofaza etiladigan tabiiy 
hududlarni yaratish, qayta tashkil etish va tugatish toʻgʻrisidagi qaror qabul 
qilish samaradorligini baholash mumkin boʻlgan boshqaruv harakatlaridir. 
Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni saqlash samaradorligini baholash 
uchun barqarorlik koʻrsatkichlaridan foydalaniladi, unga quyidagilar kiradi:
- tabiatni muhofaza qilish barqarorligi (hududning tabiatni muhofaza 
qilish qobiliyati);
- dinamik barqarorlik (atrof muhitning oʻzgarishi natijasida biota va 
biotsenotik qoplamdagi geografik oʻzgarishlarning tabiiy xarakterini 
taʼminlash qobiliyati);
Muhofaza 
etiladigan 
tabiiy 
hududlarning 
ijtimoiy-iqtisodiy 
samaradorligini baholash ham muhim ahamiyatga ega. Bir tomondan, 
muhofaza etiladigan tabiiy hududlar maʼlum ekologik xususiyatlarga ega 
boʻlgan tabiiy obyektlar boʻlsa, ikkinchi tomondan, ularga tegishli 
koʻrsatkichlar bilan baholanishi mumkin boʻlgan jamiyatning ijtimoiy-
iqtisodiy quyi tizimiga kiradi. Faoliyati vazifalari bilan belgilanadigan 
darajada xoʻjalik faoliyatidan chiqarilgan muhofaza etiladigan tabiiy 
hududlar qoʻshni hududlarning taʼsiridan kelib chiqadigan qator 
muammolarga duch kelmoqda. Shuningdek, ularning oʻzlari ham ijtimoiy-
iqtisodiy va ekologik holatga taʼsir koʻrsatadi. METH ga tutash 
hududlarning holati, oʻzaro taʼsirining asosiy ijtimoiy-ekologik va iqtisodiy 
jihatlari hududlar oʻrtasida — rasmda berilgan.
 
Atrofdagi hududlar
daromad
ishchilar
joylar
Ifloslanish
Antropogen 
taʼsir
muhofaza 
qilinadigan 
hududlar
ekotizim
xizmatlar


164 
7-1-Rasm. Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar va unga tutash hududlar 
oʻrtasidagi oʻzaro aloqa sxemasi 
  
Ijtimoiy-iqtisodiy samaradorlikni baholash uchun bu omillarni pul 
koʻrinishida hisoblash kerak. Shu bilan birga, bozor tabiiy neʼmatlarining 
ijtimoiy qiymatini ishonchli baholashni taʼminlaydi, bu esa tashqi 
taʼsirlarning paydo boʻlishiga olib keladi. Tabiatning ekotizim xizmatlari 
masalan, bozor muvaffaqiyatsizliklariga kiradi, shuning uchun ularning 
iqtisodiy bahosi ham uslubiy, ham amaliy qiyinchiliklarni keltirib chiqaradi. 
Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar bir qator salbiy taʼsirlarni boshdan 
kechirmoqda. Jumladan, qonunga xilof ravishda baliq ovlash va ov qilish, 
oʻzboshimchalik bilan daraxt kesish, yovvoyi hamda dorivor oʻsimliklarni 
yigʻish va pichan qilish, qoʻriqxonalarda noqonuniy boʻlish, shuningdek, 
muhofaza etiladigan tabiiy hududlar chegarasida noqonuniy qurilish va 
ifloslantirish kabi holatlarni alohida taʼkidlash lozim. Boshqa tomondan
alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning xoʻjalik muomalasidan 
chiqarilgan yerlar aholini daromad olish imkoniyatlarini pasaytiradi. 
Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning anʼanaviy iqtisodiy koʻrsatkichlari 
mintaqa 
byudjetining 
daromad 
qismiga, 
mahalliy 
iqtisodiyotni 
rivojlantirishga va ish oʻrinlari bilan taʼminlashga qoʻshayotgan hissasi 
hisoblanadi.
Iqtisodiy baholanishi zarur boʻlgan uchta ekologik funksiyalarni 
ajratib koʻrsatish mumkin:
• tabiiy resurslar bilan taʼminlash;
• ekotizimlarning faoliyatini taʼminlab turish, jumladan, chiqindi va 
ifloslanishlarga barham berish (singdirib yuborish);
• insonlarni sogʻlomlashtirish, estetik zavq kabi tabiiy xizmatlar bilan 
taʼminlash.
Shuningdek, bu funksiyalar tabiiy muhitning yagona bosh funksiyasi 
boʻlgan hayot taʼminotining tarkibiy qismi sifatida koʻrsatilishi mumkin. 
Taassufki, markazlashtirilgan rejali iqtisodiyot ham, bozor iqtisodiyoti ham 
sof atrof-muhit, tabiiy muhitning haqiqiy ahamiyatini baholay olmadi, uning 
chin bahosini belgilab berolmadi. Iqtisodiy voqelikda esa qatʼiy qoida amal 
qiladi: “bahosiz, iqtisodiy ahamiyatga ega boʻlmagan narsa mavjud emas, 
deb hisoblanadi va u xoʻjalik qarorlari qabul qilishda hisobga olinmaydi”.
Tabiatning iqtisodiy qiymati va tabiiy resurs hamda xizmatlarning 
bahosi tushunchalarini bir-biridan farqlay bilish lozim. Iqtisodiy qiymat 
yuqorida aytib oʻtilgan, tabiatning uchala funksiyasini ham oʻz ichiga oladi. 
Baho faqatgina tabiatning birinchi funksiyasi hisoblangan tabiiy resurslarni 


