7.4. Oʻzbekistonda ekoturizimni rivojlantirishning istiqbolli vazifalari
va jahon tajribasi
Ekoturizm bugungi kunda istiqbolli sohalardan biri boʻlib,
mamlakatimizning deyarli barcha hududida uni rivojlantirish imkoniyati
mavjud. Hozirda ekoturizmni rivojlantirish dunyo mamlakatlari, xususan
mamlakatimiz oldida turgan dolzarb ijtimoiy-iqtisodiy masalalar sifatida
uni rivojlantirish istiqbollarini belgilab beruvchi chora-tadbirlarni ishlab
chiqish har qachongida zaruratga aylanib bormoqda. Zero, ayni paytdagi
ekologik vaziyat insoniyat oldiga yangi-yangi vazifalarni qoʻymoqdaki, bu
vazifalarni amalga oshirish yoʻllarini aniqlash, huquqiy asoslarini
takomillashtirish mezonlari va mexanizmlarini ishlab chiqishni bugungi
hayotning oʻzi taqozo qilmoqda.
Ekoturizmning rivojlantirilishi bevosita “tabiat-shaxs-jamiyat” tizimi
uygʻunligini taʼminlashga va mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojiga oʻzining
konstruktiv taʼsirini koʻrsatadi. Respublikamizning jahon hamjamiyatiga
integratsiyalashuvi, bozor munosabatlarining chuqurlashuvi va tabiat
175
resurslaridan inson, jamiyat, davlat ehtiyojlarini qondirish maqsadida
isteʼmol qilish hajmining haddan ziyod kengayishi hamda ayrim fuqarolarda
tabiatga nisbatan loqaydlik, isrofgarchilik munosabatlarining mavjudligi
bevosita ekoturizm rivojiga qaratilgan shaxs ekologik huquqiy ongini
yuksaltirish faoliyatini muntazam ravishda takomillashtirib borish hayotiy
zaruratga aylanib bormoqda. Binobarin, tabiat barqarorligini taʼminlashdagi
asosiy omillardan biri, bu albatta, ekoturizmni rivojlantirib borish ekanligini
unutmaslik lozim.
Bugungi globallashuv jarayonida mamlakatimiz oʻz imkoniyatlaridan
kelib chiqqan holda turizmning tarixiy, ziyorat, tibbiyot, sport, maʼrifiy -
madaniy, etnografik va gastronomik kabi turlarini rivojlantirish bilan
birgalikda, ekologik turizm (ekoturizm)ni rivojlantirish samaradorligiga
yana ham keng eʼtibor qaratilmoqda. Zero, “Ekologik turizm Oʻzbekistonda
rivojlanayotgan va istiqbolli tarmoq hisoblanadi. Ekologik turizm katta
iqtisodiy daromad keltirishga qodir”
19
boʻlgan manba sifatida mamlakat
iqtisodiyoti
tarkibida
rivojlanib
borayotgan
turizmning
muhim
yoʻnalishlaridan biridir.
Oʻzbekiston taraqqiyotining istiqbolli strategiyasida ham ekoturizm
rivojiga qaratilgan alohida rejalarni koʻrish mumkin. Xususan, 2022-2026-
yillarga moʻljallangan taraqqiyot strategiyasining “Milliy iqtisodiyotni jadal
rivojlantirish va yuqori oʻsish surʼatlarini taʼminlash” boʻlimining 35-
bandida: “Oʻzbekiston boʻylab sayohat qiling” dasturi doirasida mahalliy
sayyohlar sonini 12 million nafardan oshirish hamda respublikaga tashrif
buyuradigan xorijiy turistlar sonini 9 million nafarga yetkazish belgilab
olindi. Boshqacha aytganda, Oʻzbekistonning zamonaviy iqtisodiyoti —
samarali ishlab chiqarish bilan birga xizmat koʻrsatish tarmoqlari rivojiga
asoslangan iqtisodiyot sari bormoqdaki, bu muhim vazifa ekoturizmni
rivojlantirish, Oʻzbekistonni jahon turizmining jozibali markaziga
aylantirish, yurtimizni sayyohlar eng koʻp tashrif buyuradigan davlatlar
qatoriga kiritishni koʻzda tutadi
20
. Shuning uchun ham Oʻzbekiston
iqtisodiyotining “drayveri” sifatida qaralayotgan zamonaviy ekoturizmni
tashkillashtirish, boshqarish va nazorat qilishning konstruktiv asoslarini
ishlab chiqish hamda uni amalga oshiruvchi mexanizmlar kompleksini
yaratish masalasi oʻz dolzarbligini saqlab qolmoqda.
