186
Iqtisodiy
Barqarorlik balansi
L.Valras, A.Marshal, D.
Xiks,
P.Samuelsen,
K.
Erroru,
F.Xan,
V.V.
Leontyev, K.Lankaster
Eʼtibor beradigan boʻlsak, barqarorlik nazariyasi
uzoq tarixga ega,
boshqa bilim sohalari,
ilmiy fanlar matematika, kibernetika va tizimlar
nazariyasi kabi fanlarning bir tarmogʻi sifatida rivojlana boshladi. Uning
asosini falsafa,
matematika, fizika, biologiya fanlari tashkil qiladi
yuqoridagi jadvalda ular tomonidan metodologik yondashuvlar berilgan.
Shuningdek hozirgi vaqtda ijtimoiy-iqtisodiy
tizimlarning barqarorligiga
oid bir necha oʻnlab taʼriflar mavjud va ularning soni oʻsishda davom
etmoqda.
Bu shundan guvohlik beradiki, tushunchaning va oʻrganilayotgan
obyektning murakkabligini koʻrsatadi. Ayrim hollarda milliy iqtisodiyot
(makroiqtisodiyot),
boshqalarda
—
mintaqaviy
iqtisodiyot
(mezoiqtisodiyot), uchinchisida (mikroiqtisodiyot), toʻrtinchisida — u yoki
bu darajadagi iqtisodiy quyi tizimlar tadqiqot obyekti hisoblanadi.
Ijtimoiy-iqtisodiy tizimlar barqarorligining taʼriflarini tanqidiy tahlil
qilish shuni koʻrsatadiki, zamonaviy fan tomonidan umumiy qabul qilingan
konsepsiya ishlab chiqilmagan. Shu bilan birgalikda kamida toʻrtta bir-
biridan farq qiluvchi yondashuvlarga ajratish mumkin. Birinchi yondashuv
tarafdorlari ijtimoiy-iqtisodiy tizimning barqarorligini tizimning xavfsizligi,
barqarorligi,
ishonchliligi, yaxlitligi va mukammalligi bilan bogʻlaydilar
(8.2-jadval).