140
foydali xususiyatlarini ommaviy axborot vositalari orqali isteʼmolchilarga
keng targʻib qilish maqsadga muvofiq boʻladi.
Uchinchidan, organik qishloq xoʻjaligi bilan shugʻullanish istagida
boʻlgan fermer va dehqon xoʻjaliklari xodimlarini tegishli kurslar orqali
oʻqitish boʻyicha treninglar tashkil qilishni yoʻlga qoʻyish va muntazam
ravishda malaka oshirish tizimini yoʻlga qoʻyish kerak.
Toʻrtinchidan, yosh bolali, kasallangan va yoshi katta isteʼmolchilarga
ushbu mahsulotlarni xarid qilishda chegirmalar berish joiz.
Beshinchidan, davlat tomonidan organik qishloq xoʻjaligi
mahsulotlari yetishtirish reyestrini yoʻlga qoʻyish, statistik toʻplamlarda
alohida hisobni yoʻlga qoʻyish va Oliy Majlis yigʻilishlarida yilida kamida
bir marta Qishloq xoʻjaligi vazirligining bu boradagi hisobotini tinglashni
yoʻlga qoʻyish maqsadga muvofiq.
Oltinchidan, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Fermer, dehqon xoʻjaliklari va
tomorqa yer egalari Kengashi rasmiy saytlarida organik qishloq xoʻjaligi
yuritish boʻyicha alohida platforma yaratish, bu platformada tegishli
maʼlumotlar, foydali tajribalar va boshqa maʼlumotlarni yuklab borish joiz.
Yettinchidan, anʼanaviy qishloq xoʻjaligidan organik qishloq
xoʻjaligiga oʻtish boʻyicha uzoq muddatli davlat dasturini qabul qilish,
mineral oʻgʻitlar va zaharli kimyoviy preparatlar qoʻllash koʻlamini
bosqichma-bosqich qisqartirish maqsadli koʻrsatkichlarini qabul qilish joiz.