Atmosfera resurslari va uni muhofaza qilish




Download 2,87 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/75
Sana23.11.2023
Hajmi2,87 Mb.
#104057
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   75
Bog'liq
Атроф мухит ва табиий ресурслар иқтисодиёти

4.3. Atmosfera resurslari va uni muhofaza qilish
Atmosfera — yerning himoya qobigʻidir, chunki u tirik organizmlarni 
turli ultrabinafsha nurlar va kosmosdan tushadigan meteoritlarning zararli 
taʼsiridan himoya qiladi. Atmosfera boʻlmaganda edi, Yer yuzasida ham 
oydagi kabi hayot boʻlmas edi. Yer yuzasi kunduzi 100 gradus qiziganda, 
kechasi esa minus 100 gradus sovigan boʻlar edi.
Quyosh va shamol energiyasi, atmosfera havosi va yogʻin-sochin iqlim 
resurslari boʻlib, insoniyat jamiyatida katta ahamiyatga ega. Quyoshdan 
fazoga juda katta miqdorda isiqlik energiyasi tarqalib turadi. Yer yuzasining 
har bir kvadrat kilometr maydoniga 2,5mln. ot kuchiga teng energiya 
tushadi. Quyosh energiyasi atmosferaning yuqori qatlamlarida yutilib, yer 
yuzasiga juda oz miqdorda yetib keladi.
Insoniyat quyosh energiyasidan oʻz ehtiyoji uchun qadimdan 
foydalanib kelgan. Keyingi vaqtlarda quyosh energiyasidan AQSH, 


76 
Yaponiya, Isroil, Fransiya kabi davlatlar yaxshigina foydalanmoqda. 
Turkmaniston, Oʻzbekiston, Gruziya, Armaniston, Moldaviya, Ukraina kabi 
davlatlarning bir qator ilmiy-tadqiqot institutlari arzon quyosh 
energiyasidan xalq xoʻjaligida foydalanish yoʻllarini topmoqdalar. 
Insoniyat qadimdan tugamaydigan resurslardan biri boʻlgan shamol 
energiyasidan foydalanib kelgan. AQSH, Britaniya Birlashgan Qirolligi, 
Fransiya, Germaniya, Daniya davlatlarida turli quvvatlarga ega boʻlgan 
kuchli shamol elektr stansiyalari qurilgan. Oʻzbekiston shamol energiyasiga 
boy, ammo mamlakatda, bu arzon energiya turidan kam foydalanilmoqda. 
Yerdagi hayotni havosiz tasavvur etish qiyin, shuning uchun ham toza 
havo muammosi hozirgi kunda oʻta dolzarb boʻlib qoldi. Atmosfera havosi 
har doim aralashib turgani uchun, uning kimyoviy tarkibi sayyoramizning 
hamma joyida asosan bir xildir. Havo qobigʻi asosan azot (78,09%) — N; 
kislorod (20,95%) — O
2
dan iborat boʻlib, ular atmosfera gaz tarkibining 
99% ini tashkil etadi, qolgani esa boshqa (argon (Ar) — 0,93%; karbonat 
angidrid (СO
2
) — 0,03%; neon, geliy, kripton, ksenon va boshqalar) 
gazlardir. Gazlarning biri koʻpayib, ikkinchisining kamayib ketishi tirik 
mavjudot hayotini muvozanatdan chiqarib yuboradi va halokatga olib 
borishi mumkin.
Atmosferadagi azot asosan Yerdagi mikroorganizmlar faoliyati 
natijasida yuzaga kelib, biologik jarayonlarda unchalik rol oʻynamaydi. 
Yerdagi togʻ jinslarida mujassamlashgan azot atmosferadagi azotga 
qaraganda, 50 baravar koʻpdir. Atmosferada erkin holatda uchraydigan 
kislorod yashil oʻsimliklar mahsuloti boʻlib, tirik organizmlarning ajralmas 
qismi va hayot manbai hisoblanadi. Inson hayoti uchun koʻp energiya kerak: 
koʻp energiya olish uchun esa kislorod zarur. Inson kuniga oʻrta hisobda 9 
kg havo bilan nafas oladi. Inson oʻrtacha umr (75 yosh) davomida 700 ming 
kub metr havoni oladi.
Atmosferada ozon (O
3
) va suv bugʻlarining boʻlishi alohida 
ahamiyatga ega. Atmosferadagi suv bulut va tumanlarda mayda tomchi va 
muz kristalchalari holida uchraydi. Suv bugʻlari asosan 10 km gacha boʻlgan 
balandliklarda uchraydi. Atmosferaning quyi qismida uchraydigan karbonat 
angidrid (CO
2
) oʻsimliklarning fotosintez jarayonida faol qatnashadi. 
Karbonat angidrid vulqonlar otilishi, yoqilgʻilar yonishi, organik 
moddalarning chirishi va organizmlarning nafas olishi natijasida paydo 
boʻladi. CO
2
nisbatan ogʻir boʻlib, chuqur yerlarda (eski quduq, shaxta va 
boshqa joylarda) uchraydi.
Atmosfera changlari havo qobigʻining ajralmas qismidir. Juda mayda 
zarrachalar organik va noorganik jarayonlar tuproq qatlamining yemirilishi 


