Oʻzbekiston xalqaro GFSI reytingidagi oʻrni




Download 2,87 Mb.
Pdf ko'rish
bet56/75
Sana23.11.2023
Hajmi2,87 Mb.
#104057
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   75
Bog'liq
Атроф мухит ва табиий ресурслар иқтисодиёти

Oʻzbekiston xalqaro GFSI reytingidagi oʻrni
18
 
2022-
y. 
2019-2022-yillardagi GFSI reytingida Top 
10 mamlakatlar 
2019-y. 
ball 
2022-
y. ball 
∆ 
18
Statistika agentligi maʼlumotlari 


149 
oʻrni 
73 
Oʻzbekiston 
51,4 
57,5 
+6,1 
41 
Saudiya Arabiston 
65,0 
69,9 
+4,9 
29 
Bolgariya 
68,2 
73,0 
+4,8 
88 
Ruanda 
47,0 
50,6 
+3,6 
58 
Gvatemala 
59,7 
62,8 
+3,1 
108 
Madagaskar 
37,6 
40,6 
+3,0 
54 
Argentina 
62,3 
64,8 
+2,5 
18 
Kosta Rika 
74,9 
77,4 
+2,5 
71 
Ukraina 
55,5 
57,9 
+2,4 

Fransiya 
77,9 
80,2 
+2,3 
https://impact.economist.com/sustainability/project/food-security-index 
Biroq, yetarli darajada oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish bu 
hali oziq-ovqat xavfsizligi taʼminlandi, degani emas. Chunki har bir inson 
oʻz ehtiyoji uchun yetarli darajada mahsulot sotib olish imkoniyatiga ega 
boʻlishi ham oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlovchi jarayon hisoblanadi. 
Umuman olganda, oziq-ovqat xavfsizligi va uni taʼminlash omillari 
quyidagilardan iborat:
- jismoniy jihatdan oziq-ovqat mahsulotlarini olish imkoniyati;
- iqtisodiy jihatdan oziq-ovqat mahsulotlarini olish imkoniyati;
- tashqi omillarga bogʻliq boʻlmagan holda mamlakatning oziq-ovqat 
mustaqilligini taʼminlash;
- mamlakat zarur hollarda oʻz fuqarolarining ehtiyojlarini qondirish 
uchun kerakli miqdordagi oziq-ovqat mahsulotlarini import qilib olib kirish 
imkoniyatiga ega boʻlishi kerak;
- iqlimiy va mavsumiy omillarga chidamlilik;
- oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishda oʻsish surʼatlarini 
taʼminlash.
Dunyo oziq-ovqat taʼminotida yuzaga kelayotgan muammolar jahon 
hamjamiyati, jumladan BMT doirasida barqarorlik va taraqqiyot yoʻliga 
gʻov sifatida baholanib, jiddiy xavotirga sabab boʻlmoqda. Xususan, 2000-
yilda boʻlib oʻtgan BMT Bosh Assambleyasining sammitida qabul qilingan 
“Ming yillik Deklaratsiyasi” da XXI — asrda amalga oshirilishi 
moʻljallangan 8 ta eng asosiy global “Ming yillik rivojlanish maqsadlari” 
ning birinchisi sifatida “Oʻta qashshoqlik va ochlikka barham berish” 
belgilab berilgan edi. 
Jahon oziq-ovqat xavfsizligida tashvishli holatlar yuzaga kelayotgan, 
yuqorida keltirilgan bir qator omillar taʼsirida respublikamizda ham bu 
masalani 
hal 
etishda 
murakkabliklar 
mavjudligiga 
qaramay, 
mamlakatimizda qishloq xoʻjaligi mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini 


