Oʻzbekistonda iqlim oʻzgarishini baholash va iqlim oʻzgarishi




Download 2,87 Mb.
Pdf ko'rish
bet69/75
Sana23.11.2023
Hajmi2,87 Mb.
#104057
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   75
Bog'liq
Атроф мухит ва табиий ресурслар иқтисодиёти

8.2. Oʻzbekistonda iqlim oʻzgarishini baholash va iqlim oʻzgarishi 
bilan bogʻliq xavflar
Yer sayyorasida umumiy haroratning koʻtarilishi atrof muhitning, 
ayniqsa atmosfera havosining zararlanganligini koʻrsatuvchi asosiy 
koʻrsatkichlardan biridir. Atmosfera havosi tarkibida qator zararli moddalar 
miqdorining koʻpayishi nafaqat haroratning, balki sayyoramizning barcha 
mintaqalarining iqlimi oʻzgarishiga olib keladi. Iqlim oʻzgarishining asosiy 
sababi yer yuzasidan chiqadigan uzun toʻlqinli radiatsiyani yutib 
atmosferada issiqxona effekti hosil qilayotgan gazlardir. Shu toifaga 
kiruvchi gazlar “issiqxona gazlari” deb ataladi.Bu jarayonning mohiyati 
quyidagicha quyoshdan keladigan radiatsiyaning bir qismi (30%) atmosfera 
tufayli bulutlar orqali kosmosga qaytadi. 15% atrofidagisi esa, atmosfera 
qatlamlarida yutiladi, qolgan energiya atmosferadan oʻtib yer yuzasiga yetib 
keladi va uni isitadi.
Yer oʻz navbatida atmosfera orqali uzun toʻlqinli infraqizil nurlarni 
koinotga qaytaradi. Ushbu nurlarning bir qismi koinotga chiqib ketish 
oʻrniga issiqxona gazlari tomonidan yutiladi va shu asosda atmosfera 
meʼyoridan ortiq qiziydi va nihoyat yer iqlimiga taʼsir koʻrsatadigan 
issiqxona qatlami hosil boʻladi. Issiqxona gazlar hosil qiladigan gazlarning 
atmosferada ortishi esa, insonlarning faoliyati bilan bogʻliq. Shu bilan 
birgalikda, atmosfera havosiga chiqarilayotgan issiqxona gazlari global 
isishga sababchi boʻlib iqlim oʻzgarishlarini keltirib chiqarmoqda. Butun 
jahon hamjamiyati iqlim oʻzgarishini insoniyat oldida turgan eng jiddiy 
muammolardan biri deb tan olmoqda. Iqlim oʻzgarishi bilan bogʻliq global 
tahdidlarga kompleks javob qaytarish maqsadida Oʻzbekiston respublikasi 
Birlashgan Millatlar Tashkilotining Iqlimni oʻzgarishi toʻgʻrisidagi Hadli 
Konvensiyasii hamda Kiota bayonnoamasini ratifikatsiya qildi. Iqlim 
oʻzgarishi toʻgʻrisidagi doiraviy konvensiyasi uni hal etishning ikkta asosiy 
yoʻnalishni belgiladi: atmosferaga issiqxona gazlari chiqarilishini 


