Mustaqil ishlash uchun nazorat savollari
1. Tabiat komponentlariga xos boʻlgan qanday umumiy xususiyatlar
bor? Ularni qanday yoʻnalishlarda hisobga olish kerak?
2. Tabiiy resurslarni baholoash tizimi koʻrsatkichlari, ularni
hisoblash formulasini tushuntirib bering.
3. Atmosfera resurslari nima? Ularga xos xususiyatlarni tushuntirib
bering.
4. Havo xavzasini iqtisodiy baholash qanday amalga oshiriladi?
5. Suv resurslarini iqtisodiy baholash qanday amalga oshiriladi?
6. Oʻzbekiston va Markaziy Osiyoda suv resurslari bilan
taʼminlanganlik darajasini tahlil qilib bering?
7. Tuproq resurslari va ular bilan bogʻliq ekologik muammolarni
tahlil qilib bering.
8. Tuproq resurslarini muhofaza qilish va iqtisodiy baholash
koʻrsatkichlarini oʻziga xosligini tushuntirib bering.
9. Mineral xomashyo resurslari nima va ular qanday ahamiyatga ega?
101
10 Mineral xomashyo resurslari holatini baholash qanday
koʻrsatkichlarda ifodalanadi? Moddiy resurs balanslari, mineral xomashyo
resurslarini iqtisodiy baholash xususiyatlarini taʼriflang.
V Bob. YASHIL ENERGETIKA VA BARQAROR IQTISODIY
RIVOJLANISH
5.1. Yashil iqtisodiyotni rivojlantirishda qayta tiklanadigan energiya
manbalarining oʻrni
5.2. Energiya xavfsizligi
5.3. Tiklanadigan energiya manbalarining hozirgi holati
5.4. Oʻzbekistonda “yashil energetika” ni rivojlantirish istiqbollari
5.1. Yashil iqtisodiyotni rivojlantirishda tiklanadigan energiya
manbalarining oʻrni
Odatda iqtisodiy va ekologik inqirozlar bir xil manbalardan kelib
chiqadi va bir-biriga katta taʼsir koʻrsatadi. Chunki hozirgi iqtisodiy model
ekotizimlarni hisobga olmagan holda, atrof-muhit va jamiyatga olib
keladigan oqibatlarni oʻylamasdan qisqa muddatli foyda olishga intilmoqda.
Globallashuv sharoitida duch kelayotgan muammolarga javoban,
iqtisodiyotda yangi tendensiya paydo boʻldi. Bu birinchi oʻn yillikda yuzaga
kelgan inqiroz, yaʼni bozor iqtisodiyotidagi muvaffaqiyatsizliklari tufayli
iqtisodiy paradigma duch kelingan sunʼiy xavflar tufayli qoʻllab
quvvatlangan yashil iqtisodiyotdir.
Ushbu yangi iqtisodiy tafakkur soʻngi yillarda jahonhamjamiyati
rivojlanishiga toʻsqinlik qilgan turli inqirozlarni hal qilish strategiyalarini
izlaydi. Masalan, iqlim oʻzgarishining oqibatlari, oziq-ovqat taqchilligi,
qashshoqlikka qarshi kurashning sustligi BMT ning YUNESFning dasturi
atrof-muhitni muhofaza qilish dasturi orqali hissa qoʻshgan yashil
iqtisodiyot konsepsiyasini belgilashda muhim omillardir.
Rio 20 sammitida “Yashil iqtisodiyot” konsepsiyasi 1992-yilda Rio-
de-Janeyroda shakllantirilgan barqaror rivojlantirishning umumiy siyosiy
ustuvorligiga, markaziy elementi tarkibiy iqtisodiy oʻzgarishlar boʻlgan
aniq, koʻp oʻlchovli strategiyada oʻzgarish yaratishga harakatlar boshlandi.
Amaldagi energetika resurslari tarmoqlaridan toʻliq uzib qoʻyilgan
yashash uchun moʻljallangan joylarda qayta tiklanuvchi energiya
manbalaridan foydalanuvchi shaxslar uch yil muddatga jismoniy
shaxslardan olinadigan mol-mulk soligʻidan, yer soligʻidan ozod etiladi.