Barchamizga maʼlumki, dunyo mamlakatlari taraqqiyotida juda tez
rivojlanayotgan sohalardan biri bu turizm boʻlib, iqtisodiy daromad
19
Mirziyoyev Sh.M. Yangi Oʻzbekiston strategiyasi. – Toshkent: “Oʻzbekiston” nashriyoti, 2021. –
398-b.
20
Mirziyoyev Sh.M. Yangi Oʻzbekiston strategiyasi. –T.: Oʻzbekistan, 2021. –B.172
176
topishning muhim manbai sifatida oʻz ichki imkoniyatlarini safarbar qilgan
holda mamlakat iqtisodiy rivojlanishida asosiy oʻrinni saqlab qolmoqda.
Butunjahon Turizm Tashkiloti (BTT) maʼlumotlariga koʻra: “Turizm yer
yuzidagi ishlab chiqarish-xizmat koʻrsatish bozori mablagʻ aylanmasining
10%ini taʼminlaydi. Taxminan 6% jahon yalpi milliy mahsuloti, jahon
investitsiyasining 7%, jahon isteʼmoli xarajatining 11%, barcha soliq
tushumlarining 5%, har 16 ishchi oʻrnining biri turizm sohasi hissasiga
toʻgʻri keladi. Butunjahon Turizm Tashkiloti (BTT) maʼlumotiga koʻra, har
yili yer yuzi aholisining 1/3 qismi safarga chiqadi, xalqaro turizmning yillik
oʻsishi 4%ni tashkil etadi”
21
. Oʻzbekiston ekoturistik resurslarga boy
davlatlar qatoriga mansub. Shuningdek mamlakatimizning Yevrosiyo
doirasidagi iqtisodiy geografik oʻrni qulay tranzit xususiyatlarga ega. Shu
sababli ichki va xalqaro ekoturistik oqimni kuchaytirishning katta
imkoniyatlari bor. Lekin respublikamizda hozirgi kunda turizm sohasi
asosan
tarixiy-madaniy
rekratsion
resurslarga
tayangan
holda
rivojlanmoqda, mamlakatning tabiiy rekratsion va ekoturistik salohiyatidan
intensiv darajada foydalanilmayapti. Shuning uchun ham xorijiy tajribalar
asosida, Oʻzbekiston sharoitini hisobga olgan holda, hududlarda
ekoturizmni rivojlantirish dolzarb masala hisoblanadi. Respublikada
ekoturizimni rivojlantirish orqali nafaqat tabiatni muhofaza qilish va
biologik xilma-xillikni saqlash muammolarini ijobiy hal qilishga erishiladi,
shu bilan birgalikda, tabiatni inson tomonidan kuchli oʻzgartirilmagan
chekka hududlarda yashovchi aholini ish bilan taʼminlash, uning turmush
darajasini oʻsishiga imkoniyat yaratiladi.
Jahonda ekoturizmni rivojlantirishda yagona, yaʼni universal, har bir
davlatning tabiiy va iqtisodiy sharoitiga mos keladigan model hozirgacha
ishlab
chiqilmagan.
Lekin
koʻplab
davlatlarda
ekoturizimni
rivojlantirishning tayanch hududlari sifatida milliy bogʻ va qoʻriqxonalar
qabul qilingan. Milliy parklar – faoliyati tabiiy landshaft va biologik xilma-
xillikni saqlash funksiyalarini bajarish bilan birga rekreatsiyani
rivojlantirishga qaratilgan alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlar.
Hozirgi vaqtda 3 mingdan ortiq milliy bogʻlar bor. Koʻp xollarda milliy
bogʻlarda ekoturizmdan foydalanishda xususiy moliyaviy taʼminot
qoʻllanilmoqda. Ekoturizimning prinsiplariga koʻra, ekoturist tabiat
bagʻrida dam olganligi uchun minimal haq toʻlaydi. Hozirda milliy bogʻlar
hududida ekoturizm sohasidagi pullik xizmatlar jahonning 30 dan ortiq
davlatlarida rivojlanmoqda. Dunyo boʻyicha milliy bogʻlarning yillik
daromad hajmi 1 mlrd. AQSH dollaridan oshadi. Milliy bogʻlardan
21
Jahon turizm tashkiloti // www.unwto.org/ru
177
ekoturizmda foydalanishda Kanada yiliga 250 mln. dollar, AQSH esa 875
mln. dollar foyda topmoqda. Yaponiyaning milliy bogʻlariga har yili 120
mln dan ortiq xorijiy va ichki ekoturistlar tashrif buyuradi.
