119
qilish orqali 2023-yilda qoʻshimcha 5 milliard kilovatt/soat elektr energiyasi
ishlab chiqarish va 4,8 milliard m
3
tabiiy gazni iqtisod qilish rejalashtirilgan.
Ushbu maqsadlarga jami 15,4 milliard dollar yoʻnaltiriladi, hamda 13,4
milliard dollar davlat-xususiy sheriklik loyihalari doirasida investor
mablagʻlari, 1,1 milliard dollar tijorat banklari kreditlari, 610 million dollar
korxonalarning oʻz mablagʻlari, 150 million
dollar xorijiy moliyaviy
tashkilotlar mablagʻlari va 100 million dollar ekvivalentidagi davlat byudjet
mablagʻlari yoʻnaltiriladi.
Yashil energetikani amaliyotga joriy etishda quyidagi iqtisodiy
mexanizmlarni qoʻllash maqsadga muvofiq:
- tiklanadigan energiya manbalari tizimiga
ulanish xarajatlarining
davlat tomonidan qoplash;
- tiklanadigan energiya manbalari tizimiga ulanish bilan bogʻliq davlat
kafolatlarini joriy qilish;
- tiklanadigan energiya manbalariga nisbatan qatʼiy belgilangan
tariflarni joriy qilish;
- iqtisodiyot tarmoqlarida yuqori energiya sigʻimkorligi ega boʻlgan
asbob-uskunalar va jihozlar importini kvotalash
hamda yuqori import
taʼriflarini joriy qilish;
- energiya sigʻimkorligi past boʻlgan mavjud quvvatdagi asbob
uskunalar va jihozlar uchun kreditlash tizimini joriy qilish;
- yuridik va jismoniy shaxslarning
energiya tejash va energiya
samaradorligi boʻyicha koʻnikma va malakalarini shakllantirish.