194 
kamaytirish hamda kuzatilayotgan va kutilayotgan iqlim oʻzgarishlariga 
moslashish. Oʻz vaqtida choralar qabul qilmaslik va atmosferada issiqxona 
gazlari miqdorini bundan keyin ham koʻpayishi holatida mamlakatlar iqlim 
oʻzgarishi borasidagi harakatlar uchun katta mablagʻlarni mobilizatsiya 
qilishlariga toʻgʻri keladi. Shuningdek, Fransiyaning Parij shahrida qabul 
qilingan, “Parij bitmi” qabul qilindi. Bitim turli milliy sharoitlar nuqtayi 
nazaridan adolatlilik prinsiplarini hamda umumiy, lekin tegishli 
imkoniyatlarni
eʼtiborga olib alohida javobgarlikni aks ettiradi ((8.1-rasm). 
Yangi kelishuvning asosiy jihati shundaki, rivojlangan davlatlar bilan 
bir qatorda rivojlanayotgan davlatlar ham tashlanmalar miqdorini 
kamaytirish majburiyatini olishi belgilab qoʻyilgan. Parij Bitmining asosiy 
maqsadi issiqxona gazlari tashlanmalarini sezilarli darajada kamaytirib, 
sayyoramizda global isishni industrial rivojlanish davridagi oʻrtacha 
haroratga issiqxona nisbatan Selsiy shkalasi boʻyicha 1,5-2 gradus 
chegarasida ushlab turishga erishishdan iborat. Agar bu amalga oshirilmasa, 
sayyoramiz yildan-yilga koʻproq keskin iqlim oʻzgarishlariga duchor 
boʻladi. Hisob-kitoblarga koʻra 2030-yilga kelib 
atmosferaga 
chiqarilayotgan tashlanmalarning umumiy miqdori 55 gigatonnadan ortiq 
boʻlmasligi kerak.
2050-yilga kelib, issiqxona gazlari global ajratmalarni 40-70 foizga 
kamaytirishni va 2100-yilga kelib uning 0 yoki manfiy koʻrsatkichga 
yetkazishni talabi qoʻyilgan. 2017-yilda 19-aprelida BMTning Nyu-
Yorkdagi Bosh qarorgohida Oʻzbekiston Parij bitimini imzoladi. Bitimni 
imzolash uchun BMT Iqlim oʻzgarishlari boʻyicha Hadli Konvensiya 
kotibiyatiga 
issiqxona 
gazlar 
tashlanmalardagi milliy 
miqyosda 
belgilanadigan hissasini kamaytirish toʻgʻrisida hujjat taqdim etildi. Mazkur 
Bitim 2018-yil 3-oktyabrda ratifikatsiya qilindi. 2030-yilgacha uzoq 
muddatli istiqbolda Oʻzbekiston Respublikasi iqlim oʻzgarishiga qarshi 
kurash chora-tadbirlarni kuchaytirishni 2030-yilga kelib issiqxona gazlari 
solishtirma tashlanmalarni 2010-yildagi darajaga nisbatan 10% ga 
qisqartirishni oʻz zimmasiga olgan.


195 
Oʻzbekiston iqlim oʻzgarishiga nisbatan eng zaif davlatlar qatoriga 
kiradi. Birlashgan Millatlar Tashkilotining jahon meteorologiya tashkiloti 
maʼlumotlariga koʻra, hozirgi kunga qadar dunyodagi oʻrtacha yillik havo 
harorati 1880-yil darajasidan 1 daraja Selsiyga oshgan. Oʻzbekistonda ayni 
shu davrda oʻrtacha yillik havo harorati Selsiy boʻyicha 1,6 darajaga (13,2 
dan 14,8 darajagacha) ortdi. Respublikada oʻrtacha havo haroratining 
koʻtarilish intensivligi dunyo miqyosida kuzatilgan oʻrtacha koʻrsatkichdan 
yuqoridir. Iqlim oʻzgarishi ekotizimlarning holatiga salbiy taʼsir 
koʻrsatmoqda, bu esa mamlakatning barcha mintaqalarida ekologik 
vaziyatning keskinlashishiga olib keladi. EDGAR xalqaro bazasiga koʻra, 
2021-yilda Oʻzbekiston yalpi ichki mahsulotining uglerod sigʻimi 0,465 
tonna CO
2
/1000$ tashkil etdi (2017-yil doimiy narxlarida) va 2019-yilga 
nisbatan 6,6% ga kamaydi (8.2-rasm).
Iqlim oʻzgarishi tufayli sodir boʻlishi mumkin boʻlgan oqibatlar qatorida 
quyidagilarni koʻrsatish mumkin:
- hozirgi yuz yillikning oʻzida okeanlar sathi 1 m koʻtarilishi;
- SO

konsentratsiyasi
atmosfera havosida 
ortishi (1870-yildan beri 
uni miqdori 30%ga ortdi);
- Yerning ustki qobigʻi harorati +0,7
0
S ga oʻzgargan (soʻngi yuz yil 
ichida);
- suv resurslari taqchilligining kuchayishi, shuningdek hududlarda 
ichimlik suvining yetishmasligi hamda muzlik va qor qoplami kunlarining 
7-10 kunga kamayib borishi, qirgʻoqchilikning takrorlanishining 
koʻpayishi, ayni vaqtda har 10 yilning 3 yilida;
- tabiiy ofatlarning ortishi: sellar, toshqinlarning tez-tez takrorlanishi, 
soʻngi 40 yil ichida tabiiy ofatdan koʻrilgan zarar miqdori 10 marotabaga 
oshgan;
- oʻrtacha haroratning oshib borishi, yillik issiq davrlarning 10-15 
kunga oʻsib borishi;
- yogʻingarchilikning yillik oʻrtacha darajasini mamlakatni butun 
hududi boʻylab kamayishi va ularning hududlar vaqt hamda miqdori 
8.2-rasm. YAIMning uglerod sigʻimi, tonna CO
2
/1000$ XQP boʻyicha 
YAIM (2017-yil doimiy narxlarida)


