Innovatsiyalar vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti m. T. Adilova




Download 2,87 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/75
Sana23.11.2023
Hajmi2,87 Mb.
#104057
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   75
Bog'liq
Атроф мухит ва табиий ресурслар иқтисодиёти

4.3- jadval 
Havo havzasining ifloslanganligini iqtisodiy zararini hisoblash 
formulasi
№ koʻrsatkichlar 
Hisoblash formulasi 
Baholashning maqsadi 
1 Ifloslantiruvchi 
modda birligiga 
keladigan ziyon 
Z=[NT
t
+NT
ij
NT
ich
/Ch]+Σ∆Z
t
I

Ifloslantirganlik 
uchun 
toʻlovlarni 
aniqlash 
2 Maydon 
birligiga 
keladigan ziyon 
M

= ΣZ

/M 
Xuddi 
shunday 
maqsad 
3 Havo havzasi 
B= M
6/

Ziyonni aniqlash va 
ifloslanishni bartaraf 
etish 
boʻyicha 
tadbirlar samarasi 


79 
Ziyonning (Z) oʻlchami, qiymati ifloslangan havoning tabiiy, ishlab 
chiqarish va ijtimoiy tizimlarga taʼsiri boʻyicha aniqlanadi. Buning uchun 
tabiiy-iqtisodiy sharoitlarga va havoning ifloslanish darajasiga yoki undagi 
ifloslantiruvchi moddalarning miqdoriga bogʻliq holda ushbu tizimlar 
uchun normativlar (N) ishlab chiqiladi. Bu normativlar (N) shuningdek, 
tabiiy (T), ishlab chiqarish (T
ich
) va ijtimoiy (T
ij
) tizimlarning iqtisodiy 
koʻrsatkichlari boʻyicha ifloslanishning havo havzasiga yetkazadigan 
umumiy ziyoni aniqlanadi. Uni chiqarmalar (Ch) hajmiga boʻlib, 1 tonna 
chiqarmaning ziyoni (Z) aniqlanadi va u havo havzasidan foydalanishning 
iqtisodiy bahosi (B) boʻlib xizmat qiladi. U havo havzasidan 
foydalanuvchilardan undiriladi. Soʻngra maydon birligiga (M
b
) turli 
ifloslantiruvchilardan (I
t
) keladigan ziyon yigʻindisi (Z
t
) maydonga (M) 
boʻlinadi va shu asosda havo havzasi iqtisodiy baholanadi.
Sanoat chiqarmalarinig havo massasini ifloslantirishga taʼsiri ularning 
koʻchib yurishi tufayli katta maydonlarga tarqaladi. Lekin havoning 
ifloslanish darajasi bir xil boʻlmaydi va u chiqarma manbalaridan 
uzoqlashgan sari kamayib boradi. Shuning uchun havo havzasining 
iqtisodiy baholash mikrorayonlar boʻyicha amalga oshirilishi kerak va ular 
havoning ifloslanish darajasi, tabiiy, ishlab chiqarish va ijtimoiy 
tizimlarning rivojlanish holati va darajasiga bogʻliq holda aniqlanishi lozim.
Hozirgi vaqtda turli tashqi kuchlar taʼsirida biosfera sekin-asta 
oʻzgarib bormoqda. Chunki inson faoliyati natijasida kundan-kunga 
koʻpayib borayotgan is gazi (CO) ni oʻsimlik va okeandagi fitoplanktonlar 
yutib ulgura olmayotirlar. Atmosfera tarkibidagi kislorod muammosi ham 
dolzarb boʻlib, uning miqdori yildan-yilga kamayib bormoqda. Shuning 
uchun havoning ifloslanishi sabablarini aniqlash va uning oldini olish katta 
amaliy ahamiyatga ega.
J.Detri atmosferaning ifloslanish sabablarini toʻrt guruhga boʻlishni taklif 
etadi.
1. Tabiiy yoʻl bilan ifloslanish (mineral, oʻsimlik, hayvon va 
mikroorganizmlar taʼsirida).
2. Sanoat tarmoqlari, transport va turar joylarni isitishda 
foydalaniladigan yoqilgʻilar orqali ifloslanish.
3. Sanoat chiqindilari orqali ifloslanish.
4. Sanoat chiqindilari va maishiy-xoʻjalik chiqindilarini yoqish orqali 
ifloslanish.
Tabiiy yoʻl bilan ifloslanish atmosfera tarkibida meʼyordan ortiq katta 
halokatlar roʻy berishi oqibatida boʻlishi mumkin. Ammo transport, sanoat 


