5.2. Energiya xavfsizligi
Energiya xavfsizligi — butunjahon, jamiyat, mamlakat, fuqarolar va ular
iqtisodiyotining tashqi va tahdid omillari taʼsirida iqtisodiy jihatdan olishi
mumkin boʻlgan miqdor maʼlum sifat darajasidagi yoqilgʻi-energetika
resurslarining kamyob boʻlib, yetishmay qolishidan himoyalangan holatidir.
Bu kompleks tushuncha boʻlib, bir necha darajalarga ta’luqli:
-
siyosiy energiya xavfsizligi;
-
iqtisodiy energiya xavfsizligi;
-
texnogen energiya xavfsizligi;
Energiya xavfsizligi shunday shart-sharoitlarni nazarda tutadiki, ularda
isteʼmolchi unga zarur boʻlgan energiyaga, yetkazib beruvchi esa uni
isteʼmol qiluvchilarga ishonchli foydalana olish imkoniyatiga ega, yaʼni gap
nafaqat uzluksiz oqimlar haqida, balki barqaror va oqilona narxlar haqida
ham ketyapti. Energiya xavfsizligiga erishish uchun davlatning maʼlum
siyosati va maxsus chora-tadbirlarni oʻtkazish, hamda tartibga solish
mexanizmlardan birgalikda foydalanish talab qilinadi. Energiya xavfsizligi
har bir oilani yetarlicha hajmda va maqbul narxlarda energiya mahsulotlari
bilan taʼminlanganligidir. Bundan tashqari energiya manbasining
xavfsizligi, yetkazib berish kafolatlari va tranzit ishonchligi, narxlarning
spekulyativ oʻsishiga yoʻl qoʻymaslik va h.k.
107
“Energiya xavfsizligi – bu maqbul narxlarda energiya resurslaridan
uzluksiz foydalanish imkoniyatini taʼminlash”.
Yuqorida keltirilgan taʼriflar – bu hozirgi kunda davlatning ichki va tashqi
siyosatining eng muhim iqtisodiy va siyosiy muammolarga aylanuvchi
energiya xavfsizligining koʻp sonli taʼriflaridan biridir. Xususan,
Butunjahon energiya kengashi ekspertlari tomonidan keltirilgan taʼrif esa
quyidagicha: mahalliy va import qilinayotgan resurslarning eng qulay
narxlar boʻyicha maʼlum vaqt davomida energiyaga oʻsib boruvchi ehtiyojni
qondirish.
Energiya xavfsizligining har bir taʼrifi, u qaysi iqtisodiy yoki siyosiy
kontekstda koʻrib chiqilayotgani bilan bogʻliq.
Hozirgi zamon dunyosida
energiya xavfsizligining muhimligi nafaqat uglevodorod yoqilgʻisi
zaxiralarining qisqarishi bilan, balki ayrim davlatlar, koʻproq neft va tabiiy
gaz eksport qiluvchilar tomonidan, oʻz siyosiy maqsadlariga erishish uchun
energiya resurslarini import qiluvchilarga bosim oʻtkazish bilan ifodalanadi.
Siyosiy energiya xavfsizligi. Energiya xavfsizligi davlat, uning subyekti
yoki mintaqasining energetik mustaqilligi bilan assotsiatsiyalanadi.
Iqtisodiy energiya xavfsizligi. Energiya xavfsizligi tushunchasi qoʻyilgan
vazifalarni hal etish imkoniyatini beruvchi energiya resurslariga tariflardan
va ularning zaxiralaridan iborat. Oddiy kishilar ongida energiya xavfsizligi
yonib turgan lampa va issiq batareya koʻrinishida namoyon boʻladi.
