Mineral-xomashyo resurslari va ulardan oqilona foydalanish




Download 2,87 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/75
Sana23.11.2023
Hajmi2,87 Mb.
#104057
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   75
Bog'liq
Атроф мухит ва табиий ресурслар иқтисодиёти

 
4.6. Mineral-xomashyo resurslari va ulardan oqilona foydalanish 
Mineral resurslar — alohida regionda geologik izlanish va razvedka 
natijasida aniqlangan qazilmalar majmuidir. Mineral resurslar qayta 
tiklanmaydigan tabiiy resurslardir. Ularning oʻzlashtirishga tayyorlangan 
qismi mineral xomashyo bazasi hisoblanadi. Konchilik va geologiyada 
mineral resurslar deb Yer qaʼrida foydali qazilma sifatida aniqlangan va 
sanoat ahamiyatiga ega boʻla oladigan boyliklarga aytiladi. Mineral 
xomashyo resurslar ishlatilishiga qarab, yoqilgʻi va energetika (neft, tabiiy 
gaz, koʻmir, slanes, torf, uran rudalari); yengil rangli metallar (alyuminiy, 
magniy, titan, natriy, berilliy, litiy, bariy, kalsiy va kaliy) qora metallar 
rudasi (temir, marganes, xrom); rangli metallar (mis, nikel, qoʻrgʻoshin, 
qalay, kadmiy, kobalt, rux, margimush, vismut, surma, simob); qiyin 
eriydigan rangli metallarga (volfram, molibden, niobiy, tantal, xrom, 
sirkoniy); asl rangli metallarga (oltin, kumush, platinia, osmiy, iridiy, rodiy, 
ruteniy va palladiy); nodir rangli metallar tarqoq metallar (talliy, galliy, 
germaniy, indiy, reniy, gafniy, rubidiy va seziy); siyrak metallar (skandiy, 
ittriy, lantan va lantanoidlar); radiaktiv metallar (texnetsiy, fransiy, paloniy, 
radiy, aktiniy, toriy, protaktaniy va uran); noruda sanoat xomashyosi (grafit, 
asbest, talk va kvars); noruda qurilish materiallari (sement, shisha sanoati 
xomashyosi, marmar, granit, shifer slanes, bazalt va gil); mineral suvlar (yer 
osti tuzli, chuchuk, minerallashgan, shu jumladan, balnologik va termal 
suvlar) (4.3-rasm).
Baʼzi mineral resurs turlarini bir necha sanoat sohasida qoʻllanilishi 
mumkin. Jamiyatning ehtiyoji, texnika va texnologiyalarning rivojlanishiga 
qarab mineral xomashyo resurslar tarkibi va miqdori oʻzgaruvchan boʻladi. 
Mineral resurslar miqdori aniqlangan va bashorat qilingan foydali 
qazilmalar zaxiralari bilan baholanadi.
Mineral xomashyo resurslarini hisobga olish ham nisbiydir. Hisobga 
olish ham resurslardan xalq xoʻjaligidan foydalanish nuqtayi nazaridan, 
yaʼni konlarni iqtisodiy maqbul oʻzlashtirish boʻyicha ularni oʻrganish 
darajasiga bogʻliq holda oʻzlashtirishga tayyorlanishganligi boʻyicha 
oʻtkaziladi. Amaliyotda xomashyo zaxiralari A, B, S kategoriyalarga va 


95 
yana balansdan tashqari kotegoriyalarga boʻlinadi. Lekin umumiy 
zaxiralarni, yoʻldosh elementlarni va ochilma jinslarni hisobga olish ham 
katta ahamiyatga ega. Mineral xomashyo resurslar holatini baholashni 
quyidagi koʻrsatkichlar boʻyicha amalga oshirish zarur: boʻlishi mumkin 
boʻlgan zaxiralar umumiy hajmida hisobga olinadigan zaxiralarning ulishi; 
hisobga olinadigan zaxiralardan foydalanish muddatlari; hisobga olinadigan 
zaxiralarning oʻrganilishi va oʻzlashtirishga tayyorligi boʻyicha, yaʼni A, B, 
S kategoriyalar boʻyicha strukturasi; hisobga olinadigan zaxiralar birligiga 
yoʻldosh elementlar, ochilma jinslarning hissasi; hisobga olish davri uchun 
yangi zaxiralarning oʻsishi;

Download 2,87 Mb.
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   75




Download 2,87 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 Mineral-xomashyo resurslari va ulardan oqilona foydalanish

Download 2,87 Mb.
Pdf ko'rish