80 
va boshqalarning chiqindilari tabiiy yoʻl bilan ifloslanishga qaraganda 
anchagina xavflidir.
Texnik taraqqiyoti natijasida yonilgʻi resurslari Yer va okeanning 
sayoz yerlaridan koʻplab olinmoqda va ishlatilmoqda. Oqibatda turli 
yoqilgʻi mahsulotlarining qoldiqlari havoga qoʻshilib, uni buzmoqda 
(birgina benzin yonishi natijasida 60 kg is gazi (CO) havoga koʻtariladi va 
aralashadi.
Sanoat obyektlari va issiqlik elektr stansiyalarida yoqilgʻining toʻliq 
yonmasligi oqibatida turli miqdorda zaharli gazlar havoga chiqib, baʼzilari 
esa yer yuzasiga tushganda, boshqalari atmosfera qatlamlarida uzoq 
vaqtgacha saqlanishi mumkin. Masalan, “Elektrisite de Frans” issiqlik 
elektrostansiyasi kompaniyasi har oyda 51 ming tonna koʻmir yoqishi 
oqibatida har kuni havoga 33 tonna sulfat angidrid gazi va 250 tonna kul 
chiqaradi.
Neft bilan ishlaydigan issiqlik elektr stansiyalari havoga kul 
chiqarmaydi. Ammo koʻmir ishlatadigan stansiyaga qaraganda, uch barobar 
koʻp sulfat angidrid gazi ajratib chiqaradi. Sanoat tarmoqlari havoga turli 
zaharli modda va gazlar chiqarishi bilan bir qatorda, atmosferadan juda katta 
miqdorda kislorod yutadi. Masalan, bir tonna choʻyanni rudadan ajratib 
olish uchun 150 kub metr, bir tonna poʻlat olish uchun 35-70 kub metr, bir 
tonna ammiak olish uchun 500 kub metr va bir tonna atsetilen olish uchun 
3600 kub metr kislorod ketadi. Keyingi vaqtlarda kimyo sanoatining 
qoldiqlari atmosfera havosini koʻplab ifloslamoqda. Kimyo sanoat 
tarmoqlaridan chiqqan zaharli gaz va birikmalar havoga aralashib, zaharli 
gazlar miqdorini oshirib yubormoqda. Oqibatda, kimyo zavodlari va 
kombinatlariga yaqin boʻlgan yerlarda fauna, floralar zarar koʻrmoqda va 
baʼzi oʻsimliklar butunlay nobud boʻlmoqda. Natijada bunday yerlarda 
tabiiy landshaft oʻz xususiyatini yoʻqotib, oʻzgacha tus olmoqda. Havo 
tarkibidagi karbonat angidrid, is gazi, azot, xlor, fosfor, fenol, ftor va 
boshqalarning koʻp miqdorda boʻlishi inson salomatligiga taʼsir etmay 
qolmaydi. Natijada, koʻpgina kishilar astma, rak kabi kasalliklarga duchor 
boʻlishadi.
Bioximik olim Eyri Geygan-Smit 1950-yili atmosferada ozonning 
turli azotli birikmasi nihoyatda xavfli ekanligini aniqladi. Ozon kimyoviy 
reaksiyaga juda tez kirishib, oʻsimlik barglaridagi xlorofill turlarini buzadi, 
rezina va ip-gazlamalarni yemiradi. Azotli birikmalar esa koʻz, oʻpka 
kasalliklariga olib keladi va havoda qoʻlansa hid tarqatadi. Kimyoviy 
birikma va qurumlar tarixiy va arxitektura ѐdgorliklarini ham buzmoqda. 
Venetsiya, Sankt-Peterburg, Kyoln, Milan, London va boshqa shu kabi 


