7.3. Oʻzbekistonda muhofaza etiladigan tabiiy hududlar
Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrta Osiyoning markaziy qismida, Amudaryo
va Sirdaryo oraligʻida joylashgan mamlakat. Hududning shimoliy nuqtasi
Ustyurt platosining shimoliy-sharqida, janubiy nuqtasi 450 31
̊
shimoliy
kenglikda Termiz shahrida, gʻarbiy nuqtasi Ustyurt platosi boʻylab, 500
sharqiy uzoqlikda, eng sharqiy nuqtasi Fargʻona viloyatining sharqiy qismi
370 10
̊
uzunlikda joylashgan. Hududining 78,7% tekislikdan va 21,3%
togʻlardan iborat. Mamlakat hududida Talas, Ugom, Qorjontogʻ, Piskom,
Chortoq, Qurama, Turkiston, Morguzar, Nurota, Zarafshon, Hisor,
Boysuntogʻ, Surxontogʻ, Koʻxitang, Fargʻona, Oloy togʻ tizmalari mavjud.
Oʻzbekistonning tabiiy geografik oʻrni Markaziy Osiyodagi boshqa
respublikalari tabiatidan keskin farq qiladi.
Mamlakatimizda tabiatni tabiiy xolicha saqlab qolish maqsadida
171
muhofaza etiladigan tabiiy hududlar tashkil etish, hamda muhofaza qilish va
ulardan
foydalanish
sohasidagi
munosabatlarni
Oʻzbekiston
Respublikasining “Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar toʻgʻrisida” gi
Qonuni bilan tartibga solinadi. Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar Yer va
suv akvatoriyalarining ustuvor ekologik, ilmiy, madaniy, estetik, rekratsiya
va sanitariya-sogʻlomlashtirish ahamiyatiga molik boʻlgan, xoʻjalik
maqsadidagi doimiy yoki vaqtincha foydalanishdan toʻliq yoki vaqtincha
foydalanishdan toʻliq yoki qisman chiqarilgan uchastkalari muhofaza
etiladigan tabiiy hududlar hisoblanadi. Tabiiy obyektlar va maʼjmualarni
saqlab qolish, takror koʻpaytirish va tiklash maqsadida muhofaza etiladigan
tabiiy hududlarda muhofaza qilish va foydalanish rejimi oʻrnatiladi.
Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar biologik xilma-xillik, landshaft
rang-barangligini taʼminlash va ekologik muvozanatni saqlab turish uchun
moʻljallangan yaxlit ekologik tizimni tashkil etadi. Jamiyatning rivojlanib
borishi bilan insonlarning atrof-muhitga taʼsiri ham oʻsib boradi. Inson
tabiat bilan, yaʼni oʻsimlik va hayvonot dunyosi hamda yer osti va yer usti
boyliklari bilan oʻzaro muloqotda boʻladi. Tabiat va inson oʻrtasidagi
munosabat maʼlum bir qonunlar orqali boshqariladi, ularga rioya qilmaslik
ertami kechmi, albatta, xalokatga olib keladi.
Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq, davlat qoʻriqxonalari
qatʼiy muhofaza qilinadigan hududlar boʻlib, ularda yovvoyi tabiat yil boʻyi
kuzatib boriladi. Hozirgi kunda respublika hududida 9 ta davlat tabiiy
qoʻriqxonasi mavjud boʻlib, ularning asosiy vazifasi tabiat landshaftlari,
noyob va nodir hayvon, oʻsimlik turlarini tabiiy holatda saqlab qolish bilan
birga, kelajakda ular hududini kengaytirib borishdan iborat.
Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar davlat mulkidir va u davlat
muhofazasidadir. Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar belgilangan maqsadi
va rejimiga qarab quyidagi toifalarga boʻlinadi:
1) Davlat qoʻriqxonalari;
2) Majmua (landshaft) buyurtma qoʻriqxonalari;
3) Tabiat bogʻlari;
4) Davlat tabiat yodgorliklari;
5) Ayrim tabiiy obyektlar va majmualarni saqlab qolish, takror
koʻpaytirish va tiklash uchun moʻljallangan hududlar;
6) Muhofaza etiladigan landshaftlar;
7) Davlat biosfera rezervatlari, milliy bogʻlar va davlatlararo muhofaza
etiladigan tabiiy hududlar.