Hozirgi vaqtda milliy bogʻlarning 5 ta modeli bor: Amerika, Yevropa,
Osiyo, Avstraliya hamda rezervat — park modellari.
Milly bogʻlarning Amerika modeli muhofaza etiladigan hududlarning
juda kattaligi bilan ajralib turadi. Grelandiyadagi “Grelandiya” (maydoni
77770 mln.ga), AQSHdagi “Alyaska” (maydoni 7,3 mln.ga), Kanadadagi
“Bud-Baffalo” (maydoni 4,4 mln.ga), Botsvanadagi Markaziy Kalaxari
(maydoni 5,2 mln.ga), Mongoliyadagi “Gobi” (maydoni 5 mln.ga),
Rossiyadagi “Kolima” (maydoni 3 mln.ga) milliy bogʻlari ushbu modelga
mos muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning misollari hisoblanadi. Bu
modeldagi dastlabki milliy bogʻ AQSH da 1872-yilda tashkil etilgan,
hozirda dunyoga mashhur Yellouston milliy bogʻi hisoblanadi. AQSH va
Kanadada milliy bogʻlarning maydonlari tobora kengayib bormoqda.
Hozirgi vaqtda Kanada hududining 12% milliy bogʻlarga toʻgʻri keladi. Bu
yerda milliy bogʻ0lar davlat tasarrufida boʻlib, baʼzi xollarda yirik
korporatsiyalarga ijaraga beriladi, lekin shunda ham milliy bogʻ tabiat
muhofazasini nazorat qilish huquqi davlat hokimiyatida saqlanadi. AQSHda
milliy bogʻlarga katta miqdorda moliyalashtiriladi. Milliy bogʻlarni saqlash
uchun federal hukumat hamda shtatlar ham mablagʻ ajratadi. Bunga
qoʻshimcha ravishda xususiy mulkdorlar ham mablagʻ qoʻshishadi (milliy
parklardagi rekreatsiya xizmatlarining yarmi xususiy sektorda). Shuning
uchun ham Shimoliy Amerikadagi milliy bogʻlar dunyodagi eng boy milliy
bogʻlardir.
Milliy bogʻlarning Yevropa modeli. Yevropadagi dastlabki milliy
bogʻ 1909-yilda Shvetsiyada tashkil etilgan. Ushbu modeldagi muhofaza
etiladigan tabiiy hududlarning tipik namunalari Buyuk Britaniyada tashkil
qilingan boʻlib, ayrim hollarda milliy bogʻlarning Yevropa modeli ingliz
modeli deb ham ataladi. Bu modeldagi milliy bogʻlar aholisi zich
joylashgan, hamda shaharlashish darajasi yuqori boʻlgan Gʻarbiy Yevropa
davlatlari va Yaponiyada keng tarqalgan. Bu modeldagi milliy bogʻlarning
asosiy xususiyati hududiy jihatdan kichikligi, yerlarning katta qismi xususiy
mulkda ekanligi, boshqaruv jarayonida mahalliy hokimiyat va oʻzini-oʻzi
boshqarish tuzilmalarining keng ishtiroki, rekreatsion funksiyalarning
birlamchiligi hamda koʻproq mahalliy (atrofidagi) sayyohlarga xizmat
koʻrsatishga ixtisoslashganligidan iborat. Gʻarbiy Yevropa va
Yaponiyadagi milliy bogʻlarning moliyalashtirish va rentabellik darajasi
ekoturistlar oqimi kattaligi hisobiga ancha yuqori.
178
Rezerv — park modelining rivojlanish konsepsiyasi oʻziga xos
mazmunga ega. Bu modeldagi milliy bogʻlarni moliyalashtirish davlat
hisobidan amalga oshirilmasdan, ekoturistlarga pullik xizmat koʻrsatish
hisobiga amalga oshiriladi. Bu modeldagi milliy bogʻlarning faoliyatining
bosh prinsipi oʻzining ichki imkoniyatlar va resurslariga tayanishidir. Bu
model XX asr oʻrtalarida shakllanib, hozirda rivojlanayotgan davlatlar,
ayniqsa Afrika va Karib havzasidagi mamlakatlarda keng tarqalgan. Milliy
bogʻlarga kirish chiptasi ancha past, shuning uchun ham mahalliy va ayniqsa
xorijiy turistlar juda koʻp foydalanishmoqda.