Texnogen energiya xavfsizligi. “Har qaysi energetik qurilmalarni
ishlatish bilan bogʻliq inson, mol-mulk va atrof-muhit uchun xavflarning
texnogen tusini” nazarda tutadi. “Energetik qurilmalarning, shu jumladan,
ham energiya tejamkor tashkilotlar, ham elektr va issiqlik energiya
isteʼmolchilarining elektr uskuna, issiqlik va atom energetik qurilmalarning
inson, mol-mulk va atrof-muhit uchun xavf tusi”. Energiya xavfsizligining
mazkur tipi energetika obyektining texnogen xavfiga kompleksli baho
berishni oʻz ichiga oladi: elektr xavfsizligi va yongʻin xavfsizligi, elektr
magnit va mexanik xavfsizligi, ekologik va sanoat xavfsizligi, portlash
xavfsizligi, radiatsiyaviy, yadro va kimyo xavfsizliklari va h.k.
Texnogen xavfsizligini pasaytirish — bu doimiy ravishda amalga
oshirilishi lozim boʻlgan chora-tadbirlarning majmuasidir. “Ekspertlarning
bahosiga koʻra, texnogen halokatlar va avariyalarning 70% inson omili bilan
bogʻliq. Demak, kasb boʻyicha chuqur bilimlarga ega boʻlish - texnogen
energiya xavfsizligini taʼminlashning asosiy yoʻnalishi”. Hozirgi vaqtda
energiya resurslari uchun raqobat keskin oshgan, ular yaqinda tugab qolish
haqida bashoratlar paydo boʻldi. Bular hammasi energiya xavfsizligi
108
muammosini, birinchi navbatda, neft va gaz importidan tobe boʻlgan
mamlakatlar uchun eng muhimiga aylantirdi.
Xalq xoʻjaligining rivojlanish darajasi energiya isteʼmoliga bevosita
bogʻliqdir. Hozirgi kunda anʼanaviy energiya manbalaridan, neft, tabiiy gaz
va koʻmir keng koʻlamda foydalanib kelinmoqda. Ammo bu energiya
manbalarining tabiiy zaxirasi kamayib borayotganligi sababli yaqin
kelajakda ulardan foydalanish muammolari yuzaga keladi. Shu sababli
tabiiy tiklanuvchi, hamda atrof-muhitga zarar keltirmaydigan muqobil
energiya manbalaridan oqilona foydalanish jamiyat rivojlanishidagi muhim
omillardan hisoblanadi. Bunday energiya manbalari safiga quyosh
energiyasi, shamol energiyasi, oqova va suv energiyasi, geotermal
energiyalar kiradi. Respublikamizning geografik joylashuv oʻrni va tabiiy
iqlimidan kelib chiqib quyoshli kunlarning koʻpligi eʼtiborga olingan holda
quyosh energiyasidan foydalanish xalq xoʻjaligi uchun, ayniqsa markaziy
energiya tarmoqlaridan uzoqda joylashgan regionlar uchun muhim
ahamiyat kasb etadi.
Oʻzbekiston Respublikasida qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan
energiya ishlab chiqaruvchilar, qayta tiklanuvchi energiya manbalarining
qurilmalarini ishlab chiqaruvchilar, shuningdek qayta tiklanuvchi energiya
manbalaridan foydalanish sohasida investitsion, ilmiy-tadqiqot faoliyatini
amalga oshiruvchilar uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida davlat
tomonidan quyidagicha qoʻllab-quvvatlash amalga oshiriladi:
- qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish sohasida soliq,
bojxonaga oid hamda boshqa imtiyozlar va preferensiyalar belgilash;
- qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarining yagona elektr
energetikasi tizimiga kafolatli ulanishini taʼminlash;
- elektr energiyasining yagona xaridori va mahalliy davlat hokimiyati
organlari bilan kelishilgan holda hududiy elektr tarmoqlari korxonalariga
qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan energiya ishlab chiqaruvchilardan
elektr energiyasini xarid qilish uchun shartnomalar tuzish huquqini berish.