1. Davlat qoʻriqxonalari — Tabiiy obyektlar va majmualarni
muhofaza qilishning qattq rejimiga ega boʻlgan, tipik ekologik tizimlar,
172
oʻsimliklar va hayvonlarning irsiy fondini saqlab qolish hamda oʻrganish
uchun moʻljallangan, umumdavlat ahamiyatga ega boʻlgan tabiiy hududlar
hisoblanadi. Davlat qoʻriqxonalarining hududida har qanday faoliyat
taqiqlanadi, ilmiy-tadqiqot faoliyati va atrof tabiiy muhit monitoringini
yuritish bundan mustasno. Shuningdek, davlat qoʻriqxonalarining hududida
hamda ularning qoʻriqlanma zonalarida tirik organizmlarning yangi va
kenja turlarini iqlimlashtirish maqsadida joylashtirish taqiqlanadi.
2. Majmua (landshaft) buyurtma qoʻriqxonalari – alohida ekologik
qimmatga ega boʻlgan tabiiy obyektlar va majmualarni asl holatida saqlash
uchun moʻljallangan muhofaza etiladigan tabiiy hududlar majmua
(landshaft) buyurtma qoʻriqxonalari hisoblanadi. Landshaft buyurtma
qoʻriqxonalari hududida har qanday faoliyat taqiqlanadi, ilmiy-tadqiqot,
rekratsiya faoliyati, atrof tabiiy muhit monitoringini yuritish, shuningdek,
pichan oʻrish va chorva mollar oʻtlashish, yovvoyi oʻsimliklarni oziq-ovqat
maqsadlari uchun, Landshaft qoʻriqxonalari xodimlarining va mazkur
qoʻriqxonalarning qoʻriqlanma zonalarida yashovchi fuqorolarning oʻz
ehtiyojlari uchun yovvoyi holda oʻsadigan oʻsimliklarning dorivor va texnik
xom ashyosini tayyorlash (yigʻish) bundan mustasno.
3. Tabiat bogʻlari – alohida ekologik, madaniy va estetik qiymatga ega
boʻlgan tabiiy obyektlar va majmualarni tabiatni muhofaza qilish
yoʻnalishidagi, rekratsiya, ilmiy va madaniy maqsadlarda saqlab qolish
hamda ulardan foydalanish uchun moʻljallangan muhofaza etiladigan tabiiy
hududlar hisoblanadi. Tabiat bogʻlari ikki yoʻnalishda tashil qilinishi
mumkin: milliy tabiat bogʻlari va mahalliy ahamiyatga ega tabiat bogʻlariga
boʻlinadi.
Tabiat bogʻlari tashkil etilayotganda ularning hududi zonalarga boʻlinadi.
Tabiat bogʻlarining hududida qoʻriqxonalarga aylantirilgan zonalarida
davlat qoʻriqxonalari uchun nazarda tutilgan rejim oʻrnatiladi. Tabiat
bogʻlarining rekratsiya zonalari tabiiy obyektlar va majmualarning holatiga
qarab turli rejimli uchastkalarga boʻlinishi mumkin. Xoʻjalik maqsadida va
boshqa maqsadlarda foydalanish zonalarida aholining istiqomat qilishiga,
yuridik va jismoniy shaxslarning tabiiy obyektlar va majmualarga zarar
yetkazmaydigan faoliyatiga yoʻl qoʻyiladi.
4. Davlat tabiat yodgorliklari – noyob, oʻrnini toʻldirib boʻlmaydigan,
ekologik, ilmiy, madaniy va estetik jihatdan qimmatli tabiiy obyektlar
hisoblanadi, quyidagi turlarga boʻlinadi:
- tabiiy suv obyektlarini saqlab qolish uchun moʻljallangan gidrologik
(botqoq, koʻl, daryo) yodgorliklari;
- ayrim oʻsimliklarni saqlab qolishga moʻljallangan botanik yodgorliklar;
173
- qazilma obyektlarni saqlab qolish uchun moʻljallangan palentologik
yodgorliklar;
- tabiat yaratgan relf shakllarini saqlab qolish uchun moʻljallangan
geomorfologik yodgorliklar;
- geologik va mineralogik hosilalarni saqlab qolish uchun moʻljallangan
geologik va mineralogik yodgorliklar.
5. Ayrim tabiiy obyektlar va majmualarni saqlab qolish, takror
koʻpaytirish va tiklash uchun moʻljallangan hududlar – ayrim tabiiy
obyektlar va majmualarni saqlab qolish, takror koʻpaytirish va tiklash uchun
moʻljallangan biologik (botanik, zoologik) buyurtma qoʻriqxonalari.