Milliy bogʻlarning Osiyo modeli. Osiyodagi milliy bogʻlarning
aksariyat qismi Tailand, Shri-Lanka, Bangladesh, Indoneziya, Turkiya,
Malayziya, Filippin, Janubiy Koreya davlatlarida joylashgan. Aholi
zichligining yuqoriligiga qaramay, Osiyo davlatlarida milliy bogʻlarning
soni koʻpayib, yer fondi koʻpayib bormoqda. Janubiy Koreya
Respublikasidan tashqari, aksariyat, Osiyo mamlakatlari milliy bogʻlar
davlat tasarrufida va moliyalashtirilishi asosan davlat zimmasida. Ammo
moliyalashtirish miqdori hattoki, Afrikadagi koʻpchilik milliy bogʻlarga
nisbatan past koʻrsatkichda. Odatda milliy bogʻlarni moliyalashtirishga
xorijiy sarmoyalardan foydalanilmaydi. Milliy bogʻlarning moliyaviy
ahvoli Sharqiy va Janubiy-Sharqiy Osiyodagi yangi sanoatlashgan
mamlakatlar yaʼni Koreya Respublikasi, Malayziya va Tailandda ancha
yuqori darajada boʻlmoqda. Osiyodagi milliy bogʻlarga tashrif
buyurayotgan sayyohlarning soni borgan sari ortib bormoqda va ayrim
davlatlarda (ayniqsa Tailandda) Karib davlatlarining darajasiga yaqinlashdi.
Osiyo modelidagi milliy bogʻlarning yana bir xususiyati ularning faoliyatiga
katta miqdordagi ishchi kuchi jalb qilinganligi bilan xarakterlanadi. Demak,
Osiyo davlatlaridagi milliy bogʻlar iqtisodiy jihatdan yuksalishga tomon
rivojlanib bormoqda. Milliy bogʻlarning Osiyo modeli boshqa modellarning
turli qirralarini mujassam qilishga intilish kuzatilmoqda.
Milliy bogʻlarning Avstraliya modeli. Ushbu model ekologik
turizmning oʻziga xos tamoyillariga asoslangan holda tashkil qilinganligi
bilan ajralib turadi. Avstraliyada milliy bogʻlar hududida ekoturizimni
rivojlantirish davlat dasturlari asosida amalga oshiriladi. Bunda federal
hukumat shtatlar va hududlarning takliflarini hisobga olgan holda qarorlarni
qabul qiladi. Eng muhimi shundaki, ekoturizmni tashkil qilishda mahalliy
aborigenlarning ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlari hisobga olinadi va ekoturistik
xizmatlarni amalga oshirish toʻliq ularga topshiriladi. Bu holat mahalliy
aholining ish va daromad manbai bilan taʼminlash, kichik aholi punktlarini
infratuzilmasini modernizatsiya qilish muammolarini hal qilishga
179
koʻmaklashadi.
Yuqorida tahlil qilingan ekoturizmni tashkil qilish borasidagi xorijiy
tajribalarni oʻrganish asosida Oʻzbekistonda ekoturizimni tashkil etishning
milliy modelini yaratish maqsadga muvofiqdir. Bu borada quyidagilarga
alohida ahamiyat berish lozim:
- davlat qoʻriqxonalarini bosqichma-bosqich milliy rezervatlar shakliga
oʻtkazish, yaʼni qoʻriqxona ichida, ularning biologik va landshaft xilma-
xilligiga zarar yetkazmasdan, lokal ekoturistik marshrutlarni ishlab chiqish
va amaliyotga tatbiq etish lozim. Bunday tajriba hozirgi kunda Nurota davlat
togʻ-yongʻoq qoʻriqxonasida amalga oshirilmoqda. Hududga kirish joyida
turistlarni maxsus yoʻlaklar orqali oʻtish joylari tashkil etilgan, turistlar
foydalanishi uchun transport vositalari (otlar, tuyalar) qoʻyilgan, gidlar
xizmat koʻrsatishi yoʻlga qoʻyilgan. Shuningdek, turistlarning dam olishi
uchun kichik uy mehmonxonalari tashkil qilingan. Shunga oʻxshash faoliyat
turlarini respublikamiz hududidagi boshqa muhofaza etiladigan tabiiy
hududlarda, shu jumladan xorijiy sayyohlar koʻp tashrif buyuradigan
Samarqand shahriga yaqin joylashgan Zarafshon milliy bogʻida tashkil etish
mumkin.
