|
Innovatsiyalar vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti m. T. AdilovaBog'liq Атроф мухит ва табиий ресурслар иқтисодиёти2. Ijtimoiy barqarorlik:
2.1. Organik qishloq xoʻjaligi haydaladigan yer maydonlari
yoʻqotilishini qisqarishi, suv va havo ifloslanishi, oziq-ovqat
yoʻqotishlarining kamayishi evaziga ijtimoiy farovonlikka yoʻl ochadi.
2.2. Organik qishloq xoʻjaligi xalqlar va millatlarning anʼanaviy bilim-
koʻnikmalari, yashash tarzi va madaniyatiga tayanadi. Qishloq xoʻjaligida
qoʻllaniladigan texnologiyalar va usullar mahalliy shart-sharoitlar hamda
atrof-muhitning tabiiy-iqlimiy, ijtimoiy-iqtisodiy xususiyatlarini eʼtiborga
olgan boʻlishi zarur. Mahalliy resurslar, bilim-koʻnikmalar va tajribalar,
fermerlar birdamligi orqali qishloq hududlarining ijtimoiy rivojlanishiga
erishish mumkin.
3. Iqtisodiy barqarorlik:
3.1. Organik qishloq xoʻjaligi dunyo miqyosida qishloq joylarda 30
%gacha ish oʻrinlarini taʼminlab bermoqda va mehnat sarfi birligiga
nisbatan yuqori foyda koʻrishni taʼminlamoqda. Organik qishloq xoʻjaligida
mahalliy resurslardan foydalanish samaradorligi ortadi.
3.2. Organik qishloq xoʻjaligida hosildorlik intensiv dehqonchilikka
nisbatan 20 %ga kam, ammo qurgʻoqchil va lalmi yerlardagiga nisbatan 180
%ga yuqori
3.3. Organik qishloq xoʻjaligida ishlab chiqarish xarajatlari (urugʻlik,
ijara toʻlovi, ish haqi va boshq.) don-dukkakli ekinlarda 50-60 %, sut
chorvachiligida 20-25 %ga va boshqa mahsulot turlari boʻyicha 10-20 %ga
kamroq. Bu tejamga resurslardan qayta foydalanish, qimmat turadigan
mineral oʻgʻitlar va ximikatlardan foydalanmaslik, texnikani kam ishlatish
orqali erishiladi [1].
Bugungi kunda organik qishloq xoʻjaligi - jahon trendi hisoblanadi.
Organik qishloq xoʻjaligi tadqiqotlari institutining (FiBL) maʼlumotlariga
koʻra 2021-yilda 72,3 mln. gektar maydonda 3,1 mln. birlik organik
mahsulot ishlab chiqaruvchi roʻyxatga olingan. Organik qishloq xoʻjaligi
boʻyicha xalqaro bozorlardagi savdo aylanmasi 2018-yilda 96,7 mlrd.
AQSH dollarini tashkil etgan boʻlsa 2021-yilda esa bu raqam 120 mlrd.
AQSH dollardan oshib ketdi (6.3-rasm).
|
| |