96
Z
ya
= Z
b
+X-Q-T
Bunda: Z
ya
– obyektdagi yakuniy material zaxiralari;
Z
b
– obyektdagi boshlangʻich materiallar zaxiralari;
X- obyektdagi materiallarning koʻpayishi va ularni kamayishini qoplash
uchun zarur boʻlgan materiallarni ishlab chiqarish hajmi;
T – materiallarni tarqatish hajmi;
Bu nisbatlarni har qanday
tizimllar va obyektlarga, xoʻjalik
tuzilmalariga yer yuzasiga va boshqalarga nisbatan bir xil qoʻllash mumkin.
Uning qismlari resurslardan foydalanish jarayonining turli tomonlarini
xarakterlaydi. Masalan, bu balans nisbatlarini ishlab chiqarish tizimlaridagi
materiallar
dinamikasiga
(oʻzgarishiga)
nisbatan qoʻllanilganda
zaxiralarning yakuniy (Z
ya
) va boshlangʻich (Z
b
) koʻrsatgichlari oʻrtasidagi
farq materiallarga ehtiyojni xarakterlaydi. X-Q ularni qazib olish hajmining
farqlarini, X+Q yigʻindisi ularning ishlab chiqarish fondlari eskirishi, uzoq
muddatlarda foydalaniladigan tovarlar va chiqindilarni tarqatish bilan
bogʻliq boʻlgan kamayishni xarakterlaydi.
Shuningdek, ishlab chiqarishga materiallarni qaytarish va yer yuzasiga
materiallarni tarqatib yuborish oʻrtasidagi aloqalar katta tabiiy-ekologik-
xoʻjalik ahamiyatiga ega.
Koʻrsatilgan nisbatlarga asoslanib,
tarmoqlararo va hududiy
komplekslarda materiallarni qayta ishlash va ularni isteʼmol qilish
bosqichlari boʻyicha batafsil moddiy balanslarni tuzish zarur va bu balanslar
shu jarayonni tartibga solishga xizmat qilishi kerak. Shu bilan birga
balanslarni faqatgina asosiy xomashyoga tuzish bilan cheklanib qolmasdan,
ularni jonli tabiat uchun alohida zararli boʻlgan yoʻldosh materiallar uchun
ham tuzish kerak. Bunday moddiy balanslar xomashyodan foydalanishning
toʻliq holatini koʻrsatadi, lekin bunday koʻp materiallardan foydalanish
qiyindir. Shuning uchun foydalanishni baholash uchun quyidagi
koʻrsatkichlar darajasini qoʻllash mumkin:
-
umumiy xomashyodan foydalanish va qayta ishlash bosqichlari
boʻyicha;
-
xomashyoni qaytarish;
-
chiqindilardan foydalanish va ulardan
qayta ishlash bosqichlarida
foydalanish;
-
qayta ishlash bosqichlari boʻyicha nogbudgarchilik;
-
xomashyodan materiallarni olish;
-
qazib olish jarayonida xomashyo olish;
-
hududiy tizimlar uchun maydon birligiga elementlarni tarqatish hajmi;
97
Mineral xomashyo resurslarini iqtisodiy baholash asosan ulardan eng
samarali foydalanish yoʻnalishini hisobga olib, yaʼni maksimal renta
boʻyicha hisoblanadi. Turli resurslardan bir xil maqsadda foydalanishda
ularni baholash resursdan asosiy mahsulotni ishlab chiqarishda
foydalanishning samaradorligi boʻyicha, yaʼni resurslardan foydalanishning
qoʻshimcha xarajatlarini ham qoʻshib sifati boʻyicha baholanadi. Masalan:
yoqilgʻining har xil turlari energiya va
issiqlik ishlab chiqarish
samaradorligi boʻyicha, yaʼni resurslarni yoqish xarajatlarini ham qoʻshib
shartli yoqilgʻi boʻyicha baholanadi. Resurslardan substrat (asosiy) va
qoʻshimcha material sifatida foydalanilganda ular asosiy ishlab chiqarish
samaradorligiga toʻgʻridan –toʻgʻri taʼsiri boʻyicha baholanadi.