Buyurtma qoʻriqxonalari quyidagi turlarga boʻlinadi:
- tabiiy pitomniklar;
- botqoq, koʻl va daryo buyurtma qoʻriqxonalari;
- palentologik buyurtma qoʻriqxonalari;
- geologik va mineralagik buyurtma qoʻriqxonalar;
6. Muhofaza etiladigan landshaftlar – kurort tabiiy hududlar, rekreatsiya
zonalari, suvni muhofaza qilish zonalari, sohil boʻyi mintaqalari, suv
obyektlarining sanitariya muhofazasi zonalari, yer usti va yer osti
suvlarining hosil boʻlish zonalari muhofaza etiladigan landshaftlar
jumlasiga kiradi.
A) Kurort tabiiy hududlar - davolash va sogʻlomlashtirish xossalariga,
mineral manbalarga, shifobaxsh balchiq qatlamlariga, qulay iqlim va boshqa
sharoitlarga ega hududlar hisoblanadi. Kurort tabiiy hududlar uchta zonaga
boʻlinadi.
1-zona. Davolash xossalariga ega manbalar, shifobaxsh balchiq qatlamlari
bor hududlar kiradi. Bunday zonada har qanday faoliyat taqiqlanadi,
davolash xossalariga ega manbalar va balchiq bilan davolash shifoxonalarni
obodonlashtirish bundan mustasno;
2-zona. Sanatoriylar, pansionatlar va dam olish uylarining hududlari kiradi.
Har qanday faoliyat, shuningdek, bu hududda vaqtinchalik istiqomat
qiladigan tibbiyot xodimlari va xizmat koʻrsatuvchi xodimlardan tashqari
boshqa aholining yashasha taqiqlanadi.
3. zona. Sanatoriylar, pansionatlar va dam olish uylariga tutash hududlar
kiradi. Atrof-muhitga zarar yetkazmaydigan, cheklangan xoʻjalik faoliyati
yuritishga ruxsat etiladi.
B) Rekratsiya – turizm va aholining ommaviy dam olishni tashkil etish
uchun qulay jugʻrofiy va iqlim sharoitlariga ega, muhofaza etiladigan tabiiy
hududlar rekreatsiya zonalari hisoblanadi.
V) suvni muhofaza qilish zonalari, sohil boʻyi mintaqalari, suv
174
obyektlarining sanitariya muhofazasi zonalari, yer usti va yer osti
suvlarining hosil boʻlish zonalari – daryolarning, koʻllarning, suv
omborlarining, kanallarning, kollektorlar va boshqa suv obyektlarining
oʻzanlariga tutash muhofaza etiladigan tabiiy hududlar suvni muhofaza
qilish zonalari hisoblanadi.
7. Davlat biosfera rezervatlari, milliy bogʻlar va davlatlararo muhofaza
etiladigan tabiiy hududlar. Davlat biosfera rezervatlari – hududlarni
barqaror iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirish maqsadlarida davlat biosfera
rezervatlari – biologik rang-baranglikni saqlash, tabiiy obyektlar va
majmualardan oqilona foydalanish uchun moʻljallangan, muhofaza
etiladigan tabiiy hududlar tashkil etilishi mumkin. Davlat biosfera
rezervatlari xalqaro biosfera rezervatlari tarmogʻiga qoʻshilishi va atrof
tabiiy muhitni global monitoringida ishtirok etishi mumkin.
Milliy bogʻlar — alohida ekologik, madaniy va estetik qimmatga ega
boʻlgan, oʻsimliklarning noyob va qimmatli, shu jumladan manzarali
turlarini saqlab qolish, takror koʻpaytirish va tabiatni muhofaza qilish,
rekreatsiya, ilmiy va madaniy maqsadlarda oqilona foydalanishga
moʻljallangan muhofaza etiladigan tabiiy hududlar milliy bogʻlardir.
Davlatlararo muhofaza etiladigan tabiiy hududlar – ikki va undan ortiq
davlat hududida joylashgan muhofaza etiladigan tabiiy hududlar
davlatlararo muhofaza etiladigan tabiiy hududlar hisoblanadi. Davlatlararo
muhofaza etiladigan tabiiy hududlar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro
shartnomalari asosida tashkil etiladi.
|