183
1. Rekreatsiya va turizmni rivojlantirish uchun
ekotizim xizmatlarining
qiymatini baholash
2. Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar va ularni baholash mezonlari
3.Oʻzbekistonda qanday milliy bogʻlar bor va ular qanday funksional
zonalarga boʻlinadi?
4. Ekoturizimni rivojlantirishning jahon tajribasi
5. Davlat qoʻriqxonalari nima, ular qanday vazifa va funksiyalarni bajaradi?
6. Alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlar nima va ular qanday
kategoriyalarga boʻlinadi?
7. Tabiat yodgorliklari qanday maqsadlarda qoʻriqlanadi?
8. Kurort-sogʻlomlashtirish va rekreatsiya tabiiy hududlari qanday
muhofaza qilinadi?
9. Oʻzbekistonning suv muhofazasi zonalari qanday normativlarga
asoslanib tashkil etiladi?
10. Oʻzbekistonda ekotizim bozori va xizmatlarini
rivojlantirishdagi
muammolar va ularning yechimi.
184
VIII Bob. EKOLOGIYA VA ATROF MUHIT MUHOFAZASI
SOHASIDA XALQARO HAMKORLIK
8.1. Atrof-muhit va barqaror rivojlanish konsepsiyasi
8.2. Oʻzbekistonda iqlim oʻzgarishini baholash va iqlim oʻzgarishi bilan
bogʻliq xavflar
8.3. Choʻllanish va uni bartaraf etish chora-tadbirlari
8.4. Ekologiya sohasida xalqaro hamkorlik
8.1. Atrof-muhit va barqaror rivojlanish konsepsiyasi
Tabiiy boyliklardan foydalanmasdan turib biron bir inson, jamiyat
yoki davlat faoliyat yurita olmaydi. Ularning bu boqiy dunyoda farovon
hayot kechirishi va rivojlanishi uchun esa ularni oʻrab turgan atrof tabiiy
muhitdan nechogʻliq oqilona, yaʼni ilmiy asoslangan tarzda
foydalanishlariga bogʻliq. Shuning uchun ham qadim-qadimlardan kishilar
tabiat boyliklarini oʻzlashtirib olishlari uchun bor kuch va gʻayratlarini
ishga solganlar.
Natijada davlatlar, jamoalar va kishilar oʻrtasida turli
ziddiyatlar kelib chiqqan, barqarorlikka jiddiy ziyon yetkazilgan. Dunyo
aholisining “demografik portlash” darajasida oʻsishi va ilmiy-texnik
inqilobiy jarayonlarning jadallashuvi atrof-muhitga, oʻz salbiy taʼsirini
oʻtkazmoqda, yaʼni tabatga nisbatan antropogen bosimni oshirmoqda.
Tabiat nafaqat insonlar iqtisodiy rivojlanishining moddiy asosi, balki
ularnng maʼnaviy-estetik ehtiyojlarini qondirish manbai hamdir.
Bu esa
insonlarni tabiatga boʻlgan ehtiyojlarini kundan-kunga oshirmoqda. Undan
tashqari inson xoʻjalik faoliyatining atrof tabiiy muhitga boʻlgan bosimining
kuchayishi tabiiy hodisa va jarayonlarni ham kuchaytirib yubormoqda.
Natijada, tabiat va uning muvozanati buzilib ketmoqda. Hozirga qadar
butun insoniyat va uning progressiv qatlami inson-tabiat oʻrtasidagi optimal
holatni belgilab olishga intilmoqda. Ushbu yoʻnalishdagi “Barqaror
rivojlanish konsepsiyasi” umumeʼtirof etilgan va boshqa bir qator
dunyoqarashlardan ustun turgan fikrlar ham real harakatlar majmuasidir.
Shuning uchun ham uni tadqiq qilish maqsadga muvofiqdir.
Shuningdek, taraqqiyotning hozirgi bosqichida ijtimoiy-tarixiy
jarayonlar globallashuv va uning dinamikasi bilan tavsiflanadi,
bu bir
tomondan iqtisodiy oʻsish surʼatlarining oshishiga yordam beradi va shu
orqali tobora ortib borayotgan koʻp sonli dunyo aholisining oʻsib
borayotgan ehtiyojlarini qondirish imkoniyatini bersa, ikkinchi tomondan
rivojlanishning
noaniqligi beqarorligi ijtimoiy-iqtisodiy
tizimlarni
boshqarishni sezilarli darajada murakkablashtiradigan beqarorlashtiruvchi
omil boʻlib xizmat qiladi. Globallashuv jarayonining kuchli taʼsiri natijasida
ijtimoiy-iqtisodiy tizimlarning barqaror rivojlanish modeliga oʻtish
185
muammosini dolzarbligi koʻplab dunyo olimlarining kuchli qiziqishiga
sabab boʻldi. Xususan, dunyodagi tizimlarning
barqaror rivojlanish
muammolarini X. Bossel, V.I.Vernadskiy, V.I Danilov-Danilyan,
O.K.Dreyr, D.Medouz, N.N.Moisev, V.V. Novajilov, D. Forrester va
boshqalarning ilmiy ishlarida oʻz aksini topdi. Shu bilan birga, ijtimoiy-
iqtisodiy tizimlarning barqaror rivojlanish nazariyasi oʻzining boshlangʻich
bosqichida turibdi. Hozirgacha ham koʻp munozarali hal etilmagan bahsli
muammolar ochiqligicha qolmoqda.
Ilmiy izlanishlar olib borayotgan olimlar jamoasini birinchi navbatda
agar falsafiy tushunchada barqarorlik oʻzgarishdan
farqli ravishda
doimiylik, bir holatda qolish sifatida koʻrsatilsa, dinamik ijtimoiy-iqtisodiy
tizimning barqarorligi haqida umuman gapirish mumkinmi degan savol
qiziqtiradi. Bir qator adabiyotlarda “barqarorlik”, “barqaror rivojlanish” va
“barqaror oʻsish” tushunchalarining bir-biri bilan qanday oʻzaro bogʻliqligi
haqida aniq tushuncha va qarashlar mavjud emas. Ijtimoiy-iqtisodiy
tizimlarning barqarorligi mezonlari boʻyicha olimlar hanuzgacha yakdil bir
qarorga kelishmagan, zamonaviy fan hali bu kategoriyani umumiy qabul
qilingan taʼrifini ishlab chiqmagan.
Murakkab ijtimoiy-iqtisodiy tizimlarning barqarorligi mezonlar va uni
baholash
metodologiyasi aniqlanmagan, mintaqaviy darajadagi tizimlar
barqarorligining oʻziga xos tomonlari aniqlanmagan. Mustahkam
metodologik va uslubiy asosni yaratmasdan, boshqaruvning barcha
iyerarxik darajalaridagi harakatni
ilmiy asoslamasdan turib, ijtimoiy-
iqtisodiy tizimning barqarorligi muammosini hal qilib bo‘lmaydi.
Qoʻyiladigan savollarning dolzarbligi, birinchi navbatda, barqarorlikning
nazariy asoslarini koʻrib chiqishni talab qiladi. Shu munosabat bilan
konseptual
apparatni
takomillashtirish,
terminologiyadagi
nomuvofiqliklarni bartaraf etish ijtimoiy-iqtisodiy tizimlarning barqaror
rivojlanishi nazariyasini yanada takomillashtiradi (8.1-jadval).