Resursning koʻp komponentli tarkibiga ega boʻlgan holatida (tarkibiga
ochilma jinslarni ham qoʻshish kerak) resursga renta resurs birligida
xomashyoga renta koʻpaytmasi (koʻpaytirish natijasi) resursga renta resurs
birligida xomashyoga renta koʻpaytmasi (koʻpaytirish natijasi) va uning
miqdori sifatida aniqlanadi. Resurslarga toʻlovlar foydalanuvchilardan
resurslardan foydalanishidan qatʼiy nazar undirilishi kerak. Bunda qazib
olish va ochilma jinslarni toʻplash boʻyicha toʻlovlar alohida boʻlishi
mumkin.
Resurslar birligini baholash konlarni ekspluatatsiya qilishning optimal
muddatlariga asoslanib hisoblab chiqiladi. Xomashyoni normativdan yuqori
miqdorda qazib olish xalq xoʻjaligiga ziyon sifatida koʻrib chiqilishi, ziyon
miqdori foydalanuvchilardan resurslarga toʻlovlar
bilan birgalikda
undirilishi kerak.
Oʻzbekistonning investitsiya siyosati mahalliy homashyo va resurslarni
qayta ishlab chiqarishga asoslangan va unda mamlakatimiz eksport
salohiyatini rivojlantirishga yoʻnaltirilgan soha va ishlab chiqarishlar
belgilangan. Ushbu sohalarga investitsiyalarni jalb qilish ustuvordir, bular:
sanoatni rivojlantirish; qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini chuqur qayta
ishlash; mineral-xomashyo resurslarini qazib olish va chuqur qayta ishlash
boʻyicha ekologik toza ishlab chiqarishlarni tashkil etish, shu hisobda neftʼ
va gazni qazib olish va qayta ishlash;
zamonaviy axborot va
telekommunikatsiya tizimlarini, ilm talab qiluvchi yuqori texnologiyalarga
asoslangan ishlab chiqarishni tashkil etish; resurs va energiyaning tejamkor
uskunalarini ishlab chiqarish; dori vositalari, meditsina texnikasi va
uskunalarini ishlab chiqarish; turizm sohasini rivojlantirish;
qishloq
xoʻjaligi texnikasini ishlab chiqarish; aloqa xizmatlarini rivojlantirish;
qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlash uskunalarini ishlab
chiqarishni kengaytirish.
98
Mineral resurslarni topish va qazib olish juda katta kapital mablagʻlarni
talab etadi hamda yirik xatarlarga duch kelishiga tayyor boʻlgan chet el
investorlarni jalb etishni taqozo etadi. Foydali qazilmalar salohiyatiga ega
dunyoning barcha mamlakatlari jahon investitsiya mablagʻlarining
chegaralangan hajmiga ega boʻlish raqobatchiligida ishtirok etadi. Ushbu
mablagʻlarni olish uchun raqobat quyidagidan iborat: chet el investorlari
investitsiya muhiti, ayniqsa huquqiy va soliq rejimi, barqaror boʻlgan va
qoʻyilgan mablagʻlarni qoplash uchun yetarli boʻlgan foyda meʼyorini
taʼminlovchi, aksiyadorlarga foyda keltiradigan mamlakatlarga investitsiya
qilishni afzal koʻradi.
Ushbu nuqtayi nazardan Oʻzbekiston huquqiy va soliq rejimini yaratgan,
boy mineral xomashyo resurslariga va yuqori
foyda olish imkoniyatini
beruvchi noyob metallarning yirik zaxiralariga ega mamlakatlar qatoriga
kiradi. Foydali qazilmalarni qidirishning hozirgi zamondagi darajasi
qimmatbaho, rangli va noyob metallar, organik yoqilgʻilarning barcha
turlari - neft, tabiiy gaz va gaz kondensati, koʻmir, yonilgʻi slanes, uran,
qurilish materiallari uchun koʻp xil xomashyoni qazib olish bilan bogʻliq.
Ularning turlari xilma xilligi chet el investorlari uchun Oʻzbekiston
iqtisodiyotining investitsiyalarga oid jalb etuvchanligining
omillaridan
biridir ( 4.4-rasm).