105
IHTTga
aʼzo
boʻlmagan
mamlakatlar
311
375
413
451
491
533
1,9
Yevropa
51
52
55
56
58
58
0,5
Osiyo
176
223
246
270
295
322
2,2
Oʻrta Sharq
32
41
45
51
57
62
2,4
Afrika
22
26
30
34
38
44
2,6
Amerika
qitʼasi
30
33
37
40
43
47
1,5
Dunyo
549
629
674
718
766
815
1,4
Barqaror iqtisodiy oʻsishni taʼminlash va
iqtisodiyotning rivojlanish
darajasi koʻp jihatdan energiya resurslari zaxiralariga bogʻliq. Dunyoda
aniqlangan tabiiy energiya manbalari zaxiralari energiya isteʼmolining
hozirgi darajasi saqlanib qolsagina, keyingi 55
yil davomida energiyaga
boʻlgan ehtiyojni qondirish imkonini beradi. Qayd qilish kerakki, dunyo
amaliyotida qayta tiklanadigan energiya manbalaridan keng
foydalanish
zaruriyati elektr energiyasiga boʻlgan talabning tez oʻsishi bilan belgilanadi,
bu 2030-yilga nisbatan 2000-yil bilan solishtirganda 2 baravar yaʼni 2050-
yilga borib 4-martagacha koʻpayadi.
Yaqin kelajakda organik (uglevodorod) yoqilgʻining isbotlangan
zaxiralaridan voz kechish uchun asosiy koʻrsatkich zararli azot va
oltingugurt oksidlari, karbonat angidrid, radioaktiv va termal ifloslanish va
boshqalar hisoblanadi. Atrof-muhitda qayta tiklanadigan energiya oqimlari
har doim mavjud boʻlib, yangilanishi
mumkin energiya manbalarini
rivojlantirish jarayonida mahalliy energiya manbalariga eʼtiborni jalb qilish,
eng samarali vositalarni taʼminlash zarur.
Energiyadan samarali foydalanish hisobiga jahon iqtisodiyoti
miqyosida 100 mln. terajoulga teng energiya yoki 0,5-1,4 trln. dollar
tejalishi mumkin. XIX-asrdan boshlab energiya
ishlab chiqarishning
yetakchi manbai hisoblangan qazib chiqariladigan yoqilgʻi-energetika
manbalari tiklanadigan manbalari hisobiga oʻzgarib boradi. 2030-yilga
qadar jahonda elektr energiya ishlab chiqarishning 36% shamol va quyosh
elektr stansiyalari yordamida amalga oshiriladi. Yashil iqtisodiyotni
rivojlantirishga qaratilgan dasturlar samarasi tufayli jahon iqtisodiyotining
energiya sigʻimkorligi 2050-yilga qadar 50% ga qisqarishi, yaqin 20 yilda
tabiiy resurslarni iste’mol qilish hajmining kamayishi hisobiga 0,9-1,6 trln.
AQSH dollar mablagʻ tejalishi mumkin.
16
16
McKinsey Global Institute. Beyond the supercycle: How technology is reshaping resources.
FEBRUARY 2017. 19-34.
106
Dunyo energiya isteʼmolining
ortib borishi, insoniyatning tabiatga salbiy
taʼsiri natijasida vujudga kelayotgan ekologik muammolarning
keskinlashuvi va jahon energetika balansida
tiklanadigan energiya
manbalari ulushining jadal surʼatlarda oshishini taʼminlaydi. Jahonda
muqobil energiya manbalariga koʻproq eʼtibor qaratishga quyidagi omillar
taʼsir koʻrsatadi:
-
tiklanadigan
energiya
manbalarini
oʻzlashtirishda
ilgʻor
texnologiyalarni qoʻllash hisobiga narx raqobatining oʻsishi;
-
ushbu sohaning rivojlanishi uchun ijobiy taʼsir etuvchi siyosiy
tashabbuslarning ommalashuvi;
-
sohani moliyalashtirish uchun qulay investitsiya muhitining yaratilishi
energetika va ekologik muammolarni hal qilish masalasi;
-
rivojlanayotgan mamlakatlar iqtisodiyotida energiyaga boʻlgan
talabning ortib borishi;
-
barchaga energiyadan foydalanish imkoniyatini
yaratish va energiya
yetishmovchiligidan qutilish;
-
iqlim oʻzgarishi oqibatlarini kamaytirish va tabiiy resurslardan
foydalanishning samaradorligini oshirish;