BMT Butunjahon turizm tashkiloti maʼlumotlariga koʻra, ekoturizm
soʻngi oʻn yillikda turizimni rivojlantirishning beshta asosiy
yoʻnalishlaridan biri boʻlib qoldi. Soʻngi yillarda global turizm sanoatining
umumiy hajmida ekoturizmni ulushi 10% dan oshdi va uning oʻsish surʼati
butun sayyohlik sanoatidagi tegishli koʻrsatkichlarga nisbatan 2-3 barovar
yuqoridir.
Oʻzbekistonda tarixiy, madaniy va ziyorat turizmini rivojlantirish
bilan bir qatorda mazkur sohaning boshqa turlari, xususan, ekoturizmni
rivojlantirishga ham jiddiy eʼtibor qaratilmoqda. Yangi tahrirda qabul
qilingan “Turizm toʻgʻrisida”gi qonunda ekoturizm mazkur sohaning
alohida turlaridan biri sifatida belgilab qoʻyilgan. Bundan tashqari, Vazirlar
Mahkamasining “Ekoturizmni rivojlantirish chora-tadbirlari va suv
omborlarining suv saqlanadigan zonalarida yer maydonlarini ajratish
tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qarori 03.12.2018y. 978-son ham
qabul qilindi. Ushbu yoʻnalishni jadal rivojlantirish, mazkur qonun va
qarorlarni amaliyotga tatbiq qilish maqsadida Turizmni rivojlantirish davlat
qoʻmitasi tarkibida Ekologik va agroturizmni rivojlantirish boʻlimi tashkil
etildi.
Ekologik turizm (ekoturizm) diqqatga sazovor joylarni oʻrganish va
ulardan zavqlanish uchun tabiatning inson qadami “tegmagan” (nisbatan
kam tekkan) joylarga sayohat qilishni anglatadi. Bundan tashqari, sayyohlar
180
uchun ushbu hududlarning madaniy va etnografik xususiyatlari ham qiziq.
Ekoturizm mahalliy aholining faol ijtimoiy-iqtisodiy ishtirokini va mazkur
faoliyat turidan daromad olishini ham taʼminlaydi. Ammo bunday hududlar
koʻpincha qoʻriqxonalar, biosfera rezervatlari yoki ularga yaqin joylardan
tashkil topgan. Ular tarkibida yoʻqolib borayotgan hayvonlar va
oʻsimliklarning oʻnlab yoki yuzlab turlari mavjud. Ushbu hududlar qonun
himoyasida va odatda ommaviy kirish u yoqda tursin, qoʻriqxona (rezervat)
xodimlari va olimlardan boshqa kishilarning kirishi uchun ham yopiq
hisoblanadi. U yerlarga sayyohlar kirib borishi va oqimining koʻpayishi
insonning tabiatga qoʻpol aralashuvi demakdir. Bu qoʻriqlanayotgan
hududlarning ifloslanishiga olib kelishi va ulardagi ekotizim yaxlitligiga
tahdid solishi mumkin. Respublikada ekoturizmni rivojlantirish mamlakat
tabiatini muhofaza qilish va atrof muhit tozaligini saqlash yuzasidan
qoʻshimcha saʼy-harakatlarni talab etadi. Shu oʻrinda tabiiy savollar
tugʻiladi: qanday qilib ekoturizmni mamlakatning tabiiy merosiga va
mavjud ekosistemasiga zarar yetkazmasdan rivojlantirish mumkin? Ikki
yoʻnalishni oʻzaro uygʻunlikda olib borish mumkinmi? Ekoturizimni
respublikadagi salohiyatiga nazar tashlar ekanmiz, Oʻzbekiston okean va
dengizlardan uzoqda joylashgani va tabiiy suv havzalari hajmi kichikligi
sababli ekoturizmni rivojlantirish uchun maqbul joylari qoʻriqxonalar va
ularga yaqin joylashgan hududlar hisoblanadi. Bugungi kunda mamlakatda
Toshkent, Jizzax, Surxondaryo, Qashqadaryo, Buxoro va Xorazm
viloyatlarida joylashgan 7 ta qoʻriqxona mavjud
boʻlib, umumiy
maydoni 188,33 ming gektardan oshadi. Ushbu qoʻriqxonalar asosan
yoʻqolib ketish xavfi ostida turgan turlar va oʻsimliklarni himoya qilish
maqsadida tashkil etilgan.
