Mustaqil ishlash uchun nazorat savollari 1. Atrof-muhit va tabiiy resurslar iqtisodiyotining iqtisodiy
mexanizmlari nima? Ularni tarkibini bilib oling.
2. Tabiat muhofazasi tadbirlari qanday moliyalashtiriladi?
3. Iqtisod iy ragʻbatlantiruvchi mexanizmlar qanday xususiyatlarga
ega va ular bir-biridan qanday farq qiladi?
4. Ekologik jamgʻarmalar nima? Ular qanday turlarga boʻlinadi?
5. Ekologik sugʻurta nima? Uning asosiy xususiyatlarini tushuntirib
bering.
6. Atrof-muhit ifloslanishining iqtisodiy ziyon yetkazishini aniqlash
metodikasini tushuntirib bering.
7. Tabiiy resurslarga toʻlovlar va qanday turlarga boʻlinadi?
Toʻlovlar qanday normativlarga asoslanadi?
8. Tabiat komponentlariga yetkazilgan iqtisodiy ziyon qanday
aniqlanadi?
9. Tabiat muhofazasi tadbirlarining iqtisodiy samarasi qanday
hisoblanadi?
10. Tabiiy muhitning assimilyatsiya potensiali va eksternaliya
xarajatlari nima? Ular qanday hisoblanadi?
65
IV Bob. ATROF MUHIT VA TABIIY RESURSLAR XUSUSIYATLARI VA ULARNI IQTISODIY BAHOLASH 4.1. Tabiat komponentlarining umumiy xususiyatlari va ularni
baholash yoʻnalishlari
4.2. Tabiiy resurslar klassifikatsiyasi va ulardan ekologiya
iqtisodiyotida foydalanish
4.3. Atmosfera resurslari va uni muhofaza qilish
4.4. Suv resurslaridan foydalanish va ularni muhofaza qilish
4.5. Yer resurslaridan foydalanish va ularni muhofaza qilish
4.6. Mineral-xomashyo resurslari va ulardan oqilona foydalanish
4.1. Tabiat komponentlarining umumiy xususiyatlari va ularni baholash yoʻnalishlari Atrof tabiiy muhit oʻzaro bogʻliq va bir-birini taqozo qiladigan
komponentlardan tashkil topgan. Ularga atmosfera, suv, tuproq, oʻsimlik va
hayvonot olami, yer osti boyliklari kiradi. Ushbu komponentlarning
resurslari atrof-muhit va tabiiy resurslar iqtisodiyotining tadqiqot obyekti
boʻlib xizmat qiladi. Tabiat komponenti resurslarni hisobga olish, ularning
holatini baholash, atrof-muhit muhofazasi va tabiiy resurslar iqtisodiyotida
birlamchi axborotlarni olish, tabiiy-ekologik-iqtisodiy aloqalarni tartibga
solish va optimizatsiyalashning maqsadga muvofiq yoʻnalishlarini
belgilashga imkon beradi. Tabiiy resurslar toʻgʻrisidagi axborotlar quyidagi
maqsadlarga xizmat qiladi:
- tabiiy boyliklarni baholash va ular bilan taʼminlanish darajasini
aniqlash;
- tabiiy resurslar dinamikasi va ulardan foydalanishni tahlil qilish;
- tabiiy resurslarga xoʻjalik faoliyatini taʼsirini baholash;
- tabiiy resurslar holati, ulardan foydalanish va ularni takror ishlab
chiqarishni uzoq muddatlarga bashoratlash va rejalashtirish;
- xalq xoʻjaligi, uning tarmoqlari va hududiy komplekslari va
tarmoqlarning rivojlanishi va joylashishini texnik-iqtisodiy asoslash;
- korxonalarning, tadbirkorlarning tabiiy resurslardan foydalanishi va
ularni takror ishlab chiqarishni loyihalashtirish;
Tabiiy resurslardan foydalanishni quyidagi koʻrsatkichlar orqali
amalga oshirish mumkin: xomashyo va tabiat muhofazasi masalalarida
foydalaniladigan tabiiy resurslarning hissasi; qazib olingan xomashyoning
ulardan foydalanish normativlariga nisbati; biologik resurslar boʻyicha,
bundan tashqari, yillik massalarning hosil boʻlishiga nisbati; umuman
chiqindilarga ketadigan materiallar hissasi va ularning qayta ishlash
bosqichlari boʻyicha nisbati va boshqalar. Tabiat-xoʻjalik aloqalarini
66
iqtisodiy tartibga solish uchun tabiat komponentlari resurslarini baholash
zarur va xomashyo yoki resurs va tabiiy obyekt yoki uchastkani baholash
tizimini oʻz ichiga olishi kerak. Tabiiy resurslarni baholash tizimi 4.1-
jadvalda berilgan.