14
14
Qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish toʻgʻrisida” gi qonun 22.052019-y. Energiya manbalaridan
102
Qayta tiklanadigan energiya manbalaridan faqat yetakchi mamlakatlarda
foydalanish mumkin yoki qayta tiklanadigan energiya iqtisodiy jihatdan
foydasiz, rivojlantirish esa faqat ekologik muammolarni hal qilish
maqsadida deb paydo boʻlgan notoʻgʻri qarashlarni oʻzgartishga, ikkilamchi
chiqindi va energiya resurslarning imkoniyatini toʻgʻri foydalanishda juda
muhimdir. Bugungi kunda energiya tejamkorligini oshirish, ekologik toza,
noanʼanaviy va qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish
koʻlamini yanada kengaytirish tobora dolzarb ahamiyat kasb etmoqda.
Chunki, qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan unumli foydalanish yer
osti boyliklari va
zaxiralarini tejash barobarida atrof-muhitga
chiqarilayotgan zararli gazlarning miqdorini kamaytirish imkonini beradi.
Shu boisdan butun dunyo iqtisodiyotining turli sohalarida muqobil energiya
manbalaridan foydalanishga katta eʼtibor qaratilyapti. Shularni inobatga
olgan holda soʻngi yillarda respublika sanoat tarmoqlariga “yashil
iqtisodiyot” tizimini
joriy qilish, ijtimoiy sohalarda energiya
samaradorligini oshirish va qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan
foydalanishni kengaytirish, innovatsion taraqqiyotni jadallashtirish, tabiiy
resurslardan oqilona foydalanish boʻyicha keng koʻlamli ishlar amalga
oshirilmoqda.
Qayta tiklanuvchi energiya manbalarida - organik chiqindilar
(hayvonlar ekskrementlari, maishiy chiqindilar, oʻrmon xoʻjaliklari oʻsimlik
qoldiqlari va shahar oqova suvlaridan foydalanish tufayli olinadigan
energiya),
daryolar, suv
omborlari va
irrigatsiya
kanallarning
gidroenergetika salohiyati, quyosh, shamol energiyasi, suvning koʻtarilishi
va okean toʻlqinlari energiyasi, geotermal energiya kabi energiyaning
muqobil turlarida oʻz ifodasini topgan.
Nazariy jihatdan olib qaraganda, qayta tiklanadigan energiya
manbalari ulardan keng koʻlamda foydalanish, birinchi navbatda ekologik
halokatlarni oldini olish bilan katta imkoniyatlar yaratadi. Ammo qayta
tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish bilan bogʻliq moliyaviy-
iqtisodiy xarajatlar bunday energiyani ishlab chiqarish uchun bajarilishi
lozim. Maʼlumki, dunyo miqyosidagi antropogen iqlimning global isib
ketishi bilan bogʻliq muammoni eʼtibordan soqit qilganda ham yaqin
kelajakda qayta tiklanadigan energetika imkoniyatlari cheklanganligicha
qolaveradi. Bunday qurilmalarni ishlayotgan yetakchi davlatlarda qayta
tiklanadigan energiya manbalari katta aholi punkti, tashkilot yoki sanoat
korxonasi ehtiyojlariga javob beradigan energiyani muntazam ishlab
chiqarish yoʻlga qoʻyilgan ammo respublikamizda bunday energiya
manbalari (makka poyasi dumbuli bilan, bugʻdoy boshogʻi va poyasi, koʻk
103
oʻt va boshqa turdagi oʻsimliklar silosi, kartoshka tuganagi) kerakli aholi
ehtiyojlarini qoplay olmaydi.