81 
qadimiy shaharlar koʻchalaridagi nodir yodgorliklar va haykallar 
yemirilmoqda yoki korroziyaga uchramoqda.
Transport turlari inson salomatligi uchun zararli boʻlgan karbonat 
angidrid, is 
gazidan tashqari turli birikmalar ham chiqaradi. 
Avtotransportdan chiqadigan mayda zarralar, jumladan, avtomobil 
pokrishkasidan chiqadigan rezina zarralari nafas olish uchun, umuman 
hayot uchun xavflidir (birgina avtomobil pokrishkasi yemirilishi natijasida 
bir yilda 10 kg changsimon rezina zarrasini havoga aralashtiradi).
Atmosfera va tabiiy muhitning ifloslanishida radioaktiv moddalarning 
taʼsiri juda xavflidir. Radioaktiv moddalarning sunʼiy ravishda Yer yuzasida 
tarqalishi asosan ikkinchi jahon urushidan keyin boshlandi. Atmosferada, 
suv osti va quruqlikda turli kuchga ega boʻlgan koʻplab atom, vodorod, 
neytron bombalari portlatib sinab koʻrildi. Oqibatda, atmosferaga radioaktiv 
moddalar tarqaldi. Birgina atom bombasini portlatish natijasida 200 dan 
ortiq turli radioaktiv moddalar paydo boʻladi, baʼzilari esa radioaktiv 
zanjirlarini hosil etib, bir elementdan ikkinchisiga oʻtadi.
Atmosfera havosini toza saqlashda sanoat obyektlarini geografik 
sharoitga qarab joylashtirish muhim ahamiyatga ega. Bunda sanoat 
obyektlari va yirik kommunal korxonalari alohida sanoat zonasida uy-joy 
massivlaridan tashqarida boʻlishi kerak. Shuningdek, shamolning yoʻnalishi 
uy-joy zonasidan sanoat zonasi tomon esadigan boʻlishiga rioya qilish 
lozim. Aks holda, sanoatdan chiqqan chang, qurum va gazlar uy-joy zonasi 
tomon shamol orqali kelib, havoni ifloslaydi. Uy-joy zonasi bilan sanoat 
zonasi orasida kengligi 100 m dan bir necha kilometr keladigan yashil 
oʻsimliklardan iborat sanitariya-himoya zonasi boʻlishi yaxshi natija beradi.
Atmosfera havosini toza saqlashda transport chiqindi gazlarini, 
tutunlarini kamaytirish juda muhimdir. Havoni ifloslantirishda transport 
turlari ichida benzin bilan ishlaydigan avtomobillar (AQSHda-75 % ni 
tashkil etadi) yetakchilik qiladi, keyingi oʻrinlarda havo transporti (5 %), 
dizel dvigatelli avtomashinalar (4 %), traktor va boshqa qishloq xoʻjalik 
mashinalari (4 %), temir yoʻl va suv transporti (2 %) turadi. Oʻzbekistonda 
havoni ifloslantirishda avtomobillar alohida oʻrin tutadi, ular atmosferaga 
chiqadigan umumiy zaharli moddalarning 60 foizini tashkil etadi. Toshkent, 
Andijon, Buxoro, Guliston, Samarqand kabi yirik shaharlarda bu 
koʻrsatgich 80 foizgacha koʻtariladi.
Shaharlar havosini toza saqlashda tranzit (shaharlararo) qatnovidagi 
transportlarni shahar koʻchalariga qoʻymaslik, ularni shahar atrofidagi 
aylanma yoʻl halqasi orqali oʻtkazib yuborish yaxshi natija beradi. 
Shuningdek, avtotransport serqatnov koʻchalar atrofida oʻsimlik zonalari 


82 
tashkil etish kerak. Chunki, bu oʻsimlik toʻsiqlari avtomobillardan chiqqan 
zaharli gazlarni yutib turishdan tashqari shovqin-suronni keskin 
kamaytiradi.
Nihoyat, shaharlar havosini — toza saqlash uchun jamoat 
transportining 
elektroenergiya 
asosida 
ishlovchi 
atmosferani 
ifloslamaydigan turlariga — metro, trolleybus, tramvaydan foydalanishga 
oʻtish zarur. Shaharlarda atmosfera havosini toza saqlashda 
elektrlashtirilgan transport (yer osti va yer yuzasi) ini ahamiyati katta. 
Elektrlashtirilgan transport aholini iflos gazlardan va shovqindan saqlaydi. 
Tramvay va trolleybuslarni shahar transportidagi mavqeyini koʻtarish kerak, 
chunki bu transportlar hozirgi zamon uchun qulay va foydali transport 
turlaridir. Tramvay tezligini 16-20 km/soat oʻrniga 30-32 km/soatga 
koʻtarish kerak. 1 km. tramvay yoʻlining qurilishi, 1 km. metro yoʻli 
qurilishiga qaraganda, 8-12 marotaba arzon tushadi.

Download 2,87 Mb.
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   75




Download 2,87 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Innovatsiyalar vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti m. T. Adilova

Download 2,87 Mb.
Pdf ko'rish