7.5-jadval
Tabiat obyekti / tarkibiy qismining toʻla iqtisodiy qiymati
TABIAT OB’YEKTI
Bevosita
foydalanishdagi
qiymat.
Tabiiy kapitalning
aniq
mahsulotlaridan
foydalanish:
suv,
oziq-ovqat
mahsulotlari (meva-
sabzavotlar,
don,
goʻsht va h.k) mebel
Bilvosita
foydalanishdagi
qiymat.
Ekotizimning
funksiya
va
harajatlaridan
foydalanish:
yashashimiz uchun
suv
va
havoni
tozalash, vegetativ
qoplamalar
Muqobil
qiymat.
Hozirda
va
kelajakda ekologik
boyliklardan
foydalanishdan
muqobil foyda olish
imkoniyati:iqtisodiy
daromad
keltiradigan
muqobil
faoliyat
uchun
tabiat
Noisteʼmol qiymat.
Ekotizim
mahsulotlari
va
xizmatlariga
xos
boʻlgan
xususiyatlar: tabiiy
majmua
obyektlarining
mavjudligi qiymati,
mavjud
tabiiy
boyliklarni kelajak
167
qogʻoz
va
shu
kabilarni
ishlab
chiqarish
uchun
yogʻoch, poyafzal
va mebel uchun teri,
mineral
resurslar
rekreatsiya
uchun
tabiat obyektlaridan
foydalanish
va
boshqalar.
yordamida
suv
toshqinlari,
oʻpirilishlar, sellarni
oldini
olish,
fotosintez va ozuqa
zanjiri orqali quyosh
energiyasini
organizmimiz
oʻzlashtira oladigan
oʻtkazish jarayoni,
ozuqa
moddalarining
aylanishi, unumdor
tuproq
yaratish,
chiqindilarni qayta
ishlash,
ingsonlarning hayot
faoliyati,
kishilarning
hayot
faoliyati
uchun
iqlim
sharoitlarini
yaratish va h.k.lar
mahsulotlari
va
obyektlaridan
foydalanish
imkoniyatlarini
baholash,
mamlakatning
rivojlanishida
qishloq
xoʻjaligi,
sanoat,
farmatsevtika
va
boshqa
sohalarda
foydalanish uchun
ekotizim mahsulot
va
hizmatlarning
hozirda nomaʼlum
boʻlgan
kelgusi
xususiyatlarini
osish.
avlod uchun asrab
avaylash va
uni
vasiyat
qilishning
qadr-qiymati.
Tabiatning
madaniy,
estetik
bahosi va h.k.lar
Ekotizim xizmatlarini ekologik baholash sohasidagi asosiy yoʻnalish
umumiy iqtisodiy qiymat tamoyili hisoblanadi (7.5-jadval). U nafaqat
alohida olingan tabiiy boyliklar, balki butun ekotizimni baholashdagi eng
yaxshi tizimli va majmuaviy yondashuv hisoblanadi. Mazkur tamoyil tabiiy
kapitalning uchta funksiyasiga ham qiymatli baho beradi. Umumiy iqtisodiy
qiymat foydalanish qiymati (UV) va foydalanmaslik qiymatini (NUV) oʻz
ichiga oladi, qoidaga koʻra, tadqiqotlarda umumiy iqtisodiy qiymat quyidagi
formula asosida hisoblanadi:
TEV=UV+NUV=DUV+IUV+OV+NUV
Foydalanish qiymati tabiiy kapitalning uchta funksiyasidan ikkitasi
boʻlgan resurslar bilan taʼminlash va ekotizimli xizmatlarni baholash
imkonini beradi. Bevosita foydalanish qiymati — bu, birinchidan, tabiiy
resurslar, oziq-ovqat, xomashyo va materiallar kabi olinadigan foydalanish
turlarining qiymatidir. Ikkinchidan esa bu foydalanishning olinmaydigan
quyidagi turlari qiymatiga ham tegishlidir: rekreatsiya, taʼlim, ilmiy
tadqiqotlar, transport va boshqalar. Bilvosita foydalanish qiymati
moddalarning aylanishi, iqlim va suv muvozanatini tartibga solish,
chiqindilarni singdirish, har xil turlarning yashash joylari va boshqa shu kabi
ekotizimli xizmatlarga baho beradi.