Foydalanilishi qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish
samaradorligini salmoqli tarzda oshiradigan qayta tiklanuvchi energiya
manbalarining qurilmalarini import qilish chogʻida yuridik va jismoniy
shaxslarga soliqlar hamda bojxona bojlariga doir imtiyozlar berilishi
mumkin.Qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan energiya ishlab
chiqaruvchilar qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarini nominal
quvvati 0,1 MVt va undan ortiqni oʻrnatganlik uchun mol-mulk soligʻini
toʻlashdan hamda hamda ushbu qurilmalar bilan band boʻlgan uchastkalar
109
boʻyicha yer soligʻini toʻlashdan ular foydalanishga topshirilgan vaqtdan
eʼtiboran oʻn yil muddatga ozod etiladi.
17
Amaldagi energetika resurslari tarmoqdan toʻliq uzilib qoʻyilgan
yashash uchun moʻljallangan joylarda qayta tiklanuvchi energiya
manbalaridan foydalanuvchi shaxslar egaligidagi mol-mulkka qayta
tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanilgan oydan eʼtiboran uch yil
muddatga jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk soligʻi solinmaydi.
Amaldagi energetika resurslari tarmoqlaridan toʻliq uzib qoʻyilgan yashash
uchun moʻljallangan joylarda qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan
foydalanilgan oydan eʼtiboran uch yil muddatga yer soligʻidan ozod etiladi.
Bugungi kunda mamlakatimizda yashil energetikani rivojlantirish
uchun katta miqdorda moliyaviy sarmoya talab etiladi. Energetika
Vazirligining maʼlumotlariga koʻra, soʻngi yillarda umumiy quvvati 2897
megavattga teng quyosh va shamol elektr stansiyalarini qurish boʻyicha
xalqaro kompaniyalar bilan qiymati 3 milliard dollarlik toʻgʻridan-toʻgʻri
investitsiyalar hisobiga loyihalarga amalga oshirilmoqda. Shuningdek,
2026-yilgacha qayta tiklanadigan manbalardan elektr energiyasining 25
foizini ishlab chiqarish majburiyatini olgan va 2050-yilga borib karbonat
angidirid chiqindilarini nolga tenglashtirish boʻyicha oʻz oldiga maqsad
qoʻygan. Qayta tiklanuvchi energiya manbalari quvvatini 2026-yilga borib
8 GVga, 2030-yilga borib esa 12 GVga yetkazish strategiyasi ishlab
chiqilgan. Natijada 2030-yilgacha 30 foiz elektr energiyasi qayta
tiklanadigan manbalar hissasiga toʻgʻri keladi.
Joriy yilda 62,4 mlrd.kVt soat elektr energiyasi ishlab chiqarilishiga
qaramay elektr energiya defitsiti yiliga 6-7 mlrd kVt yoki 10-15 foizni
tashkil etmoqda. Yana 10 yil ichida yillik ehtiyoj 110-112 mlrd kVtga
yetadi. Bu juda jiddiy muammoni bartaraf etish juda dolzarb hisoblanadi.
Jahon tajribasi shuni koʻrsatadiki, dunyodagi bironta ham davlat
energiyaning aynan muayyan bir turiga ixtisoslashmagan. 2022-yil 2-dekabr
kuni davlat rahbarining “2030-yilgacha Oʻzbekiston Respublikasining
“yashil” iqtisodiyotga oʻtishga qaratilgan islohotlar samaradorligini oshirish
boʻyicha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” gi qarori qabul qilindi. Qarorga asosan,
2030-yilgacha Oʻzbekiston Respublikasida “yashil” iqtisodiyotga oʻtish va
“yashil” oʻsishni taʼminlash dasturi ishlab chiqildi va dolzarb vazifalar
belgilab berildi. Mamlakatimizda har yili aholi soni 450-500 mingtaga
koʻpayib bormoqda. Ekologik toza energetika texnologiyalari esa hozircha
17
Oʻzbekiston Respublikasi “Qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish toʻgʻrisi” dagi
qonuni 21.05.2019. OʻRQ-539-son
110
ushbu muammoni hal qilishga sezilarli darajada taʼsir koʻrsata olmayapti
hamda, texnologiyalar solishtirma qiymatining yuqoriligi tufayli faqat
davlat yordami bilan rivojlantirilmoqda.