Respublikaning qayta tiklanuvchi energiya manbalariga boʻlgan shu
kundagi ehtiyojda olis va borish qiyin boʻlgan tumanlarda joylashgan
obyektlar uchun kichik hajmdagi energiya ishlab chiqarishni taʼminlashi
mumkin yoki anʼanaviy energiya manbalari bilan toʻldirilishini taqozo
etmoqda. Bundan tashqari, koʻplab turdagi qayta tiklanadigan energiya
manbalari bilan bogʻliq ekologik sarf-xarajatlar ham koʻpayib
borayotganini esdan chiqarmasligimiz kerak. Elektr energiya ishlab
chiqarish uchun foydalaniladigan turli quvvatga ega quyosh fotoelektr
tizimlari va shamol generatorlari oʻrnatilgan joylar atrofida salbiy omillarni
kamaytirish maqsadida ularni toʻgʻri loyihalashtirish juda muhim.
Qayta tiklanuvchi energiya manbalarini ishlatishdan asosiy maqsad
qimmatli resurslar zaxirasini kamaytirmaslik, atrof-muhitning issiqxona
gazlari bilan ifloslanishi cheklash. Yer yuzining ifloslanishiga salbiy
taʼsirlarni kamaytirish hamda behuda energiyani ishlab chiqarmaslikdir.
Shamol va quyosh energiyasidan Yevropa Ittifoqi, AQSH, Xitoy, Hindiston,
Yaponiya va Avstraliyadagi iqlim siyosati va quyosh va shamol
qurilmalarini qurish bahosidagi keskin pasayish bilan rivojlanib,
rivojlanayotgan mamlakatlarning qayta tiklanadigan energiya quvvatlarini
kengaytirishga imkon berdi (5.1-rasm).
Dunyoda qayta tiklanadigan energiya manbalariga tezroq oʻtish
zaruratini har qachongidan ham dolzarb boʻlmoqda. Koʻmir, neft va gazni
yoqish oqibatida iqlimning oʻzgarishi dunyo boʻylab jamiyat, iqtisodiyot va
ekotizimlarga zarar yetkazmoqda. Issiqxona gazlari emissiyasini
104
kamaytirish va iqlim oʻzgarishini yengish uchun samarali qayta tiklanadigan
energiyaga oʻtishdir. Xususan, Shvetsiya 50% qayta tiklanadigan
energiyadan foydalangan holda, 2040-yilga qadar 100% qayta tiklanadigan
elektr energiyasi ishlab chiqarishni rejalashtirgan. Shvetsiya bunga tabiiy
resurslar gidroenergetika va bioenergiya kombinatsiyasidan foydalanish
orqali erishgan. Kosta-Rika yetti yil davomida elektr energiyasining 98% ni
qayta tiklanadigan manbalardan ishlab chiqaradi. Bu jarayon gidro,
geotermal, shamol, biomassa va quyosh energiyasidan foydalanilmoqda.
Bundan tashqari ortiqcha energiyani eksport qilishga ham erishgan.
Shotlandiya, 2021-yilda elektr energiyaga boʻlgan ehtiyojning 97% dan
ortigʻini qayta tiklanadigan manbalar hisobiga ishlab chiqardi. Shuningdek,
Islandiya (100%), Norvegiya (98%), Urugvay (98%), Yangi Zelandiya (84
%), Germaniya (80%) va Daniya (43%) kabi mamlakatlarda jadal
surʼatlarda rivojlanmoqda.
Jahon energetika bozori navbatdagi misli koʻrilmagan global
energetika inqirozi zarbasini boshidan kechirmoqda. Energiya bozori
pandemiya asoratlaridan hali oʻzini tiklashga ulgurmasdan Rossiya Ukraina
mojarosi taʼsirida kuchli bosim ostida qoldi. Bu inqiroz aksariyat
mamlakatlarni iqtisodiyotda energiya isteʼmolini qisqartirish va energiyani
tejash borasidagi chora-tadbirlarini qayta koʻrib chiqishga majbur qildi.
Energiya isteʼmolining oʻsishi, energiya resurslarining kamayishi va
qimmatlashishi, importga bogʻliqlilikning kuchayishi, isteʼmol tovarlari
narxlarining oshishi, atrof-muhitining ifloslanishi, anʼanaviy energiya
resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish bilan bir qatorda
tiklanadigan energiya manbalarini oʻzlashtirish muammolarni hal etish
zaruriyatini keltirib chiqardi (5.1-jadval).
|