168
Qoldirilgan muqobilning qiymati tabiiy boylikdan kelgusida
foydalanish bilan bogʻliq. Qiymatning bu koʻrinishi zoʻr-bazoʻr baholanadi,
chunki u resursdan kelgusida potensial foydalanish bilan bogʻliq, shu
sababli ham foydalanishning yangi yoʻllari paydo boʻlishi yoki yangi
xususiyatlarni aniqlash masalasi koʻtariladi. Shunga mos ravishda
qoldirilgan muqobilning qiymati uchun faqatgina taxminiy, pasaytirilgan
bahoni berish mumkin. Bunda bevosita va bilvosita foydalanish qiymatlari
toʻgʻrilab qoʻyiladi.
Foydalanilmaganlik qiymati ancha nozik boʻlgan etik va estetik
jihatlarni iqtisodiy baholashga urinish boʻlgan mavjudlik qiymati, deb
nomlanuvchi omilga asoslanadi: tabiatning oʻz-oʻziga boʻlgan qadr-
qimmati, inson uchun tabiatning estetik qiymati, tabiatni asrash boʻyicha
kelgusi avlod oldidagi qarz va hokazo. Bularning barchasi bir shaxs yoki
jamiyatning faqat tabiiy mahsulotlar yoki xizmatlar borligi haqidagi
bilimdan oladigan foydalaridir. “Mavjudlik qiymati” yovvoyi tabiatni
qoʻriqlash va qoʻriqxonalar tashkil qilishni asoslash uchun muhim boʻlishi
mumkin. Bu qiymatni baholashda soddalashtirilgan iqtisodiy, avvalo,
“toʻlashga tayyorlik” nazariyasi bilan bogʻliq boʻlgan yondashuvlardan
foydalaniladi, “sunʼiy bozorlar”ni qurishga urinishlar boʻladi, anketa va
soʻrov uslublari keng qoʻllaniladi.
Qiymatni xolis (obyektiv) baholash uslubi, odatda, meʼyordagi
bozorlar yoʻq boʻlgan holatda qoʻllaniladi. Ushbu uslub alohida shaxslardan
ekologik xizmatlarning yaqqol bahosini aniqlashtirish yoʻli bilan bozor
baholarini aniqlashga asoslanadi. Turli koʻrinishdagi soʻrovnomalar
oʻtkazishga asoslangan, bir butun uslublar toʻplamiga oid boʻlgan shartli
baholash uslublari, xususan, ularning asosiylaridan hisoblanganlari
toʻlashga tayyorlik tamoyili va transport-yoʻl xarajatlari uslublari
hisoblanadi. Shartli baholash uslublari ekotizimli xizmatlardan alohida
hollarda, hududlardan tortib majmualargacha, jumladan, madaniy meros
obyektlarida keng qoʻllaniladi. Ekotizimli xizmatlarning yillik qiymatli
baholanishlari bir necha million dollardan to milliardlab dollargacha yetishi
mumkin. Masalan, “Lyoser” (Sumatra) xalq bogʻi 9100 dan 9538 mln dollar
hajmdagi ekotizimli xizmatlarni taklif qiladi, Yer ekotizimlari taklif
qiladigan oʻn yetti asosiy mahsulot va xizmatlarning qiymati yiliga 41 476
mlrd. dollarga baholanadi.
Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar egallashi kerak boʻlgan hududlar
toʻgʻrisidagi qaror bir-biri bilan chambarchas bogʻliq bioxilma-xilikning
mahsuldorligini
baholash
masalasini
qoʻydi.
Soʻngi
yillarda
mamlakatimizda muhofaza etiladigan tabiiy hududlar tizimini rivojlantirish
169
va ular maydonini xalqaro hujjatlar talablari darajasiga yetkazishning
tashkiliy-huquqiy asoslari ishlab chiqildi hamda sohaning moliyaviy
manbalari aniqlanib berildi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 10 ga
yaqin farmon va qarorlari ishlab chiqildi va takomillashtirildi hamda
hukumatning maxsus dasturlari qabul qilindi. Beshta yangi muhofaza
etiladigan tabiiy hududlarga asos solindi. Mamlakatda olib borilayotgan
ushbu yangicha yondashuvlar natijasida muhofaza etiladigan tabiiy
hududlar maydoni mamlakat umumiy maydonining 8,3 foiziga yetkazildi,
vaholanki bu koʻrsatkich 2017-yilda 5,2 foizni tashkil etgan edi.
|