Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar (ming gektar)




Download 2,87 Mb.
Pdf ko'rish
bet63/75
Sana23.11.2023
Hajmi2,87 Mb.
#104057
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   75
Bog'liq
Атроф мухит ва табиий ресурслар иқтисодиёти

Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar (ming gektar)
Hududlar 
2016 
2017 2018 
2019 
2020 
2021 
Oʻzbekiston Respublikasi 
885,5 
874,5 1 
545,7 

545,9 

570,6 
3 457,8 
Qoraqalpogʻiston Respublikasi 68,7 
68,7 
697,0 
697,2 
700,2 
2 589,6 
Andijon 
0,0 
0,0 
0,0 
0,0 
0,0 
0,0 
Buxoro 
16,5 
16,5 
16,5 
16,5 
16,5 
26,8 
Jizzax 
68,5 
68,5 
68,5 
68,5 
68,5 
68,3 
Qashqadaryo 
84,9 
84,9 
84,9 
84,9 
84,9 
82,9 
Navoiy 
0,0 
0,0 
0,0 
0,0 
0,0 
0,0 
Namangan 
0,0 
0,0 
0,0 
0,0 
0,0 
0,0 
Samarqand 
2,4 
2,4 
2,4 
2,4 
2,4 
2,4 
Surxondaryo 
23,8 
23,8 
23,8 
23,8 
23,8 
23,8 
Sirdaryo 
0,0 
0,0 
0,0 
0,0 
0,0 
0,0 
Toshkent 
610,4 
599,4 642,3 
642,3 
642,3 
642,3 
Fargʻona 
0,0 
0,0 
0,0 
0,0 
0,0 
0,0 
Xorazm 
10,3 
10,3 
10,3 
10,3 
32,0 
21,7 
Toshkent sh. 
0,0 
0,0 
0,0 
0,0 
0,0 
0,0 
Statistika Agentligi maʼlumotlari asosida tuzilgan
Yuqorida jadval maʼlumotlaridan koʻrinib turibdiki, respublikada alohida 
muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni tashkil qilinganligi boʻyicha 
liderlikni Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Toshkent viloyati egallab 
kelmoqda.
Bizga maʼlumki, yashil maydonlar yer yuzasining oʻtlar, butalar va 
daraxtlar bilan  qoplanganligidir. Respublika shaharlarida yaqin-yaqingacha 
odamlar dam olishi, sayr qilishi mumkin boʻlgan hududlar soni ancha koʻp 
edi. Lekin ularning koʻpchiligi bilan soʻnggi bir necha yil ichida turli 
oʻzgarishlar sodir boʻldi. Yashil hududlar shaharlarda qulay ekologik 
muhitni shakllantirishda muhim rol oʻynaydi. Ular kislorod chiqaradi, chang 
miqdorini kamaytiradi, shovqinni yutadi hamda shovqin kuchini 2-2,5-
marta kamaytiradi va oʻziga xos mikroiqlim yaratadi. Yashil hududlarning 
yuqorida tavsiflangan jihatlari iqtisodiy oʻsish va barqaror shaharlar qurish, 
rivojlantirish uchun birlamchi ahamiyatga ega. Yashil hududlar xarajat 


170 
emas, aksincha iqtisodiy oʻsishga turtki boʻladigan asosiy omillardandir. 
Mahalliy hukumat sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish, ifloslanishni 
kamaytirish uchun yashil maydonlardan foydalanishi mumkin.
Yevropaning atrof-muhit agentligi (YeEA) maʼlumotlariga koʻra, 
daraxtlar bilan qoplanganlik darajasi, yashil hududlar Yevropaning 38 ta 
poytaxtida oʻrtacha 30 foizni tashkil etadi. Skandinaviyadagi Oslo shahri 
yashil maydonlarining eng katta ulushiga ega 72 foiz, Shveysariyaning Bern 
shahrida 53 foiz, Sloveniya poytaxti Lyublyanada bu koʻrsatkich 50 foizni 
tashkil qilsa, Parijda bu raqamlar oʻrtacha koʻrsatkichdan ancha past 20 
foizni tashkil qilgan holda orqada qolmoqda. Shuningdek, Ispaniya poytaxti 
Madrid 39 foiz hamda Italiya poytaxti Rim shahrida 24 foizni tashkil 
qilmoqda. Xususan mamlakatimizda ham shaharlarning bor yashillik 
resurslarini saqlab qolish va keyinchalik koʻpaytirish muhim ahamiyat kasb 
etadi:
- daraxtlarni kesishni toʻxtatish lozim;
- shahar bogʻlarini yopishni, ularni savdo nuqtalari, qahvaxonalar yoki 
boshqa tijorat binolari sifatida rekonstruksiya qilishni toʻxtatish kerak. 
Bogʻlar attraksionlarga, plastmassa va beton maydonlarga muhtoj emas,
shahar bogʻlarini oʻz holiga qoʻyish lozim;
- yashil hududlar hisobidan turar-joy binolari qurishni toʻxtatish, boʻsh 
qolgan hududlarni yashil hududlarga aylantirish zarur;
- mavjud eski infratuzilmada har qanday binolarni qurishni toʻxtatish 
kerak; 
- aholining xohish-istaklariga eʼtibor bermaslikni bas qilish va oʻz 
hududlari, shaharlarida har qanday loyihani amalga oshirishda mahalliy 
aholi bilan hamkorlikda olib borish kerak.

Download 2,87 Mb.
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   75




Download 2,87 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar (ming gektar)

Download 2,87 Mb.
Pdf ko'rish