8.4. Ekologiya sohasida xalqaro hamkorlik.
Oʻzbekiston Respublikasi “Tabiatni muhofaza qilish toʻgʻrisida” gi
qonunning 4-moddasida aniq qilib koʻrsatilgan ekologik prinsiplardan biri
“Tabiatni muhofaza qilish sohasida milliy, mintaqalararo va xalqaro
manfaatlarni uygʻunlashtirish” dir, chunki tabiatda sodir boʻladigan
jarayonlar va holatlar, jamiyatdagidan farqli, na maʼmuriy, na tabiiy
chegaralarni biladi. Qirgʻizistonda Sirdaryo irmoqlarining radioaktiv
moddalar bilan ifloslanishi soʻzsiz Oʻzbekiston va Qozogʻiston
respublikalarida ekologik xavfsiz muhitga oʻzining salbiy taʼsirini
oʻtkazmay qolmaydi. Chernobil yoki Orol dengizi ekologik fojialari nafaqat
Sharqiy Yevropa yoki Markaziy Osiyo, balki butun Yer kurrasidagi
insoniyatning yashash muhit holatiga salbiy taʼsir etmoqda.
Atrof-tabiiy muhitni xalqaro muhofaza qilish deb, insonlarning
xavfsiz muhiti va davlatlarning bir meʼyorda rivojlanishini taʼminlovchi
huquqiy, iqtisodiy va ijtimoiy prinsiplari, normalari va munosabatlar
yigʻindisiga aytiladi. Atrof tabiiy muhitni xalqaro hamkorlikda muhofaza
qilish XX asrning boshlarida yuzaga keldi. Avvaliga bu masala ikki davlat
oʻrtasida tabiiy obyektlardan teng huquqli foydalanish koʻrinishida
namoyon boʻlgan. Bunday ekologik munosabatlar ikki davlatlar oʻrtasida
tuzilgan umumiy
shartnomalar tarkibidan joy
olgan. 1913-yil
Shveysariyaning Bern shahrida boʻlib oʻtgan xalqaro konferensiya ekologik
muammolarni hamkorlikda yechimini topishga huquqiy jihatiga alohida
eʼtibor qaratildi. Shunday boʻlsada insoniyat tarixida ekologik muammolar
XX asrning oʻrtalarigacha mahalliy yoki milliy masalalar doirasidan oʻrin
208
olgan. Bu davrgacha davlat va insoniyat xavfsizligiga yoki ularning bir
meʼyorda rivojlanishiga global taʼsir qiluvchi muammolar turkumiga
faqatgina harbiy va siyosiy masalalar kirgan. XX asrning ikkinchi yarmida,
yaʼni ikkinchi jahon urushi yakunlanishi va Birlashgan Millatlar
Tashkilotining tuzilishi xalqaro xavfsizlikka tahdid solayotgan masalalar
jumlasiga ekologik muammolarni ham kiritdi.
Rivojlanish va tabiatni muhofaza qilish boʻyicha Butunjahon
Komissiyasi (Brundtlend) maʼruzasida “xavfsizlik gʻoyasi tubdan
oʻzgargani, endilikda davlatlarning milliy suvirenitetiga xavf solayotgan
siyosiy va harbiy masalalar toifasiga mahalliy, milliy, regional va global
miqyosda namoyon boʻlayotgan ekologik inqiroz hisobiga kengayishi
kerak”
22
deb bejiz aytilmagan.
Xalqaro miqyosda ekologik xavfsizlikni taʼminlash atrof-muhit
sifatini tirik organizmlar uchun yetarli darajada ushlab turadigan, qayta
tiklaydigan va oshirib boradigan xalqaro munosabatlarni shakllantirishni
taqozo etadi.
Xalqaro miqyosda ekologik xavfsizlikni taʼminlash - atof-muhit
sifatini tirik organizmlar uchun yetarli darajada ushlab turadigan, qayta
tiklaydigan va oshirib boradigan xalqaro munosabatlarni shakllantirishni
taqozo qiladi. Undan tashqari, ekologik xavfsizlikni taʼminlash uchun
albatta butun dunyo mamlakatlari va xalqlarning bir meʼyorda rivojlanishi,
ekologik siyosat tizimida davlatlarning integratsiyalanishini taqozo qiladi.
Bu borada BMT, davlatlararo va nodavlat tashkilotlarning egallagan oʻrni
va ularning ekologik masalalarni yechimini topishidagi ahamiyati kundan
kunga oʻsib bormoqda.