196 
boʻyicha noteks tarqalishi, haddan tashqari kuchli yogʻingarchilik va 
umuman yogʻingarchiliksiz kunlar sonining ortishi;
- qishloq xoʻjaligida yetishtirish uchun maqbul ekinlar tarkibi 
butunlay oʻzgarishi;
- oziq-ovqat xavfsizligiga kuchli taʼsir koʻrsatadi;
- yuqori darajadagi jaziramalar takrorlanishini oshishi, harorat rejimi 
kuchayishi natijasida aholi salomatligi bilan bogʻliq muammolar 
koʻpayishi;
- oʻsimliklar va hayvonlarning aksariyat turlari yashaydigan 
areallarining qayta taqsimlanishi, demak, ekologik jarayonlar, beriladigan 
mahsulotlar va bajariladigan funksiyalarning tubdan oʻzgarishi;
- sahrolanish jarayonining kuchayishi, yaʼni yashash va xoʻjalik 
yuritish mumkin boʻlgan yerlarning kamayishi;
- iqtisodiyot sektorlari taʼsirining toʻliq qayta taqsimlanishi va 
oldindan aniq aytish qiyin boʻlgan boshqa koʻpgina oqibatlar;
Iqlim oʻzgarishlarining oldini olish va unga moslashish uchun 
quyidagi chora-tadbirlarni amalga oshirish talab etiladi:
Birinchidan, issiqxona gazlarini kamaytirish. Buning uchun birinchi 
navbatda ishlab chiqarish korxonalari, IES va boshqa atmosferaga 
ifloslantiruvchi moddalar chiqaruvchi tashkilotlarda ekologik toza 
texnologiyalarni joriy etish orqali atmosferaga tashlanayotgan issiqxona 
gazlari miqdorini kamaytirish.
Ikkinchidan, yoqilgʻilar sifatini yanada yaxshilash hamda ekologik 
toza transport vositalarini koʻpaytirish, shu jumladan keng jamoatchilik 
uchun qulay boʻlgan veloyoʻlaklar tashkil etish oʻz navbatida issiqxona 
gazlar miqdorini kamaytiradi.
Uchinchidan, koʻkalamzorlashtirish ishlarini amalga oshirish. Tabiiy 
toʻsiq hisoblangan koʻp yillik daraxtlarning ekilishi hududdagi 
mikroiqlimni 
yumshatishga 
sabab 
boʻladi. 
Shuningdek, 
koʻkalamzorlashtrilgan hududlarni, ayniqsa shahar va avtomobil yoʻllari 
chetida yashil hududlarni kengaytirish zararli moddalar miqdorini 
kamayishiga xizmat qiladi.
Toʻrtinchidan, suvdan oqilona foydalanish. Tomchilab sugʻorishni 
tashkil etish, suv resurslaridan oqilona foydalanish ham oʻz navbatida iqlim 
oʻzgarishlariga moslashish uchun xizmat qiladi; 
Beshinchidan, yashil 
iqtisodiyotni rivojlantirish. Chiqindisiz 
texnologiyalar, energiyatejamkor, resurs tejamkor, kam chiqindili 
texnologiyalardan foydalanishni joriy etish yoki boshqacha qilib aytganda 
mamlakatda yashil iqtisodiyotni joriy etish;