77 
(nurashi), vulqon hodisalari, oʻrmon, dasht va torf yongʻinlari, dengiz 
suvining bugʻlanishi oqibatida paydo boʻlgandir. Atmosferada juda koʻp 
miqdorda kosmik changlar boʻlib, yer yuzasiga yiliga 2-5 mln. tonna kosmik 
chang tushadi. Atmosferadagi turli chang yadrolari Yer landshaft qobigʻini 
oʻzgartirishda katta ahamiyatga egadir. Chunki gaz holidagi suv bugʻlari 
yadro atrofiga yigʻilib, suv tomchilarini hosil etadi. Changlar quyosh 
radiatsiyasini yutish qobiliyatiga ega va yer yuzasini nurlanishdan saqlaydi. 
Atmosferadagi changlar yer yuzasining relyef xususiyati, tuzilishi va 
balandligiga qarab turli miqdorda uchraydi. Masalan, shahar ustidagi 1 kub 
sm. hajmdagi havo da 100 ming dona chang zarrasi boʻlsa, okean ustidagi 1 
kub sm. hajmdagi havoda 100 dona chang zarrasi boʻladi. Insonning xoʻjalik 
faoliyati atmosfera tarkibini oʻzgartirib yubormoqda: atmosferaning quyi 
qismiga koʻplab qoʻshilayotgan karbonat angidrid, is gazi, turli zaharli 
gazlar, radioaktiv moddalar va chang zarrachalari havo qobigʻi tarkibini 
oʻzgartirishga katta taʼsir koʻrsatmoqda.
Atmosfera, tabiiy ishlab chiqarish va ijtimoiy tizimlar oʻrtasida teskari 
aloqa mavjud. Atmosferaning holati bu tizimlarning holatiga va ishlashiga, 
yaʼni litosfera yuzasining holati, sanoat va boshqa chiqarmalari, maishiy 
chiqindilarga bogʻliqdir. Atmosferada modda aylanib yurishi quyidagi 
balans nisbatida ifodalanadi:
M
0
= M

+K-S
Bunda: M
0
- moddalarning oxirgi hajmi; 
M
b -
moddalarning dastlabki hajmi;
K — chiqarmalar, shamol energiyasi va boshqa sabablar hisobiga 
moddalarning kirimi;
S — moddalarning yogʻin-sochinlar, havo massalarining almashinishi, 
zararlarning oʻtirishi bilan bogʻliq sarflar;
Atmosferada gazsimon moddalar toʻplanishi ularning havodagi dastlabki 
miqdoriga, moddalar kirimi 
hajmiga, 
ularning havo 
massalari 
almashinuvida aralashib ketishi va atmosferadan yogʻinlar bilan chiqarib 
tashlanishiga bogʻliq boʻladi. Chiqarmalar va ularning zararligi qancha koʻp 
boʻlsa, havoning harakati shuncha kam, yogʻinlar shuncha siyrak boʻladi, 
atmosferada zararli moddalarning toʻplanishi shuncha koʻp va ularning 
tabiiy, ishlab chiqarish va ijtimoiy tizimlarga taʼsiri shuncha kuchli boʻladi. 
Ayniqsa chiqarmalar hissasining koʻpligidan havoning uzoq vaqt harakatsiz 
holati xavflidir.


78 
Atmosferaning ifloslanishi Yerning havo, qobigʻiga taʼsir etibgina 
qolmasdan, balki inson hayoti va tevarak-atrofdagi muhitni xavf ostiga 
qoʻyadi. Atmosfera havosidagi har xil gazlar, suv bugʻlari, qattiq va suyuq 
zarrachalar, radioaktiv changlar havo sifatini buzadi, tabiiy muhitga turli 
salbiy oqibatlar olib keladi. Ilgarilari havo sanoat obyektlari ustidagina 
ifloslangan boʻlsa, hozir sanoat, transport, energetika va boshqalardan 
chiqqan chiqindi katta-katta rayonlar, bir necha minglab kilometr 
masofalardagi hududlar havosining ifloslanishiga sababchi boʻlmoqda. 
Baʼzi bir maʼlumotlarga koʻra, yer yuzida bir yilda havoga chiqarilgan 
oltingugurt gazi, is gazi (CO), kul va karbonat angidridning miqdori 
taxminan 1mlrd. tonnaga yetmoqda.
BMT maʼlumotlariga koʻra, insoniyat paydo boʻlgandan to shu 
vaqtgacha 90-110 mlrd. tonna turli yoqilgʻi yoqilgan, shuning yarmi keyingi 
25 yilga toʻgʻri keladi. Faqatgina koʻmirning oʻzi yiliga 5 mlrd. tonna 
yoqiladi. Albatta, yoqilgʻini yoqish uchun kislorod kerak. Hozirgi kunda 
yoqilgʻilarni yoqishga yiliga 20-25 mlrd. tonna kislorod sarflanmoqda. 
Yiliga metall oksidlanishi uchun 100 mln. tonna kislorod ketadi. 
YUNESKOning maʼlumotiga koʻra, turli mamlakatlarda ishlab turgan 
salkam 300 mln. Avtomashinalar yiliga 1mlrd. kishi isteʼmol qiladigan 
kislorodni sarflaydi. 1000 km. yurgan yengil avtomobil bir kishining bir 
yillik kislorodini yutadi.
Havo havzasining iqtisodiy baholash havo ifloslanishining ziyoni 
bilan belgilanadi, yaʼni havo havzasidan foydalanish natijalariga bogʻliq 
boʻladi (4.3- jadval).

Download 2,87 Mb.
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   75




Download 2,87 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 Atmosfera resurslari va uni muhofaza qilish

Download 2,87 Mb.
Pdf ko'rish