1972-yil
BMTning kishilarni oʻrab turuvchi atrof-muhit
muammolariga
bagʻishlangan
maxsus
Stokgolm
(Shvetsiya)
konferensiyasida xalqaro ekologik prinsiplar va harakatlar rejasiga doir
Deklaratsiya qabul qilindi. Bu anjumanda BMT ning atrof-muhit boʻyicha
dasturi
YUNEP
tashkiloti tuzildi
va
Bosh
Assambleyasining
rezolyutsiyasiga binoan uning markaziy qarorgohi Keniya poytaxti Nayrobi
shahri etib tayinlandi. Stokgolm konferensiyasi xalqaro munosabatlarni
tartibga solishning asosiy koʻrinishlaridan biri - regional ekologik
harakatlarga asos soldi.
Hozirgi zamon xalqaro ekologik hamkorlik uch yoʻnalishda amalga
oshirilmoqda:
1) atrof tabiiy muhitni muhofaza qilishning davlatlararo va
millatlararo hamkorlik va ulardagi ijobiy tajribalarni keng targʻib qilish;
22
Ivanchenko N.S. Prirodooxranitelnыy aspekt mejdunarodno-pravovoy problemы. L.: Izd-vo LGU, 1983. S-14
209
2) maʼlum bir geografik mintaqa yoki cheklangan tegralarda tabiatni
mintaqaviy muhofaza qilishning ilmiy asoslangan chora-tadbirlarini ishlab
chiqish va ularni amaliy tatbiq qilish;
3) global ekologik muammolarni yechimini topishda BMTning
idoralari, davlat va nodavlat tashkilotlar orqali universal yoʻllarni ishlatish.
Umuman olganda atrof-muhit muhofazasi xalqaro miqyosda nafaqat
ekologik talablar orqali amalga oshiriladi, balki ular ijtimoiy, siyosiy,
iqtisodiy talablarni ham oʻz ichiga qamrab olgan holda shakllanadi. Lekin
nazariy jihatdan qaraganda tabiatni muhofaza qilish meʼyorlari faqatgina
xalqaro ekologik munosabatlarni inobatga olishi kerak. Chunki ekologik
muammolar global muammolar — inson huquqlari, iqtisodiy, energetik,
yadro urushi, oziq-ovqat, taʼlim kabi muammolar bilan uzviy bogʻlangandir.
Har bir ekologik munosabatlar bevosita va bilvosita aloqadorlikda boʻlgani
uchun ham mahalliy, regional, global masalalar qatorida yagona muammo
boʻlib qarab kelinmoqda.
Xalqaro ekologik prinsiplar xalqaro hamkorlik ishtirokchilarining,
yaʼni subyektlarning atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish xalqaro huquq
obyektlaridan foydalanish borasidagi munosabat qoidalaridir. Bu qoidalar
xalqaro huquq meʼyorlari zaminida yotishi va oʻzaro munosabatlarni
huquqiy meʼyorlash va mexanizmlarini ishlab chiqishda yoʻnalish beruvchi
koʻrsatma boʻlib xizmat qiladi. BMT Nizomining 2-moddasida koʻrsatib
oʻtilgan va uni hamma aʼzolari uchun majburiy hisoblangan xalqaro
munosabat prinsiplari xalqaro ekologik prinsiplar zamirida yotadi. Xalqaro
ekologik prinsiplar BMTning atrof-muhitni muhofaza qilish boʻyicha
oʻtkazilgan Stokgolm (1972) va Biologik xilma-xillikni saqlash boʻyicha
oʻtkazilgan Rio-de-Janeyro (1992), iqlim oʻzgarishiga qarshi doiraviy
konvensiya Parij Bitmi (2015) konferensiyalarida, Yevropada xavfsizlikni
taʼminlashning yakuniy Xelsinki hujjatida va Umumjahon tabiat
Xartiyasida oʻz aksini topgan.
Xalqaro ekologik prinsiplar quyidagilardan iborat:
1. Tabiiy resurslarga davlat suveritentligi. Bu prinsip BMT Bosh
Assambleyasining 1962-yil 14-dekabrdagi avval “Tabiiy resurslarga
nisbatan
ajralmas
suverinitet”
va
soʻngra, Stokgolm (1972)
konferensiyasining deklaratsiyalarida oʻz ifodasini topgan. Bu prinsipga
binoan har bir xalqaro huquq subyekti xalqaro munosabatlarda oʻz tabiiy
boyliklaridan foydalanish va ularni muhofaza qilishni milliy qonunchilik
asosida olib borish huquqiga ega. Xususan, bu prinsipga binoan har bir
mustaqil davlat tabiiy boyliklarni nafaqat egallash, foydalanish, balki
tasarruf qilish huquqidan toʻla foydalanish imkoniyati ochib berildi.