150 
ham miqdor, ham sifat jihatidan muntazam oshirib borish va shu asosda 
oziq-ovqat taʼminotini mustahkamlash borasida salmoqli natijalar qoʻlga 
kiritildi. Keyingi yillarda fermer xoʻjaliklarining ekin maydonlari hajmini 
optimallashtirish, qishloq xoʻjaligining texnika parklarini yangilash, ishlab 
chiqarishga zamonaviy agrotexnologiyalarni joriy etish, urugʻchilik-
seleksiya ishlarini yaxshilash, mahalliy navlarni saqlab qolish, ekinlarning 
rayonlashtirilgan navlarini joriy qilish, sugʻoriladigan yerlarning meliorativ 
holatini yaxshilash va sugʻorishning suv tejovchi ilgʻor usullarini joriy 
qilish borasida keng qamrovli, shu bilan birga puxta oʻylangan ishlar amalga 
oshirilmoqda.
Qishloq xoʻjaligining barqaror rivojlantirish orqali mamlakatimiz 
oziq-ovqat xavfsizligini mustahkamlashda davlat siyosati darajasida bir 
qancha vazifalar amalga oshirilmoqda.
Jumladan, oziq-ovqat xavfsizligi mamlakat milliy xavfsizligining 
ustuvor yoʻnalishlaridan biri sifatida eʼtirof etilmoqda;
sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash boʻyicha yirik 
davlat davlat dasturlari amalga oshirilib, shoʻrlangan yerlar salmogʻi 
kamayib bormoqda;
suv taqchilligi sharoitida ekinlarni parvarishlash va sugʻorishning 
intensiv usullari joriy etilmoqda;
agrar ishlab chiqarishni modernizatsiyalash va texnik va texnologik 
qayta jihozlash dasturi amalga oshirilmoqda; serhosil intensiv bogʻlar barpo 
etilib, eski bogʻlar va uzumzorlar rekonstruksiya qilinib, yangilari 
kengaytirilmoqda;
oziq-ovqat mahsulotlariga ajratilayotgan yerlar kengayib, hosildorlik 
va ishlab chiqarish hajmi oshib bormoqda;
ekinlarning hosildor va kasalliklarga chidamli boʻlgan istiqbolli 
navlari ishlab chiqarishga joriy etilmoqda;
oziq-ovqat yetishtirishni kengaytirish dasturlari amalga oshirilmoqda; 
issiqxonalarda meva-sabzavotlarni yetishtirishni koʻpaytirishga eʼtibor 
qaratilmoqda.
Shu bilan birgalikda, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish, 
saqlash va qayta ishlash tizimida quyidagi muammolarga oʻz yechimni 
kutmoqda:
oziq-ovqat mahsulotlari, birinchi navbatda, meva-sabzavotlarni 
daladan isteʼmolchiga yetkazib berishda nobudgarchiliklar mavjud;
qishloq xoʻjaligi xomashyosini qayta ishlash darajasi talab darajasida 
emas;


151 
qishloq xoʻjaligi va qayta ishlash sanoatini modernizatsiyalash, 
texnik-texnologik qayta jihozlash masalalari toʻliq oʻz yechimini topmagan;
qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining saqlash va tashish imkoniyatlari 
yuqori boʻlgan navlari, urugʻliklar yetishmaydi;
qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini saralash, kalibrlash, chiroyli 
qadoqlash 
va 
dizaynini 
yaxshilash 
imkoniyatlaridan 
yetarli 
foydalanilmayapti;
aholini oziq-ovqat mahsulotlari bilan taʼminlanganlik darajasini 
aniqlash, mamlakatning oziq-ovqat xavfsizligini baholash indekslari 
mavjud emasligi;
oziq-ovqatlarni yil davomida kerakli temperaturada saqlab turishga 
imkon beruvchi sovutkichli omborlar sigʻimi talabni qondirish uchun yetarli 
emas;
oziq-ovqat mahsulotlarini ichki va tashqi bozorlarga yetkazib berishda 
transport-logistika tizimlari yetarlicha rivojlanmagan.
Oziq-ovqat 
xavfsizligini 
mustahkamlashda qishloq xoʻjaligi 
mahsulotlarini qayta ishlash darajasini oshirish, aholining faol va sogʻlom 
hayoti uchun zarur boʻlgan yetarli miqdordagi xavfsiz oziq-ovqat 
mahsulotlari uchun jismoniy va iqtisodiy imkoniyatga ega boʻlishi, 
mahsulotlar sifatini yaxshilash, narxlar barqarorligini taʼminlash uchun 
quyidagi tadbirlarni amalga oshirish maqsadga muvofiq:
Respublikaning barcha hududlari darajasida belgilangan maqsadli 
mezonlarni taʼminlovchi agrosanoat majmuasini barqaror rivojlantirish va 
oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlashni tartibga solish va boshqarish tizimini 
joriy qilish;
respublikaning barcha hududlari darajasida oziq-ovqat xavfsizligini 
aniqlash, baholash va kutilishi mumkin boʻlgan xavfni oldindan bilish 
tizimini joriy qilish; qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini chuqur qayta ishlashga 
yoʻnaltirilgan korxonalar tarmogʻini kengaytirish;
meva-sabzavot mahsulotlarini saqlashga ixtisoslashgan sovutish 
kameralari, ularni saralash, va qadoqlash punktlari hamda tashish bilan 
shugʻullanuvchi 
maxsus 
transport-kommunikatsiya 
tarmogʻini 
kengaytirish;
qayta ishlash sanoatining material va energiya sigʻimini pasaytirish, 
resurs tejovchi kam chiqimli texnologiyalarga ustuvorlik berish;
oziq-ovqat 
xavfsizligi 
sohasida 
meʼyoriy-huquqiy 
bazani 
takomillashtirish;