Ekoturizmning sof iqtisodiy samarasini aniqlash - mushkul masala.
Turli mamlakatlar tajribasidan maʼlumki, ekoturizmdan tushgan
daromadning 95 foizi mahalliy hududlar (viloyat va tumanlar) iqtisodi
ulushiga toʻgʻri keladi. Bundan tashqari, ekoturistlarning kunlik xarajatlari
boshqa turdagi sayyohlarnikidan 2-3 barobar koʻp. Misol uchun, dunyoning
yetakchi ekoturizm hududlaridan biri boʻlmish Kosta-Rikada bir sayyoh
ekoturizm manzilida oʻrtacha $1000 sarflasa, bu koʻrsatkich Fransiyada
uchun $400 ga teng. Boshqa misol: Dominikada sayyohlar tabiatga ziyonsiz
kichik qoʻnoqlar uchun sayyohlik kemalaridan koʻra 18-marta koʻp pul
toʻlaydi.
Ekoturizmning katta bozorlari Kosta-Rika, Ekvador, Nepal, Keniya,
Madagaskar va Shimoliy yarimshar mamlakatlaridir. Aslida “ekologik”
turizm tushunchasi zamirida sayohatchilarning boradigan manzilini
181
avaylashi hamda mazkur hududlar ommaviy va hukumat himoyasida
boʻlishi lozimligi yotadi. Nepalda ekoturizm tabiiy resurslardan
foydalanishga yordam berishi, biologik xilma-xillikni saqlashi, oʻrmon
qoplamini koʻpaytirishga xizmat qilishi, oʻsimlik va hayvonot dunyosini
muhofaza qilish va koʻpaytirishga, koʻkalamzorlashtirish hamda muqobil
energiya manbalaridan foydalanishga ijobiy taʼsir etishi zarurligi shart qilib
qoʻyilgan. Shuningdek, u yerda tabiiy merosni asrashni takomillashtirish va
boshqarishga mahalliy jamiyatning ishtiroki va qoʻllab-quvvatlashi orqali
erishilmoqda. Xususan, jamiyat ishini tashkil etish, tabiat toʻgʻrisidagi
taʼlim va yetakchilarni tayyorlash kabi ommaviy dasturlar masʼul hokimiyat
vakillari ishtirokida yoʻlga qoʻyilmoqda.
Ekoturizmning tabiatga yetkazishi mumkin boʻlgan zarari oldini
olishda, avvalo, davlat nazorati hamda jamiyatdagi ekologik bilimlar
ahamiyati beqiyos. Davlat nazorati esa zarur normativ-huquqiy bazani
takomillashtirishga asoslanadi. Takomillashtirishda xalqaro standartlar
hamda xorijiy davlatlar tajribasidan foydalanilishi zarur. Bu borada
Oʻzbekiston Respublikasining tabiat muhofazasiga oid bir necha xalqaro
konvensiya va shartnomani imzolagani ahamiyatlidir. Biroq mamlakatimiz
hozirga qadar ekologik turizmga oid xalqaro shartnomalarga qoʻshilgani
yoʻq. Bevosita turizm va u sabab kelib chiqishi mumkin boʻlgan salbiy
oqibatlar oldini olishda davlat, nodavlat tashkilotlari va sayyohlarning
oʻrnini belgilovchi BMT Butunjahon turizm tashkilotining “Turizm etikasi
toʻgʻrisida” gi hadli konvensiyasi hamda “Ekoturizm toʻgʻrisida” gi Kvebek
deklaratsiyasini bunga misol qilib keltirish mumkin. Mazkur xalqaro
shartnomalarda tabiat va ekoturizm taraqqiyotini turizmning salbiy
taʼsiridan himoya qilish, tabiiy va madaniy merosni innovatsion
dasturlarning yomon oqibatlaridan muhofaza qilish bilan bogʻliq axloq-
odob prinsiplari hamda ekoturizm taraqqiyotini belgilashda davlat va
nodavlat sektorining roli, shuningdek, soha rivojiga oid boshqa muhim
masalalar aks etgan. Shu sababli, Oʻzbekistonda ekologik va agroturizm
rivojiga hissa qoʻshadigan zarur huquqiy va tashkiliy vazifalarni belgilab
olishda ekoturizm boʻyicha Kvebek deklaratsiyasi meʼyorlarini qoʻllash
tavsiya etiladi.