165 
baholash holatida amalda “ishlaydi”. Agar birinchi funksiyani baholash 
bozor iqtisodiyoti tomonidan amalga oshiriladigan boʻlsa, garchi koʻp 
hollarda pasaytirilgan boʻlsa-da, ikkinchi va uchinchi tabiiy funksiyalarni 
iqtisodiy baholash deyarli yoʻq boʻladi yoki juda kam boʻladi. Tartibga 
soluvchi funksiyalarning salohiyat va tabiiy xizmatlarning oʻzaro 
uygʻunligidagi aynan mana shu iqtisodiy baholashlari koʻplab tabiiy 
obyektlar, jumladan, bioxilma-xillik, maxsus qoʻriqlanadigan tabiiy 
hududlar va shu kabilarning iqtisodiy qiymatini aniqlash uchun hal qiluvchi 
omil sanaladi. Qoidaga koʻra, tabiiy boyliklarning bahosi ularning iqtisodiy 
qiymati bilan bir xil boʻlishi yoki unga yaqin boʻlishi lozim. Aynan shu 
holatda iqtisodiyotning mavjudligi, talab va taklif oʻrtasidagi bogʻliqlik, 
xaridorlarning xatti-harakati ekologik omilni hisobga oladi. Mazkur holda 
hozirgi kunda bahosi yoʻq boʻlgan tabiiy funksiyalar bilan bogʻliq yangi 
mahsulot va xizmatlar bozorlarining paydo boʻlishi ijobiy holat hisoblanadi.
Koʻplab tabiiy boyliklarning iqtisodiy qiymatini aniqlashdagi 
murakkablik shundaki, ular (toza havo, landshaftlar va h.k.) bozorda 
sotilmaydi, bozor qiymatiga ega emas hamda ijtimoiy mahsulot 
hisoblanmaydi, boshqacha qilib aytganda, ulardan istalgan kishi 
foydalanishi mumkin. Shu bilan birga, ular ommaviy isteʼmol va cheklovsiz 
manba sifatida tavsiflanadi, yaʼni bir shaxsning tabiiy resursdan 
foydalanishi boshqa bir shaxsning aynan shu resursdan foydalanishini 
cheklab qoʻymaydi. Masalan, bir odamning toza havodan foydalanishi 
boshqa kishilarning undan foydalanish imkoniyatini kamaytirib qoʻymaydi.
Tabiiy resurslar va xizmatlarni iqtisodiy baholashda hozirgi kunda 
mavjud yondashuvlar orasida quyidagilarni alohida koʻrsatib oʻtish 
mumkin:
• bozordagi baholanish;
• renta;
• xarajat boʻyicha yondashuv;
• muqobil qiymat;
• umumiy iqtisodiy qiymat. Bu yondashuvlarning hammasi ham 
yaxshi ishlab chiqilmagan, ularning oʻzaro zid boʻlgan jihatlari mavjud, 
biroq ular asosida birinchi urinishda, hech boʻlmaganda, tabiatning iqtisodiy 
qiymatini hisoblash mumkin.
Shunday qilib, iqtisodiy nuqtayi nazarga koʻra, ekologik 
muammolarning yechimlaridan biri atrof-muhitning undan foydalanishning 
muqobil yoʻllari oʻrtasida optimal tarzda taqsimlanishidir. Natijada esa 
atrof-muhit boylik va xizmatlarini iqtisodiy baholashga asoslangan 
muammo yuzaga keladi. Aynan mana shu bosqichda “barqaror” yoki 