152 
qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar va suv resurslaridan oqilona 
foydalanish; asosiy turdagi qishloq xoʻjalik va oziq-ovqat mahsulotlari, 
xom-ashyoni ichki ishlab chiqarishni barqaror rivojlantirish;
chorvachilik, 
parandachilik, 
baliqchilik 
sohasini 
barqaror 
rivojlantirish;
mahsulot ishlab ishlab chiqarish hajmlarini koʻpaytirish, ozuqa 
bazasini mustahkamlash;
qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish 
infratuzilmasini yaxshilash;
oziq-ovqat mahsulotlari mahsulotlarini xavfsizligini taʼminlash; oziq-
ovqat xavfsizligini taʼminlashni davlat tomonidan tartibga solish va nazorat 
qilish.
Xalqaro sifat standartlarini qabul qilish hamda sifat nazorati va 
xavfsizlik labaratoriyalarini yaratish. Meva-sabzavot mahsulotlarini 
yetishtirish va bir vaqtning oʻzida qayta ishlash bilan shugʻullanuvchi ishlab 
chiqarish majmualari, xoldinglar, klasterlar va ilmiy-ishlab chiqarish 
birlashmalari faoliyatini kengaytirish; qishloq joylarda meva-sabzavot va 
uzumni qayta ishlovchi korxonalari uchun zarur boʻlgan infratuzilmalar, 
birinchi navbatda yoʻllar, gaz, elektr va suv taʼminoti hamda boshqa 
injenerlik-kommunikatsiya tarmoqlari bilan uzluksiz taʼminlashni yoʻlga 
qoʻyish lozim. Mamlakatda oziq-ovqat xavfsizligiga erishish qishloq 
xoʻjaligi, oziq-ovqat sanoati va savdo tarmogʻida strategiya va dasturlarning 
ijrosiga bogʻliqligini hisobga olgan holda soha va tarmoqlarni davlat 
tomonidan qoʻllab-quvvatlashni kuchaytirish maqsadga muvofiq.
Kelgusida amalga oshiriladigan ishlar:
- hosildorligi past yerlarda paxta va gʻalla yetishtirishni bosqichma-
bosqich qisqartirish hamda boʻshatilgan yerlarda sabzavotlar va koʻp yillik 
oʻsimliklar ekilishini yoʻlga qoʻyish;
- mavjud eski bogʻ va uzumzorlarni intensiv bogʻlarga bosqichma-
bosqich aylantirish, shuningdek, yuqori texnologiyali agrotexnik 
tadbirlardan foydalangan holda yangi intensiv bogʻlar barpo etish va 
boʻshagan yerlarda meva-sabzavotlar yetishtirish. 2030-yilda intensiv 
bogʻlarning umumiy ekin maydonlaridagi ulushini 50% ga yetkazish 
hisobiga hosildorlikni kamida 3-4 barobar oshirish imkonini yaratish;
- qishloq xoʻjaligi yerlarining unumdorligini oshirishni mukofotlash 
va ragʻbatlantirish tizimini ishlab chiqish;
- kichik va oilaviy fermer xoʻjaliklarining hosildorligi va 
daromadlarini oshirish uchun xizmatlar, bilimlar, bozorlar, resurslar va pul 
mablagʻlaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish;


153 
- har yili 200 ming gektar maydondagi ekinlarni sugʻorishda resurs 
tejovchi ilgʻor texnologiyalarni joriy etish, ekinlarni sugʻorish va qishloq 
xoʻjaligi yerlaridan foydalanish samaradorligini sezilarli darajada oshirish 
imkonini beradi;
- biologik xilma-xillikka bevosita taʼsirni kamaytirish, unumdor 
landshaftlarda uning tarkibiy qismlaridan barqaror foydalanish;
- qishloq aholisining daromadlarini oshirish va aholining barcha 
qatlamlari uchun sogʻlom ovqatlanishning iqtisodiy samaradorligini 
taʼminlash.

Download 2,87 Mb.
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   75




Download 2,87 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Oʻzbekiston xalqaro GFSI reytingidagi oʻrni

Download 2,87 Mb.
Pdf ko'rish