197 
Oltinchidan, qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish. 
Quyosh, shamol, organik energiyalardan foydalanish bilan birgalikda atom 
energetikasini rivojlantirish orqali atmosferaga 
issiqxona gazlari 
chiqarilishini oldini olish orqali iqlim oʻzgarishlar oqibatlarini maʼlum bir 
darajada kamaytirish.
Iqlim oʻzgarishining oqibatlarini barchamiz his qilib turibmiz. Soʻnggi 
yillarda mamlakatimizda atrof-muhitni muhofaza qilish, aholi salomatligini 
saqlash, ekologik xavfsizlikni taʼminlash ishlariga eʼtibor yanada kuchaydi. 
Prezidentimiz tomonidan BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida 
soʻzlagan nutqida jahon hamjamiyatini, shu jumladan mintaqa 
mamlakatlarini ekologik masalalarda, jumladan Orol dengizining qurishi 
bilan bogʻliq oqibatlarni bartaraf etishda xalqaro miqyosdagi 
saʼyharakatlarni faol birlashtirish zarurligini taʼkidlab oʻtdi.
Shuningdek, iqlim oʻzgarishi bilan bogʻliq muammoli masalalar 
mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlar samaradorligiga, xususan, 
iqtisodiy oʻsish va kambagʻallikni qisqartirish, ekologik va oziq-ovqat 
xavfsizligini taʼminlashga oʻzining salbiy taʼsirini koʻrsatadi. Shundan kelib 
chiqib, ushbu yoʻnalishda mamlakatda iqlim oʻzgarishi taʼsirini kamaytirish 
va tunga moslashish, “yashil” iqtisodiyotga oʻtish choralarini 
jadallashtirish, “yashil” inklyuziv iqtisodiy oʻsish modelini targʻib qilishga 
katta eʼtibor qaratmoqda. Bu borada, mamlakatda “yashil” iqtisodiy oʻsishni 
ragʻbatlantirish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, “yashil 
investitsiyalarni jalb qilish”, ekologik inqirozning salbiy taʼsirini 
yumshatish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 5-
oktyabrdagi 
PQ-4477-son qarori bilan 2019-2030-yillar davrida 
“O’zbekiston Respublikasining “yashil” iqtisodiyotga oʻtish strategiyasi” va
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 2-dekabrdagi PQ-436-
sonli “2030-yilgacha Oʻzbekiston Respublikasining “Yashil” iqtisodiyotga 
oʻtishga qaratilgan islohotlar samaradorligini oshirish boʻyicha chora-
tadbirlar toʻgʻrisida” gi qarori qabul qilindi.
Milliy iqtisodiyotning tabiiy ofatlar va iqlim oʻzgarishiga nisbatan 
barqarorligini mustahkamlashda 
quyidagi ustuvor vazifalar belgilab olindi:
- tabiiy resurslardan barqaror va samarali foydalanish;
- tabiiy ofatlar va iqlim oʻzgarishiga nisbatan barqarorligini 
mustahkamlash;
- sanoatning “yashil” va kam uglerodli rivojlanishini taʼminlash;
- innovatsiyalarni joriy etish va samarali “yashil” investitsiyalarni jalb 
qilish;
- barqaror va inklyuziv “yashil” urbanizatsiyani rivojlantirish;


198 
- “Yashil” oʻsish boʻyicha salohiyatni oshirish va inson kapitalini 
rivojlantirish; 
- “Yashil” iqtisodiyotga oʻtish uchun siyosiy muhit yaratish, samarali 
institutlarini joriy qilish; 
- tashqi va ichki “yashil” moliyalashtirish oqimlarini koʻpaytirish; 
Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi joriy yilning may oyida 2030-
yilga qadar metan emissiyasini 2020-yilga nisbatan kamida 30%ga 
kamaytirish boʻyicha mamlakatlarning jamoaviy maqsadga erishish 
boʻyicha global majburiyat toʻgʻrisidagi tashabbusga (Global Methane 
Pledge) qoʻshildi.
BMT maʼlumotlariga koʻra, dunyoda oʻrtacha harorat va barqaror 
oʻsish tendensiyasi oʻrtasida bogʻliqlik mavjud. Natijada dunyo aholisining 
40% dan ortigʻi iqlim oʻzgarishiga qarshi himoyasiz boʻlib qolmoqda. 
2010–2020-yillardagi tabiiy ofatlar natijasida 1,2 milliondan ortiq odam 
halok boʻldi va iqtisodiy zarar qariyb 3,0 trln. dollarni tashkil etdi. Iqlim 
oʻzgarishi va uning oqibatlari yaqin 30 yil ichida jahon iqtisodiyotiga 8 
trillion dollarga tushishi prognoz qilinmoqda. Salbiy oqibatlarga oziq-ovqat 
xavfsizligi bilan bogʻliq muammolar, jumladan, hosildorlikning pasayishi, 
suv tanqisligining oshishi, yerlarning degradatsiyasi, kasallanishning 
oshishi va boshqalar kiradi. Ushbu holat deyarli barcha BRMlarga 
erishishga bevosita taʼsir qiladi. Iqlim oʻzgarishi tabiiy ofatlarning yuzaga 
kelish xavfini ham oshiradi. Bular Markaziy Osiyoda, shu jumladan 
Oʻzbekistonda toshqinlar, qurgʻoqchilik va suv yetishmasligi, sel va qum 
boʻronlaridir. Tabiiy ofatlarga tez-tez boʻladigan zilzilalar ham kiradi va 
ushbu oʻzgarishlar ularning oldini olish va salbiy taʼsirini kamaytirish uchun 
qoʻshimcha choralar ishlab chiqishni talab qiladi (13-maqsad). Jahon banki 
Oʻzbekiston uchun iqlimiy xavflar boʻyicha quyidagilarni koʻrsatgan:
• Oʻzbekistonda isish darajasi prognoz qilinayotgan dunyodagi 
oʻrtacha koʻrsatkichdan ancha yuqori;
• qattiq qurgʻoqchilikning yillik ehtimoli sezilarli darajada oshadi;
• hududning boshqa qismlarida harorat koʻtarilishi va muzliklar erishi 
Oʻzbekistonning eng katta daryolari — Amudaryo va Sirdaryoda 17 yildan 
soʻng suv tanqisligi yuzaga kelishiga olib keladi;
• Oʻzbekistonda haroratning prognoz qilinayotgan oʻsishi, 
qurgʻoqchilik tezligining oshishi va suv tanqisligi tufayli 30 yil davomida 
mamlakatning asosiy qishloq xoʻjalik ekinlari hosildorligi 2000–2009-
yillarga nisbatan 25-63% ga kamayishi;
• oʻrtacha haroratning koʻtarilishi issiqlik stressi va oʻtkir ichak 
infeksiyalari, bakterial dizenteriya kabi kasalliklar va bezgakning qayta 


