129
Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirishning organik va anʼanaviy
usullari bir qator xususiyatlariga koʻra farqlanadi (6.2-rasm).
Anʼanaviy usulda agrooziq-ovqat mahsulotlari yetishtirishda inson
organizmi uchun zararli va xavfli boʻlgan mineral oʻgʻitlar, turli kimyoviy
preparatlar va pestitsidlar ishlatiladi. Garchi bu usul hozircha keng tarqalgan
boʻlsada, istiqbolda uning oʻrnini organik usul egallaydi.
Organik qishloq xoʻjaligi qishloq xoʻjaligining ekologik va iqtisodiy
jihatdan barqaror shaklidir. Qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishining maxsus
yoʻnalishi sifatida, organik qishloq xoʻjaligi sohasida vujudga keladigan
munosabatlarning oʻziga xosligidan kelib chiqib, alohida qonuniy tartibga
solishni talab qiladi. Organik qishloq xoʻjaligi — bu ilmli soha boʻlib,
biotexnologik zavodlar, mikrobiologik laboratoriyalarni tashkil qilish,
doimiy monitoring va tadqiqotlarni olib borish zarurligini nazarda tutadi.