Shu oʻrinda mazkur masala yuzasidan bir-ikkita xorij tajribasiga toʻxtalib
oʻtish joiz. Singapurda ekoturizmni rivojlantirishda davlatning oʻrni juda
katta. Davlat tabiiy merosni himoyalashdan tashqari, ekoturizmni
rivojlantirish maqsadida turli xil fondlar tashkil etadi, qonun hujjatlarini
qabul qiladi. Shuningdek, xususiy sektor muassasalari bilan ekoturizmni
rivojlantirish boʻyicha hamkorlik qilmoqda. Gonkong va Shanxay banki
182
kabi xususiy muassasalar esa mamlakatda “Tabiatga gʻamxoʻrlik qilish”
dasturiga homiylik qilmoqda. Biroq Singapurning ayrim hududlarida
ekologiya bilan bogʻliq muammolar kelib chiqayotgani kuzatilgan.
Oʻzbekistonda davlat va xususiy sektor hamkorligida qoʻshma dasturlar
ishlab chiqish amaliyotini joriy etish maqsadga muvofiqdir. Mamlakatda
turizm, ayniqsa, ekoturizm sohasidagi salohiyat zamonaviy talablarga javob
bermaydi. Soha taraqqiyoti uchun zarur sharoitlar yaratishda investitsiyalar
jalb etibgina qolmay, ulardan oqilona, tabiatga ziyon yetkazmasdan
foydalanishda davlat nazoratini kuchaytirish muhim omil hisoblanadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Ugom-Chotqol
davlat milliy tabiat bogʻining ayrim tabiiy hududlari va obyektlaridan
foydalanishni
tartibga
solish
toʻgʻrisida”gi
qarori
ekoturizmni
rivojlantirishga qaratilgan ijobiy misol sifatida keltirish mumkin. Mazkur
hujjatga koʻra, Urungʻoch koʻli va unga tutash hududda gidrologik tabiiy
yodgorlik tashkil etiladi. Koʻl hududida ekoturizmni rivojlantirish
rejalashtirilgan. Asosiy vazifalar qatoriga tabiiy koʻl va unga tutash hududni
saqlash va muhofaza qilish, togʻ ekotizimining oʻsimlik va hayvonot
dunyosini tiklash, ekologik turizmni tashkil etish, ilmiy va ekologik taʼlimni
rivojlantirish kiradi.
Yodgorlik hududida koʻlga salbiy taʼsir koʻrsatadigan har qanday
faoliyat turi taqiqlanadi. Bundan tashqari, u erda ekologik nazorat postini
oʻrnatish rejalashtirilgan. Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi bilan
birga sayyohlik yoʻnalishlari belgilab olinadi. Bundan tashqari, hududda
sayyohlar uchun maxsus yoʻlakchalar, oʻrindiqlar, axlat qutilari, axborot va
taqiqlash belgilari hamda biohojatxonalarni tashkil qilish kabi chora-
tadbirlar ham nazarda tutilgan.
Respublikada faoliyat yurituvchi turoperatorlar, davlat hokimiyati
idoralari xodimlari va aholining ekologik bilimlarini oshirish masalaning
yana bir muhim jihatidir. Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi hamda
Ekologiya va tabiat resurslari vazirligiga Oʻzbekistonda ekoturizmni
rivojlantirish boʻyicha “yoʻl xaritasi” ni ishlab chiqishni tavsiya etish
mumkin. Shuningdek, ekoturlarni Tabiat Resurslar Vazirligi bilan
hamkorlikda ishlab chiqish lozim. BMTning barcha barqaror rivojlanish
maqsadlariga (xususan, ekologik va iqtisodiy barqarorlik sohasidagi)
erishish uchun Oʻzbekiston Respublikasida turizmning muqobil turi sifatida
ekoturizmni rivojlantirish muhim albatta. Uni rivojlantirishda ekologiya va
turizmning manfaatlari qarama-qarshiligi emas, aksincha, hamkorligi
muhim ahamiyatga ega.
|