Bugun yadro energetikasi issiqxona gazlarinig atmosferaga chiqishini
kamaytirishga qaratilgan energiya taʼminoti muammosining yechimi
sifatida koʻrib chiqilar ekan, ushbu texnologiyaning radiaktiv chiqindilarini
ham esdan chiqarmaslik lozim. Ularning taʼsiri ming yillargacha choʻziladi,
shuning uchun radiaktiv chiqindilar ishonchli joylarga mustahkam
koʻmilishi lozim. Yadro energetikasi katta mablagʻ talab qiladigan tarmoq
ekanligini anglab yetish qiyn emas.
Shuningdek, qayta tiklanadigan energiya manbalarinig yana bir
avfzalligi ular uglevodorod resurslarini elektr energiyasini shunchaki yoqib
qoʻya qolmasdan, ularni neft-kimyo sanoatida xomashyo sifatida
foydalanish imkonini yaratib, sanoatda va olis joylashgan aholi punktlarini
energiya taʼminotida katta istiqbolga ega. Yashil energetika milliy
iqtisodiyotning barqaror rivojlanishini taʼminlash uchun ishlab
chiqarishning energiya sigʻimini
qisqartirish, enegiya tejovchi
texnologiyalar va tiklanadigan energiya manbalarini tatbiq etish orqali
mahsulot tannarxini kamaytirishni talab etadi. Energiya tejamkorligi texnik
jihatdan amalga oshirilsa boʻladigan, iqtisodiy jihatdan asoslangan,
ekologik va ijtimoiy nuqtayi nazardan maqbul boʻlgan hayotimizning odatiy
tarzini oʻzgartirmaydigan innovatsion qarorlarni qabul qilish hisobidan
energiya resurslaridan samarali foydalanish imkoniyatlaridir.
Rivojlangan mamlakatlar iqtisodiyotida energiya sigʻimkorligini
pasaytirish sabablaridan biri yangi texnika va yuqori texnologiyalarning
imkoniyatlaridan samarali foydalanish hisoblanadi. Ushbu imkoniyat oʻz
navbatida energiyani tejash va samaradorligini oshirishni mamlakatning
ilmiy-texnologik rivojlanish strategiyasida ustuvor yoʻnalishlardan biri
sifatida qabul qilinganligi bilan izohlanadi.
Dunyoning aksariyat mamlakatlarida energetika va atrof-muhit
muhofazasi sohasida amalga oshirilayotgan ilmiy-tadqiqot va tajriba-
konstruktorlik ishlariga xarajatlar shu turdagi jami xarajatlarining 4,5
foizini, atrof-muhitga ajratilayotgan xarajatlar esa 1,7 foizni tashkil etadi.
Dunyoda yashil energetikani rivojlantirish tajribasi tahlili, sohani tartibga
solishning maʼmuriy, iqtisodiy va axborot dastaklari mavjudligini
koʻrsatmoqda.
1) Maʼmuriy dastaklar. Yashil energetikani rivojlantirsh maqsadida
qabul qilingan meʼyoriy-huquqiy cheklov va ragʻbatlantirishlar hisoblanadi.
111
2) Iqtisodiy dastaklar. Energetika sohasida narx mexanizmi va
iqtisodiy subyektlar faoliyatini oʻzgartirishga xizmat qiluvchi bozor
munosabatlari yordamida ishlaydi. Quyidagi iqtisodiy dastaklardan keng
foydalaniladi:
- imtiyozli kreditlash dasturlari;
- davlat subsidiyalari va dotatsiya;
- ilmiy tadqiqot va tajriba konstruktorlik ishlari uchun;
- sertifikatlashtirish dasturlari;
- grantlar;
- energiya resurslari narxlarini tartibga solish;
3. Axborot dastaklari. Yashil energetikani ommalashtirishga xizmat
qiluvchi markirovka chora-tadbirlardan iborat.
|