166 
“beqaror” boʻlishi mumkin boʻlgan jamiyat rivojlanishi yoʻlini tanlash roʻy 
beradi. Tabiiy resurslar va ekologik zararlarni yetarlicha baholamaslik 
iqtisodiy koʻrsatkichlarning buzilishiga olib keladi va u rivojlanishning 
samarasiz ijtimoiy-iqtisodiy yoʻnalishini tanlashni keltirib chiqaradi. 
Muqobil qiymat tamoyili maʼlum darajada xarajatga asoslangan tamoyil 
bilan bogʻliqdir. Tabiiy boylikning muqobil qiymati qancha kam boʻlsa, bu 
boylikni saqlash uchun iqtisodiy zararlarni qoplashga shuncha kam xarajat 
ketadi. Bu yondashuvdan amalda “asrash qiymati” ni oʻlchash uchun 
foydalaniladi. Muqobil qiymat nazariyasidan foydalanishga misol tariqasida 
AQSHdagi Xell kanyonidagi gidroelektr energiyasini ishlab chiqarish 
uchun damba qurish loyihasini koʻrsatish mumkin. GES qurilishi 
kanyonning noyob yovvoyi tabiatini yoʻqotib yuborishi mumkin edi. 
Analitiklar kanyonning tabiiy holatdagi iqtisodiy qiymatini toʻgʻridan-
toʻgʻri hisoblashga harakat qilish oʻrniga uni saqlashning eng arzon muqobil 
qiymatini tadqiq qilishgan. Tahlillarning koʻrsatishicha, damba qurish 
loyihasidan keladigan foyda bu joyning noyob tabiati yoʻqotilishini oqlay 
oladigan darajada katta emas ekan. Shu sababli qaror qabul qiladigan 
shaxslar qurilishni bekor qildilar, chunki asrashning muqobil xarajatlari — 
boshqa manbadan energiya olishga ketadigan qoʻshimcha mablagʻlar — 
Xell kanyonini tabiiy holatda saqlab qolish uchun oqilona boʻlib chiqdi. Shu 
bilan birga, boshqa vaziyat ham boʻlishi mumkin. Agar ifloslantiruvchi 
korxona keltiradigan foyda va uning shu ifloslanishdan jabr koʻrganlarga 
toʻlaydigan tovonlarining umumiy nisbati tahlil qilinganda, korxona egalari 
oʻz daromadidan ifloslanishlar oqibatida zarar koʻrganlarning qoʻshimcha 
xarajatlarini toʻlashlari va undan keyin ham daromadlarining bir qismini 
oʻzlariga olishga yetadigan boʻlsa, atrof-muhitga zarar kelishi yaqqol 
boʻlishiga qaramay, bu korxona qurilaveradi. 

Download 2,87 Mb.
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   75




Download 2,87 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-jadval  Alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlar ekotizimlarining

Download 2,87 Mb.
Pdf ko'rish