199 
paydo boʻlish xavfi ortishi tufayli Oʻzbekistonda aholi salomatligiga tahdid 
solishi.
Tashqi xatarlar makroiqtisodiy barqarorlikka, mamlakatning oziq-
ovqat, energetika, texnologik, axborot va ekologik xavfsizligini 
taʼminlashga maʼlum darajada taʼsir koʻrsatadi. Oʻzbekiston uchun ichki 
xavflar asosan aholining sezilarli darajada yuqori oʻsish surʼatlaridan kelib 
chiqadi. Soʻnggi 30 yil ichida aholi soni 14,2 million kishiga koʻpaydi va 
2022-yil oxirida 36,0 million kishidan oshdi. Faqat soʻnggi uch yil ichida 
(2019–2021yy.) aholi soni 2,0 million kishiga oshdi. Prognozlarga koʻra, 
2030-yilga kelib Oʻzbekiston aholisi 40 million kishiga yetadi va bu 
Markaziy Osiyo mamlakatlari aholisining deyarli yarmini tashkil qiladi. 
Yuqori demografik salohiyat barcha milliy maqsadlarni amalga oshirishga 
taʼsir qiladi (kambagʻallikni qisqartirish, oziq-ovqat xavfsizligi, sogʻliqni 
saqlash, sifatli taʼlim, infratuzilmani rivojlantirish, shaharsozlik, ekologik 
barqarorlik) va bandlikka qoʻshimcha bosim koʻrsatadi.
Suv resurslarining, shu jumladan iqlim oʻzgarishi natijasida 
kamayishi suv resurslarini boshqarish, suvni tejaydigan texnologiyalarni 
joriy etish va qoʻshimcha suv manbalarini topish boʻyicha faol choralarni 
talab qiladi (BRM 6-maqsad). Hozirgi paytda ishonch bilan aytish 
mumkinki, Oʻzbekiston iqlim oʻzgarishi muammolari taʼsiri juda keskin 
taʼsir qiluvchi mamlakatlar qatorida boʻladi. Iqlim oʻzgarishidan keladigan 
ehtimoliy zararlarni hech kim hisoblab koʻrgani yoʻq. Biroq shunisi aniqki, 
koʻriladigan zararlarning oldini olish u zarar yetkazilgandan keyin 
qilinadigan tiklash ishlaridan ancha arzonga tushadi. Shu sababli ham 
mamlakat aholisining ehtimoliy oqibatlarga tayyorgarligi va oʻz hayotini 
oldidan bunga tayyorlab borishi boʻyicha qilingan har qanday harakati yuz 
martalab oʻzini qoplashi muqarrar.

Download 2,87 Mb.
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   75




Download 2,87 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 Oʻzbekistonda iqlim oʻzgarishini baholash va iqlim oʻzgarishi

Download 2,87 Mb.
Pdf ko'rish