210
2. Davlatlar oʻz yuridiksiyasidan tashqaridagi atrof-muhitga zarar
yetkazmaslik. Bu prinsip 60-yillarda oddiy bir xalqaro huquq meʼyori
sifatida ishlatilgan boʻlsa, 1972-yil Stokgolm konferensiyasida xalqaro
ekologik hamkorlikning asosiy qoidalari toifasiga kiritildi. BMTning
Nizomiga binoan har bir davlat oʻz hududi yoki nazorat doirasidagi
harakatlari oʻzga hudud yoki nazorat doirasida turgan davlatlarga zarar
yetkazmasligi kerak va bular uchun javobgardir.
3. Ekologik xavfsizlik. Bu prinsip tabiiy muhit va insonning hayotiy
muhim manfaatlarining xoʻjalik va boshqa faoliyat, tabiiy hamda texnogen
tusdagi favqulotda vaziyatlar va ularning oqibatlarini ehtimoliy salbiy
taʼsiridan himoyanganligidir.
4. Insonlarning ekologik huquqining afzalligi. Bu prinsip bevosita
inson huquqlaridan biridir. Chunki Yer yuzidagi bacha insonlar, ularning
irqiy, milliy, diniy, ijtimoiy kelib chiqishidan qatʼiy nazar, yashash
huquqiga egadirlar.
5. Ekologik axborot almashuvi erkinligi prinsipi. Xalqaro hamkorlik
qatnashchilaridan oʻz milliy chegaralarida yuz berayotgan atrof tabiiy
muhitning salbiy oʻzgarishlari haqida oʻz vaqtida axborot berib borishini
nazarda tutadi.
6. Oʻzaro ekologik konsultatsiyalash prinsipi bundan oldingi
axborotlash prinsipini davomi desak boʻladi. Konsultatsiyalash yoki
maslahatlash prinsipi yuzaga kelgan ekologik inqiroz holatini keng
yoyilishini oldini olish va uni bartaraf qilishning xalqaro strategik maqsad
va taktik vazifalarini aniqlab olish, unga qarshi kurashishning chora-
tadbirlar koʻlami va yoʻllarini aniqlashtirishga imkon beradi.
7. Ekologik inqiroz holatda davlatlarning oʻzaro yordam koʻrsatish
prinsipi. Davlatlarning oʻzaro gumanitar yordam koʻrsatish va oqibatda oʻz
milliy xavfsizligini taʼminlashga qaratilgan harakatlar toifasiga kiradi.
Markaziy Osiyoda vujudga kelgan “Orol muammosi” ni hal qilishda 100
dan ziyod davlat yoki nodavlat tashkilotlarning ishtirok etishi va soʻngi
yillarda yuz millionlab AQSH dollari miqdorida mamlakatimizga moddiy
yordam koʻrsatishlari bu prinsip amalda qoʻllanilyotganiga aniq bir misol
boʻla oladi.
8. Ekologik nizolarni tinchlik kelishuv yoʻli bilan hal qilish prinsipi
xalqaro huquq subyektlari orasida ushbu nizolar orqali atrof tabiiy muhitga
yanada koʻproq zarar yetkazuvchi “sovuq urush” larni yoki harbiy
toʻqnashuvlarni oldini olishga qaratilgandir.
Atrof tabiiy muhitni xalqaro-huquqiy muhofaza qilish manbalari
moddiy nuqtayi nazardan butun dunyo hamjamiyati aʼzolarining atrof
211
tabiatni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan samarali foydalanishdagi
xohish va irodalari tushuniladi. Rasman esa atrof tabiiy muhitni xalqaro-
huquqiy muhofaza qilish manbai deb xalqaro ekologik munosabatlarni
tartibga solishga qaratilgan huquqiy-meʼyoriy hujjatlar yigʻindisiga aytiladi.
Xalqaro huquqiy hujjatlarga: shartnoma, kelishuv, konvensiya,
rezolyutsiya, xartiya, deklaratsiya, protokollar kiradi. Ayrim hollarda
xalqaro-huquqiy hujjatlarga davlatlarning ichki qonunlarini ham
kirgizadilar, qachonki milliy qonunlar xalqaro-huquq meʼyorlariga nisbatan
atrof tabiiy muhit muhofazasi koʻproq taʼminlab bera oladigan boʻlsa. Nima
boʻlganda ham milliy qonunchilik, bizning fikrimizcha, toʻligʻicha xalqaro-
huquqiy manba boʻla olmaydi. Faqatgina maʼlum bir xalqaro huquq
subyekti boʻlmish davlatlar hududida ekologik talablarga koʻproq javob
beradigan normalar qoʻllanilishi mantiqan toʻgʻri boʻladi.
Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilishda markaziy oʻrinni
rezolyutsiyalar egallaydi. BMTning Bosh Assambleyasi rezolyutsiyalarida
davlatlarning xalqaro hamkorlikdagi ekologiyaga oid asosiy prinsiplari va
harakat qoidalari aks etgan.
BMT Bosh Assambleyasining 1962-yil 18-dekabr “Iqtisodiy
rivojlanish va tabiat muhofazasi”, 1968-yil 3-dekabr “Insonlarning ekologik
huquqlari”, 1980-yil 20-sentyabr “Hozirgi va kelajak avlodlar oldida
davlatlarning Yer tabiatni muhofaza qilishdagi javobgarligi toʻgʻrsida” gi
rezolyutsiyalarida tabiatni muhofaza qilishning bir butunligi, yaʼni, uning
tarkibiy qisimlari komponentlarining ajralmasligi, tabiatni muhofaza qilish
insonlarni oʻrab turuvchi atrof tabiiy muhit bilan yagona maʼnoni anglatishi
eʼtirof qilindi.
Xalqaro-ekologik
munosabatlarda koʻpincha “xartiya” soʻzi
ishlatiladi. Xartiya — grekcha soʻz boʻlib, “qogʻoz”, yaʼni qogʻozga
bitilgan ommaviy va siyosiy hujjat maʼnosida ishlatiladi. 1982-yil 28-
oktyabrda BMT Bosh Assambleyasi 37-sessiyasida qabul qilingan
“Umumjahon tabiatni muhofaza qilish xartiyasi” da xalqaro ekologik 24 ta
prinsipi qabul qilingan va unga koʻra BMTga aʼzo mamlakatlar oʻzining
milliy ekologik qonunlarini ularga moslashtirishi kerak.
Shartnoma — siyosiy ahamiyat kasb etuvchi va boshqa siyosiy,
iqtisodiy, maʼrifiy-madaniy masalalar qatori atrof-muhit muhofazasiga oid
xalqaro me’yorlarni oʻzida aks ettiruvchi hujjat. Shartnomalar umumiy,
regional va ikki tomonlama tuzilishi mumkin. Dunyoda 300 dan ziyod
ekologik munosabatlarni oʻzida qamrab olgan xalqaro shartnomalar
tuzilgan boʻlib, ularning ichida eng salohiyatlilari umumiy turdagi
“Yevropa xavfsizligini taʼminlashning yakuniy shartnomasi”, “Yadro
212
qurolini tarqatmaslik toʻgʻrisida” kabi shartnomalar boʻlib, ular butun
dunyo mamlakatlari uchun taalluqlidir.
Ikki tomonlama shartnoma Oʻzbekiston-Qozogʻiston, Oʻzbekiston-
Tojikiston,Oʻzbekiston-Turkmaniston respublikalari oʻrtasida tuzilgan
shartnomalar atrof muhitni birgalikda muhofaza qilish va ayniqsa ularning
hududlarida oqib oʻtadigan suv resurslaridan unumli foydalanish va
ularning ifloslanishini oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab
chiqish va amalga oshirish kabi xalqaro me’yorlar belgilab olingan. Agarda
shartnoma maʼlum bir turdagi xalqaro munosabatlarni tartibga solishga
qaratilgan boʻlsa, u “Konvensiya” deb ataladi. Konvensiya lotinchadan
olingan boʻlib, “shartnoma”, “shart”, “kelishuv” degan maʼnoni anglatadi.
Shuningdek, joriy yilda Oʻzbekiston Respublikasi Tabiiy Resurslar
Vazirligi BMTning Oziq-Ovqat va Qishloq Xoʻjaligi Tashkiloti (FAO) ning
“Oʻzbekistonda oziq-ovqat tizimlarining, yerdan foydalanish va qayta
tiklashning taʼsiri dasturi” amalga oshirish boʻyicha kelishuv imzoladi.
Qoʻshma loyihaning asosiy maqsadi degradatsiyaga uchragan ekotizimlar
va uning xizmatlarini tiklashga koʻmaklashish, don yetishtirishga
asoslangan ekin maydonlariga ilgʻor innovatsion tajribalarni olib kirish va
biologik xilma-xilikni muhofaza qilishdan iboratdir.
|